Tarix kafedrasi



Download 2,84 Mb.
bet155/157
Sana12.09.2021
Hajmi2,84 Mb.
#172613
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157
Bog'liq
3-курс Ўзб тарихи

TESTLAR


1.XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida sud hokimiyati kimlar tomonidan amalga oshirilgan?

A) faqat qozikalon tomonidan B) faqat muftiy tomonidan

S) faqat raislar tomonidan D) qozikalon, muftiy va raislar tomonidan


  1. Buxoro amirligi davlat boshqaruvida amirlik tarixini yozish uchun mas’ul bo‘lgan lavozimni aniqlang.

A) mushrif B) mirzaboshi S) otaliq D) ko‘kaldosh

  1. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining viloyat va tumanlarini boshqargan amaldor qanday nomda yuritilgan?

A) bek B) bosh qo‘shbegi C) devonbegi D) mirzaboshi

  1. Xorazmning 1812-1872-yillardagi tarixini yaratgan shaxsni aniqlang.

A) Shermuhammad Munic B) Abulg‘ozixon

    1. Muhammad Rizo Ogahiy D) Muhammad Aminxo‘ja

  1. XIX asrning o‘rtalarida Buxoro amirligining chegarasi ...

A) Eron, Xiva xonligi va qozoq juzlari hududi bo‘ylab o‘tardi.

B) faqat Zarafshon vodiysini o‘z ichiga olar edi.

S) Qo‘qon xonhgi yerlari hisobiga anchagina kengayib va mustahkamlanib bordi.

D) Eron va Afg‘oniston yerlari liisobiga kengayib va mustahkamlanib bordi.



  1. XIX asrning o‘rtalarida Buxoro amirligining umumiy maydoni to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

A) 130 ming kv. km B) 270 ming kv. km

S) 200 ming kv. km D) 177 ming kv. km



  1. XIX asr o‘rtlarida Buxoro amirligi nechta beklikka bo‘lingan?

A) 15 ta B) 27 ta S) 40 ta D) 32 ta

  1. Ahmad Donish qalamiga mansub asar nomi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) “Tabariy tarixi” B) ”Risolai tarixiya”

S) “Firdavs ul-iqbol” D) ”Tarixi Turkiston”



  1. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek …

A) Marg‘ilonda Kaufman bilan shartnoma imzoladi

B) Kaufman qo‘shinlariga qaqshatqich zarba berdi

S) Andijonni ruslardan tortib oldi

D) Qo‘qon xonligida boshqaruv islohoti o‘tkazdi



  1. Ma’lumki, 1876-yilda Qo‘qon xonligi tugatilib uning o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil etilgan. Bu viloyatning markazi qaysi shahar bo‘lgan?

A) Andijon B) Yangi Marg‘ilon S) Qo‘qon D) Namangan

  1. Buxoroda Rossiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifini kiritgan Ost-Indiya kompaniyasi vakillarini aniqlang.

A) Stoddart va Konolli B) Murkfort va Byorns

S) Ebbot va Konolli D) Volf va Ebbot



  1. 1852-yili Perovskiy qaerni bosib olishga urinib, muvaffaqiyatsiziikka uchradi?

A) Raim qal’asini B) Oqmachit qal’asini

S) Kaykovus kanali bo‘ylarini D) Niyozboshi qal’asini



  1. 1865-yilda Sirdaryo va Yangi Qo‘qon chiziqlari orasida tuzilgan viloyatni aniqlang.

A) Sirdaryo B) Yettisuv S) Turkiston D) Farg‘ona

  1. Chernyaev Toshkentni bosib olgach quyidagi qaysi dahalar oqsoqollari bilan muzokaralar olib bordi?

A) Taxtapuli, Labzak, Shayxontohur va Sag‘bon

B)Sag‘bon, Qorasaroy, Ko‘kcha va Qashg‘ar

S)Ko‘kcha, Sebzor, Taxtapui va Labzak

D)Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur



  1. Chor Rossiyasining 1866-yilgi harbiy kompaniyasi... .

  2. A) Jizzaxni egallash bilan tugadi.

B) deyarli muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

S) Toshkent viloyatini tashkil etish bilan tugadi.

D) Turkiston harbiy okrugiga katta zarar yetkazdi.


  1. Rossiya imperiyasi qo‘shinlari 1866-yilning 18 oktabrida Turkistonning qaysi shahrini egalladilar?

A) O‘ratepa B) Xo‘jand S) Jizzax D) Chimkent

  1. Turkiston viloyati tuzilishi bilan uning harbiy gubernatorligiga tayinlangan shaxsni aniqlang.

A) Chernyaev B) Romanovskiy S) Veryovkin D) Kaufman

  1. 1873-yilda tuzilgan Amudaryo bo‘limining markazi hozirgi qaysi shahar bo‘lgan?

A) Verniy B) Yangi Urganch S) Nukus D) To‘rtko‘l

  1. 1865-yil 17-iyun …

A) Xiva xoni va fon Kaufman o‘rtasida shartnoma imzolandi

B) Chernyaev to‘rttala daha – Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini muzokaraga chaqirdi

S) Rus qo‘shinlari tomonidan Xo‘jand shahri egallandi

D) Zirabuloq jangi bo‘lib o‘tdi



  1. Buxoro amirligining rus qo‘shinlari bilan birinchi jangi qachon va qaerda bo‘lib o‘tgan?

A) 1865-yil, Samarqand yaqinida B) 1866-yil, Jizzax yonida

S) 1866-yil, O‘ratepa atrofida D) 1866-yil, Erjar yaqinida



  1. 1875-yil 5 avgustda Qo‘qonni tark etgan Xudoyorxon qaerga jo‘nab ketdi?

A) O‘ratepa orqali Toshkent, imdan Afg‘onistonga

B) Qorasuv orqali to‘g‘ri Orenburgga

S) Xo‘jand orqali Toshkent, undan Orenburgga

D) Marg‘ilon orqali Orenburg, undan Peterburgga



  1. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoga uyushtirilgan bosqinning birinchi bosqichi yakunida ...

1. Qo‘qon xonligining shimoliy viloyatlari bosib olindi; 2. Turkiston general-gubernatorligi tuzildi; 3. Buxoro amirligining sharqiy hududlari bosib olindi; 4. Turkiston viloyati tuzildi; 5. Toshkent shahrini zabt etishga urinish amalga oshirildi; 6) Turkiston harbiy okrugi tuzildi.

A) 1,3,6 B) 2,4,5 S) 1,4,5 D) 2,3,6



  1. 1873-yilda imzolangan «Gandimiyon» shartnomasiga ko‘ra Xiva xonligi ...

1. Qo‘shni mamlakatlar bilan mustaqil holda har qanday aloqalar olib borishdan voz kechadigan bo‘ldi; 2. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘i va unga tutash bo‘lgan yerlaridan mahrum bo‘ldi; 3. Rus savdogarlaridan olinadigan bojning hajmi keskin kamaytirildi; 4. 20 yil davomida 2,2 mln. rubl miqdorida tovon to‘lash majburiyatini oldi; 5. Harbiy qismlari batamom tarqatilib yuborildi; 6. Hududi deyarli ikki baravarga qisqardi

A) 1,2,6 B) 3,4,5 S) 1,2,4 D) 3,5,6.



  1. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo hududidagi jangovar harakatlari qaysi voqeadan keyin yakunlandi?

A) Turkman qabilalarining bo‘ysundirilishi bilan

B) Xiva xonligining bosib olinishi bilan

S) Qo‘qon xonligi tugatilib Farg‘ona viloyatining tuzilishi bilan

D) O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi yakunlanishi bilan



  1. 1865-yil 6-avgustda podsho Aleksandr II ...

A) «Turkiston o‘lkasida harbiy-gubernatorlik holati haqidagi Nizom»ni tasdiqladi.

B) «Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish haqida» gi qonunni imzoladi.

S) «Bosib olingan yerlarda Zarafshon okrugini tashkil etish haqida»gi farmonni e’lon qildi.

D) «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom» ni tasdiqladi.



  1. Qaysi yili Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi?

A) 1875-yil B) 1868-yil S) 1859-yil D)1866-yil

  1. Qachon Avliyoota bosib olindi?

A) 1864-yil 4-iyun B) 1864-yil 12-iyul

S) 1864-yil 12-iyun D) 1864-yil 4-iyul



  1. Avliyoota hozirgi qaysi shahar?

A) Chimkent B) Turkiston S) Taroz D) Jizzax

  1. 1864-yil 1-oktabrda …

A)Aleksandr II ning Qo‘qonni bosib olishni davom ettirish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi

B) Chernyaev Toshkentni bosib olish uchun yurish boshladi

S) Niyozbek qal’asi egallandi

D) Rus qo‘shinlari Talas daryosining so‘l sohilida joylashgan istehkom Avliyootani bosib oldi



  1. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo‘rg‘oni egallanganidan so‘ng Chernyaev …

A) Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’nimlaydigan Chirchiq daryosidagi to‘g‘on buzib tashlash to‘g‘risda buyruq berdi

B) Toshkentni egallash uchun Orenburg general-gubernatoridan yordam so‘radi

S) Toshkent hokimiga taslim bo‘lish to‘g‘risida elchi jo‘natdi

D) qo‘shinni ikkiga bo‘lib, asosiy qism bilan Toshkentni egallash uchun yo’lga chiqdi



  1. 1877-yil Toshkent shahrida Duma tashkil qilinib, Duma ustidan rahbarlik qiluvchi shahar boshlig‘ini kim lavozimiga tasdiqlar edi?

A) Turkiston general-gubernatori B) harbiy vazir

S) podshoning o‘zi D) ichki ishlar vaziri



  1. «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘kalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi». Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) K.Palen B) F.Girsga S) A.Vrevskiyga D) S.Duxovskoyga

  1. Ko‘chirish siyosati natijasida Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi qaerda tashkil etildi?

A) Chimkentda B) Toshkentda S) Avliyootada D) Farg‘onada

  1. Rossiya imperiyasining ko‘chirib keltirish siyosati nima maqsadda amalga oshirildi?

A) mustamlaka tizimini mustahkamlash maqsadida

B) yangi ishchi kuchini tashkil qilish maqsadida

S) rus aholisining turmush tarzini yaxshilashmaqsadida

D) bo‘shab yotgan yerlarni o‘zlashtirish maqsadida



  1. 1875-1890-yillar oralig‘ida Turkistonga qancha rus oilasi ko‘chirildi?

A) 1100 B) 1500 S) 130 D) 1900

  1. 1865-yilgi «Nizom» ga muvofiq, Turkiston o‘lkasida boshqaruv tizimi nima deb nomlangan?

A) harbiy gubernatorlar boshqaruvi B) xalq boshqaruvi

S) diktatura boshqaruvi D) harbiy-xalq boshqaruvi

37.Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvidagi ma’muriy bo‘linishlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

A) viloyat - uezd - uchastka, volost B) guberniya - viloyat - uchastka, uezd

S) viloyat - volost - uchastka - uezd D) guberniya - volost - uezd - ovul


  1. Toshkentda «Vabo isyoni» qachon boshlandi?

A) 1892 y 24 iyun V) 1892 y 7 iyun

S) 1892 y 16 iyul D) 1894 y 2 iyul



  1. Turkistonda «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom» nechanchi yilda e’lon qilindi?

A) 1886-yil B) 1892-yil S) 1916-yil D) 1881-yil

40.Ma’lumki, dastlabki yillarda podshi hukumati oldida quyi boshqaruvga mahalliy aholidan o‘ziga eng ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muammosi paydo bo‘ldi. Bu muammoning hal etilishida qaysi tadbir podsho hukumatiga yordam berdi?

A) mahalliy amaldorlarga rus tilini o‘rgatadigan maxsus maktablarning tashkil qilinishi

B)mahalliy amaldorlarga soliq yig‘ish ishlarida ayrim erkinliklarning berilishi

S) boshqaruvning dastlabki vaqtlarida ishlab chiqilgan saylov tizimi

D) qo‘zg‘olonlarni bostirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan mahalliy amaldorlarning taqdirlanishi

41) Toshkent sud palatasi nechanchi yilda tuzilgan?

A) 1898-yil B) 1886-yil S) 1890-yil D) 1877-yil



  1. Toshkent sud palatasi qaysi organga bo‘ysunar edi?

A) harbiy vazirga B) Turkiston general-gubernatorligiga

S) hukumat Senatiga D) harbiy sud komissiyasiga



  1. Zarafshon okrugi 1886-yil Samarqand viloyatiga aylantirilib, uning tarkibiga qaysi uezdlar kiritilgan?

A) O‘ratepa, Buxoro, Miyonqol, Samarqand

B) Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand

S) Samarqand, Karmana, Shahrisabz, Qarshi

D) Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro, Kogon



  1. Aleksandr III tomonidan 1886-yil 12-iyulda tasdiqlangan «Nizom» ning asosiy maqsadi nima edi?

A) Turkistondagi boshqaruv tartiblarini tubdan o‘zgartirish va yangi ma’muriy hududlarni tashkil etish

B) barcha boshqaruv organlariga saylov tizimini kiritish

S) o‘lkadagi ma’muriy boshqaruvni mustahkamlash, yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirish

D) diniy lavozimlarni tugatish, vaqf yerlarini davlat foydasiga musodara qilish



  1. Toshkentda xo‘jalik boshqaruvi 1877-yil Dumaga o‘tgan bo‘lib, unda shaharni Yangi va Eski qismidan nechta deputat ishtirok etgan?

A) Yangi shahardan 21 ta, Eski shahardan 48 ta

B) Yangi shahardan 68 ta. Eski shahardan 41 ta

S) Yangi shahardan 39 ta, Eski shahardan 80 ta

D) Yangi shahardan 48ta, Eski shahardan 21ta



  1. O‘rta Osiyoda Amerika paxtasi asosida yangi paxta navi nechanchi yilda yaratildi?

A) 1881-yil B) 1879-yil S) 1884-yil D) 1874-yil

  1. 1886-yilgi «Nizom» ga muvofiq, Turkiston general- gubenatorligining ma’muriy boshqaruvida qanday yangi idora tashkil etildi?

A) Viloyat mahkamasi boshlig‘i Kengashi B) Amudaryo bo‘limi

S) genera-gubernator Kengashi D) general-gubernator shtabi



  1. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olgandan keyin, boshqaruv...

A) to‘liq harbiylar qo‘liga o‘tdi B) demokratlashtirildi

S) mahalliy harbiy hokimlar va oqsaqollar qo‘lida qoldirildi hamda ularning vakolati cheklandi

D) oqsaqollar kengashi, ruhoniylar bilan bir paytda harbiylar qo‘liga o‘tdi


  1. Nima sababdan XIX asr so‘nggi choragida Turkistondagi masjid va madrasalarning moddiy ahvoli yomonlashdi?

A) diniy ilmlarni o‘rganishga e’tiborning susayganligi

B) jadid maktablarining tashkil etilishi va mablag‘larning yangi maktablarga sarf etilishi

S) diniy ruhoniylarning ta’qib ostiga olinishi, qozikalon lavozimining tugatilishi

D) vaqf yerlari nazoratining mustamlakachi hukumat qo‘liga o‘tishi



  1. Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yer osti qazilma boyliklari nechanchi yilda Rossiya imperiyasi mulki deb e’lon qilindi?

A) 1880-yil B) 1867-yil S) 1886-yil D) 1876-yil

  1. Toshkentda nechanchi yil «Shahar nizomi» joriy etilgan?

A) 1877-yil B) 1866-yil S) 1874-yil D) 1886-yil

  1. Turkistonda mustamlakachi hukumat tomonidan qozi va biy sudlari tugatilishi maqsad qilib olingan bo‘lib, ular tugatilgunga qadar qanday ishlarni ko‘rishi belgilangan edi?

A) oilaviy mojarolar, kishilar o‘tosidagi kelishmovchiliklar

B) diniy munozalar, oqsoqollar orasidagj bahs- munozaralar

S) xon sulolalari orasidagi kelishmovchiliklar

D) barcha ma’muriy ishlar



  1. Turkistonda sud tergovchilari, viloyat prokurorlari lavozimi nechanchi yilda joriy qilingan?

A) 1877- yil B)1886-yil S) 1867-yil D)1865-yil

  1. O‘rta Osiyoda qurilgan birinchi temiryo’l qaysi hududlarni bog‘lagan?

A) Toshkent - Orenburg B) Samarqand - Andijon

S) Krasnavodsk - Qizilarvot D) Ashxabod - Toshkent



  1. Turkistonda «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom» nechanchi yilda e’lon qilindi?

A) 1886-yil B) 1892-yil S) 1916-yil D) 1881-yil

  1. O‘rta Osiyoda temir yo’llar dastlab nima maqsadda qurilgan edi?

A) o‘lkadagi paxtani olib ketish maqsadida

B) o‘lkaga rus tovarlarini olib kelish maqsadida

S) faqat aholini ko‘chirish maqsadida

D) harbiy maqsadda



  1. Temir yo’l Toshkent orqali Andijongacha kelgan yilni aniqlang.

A) 1899-yil B) 1888-yil S) 1885-yil D) 1905-yil

  1. Orenburgda Toshkentga qadar temiryo’l qurib kelingan yilni aniqlang.

A) 1899-yil B) 1905-yil S) 1901-yil D) 1898-yil

  1. 1898-yilgi Andijondagi Dukchi Eshon qo‘zg‘olonining ahamiyati – … A) mustamlakachi ma’muriyat va zulmga qarshi kurash yo‘llarini ko‘rsatib berdi.

B) qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, mustamlakachi ma’muriyat dehqonlarga biroz yon bosib, agrar sohasidagi ko‘pgina soliqlarni bekor qildi.

S) Farg‘ona vodiysida paxta yetishtirish qat’iy rejalashtirilib, suvdan foydalanishning dehqonlarga ma’qul tizimi joriy etildi.

D) bu qo‘zg‘olon tarixda stixiyali harakat sifatida ahamiyat kasb etadi.


  1. 1892 yil «Vabo isyoni» paytida Toshkent hokimi kim edi?

A) Ivanov B) Putensev S) Yaqubbek D) Yunusxon

  1. 1898 yil Rossiyaga qarshi Andijon qo‘zg‘aloni kim boshchiligida bo‘lib o‘tdi?

A) Muhammad Ali Eshon B) Yetimxon ) Dukchi Eshon D) A va S

  1. 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘alonining boshlanishiga asosiy sabab?

A) Soliq va majburiyatlarning uch marta oshirilishi

B) 1886 yilgi «Nizom» e’lon qilingandan keyingi mustamlaka zulmining kuchayishi

S) Milliy manfaatlarning mushtarakligi

D) Vaqf yer egaligining tugatilishi



  1. 1880 yil noyabr oyida qaerda aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinadi deb e’lon qilindi.

A) Toshkent va Jizzax B) Xo‘jand va O‘ratepadan

S) Xo‘jand va Sirdaryo D) Chust va Namangan



  1. “Omongeldi” tarihiy dostonining muallifini aniqlang.

A) Munis B) Aviniyoz S) Berdaq D) Ibrohim Kunho‘ja

  1. XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining demokratik an’analarini quyidagi qaysi yangi avlod shoirlari davom ettirdilar?

    1. Umar; 2) Qulimbet; 3) Bobo Go‘klan; 4) Kunxo‘ja; 5) Sariboy; 6) Otash Olshinboy; 7) Qulmurot; 8) Sodiq; 9) Ajiniyoz Qosinboy; 10) Berdaq.

A) 1, 2, 5, 7, 8 B) 1, 4, 5, 8, 10 S) 2, 3, 6, 8, 9 D) 1, 3, 5, 6, 10

  1. “Qirqqiz” dostonida aytilishicha, Guloyimga otasi qaysi yerni hadya etgan?

A) Sarkubni B) Muelini S) Chimboyni D) Mang‘itni

  1. XIX asrda xalq ongida o‘z-o‘zini anglash, erksevarlik va ozodlik uchun kurash ruhini uyg‘otishga xizmat qilgan shoirni aniqlang.

A) Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq B) Muhammadniyoz Nishotiy

S) Xoja Hasan Nisoriy D) Muhammad Komil Xorazmiy



  1. XIX asrda xalq ongida o‘z-o‘zini anglash, erksevarlik va ozodlik uchun kurash ruhini uyg‘otishga xizmat qilgan shoirni aniqlang.

A) Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq B) Muhammadniyoz Nishotiy

S) Xoja Hasan Nisoriy D) Muhammad Komil Xorazmiy



  1. 1868-yilda Rossiya gazetalaridan biri yozgan edi «Bu xalqning asosiy birdan-bir hunari dehqonchilikdir, mexnatsevarlik sharofatidan yerlari yaxshi sug‘oriladi xatto chig‘ir bilan ko‘tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi» bu ta’rif qaysi xalq xaqida?

A) tojiklar B) o‘zbeklar S) qoraqalpoqlar D) turkmanlar

  1. 1873-yilda qoraqalpoqlarning katta qismi qaysi xudud tarkibiga kiritilgan?

A) Buxoro amirligi tarkibiga B) RSFSR tarkibiga

S) Xiva xonligi tarkibiga D) Amudaryo bo‘limi tarkibiga



  1. Qaysi Xiva xoni tomonidan “Qoraqalpoq ulusi” shakllantiriladi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulus tarkibiga kiritiladi?

A) Muhammad Rahim I B) Olloqulixon

S) Muhammad Aminxon D) Muhammad Rahim II



  1. Ma’lumki, XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashagan. Ularning soni o‘sha davrda taxmina necha nafardan oshmagan?

A) 50 min B) 25 ming S) 80 ming D) 100 min

  1. Qoraqalpoq urug‘lari ichida harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda turuvchi shulluk va joung‘urni birlashtirgan urug‘ qaysi?

A) Shumanay B) shulluk S) aris-qo‘ng‘irot D) o‘n to‘rt urug‘

  1. XIX asrda qoraqalpoqlarda sudlarning necha turi mavjud edi?

A) 2 turi - shariy qozilar sudi va biylar

B) 3 turi – o‘tov sudi, biylar sudi, ovul sudi

S) 2 turi – o‘tov sudlar va ovul sudlari

D) 4 turi – fuqarolik sudi, harbiy sud, shariat sudi va qozilar sudlari



  1. Ma’lumki, XIX asrda qoraqalpoqlarda urush holatlarida aholining majburiy xizmatga chaqirilishi ham asosiy majburiyatlardan biri edi.

Bunda har bir jamoa … askar yetkazib berishlari lozim bo‘lgan.

A) 10000 tadan 20000 tagacha B) 1000 tadan 2000 tagacha

S) 500 tadan 1000 tagacha D) 2000 tadan 6000 tagacha


  1. Qaysi yili Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo‘zg‘alon ko‘tardilar?

A) 1844-yil B) 1827-yil S) 1855-yil D) 1881-yil

  1. Ma’lumki, XIX asrda qoraqalpoqlar Ernazarbiy boshchiligida qo‘zg‘alon ko‘taradilar. Ernazarbiy qo‘zg‘alondan qanday maqsadni ko‘zlagan?

A) Xiva xonligidan mustaqil alohida qoraqalpoq xonligini tuzish

B) Rossiya imperiyasi tobeligiga o‘tish

S) mamlakatda xon hokimiyatiga barham berish va respublika tuzumini o‘rnatish

D) qoraqalpoq xalqining davlat ishlarida aralashuviga erishish



  1. Ernzarbiy qo‘zg‘alonini bostirgan Xiva xoni kim?

A) Muhammad Aminxon B) Muhammad Rahim II

S) Olloqulixon D) Said Muhammad



  1. Xiva xoni tomonidan Ernazarbiy qo‘zg‘alonini bostirish uchun kim jo‘natiladi?

A) Muhmmadniyoz yasovulboshi B) turkman kuchlari boshlig‘i Otamurodxon

S) Muhammad Yaqub mushrif D) Muhammad Nazarbiy inoq



  1. 1873-yil Amudaryo bo‘limi tashkil qilinib, u qaysi viloyat tarkibiga kiritildi?

A) Kaspiyorti viloyati B) Samarqand viloyati

S) Sirdaryo viloyati D) Toshkent uezdi



  1. 1875-yilda Ural kazaklari Qoraqalpog‘istonning qaysi hududlariga ko‘chirtirilgan edi?

A) Petro-Aleksandrovsk, Ural posyolkasi, Nukus qishlog‘i

B) Chimboy, Xo‘jayli viloyati, Petro-Aleksandrovsk

S) Orolbo‘yi, Beruniy tumani, Ural posyolkasi

D) Ural posyolkasi, Chimboy qishlog‘i, Beruniy tumani



  1. Qoraqalpoqlarning yer solig‘i nima deyilgan?

A) alg‘ut B) tanobona S) solg‘ut D) ushr

  1. 1873-yilgi shartnomadan keyin Xiva xonligi tarkibida qoraqalpoqlarning qancha qismi qoldi?

A) 70 min B) 25 ming S) 38 min D) 20 min

  1. Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qaysi shaharda ochilgan?

A) Qo‘qon B) Andijon S) Toshkent D) Samarqand

  1. “Usuli savtiya” birikmasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) yangi usul B) birgalikdagi ta’lim S) harf tovushi usuli

D) yozib o‘rgatish usuli



  1. 1884-yil qaysi shaharda birinchi jadid maktabi ochildi?

A) Boqchasaroyda B) Anqarada S) Buxoroda D) Bakuda

  1. Turkiston jadidlari otasi deb hisoblanadigan allomani toping.

A) M.Behbudiy B) Ahmad Donish S) Munavvarqori

D) Ismoil G‘aspirali



  1. Turkistonda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi nechta bosqichda bo‘ldi?

A) uch bosqichda: birinchi bosqich maktab islohoti, ikkinchisi teatrlar tashkil etish, uchinchisi demokratik davlat qurish

B) ikki bosqichda: birinchi bosqich o‘lkada maktablar tashkil etish, ikkinchi bosqich o‘lka yoshlarini chet ellarda o‘qitish

S) ikki bosqichda: birinchi bosqich ma’rifatparvarlik, ikkinchi bosqich siyosiy ko‘rinishdagi harakat

D) to‘rt bosqichda: birinchi bosqich o‘lkada maktablar tashkil etish, ikkinchisi yoshlarni chet ellarda o‘qitish, uchinchisi teatrlar tashkil etish, to‘rtinchisi demokratik davlat qurish



  1. “Jadid” so‘zining ma’nosi nima?

A) intizom B) dunyoviy S) yangi D) usul

  1. Butun turkiy xalqlar orasida jadidchilik g‘oyalarining tarqalishiga qaysi gazetaning o‘rni katta bo‘lgan?

A) “Xurshid” B) “Tarjimon” S) “El bayrog‘i”

D) “Sadoi Turkiston”



  1. O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra … jadidlariga bo‘linadi.

A) Buxoro, Toshkent, Qo‘qon B) Xiva, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand

S) Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand D) Turkiston, Xiva, Buxor



  1. Quyidagi qaysi asarda yangi usul maktablarining ta’lim tizimi, dars o‘tish va uning tashkil qilinishi, xonalarning jihozlanishi, dars jadvali, ta’tillar, imtihonlar bayon etilgan?

A) “Turkiy guliston yoxud axloq” B) “Birinchi muallim”

S) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh”

D) “Yer yuzi”


  1. Quyidagi matbuot nashrlari va ularni tashkil qilgan muharrirlarni aniqlang.

    1. “Xurshid”; 2) “Shuhrat”; 3) “Taraqqiy”; 4) “Osiyo”

a) Abdulla Avloniy; b) Ahmadjon Bektemirov; ) Munavvar Qori; d)

Ismoil Obidov

A) 1-a, 2-d, 3-, 4-b B) 1-, 2-a, 3-d, 4-b

S) 1-, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-



  1. Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qachon va kim tomonidan ochilgan?

A) 1899-yil Mannon qori B) 1893-yil Shamsiddin domla

S) 1898-yil Salohiddin domla D) 1897-yil Ahmadjon domla



  1. 1917-yilga kelib Turkiston o‘lkasida jadid maktablarining soni qancha bo‘lgan?

A) 80 ga yaqin B) 24 ta S) 100 ga yaqin D) 63 ta

  1. 1917-yilda tashkil etilgan ommaviy axborot vositalarining aniqlang?

A) “Oyna” va “Turon”

B) “Sadoi Farg‘ona” va “Ulug‘ Turkiston”

S) “Sadoi Turkiston” va “Kengash”

D) “Hurriyat” va “Farg‘ona sahifasi”



  1. Toshkentdagi dastlabki jadid maktabi qachon, kim tomonidan tashkil qilingan?

A) 1898-yil Abdurazzoq domla B) 1899-yil Mannon qori

S) 1897-yil Salohiddin domla D) 1898-yil Shamsiddin domla



  1. 1913-1915-yillarda Turkistonda nashr etilgan gazetalarni aniqlang. 1) “Sadoi Turkiston”; 2) “Xurshid”; 3) “Sadoi Farg‘ona”; 4) “El bayrog‘i”; 5) “Samarqand”; 6) “Hurriyat”; 7) “Kengash”; 8) “Turon”; 9) “Shuhrat”; 10)

“Ulug‘ Turkiston”

A) 1,3,4,5,7,8,10 B) 1,2,4,6,8

S) 2,5,6,9,10 D) 2,3,6,7,9,10


  1. “Taraqqiy” gazetasi nechanchi yildan boshlab chiqa boshlagan?

A) 1906-yil B) 1908-yil

S) 1907-yil D) 1913-yil



  1. “Tarbiyayi atfol” jamiyati nechanchi yilda tashkil qilingan?

A) 1906-yil B) 1910-yil S) 1904-yil D) 1913-yil

  1. Turkistonda favqulodda muhofaza holati qachon e’lon qilindi?

A) 1910-yil B) 1914-yil S) 1913-yil D) 1917-yil

  1. 1916-yil qaysi Farg‘ona gubernatori ishdan bo‘shatildi.

A) Kuropatkin B) Palen S) Gippius D) Girs

  1. 1916-yilgi norozilik Turkistonning qaeridan boshlandi?

A) Jizzax B) Farg‘ona S) Samarqand D) Xo‘jand



  1. 1916-yil Jizzax shahrida Damin kulol boshchiligida xalq qaysi oqsoqoldan ro‘yhatni talab qilib bordi.

A) Miryoqub B) Mirzayor Xudoyyorov S) G‘oyibnazar D) Matyoqubxoji

  1. 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni rahbarlaridan biri Abdurahmon jevachi o‘z odamlari bilan qaerda to‘planib birgalikda harakat qilishga kelishdi.

A) Langarbob B) Naymanchi S) Labbaytog‘a D) Kuyaboshi

  1. Nikolay II ning mustamlaka o‘lkalardan mardikor olish to‘grisidagi farmoni qachon e’lon qilindi?

A) 1916-yil 25-iyun B) 1916-yil 14-iyul

S) 1916-yil 24-may D) 1915-yil 18-noyabr



  1. Nikolay II farmoniga binoan front orti ishlari uchun mahalliy aholining necha yoshli qismi jalb etildi?

A) 18-45 B) 19-45 S) 18-46 D) 19-43

  1. 1916-yil qo‘zg‘alon bo‘lgan joylarni ketma-ketlikda joylashtiring.

A) Farg‘ona, Toshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax

B) Xo‘jand Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Jizzax

S) Jizzax, Namangan, Toshkent, Samarqand, Xo‘jand

D) Samarqand, Jizzax, Xo‘jand. Toshkent Namangan



  1. 1916-yilgi Turkistondagi qo‘zg‘olonning tarixiy ahamiyati?

A) qo‘zg‘alonchilar chorizmning mo‘min qobil va mute qullari bo‘lib qola olmasliklarini isbotlashdi

B) Front ortidagi mardikorlarni qaytardi

S) itoatkorliklarini ko‘rsatdilar

D) boylar bilan birlasha olishlarini ko‘rsata oldilar



  1. 1896-yilda Toshkentda …

A) birinchi rus-tuzem maktabi ochildi

B) birinchi elektrostansiya ishga tushdi

S) birinchi gimnaziya ochildi

D) birinchi teatr ochildi



  1. O‘rta Osiyo olimlar jamiyati qachon tuzilgan?

A) 1868 yili B) 1869 yili S) 1870 yili D) 1871 yili

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish