Tarix umumiy test 129-variant IX asrda Damashqdagi rasadxonada osmon



Download 167,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi167,5 Kb.
#272936
Bog'liq
Tarix umumiy test 129 b


Tarix umumiy test 129-variant

1.IX asrda Damashqdagi rasadxonada osmon

jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha

zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga

rahbarlik qilgan vatandoshimizni toping.

A) al-Xorazmiy B) al-Moturidiy

C) az-Zamaxshariy D) al-Farg‘oniy

2. Nechanchi asrda Angliyada xalq orasida

“Dahshatli sud kitobi” nomini olgan yer-mulk

va aholi ro‘yxati tadbiri o‘tkazilgan?

A) XI asrda B) XIV asrda C) XII asrda

D) XIII asrda

3. Quyidagilardan bir asrda sodir bo‘lgan voqealar

berilgan javobni toping.

1) G‘arbiy Turk xoqoni To‘ng yabg‘uning

hukmronlik davri tugadi; 2) Qutayba ibn

Muslim tomonidan Buxoro egallandi; 3) Xalifa

Umar ibn Abdulazizning xalifalik davri tugadi;

4) Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy

kuch Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba

berdi; 5) Tohiriylarning hukmronligi tugadi;

6) Ispaniyada Arab xalifaligidan ajralib

chiqqan birinchi mustaqil amirlik tashkil topdi

A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5

D) 2, 3, 4, 6

4.Rasmda tasvirlangan misrliklarning xudosini toping.



A) Anubis B) Maat C) Tot D) Xatxor

5. Quyidagilardan XVIII asrda Fransiya tarixida

bo‘lib o‘tgan voqealarni belgilang.

1) Qonun chiqaruvchi Majlis "Vatan xavf

ostida" chaqirig‘i bilan xalqqa murojaat qildi;

2) Rossiya va Fransiya o‘rtasida "Tilzit

shartnomasi" tuzildi; 3) Karl X o‘z

hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib,

mamlakat parlamentini tarqatib yubordi;

4) Fransiya birinchi marta Respublika deb e’lon

qilindi; 5) M.Robespyer hukumati ag‘darildi;

6) Genrix IV Fransiya taxtiga o‘tirdi

A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 6

6. Quyidagilardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan

javobni toping.

1) Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237 -

1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik

urushlari olib borgan; 2) Oltin O‘rdaning

dastlabki poytaxti Saroy Botu Volga

daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan

shahri yaqinida bo‘lgan; 3) XIII asrda nemis

ritsarlari est qabilasi yerlarini egallaganidan

so‘ng, Novgorod-Pskov chegaralariga

yaqinlashadi; 4) Oltin O‘rdada tashqi siyosat

bilan bosqoqlar shug‘ullangan; 5) XV asrning

boshlarida Vladimir knyazligining Tver va

Moskva shaharlari rus yerlarining yangi

markazlari sifatida yuksala boshladi;

6) XIV asrda Rus tarixida "Muz ustida jang"

nomini olgan jang bo‘lib o‘tdi

A) 4, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5

7. Qaysi tarixiy davrda odamlar urug‘

Jamoalarining manzilgohlari vujudga keldi

A) Eneolit B) Neolit

C) So‘nggi paleolit D) Mezolit

8. Kushonlar davriga oid bo‘lgan qaysi

yodgorliklardagi buddaviylik ibodatxonalaridan

o‘sha davr devoriy tasvirlar va

haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari

topib o‘rganilgan?

A)Surxko‘tal, Dalvarzintepa, Zamonbobo

B)Surxko‘tal, Zartepa, Teshiktosh

C)Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa

D)Xolchayon, Jarqo‘ton, Fayoztepa

9. Quyidagilardan XX asr 90-yillarida

Ruminiyada prezidentlik lavozimida ishlagan

shaxsni belgilang.

A) L.Valensa B) M.Snegur C) L.Kravchuk

D) I.Iliyesku

10.Xaritada yulduzcha belgilangan hudud (davlat) bilan bog’liq voqeani toping.

A)1689-yilda Rossiyani Nercha shartnomasini

imzolashga majbur qildi.

B)1392-yilda hokimiyat tepasiga Li sulolasi

keldi.

C)1757-yilda Buyuk Britaniya unga tegishli



Bengaliyani bosib oldi.

D)1867-yilda Tokugava sulolasi hukmronligi

yakunlandi.

11. ShHTning Kotibiyati qachon o‘z ish faoliyatini

boshlagan?

A) 2003-yil sentabrda B) 2002-yil iyunda

C) 2004-yil yanvarda D) 2003-yil mayda

12. Abul Abbos Saffoh taxtga o‘tirgan yilda

quyidagi qaysi hududda abbosiylarga qarshi

qo‘zg‘olon ko‘tarildi?

A) Shosh B) Samarqand C) Buxoro

D) Xorazm

13. Quyidagi voqealardan qaysi biri Afg‘oniston

hukmdori Sheralixon hukmronligi davrida sodir

bo‘lgan?

A)Afg‘oniston va Buyuk Britaniya o‘rtasida

Gandamak bitimi imzolandi.

B)Ikkinchi ingliz-afg‘on urushi Buyuk

Britaniyaning mag‘lubiyati bilan tugadi.

C)Kobulda ingliz rezidensiyasi ochildi.

D)Ikkinchi ingliz-afg‘on urushi boshlandi.

14. O‘zbekiston Kommunistik(bolsheviklar)

partiyasi tuzilgan yilni belgilang.

A) 1927-yil B) 1920-yil C) 1925-yil

D) 1922-yil

15. Rus qo‘shinlari tomonidan 1865-yilda Toshkent

bosib olingach, M.Chernyayev xalqaro doirada

o‘z hatti-harakatlarini oqlash maqsadida shahar

oqsoqollaridan shaharni "ixtiyoriy ravishda

topshirish" to‘g‘risidagi sulhni imzolashga

majburlaganda, bu sulhga necha nafar oqsoqol

imzo qo‘ygan?

A) 4 nafar B) 9 nafar C) 6 nafar D) 15 nafar

16. "O‘zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi

tashkil etilgan yilni toping.

A) 1996-yil B) 1998-yil C) 1999-yil D) 1997-yil

17. Amir Nasrullo tomonidan Qo‘qonga noib etib

tayinlangan shaxsni aniqlang.

A) Murodxon B) Usta Qalandar

C) Musulmonqul D) Ibrohim dodhoh

18. Quyidagi qo‘zg‘olonlar boshlangan yillariga

qarab to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda berilgan

javobni aniqlang.

1)Taypinlar qo‘zg‘oloni; 2) Sipohilar

qo‘zg‘oloni; 3) Dekabristlar qo‘zg‘oloni; 4) Lion

to‘quvchilarining qo‘zg‘oloni; 5) Bobiylar

qo‘zg‘oloni.

A) 4, 3, 5, 2, 1 B) 3, 5, 4, 1, 2

C) 3, 4, 5, 1, 2 D) 4, 3, 1, 2, 5

19. Italiyada yangi konstitutsiya kuchga kirgan

yilni belgilang.

A) 1955-yil B) 1948-yil C) 1946-yil D) 1950-yil

20. Quyidagi voqealarni yillari bilan moslang.

1) Hirot hokimi Abulqosim Boburning

hukmronligi tugadi; 2) Movarounnahrda Sulton

Ahmadning hukmronligi boshlandi; 3) Mirzo

Ulug‘bek muomaladagi fulusiy pullar islohotini

amalga oshirdi; 4) Xurosonda Boysung‘urning

o‘g‘li Alouddavlaning hukmronligi tugadi;

5) Issiqko‘l yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda

Mirzo Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba

qozondi;


a) 1425-yil; b) 1448-yil; c) 1428-yil; d) 1457-yil;

e) 1469-yil; f) 1494-yil

A) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a B) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-b

C) 1-c, 2-f, 3-d, 4-a, 5-b D) 1-d, 2-f, 3-c, 4-b, 5-a

21. Quyidagi sak qabilalari yashagan hududlari

bilan to‘g‘ri moslashtirib berilgan javobni

toping.

1) saka-tigraxauda; 2) saka-tiay-taradarayya;

3) saka-xaumovarka.

a) Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada;

b) Hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy

Qozog‘iston yerlarida; c) Orol dengizi

bo‘ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi

Yaksart) quyi oqimida; d) Amudaryo

bo‘ylarida.

A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-b, 3-a

C) 1-b, 2-c, 3-d D) 1-a, 2-d, 3-b

22. AQSH davlati tuzilganligini, uning mustaqilligi

va suverenitetini 1783-yilda tan olgan davlatni

belgilang.


A) Buyuk Britaniya B) Rossiya

C) Fransiya D) Ispaniya

23. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda

berilgan javobni toping.

1) Efiopiyada Kasa o‘zini imperator deb e’lon

qildi; 2) AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli

qullarni Afrikaga joylashtirish harakati

boshlandi; 3) Fransiya Jazoirni bosib oldi;

4) Buyuk Britaniya aralashuvi bilan Kasa

hokimiyati ag‘darildi; 5) Liberiya ozod davlati

tuzilganligi e’lon qilindi

A) 3, 2, 5, 1, 4 B) 2, 3, 4, 5, 1

C) 2, 3, 5, 1, 4 D) 3, 2, 4, 5, 1

24. Milodiy asr boshlarida "Xudoning o‘g‘li"

nomini olgan Iso qaysi shaharda tug‘ilgan?

A) Bobil B) Vizantiy C) Rim D) Vifleem

25. Buyuk Britaniya Misrning mustaqilligini tan

olgan yilni toping.

A) 1939-yil B) 1918-yil C) 1930-yil D) 1922-yil

26. Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining

5 turi mavjud bo‘lib, oliy martabali ruhoniylar

va sayyidlar qo‘l ostida bo‘lgan yerlar ... deb

yuritilgan.

A) "hurri xolis" B) "mulki xos"

C) "mulk yerlari" D) "iqto"

27. XX asr boshlarida Gurlanda joylashgan Rossiya

savdogarlarining o‘nta idorasi asosan nima

bilan shug‘ullangan?

A)quritilgan mevalarni tashib ketish

B)teri-ko‘nchilik mahsulotlarini tashib ketish

C)paxtani tashib ketish

D)neftni qayta ishlash

28. Yevropa davlatlaridan Yetti yillik urushda eng katta foydani qaysi davlat olgan edi?

A)Fransiya B)Angliya C)Italiya D)Ispaniya

29. AQSHda Davlat departamenti, bu −...?

A)AQSHda ichki ishlar vazirligi B)AQSH Kongressi

C)AQSH Bosh vaziri D)AQSH tashqi ishlar vazirligi

30. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklarga


mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan
javobni toping.

Voqea

Yil

Voqeaga
aloqador
shaxs

Sarbadorlar harakati
rahbarlari Abu Bakr
Kalaviy va Xurdaki
Buxoriy qatl qilindi

1366

a

b

1221

Jaloliddin
Manguberdi

c

d

Sobuqtegin

Ma’lumotlar: 1) 996-yil; 2) 999-yil; 3) Amir


Husayn; 4) Tug‘luq Temur; 5) Parvon jangida
mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozondi;
6) Mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshchiligidagi
qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi;
7) G‘aznaviylar qo‘shini Buxoroni egalladi;
8) G‘aznaviylar Somoniylar davlatiga barham
berdi
A) a-3, b-6, c-7, d-1 B) a-4, b-5, c-8, d-2
C) a-4, b-6, c-8, d-2 D) a-3, b-5, c-7, d-1
Download 167,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish