Tarbiyaviy soat


-Mavzu: Ma’naviy jasorat sohiblari



Download 1,4 Mb.
bet23/34
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#341845
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
8-SINF

15-Mavzu: Ma’naviy jasorat sohiblari (Milliy istiqlol g'oyasi fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Eng buyuk jasorat - bu ma’naviy jasorat”.

Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo'lishlikka undash, insonlarga bo'lgan hurmatni rivojlantirish.

Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

• Doskada:





Islom Karimov


“ Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o'z hayotini ma'naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo'ladi. Shu ma'noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog' in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma'noda jasorat namunasi, deb bilaman”.

O'qituvchi:

Ko'pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko'rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g'ayrat-shijoat, eng muhimi, o'ziga, o'zining kuch- qudratiga mustahkam ishonch bo'lishi kerak.

Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo'lish, o'zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo'lar edim.

Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo'lish, har kuni fidoiylik ko'rsatish, rnhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko'tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o'ylaymanki, yanglishmagan bo'laman.

Men o'z hayotim, ish faoliyatim davomida ma'naviy jasorat sohibi bo'lgan, har tomonlama yetuk shaxslar bilan muloqotda bo'lganim, zamondosh bo'lib yashaganimdan doimo faxrlanib yuraman.

Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo Gulomov edi.

O'z davrining fidoyi allomasi bo'lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o'zining mustaqil fikriga ega, kerak bo'lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to' g'ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi.

Tarixchilar yaxshi biladi, odatda tepaliklar qa'rida tarixiy obidalar, butun bir shahar qoldiklari yastangan bo'ladi. Sho'ro davrida, faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda ana shunday qadimiy tepaliklarni ham tekislab, paxta dalasiga aylantirishdek bema'ni siyosat avj olgan edi. Bunday noma'qul ishga jasur olim Yahyo G ulomov qarshi chiqqanini men yaxshi eslayman. Uning ana shu fazilati tufayli tazyiq ko'rganini ham eshitganman. Lekin bu inson o'zining qalbidagi ma'naviy jasorat hissi tufayli hayotiy va ilmiy qarashlarida sobit turganini madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi.

Nafaqat, o'z she'rlari, balki butun hayoti bilan o'zbek ayolining ma'naviy qiyofasini namoyon etgan atokdi shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo'shgan bo'lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aklu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Shoira Zulfiyaning sadoqatga tola hayoti, nurga yo' g'rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o'ziga xos she'riyat bayramiga aylanib ketadi.

Ozod Sharafiddinov — hozirgi o'zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan. Yetmish olti yoshida Ozod Sharafiddinov O'zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, "Mehnat shuhrati", "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, O'zbekiston Milliy universitetining Oltin medaliga sazovor bo'lgan professor, qanchadan- qancha medallar, faxriy diplomlar, yorliqlar egasi bo'lgan. O'zbekiston ziyolilari, madaniyatli siymolari Ozod Sharafiddinovni “Ustoz” deydilar.

Ozod Sharafiddinov mustaqillikni intiqlik bilan kutgan, uni hayotining ma'no - mohiyati deb bilganlardandir. Ustoz mustaqillik uchun kurashchilar haqida gapirib, yozib charchamadi. Uning e'tiqodicha, insonning insonligi erk tantana qilgan yurtdagina to la namoyon bo'ladi. Hayotning qiziq - qiziq qonuniyatlari bor ekan: mustaqillik yillarida O.Sharafiddinovning ruhi tetik bo'ldi, hayotga, istiqbolga muhabbati ortdi. Ammo, jismoniy xastaliklar Ustozni qiynadi... Ruh tetik bo'lsa, jismoniy norasoliklar hech narsa qilolmas ekan.

Ozod Sharafiddinov XX asrda ijod qilgan o'zbek yozuvchilarining aksariyati haqida maqola, tadqiqotlar yaratgan. Uning yozuvchilar haqidagi tadqiqotlari orasida Cho'lpon, Abdulla Qahhor, G'afur G'ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya haqida yozganlari ham salmog'i, ham soni bilan yetakchilik qiladi. So'nggi yillarda Ozod Sharafiddinov nafaqat o'zbek yozuvchilari, tanqidchilari haqida, balki yetuk ziyolilar to' g' risida ham esselar yaratgan.

Bibliografiyada O.Sharafiddinovning 30 ga yaqin kitobi, 600 dan ortiq maqola va tarjimalari haqida qisqa ma'lumot berilgan. Muallif bitta maqola, tadqiqot, portret, esseni yozish uchun o'nlab badiiy, qanchadan - qancha ilmiy asarlarni o'qib, o'rganib chiqqan. Ba'zi maqolalarni chop ettirguncha, ba'zilarini e'lon qilgach, qanchadan - qancha qarshiliklarni yenggan, ta na - dashnomlar eshitgan. Xullas, Ozod Sharafiddinov ijodi - munaqqid, tarjimon, ustoz - professorning yarim asrlik yo'li mashaqqatli, murakkab bo'lganligi yaqqol ko'rinadi. Quvonch shundaki, istiqlol tufayli, ijodkor mehnatini qadrlay oladiganlar borligi bois Ozod Sharafiddinov qadr - qimmat topdi.

(Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch)

Izoh: O'qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o'quvchilarning o'zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo'lishlikka, faollikka, jon'uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

16-mavzu: Orzular og'ushida (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon”


Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish