Tarbiyaviy soat mashg’ulotlarini tashkil etish usullari



Download 0,71 Mb.
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#459837
Bog'liq
TARBIYAVIY SOAT MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH USULLARI

TARBIYAVIY SOAT MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH USULLARI

208-GURUH talabasi Olimova Umida


Reja:
1. Sinf tarbiyaviy soatlarining tarkibiy qismlari. Sinf tarbiyaviy soatlarni tashkil etish, uyushtirish va o‘tkazishning tartib va uslublari.
2. Sinf tarbiyaviy soati uchun joy tayyorlash va uning davom etish vaqti haqida ma’lumot berish.
Sinf rahbari tomonidan o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlar shu bo‘limga kiritilib, sinf tarbiyaviy soatlari deb yuritiladi (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga "Bajarilish turi" qo‘shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, "Ota-onam - suyangan tog‘im" yuzasidan suhbat, kecha, konferensiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o‘tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o‘quv yilida o‘tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o‘zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo‘lishida bu usul ancha samara beradi.



Tarbiyaviy tad-birlar nomi

Bajarish turi

Vaqti

Mas’ul kishi

Ijrosi haqida

1.

Ota-onam suyangan tog‘im

Uchrashuv

Mart oyining
1-xaftasi

Sinf ota- onalar qumi- tasi raisi

Tadbirga ...ota- ona, ...o‘quvchi ishtirok etdi

Sinf tarbiyaviy soatlarning mavzulari tubandagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi va yuqoridaga andozaga tartib bilan jamlanadi.
  • Ma’naviyat va burch tarbiyasi
  • Vatanni sevmoq iymondandir.
  • Baynalmilal tarbiya
  • Estetik (nafosat) tarkibi
  • Bilim olishda ongli munosabatni tarbiyalash
  • Ekologik tarbiya
  • Sog‘liqni saqlash. Sog‘lom avlodni tarbiyalash tadbirlari
  • Jismoniy tarbiya
  • Eng yangi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tadbirlari

Ma’naviyat va burch tarbiyasi
Ma’naviyatimizning kadimiyligi, mazmun va mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari, uning jamiyatimiz taraqiyotidagi roli va ahamiyati, Prezidentimiz asarlari va nutqlarida insonni jonli mavjudodlardan ajratib turadigan ong va til, aql-idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat va sahovat, rahm-shavqat, mehr-oqibat, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, tabiatni e’zozlash, ilm va fanni, adabiyot va san’atni, madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o‘zi va o‘zga millat kishilarini, ularning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish va qadrlash xislatlarini tarbiyalash asosiy maqsad qilib olinadi.
Ekologik tarbiya
Inson samarali mehnati, tabiat noz-ne’metlaridan oqilona foydalanishi va uning go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishi tufayli farovon hayot kechiradi. O‘quvchilarda bu tushunchani shakllan-tirishda ekologik tarbiya muhim o‘rin tutadi.
Ekologik tarbiya – bu o‘quvchilarda atrof-muhitga nisbatan beparvo bo‘lmaslik, tabiat, inson, hayvonot va o‘simliklar dunyosini e’zozlashni shakllantirish demakdir. Bu jarayon dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.
Tarbiyaning muhim sohasi sanalmish jismoniy tarbiya haqidagi o‘zbek mutafakkir olimi, etuk pedagog Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" kitobidan olingan ushbu parchani o‘rganish o‘rinlidir.
"Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. CHunki, o‘qimoq, o‘qutmoq.. o‘rganmoq, va o‘rgatmoq; uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdur. Sog‘ badanga bo`lgan insonlar amallarida, ishlarinda, ibodatlarinda kamchilik qilurlar.
Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh, ikkisi bir choponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini quyub, astarini yuvub, ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun malxam va sog‘lom bir vujud kerakdur”
Jismoniy tarbiya
Eng yangi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tadbirlari
Mustaqillik tufayli hayotimiz kundan-kunga farovonlashib borishi shubxasiz. Albatta buning negizida Prezidentimiz va hukumatimizning yangi-yangi farmon, buyruq va ko‘rsatmalari yotadi. Buni biz shartli ravishda rejaga “Eng yangi yangiliklar” deb kiritdik. Bu bo‘lim rejaning eng oxirgi tadbirlaridan hisoblanadi va rejaning oxiriga kiritiladi. Tarixiy sanalardan so‘ng qayd qilinadi. Tarbiyaviy tadbirlarda ularni o‘rganish va hayotga tadbiq etish zarur, ya’ni zamon talablariga ko‘ra chiqarilgan yangiliklar reja tuzilgandan so‘ng e’lon qilinsa, sinf rahbari belgilagan tarbiyaviy tadbirni o‘quv yilining qaysi yarim yilligidan qat’iy nazar, tarixiy sanalardan keyin mavzuni qayd etadi va tegishli tadbir o‘tkazadi.
Maktab rahbarlari rejani tasdiqlayotgan vaqtlarida bu bo‘limning qay tarzda aks etganligiga ahamiyat berishlari zarur.
Tarbiyaviy papkada nimalar bo‘lishi kerak?
Sinf tarbiyaviy papkasi sinf rahbarining tarbiyaviy sohasida olib boriladigan ishlar to‘plamidir. Bunda faqat o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab tarbiya borasida kerak bo‘ladigan materiallar bo‘lishi kerak.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish