Tarix va madaniy meros


Chashmayi shifo, Xoja Yalangto’sh bobo, Childuxtaron va boshqa qadamjolar



Download 3,51 Mb.
bet6/7
Sana28.06.2022
Hajmi3,51 Mb.
#712541
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
g\'ijduvon joy nomlari kurs ishi

5. Chashmayi shifo, Xoja Yalangto’sh bobo, Childuxtaron va boshqa qadamjolar.
Chashmayi shifo majmuasi. Aytishlaricha hozirgi shahar savdo aksiyadorlik jamiyati bilan ojizlarning sobiq korxonasi o’rtasida katta masjid va bir qabriston bo’lgan. Bu yerdagi chashma suvi ko’p xastaliklarga ayniqsa, qabziyatga chalinganlarga shifo bo’lgan ekan. Shu bois aholi o’rtasida bu yerni “Chashmayi shifo” “Qabziyat mozor” nomlari bilan ataganlar. Shu sababli yaqin-yaqinlargacha bu yerga keluvchi shifotalablar beadad bo’lgan. Balkim o’sha yerdan chiqadigan suvning tarkibida shifobaxsh xossalar, elementlar bordir. Lekin bu tarixiy obida ham 1937-1938-yillarda sho’rolar siyosati sabab buzib tashlangan. O’rniga avval ekilgan, so’ngra biz yuqorida tilga olgan tashkilot va muassasalar binolari qurilgan.14 Xoja Yalangto’sh bobo majmuasi.”O’zbekiston” shirkat xo’jaligi Chitgaron qishlog’I qabristoni Xoja Yalangto’sh bobo nomi bilan ataladi. Aytishlaricha bu sohibi karomat avliyo tabobat sohasida aholidan o’z yordamini ayamagan. U tufayli qabristonda bir chashmaning ko’zi ochilgan. Uni shifobaxsh suvi, loyqasi odamlardagi yara-chaqa, teri buzulishi dardlariga davo bo’lgan. Odamlar bu chashmani yomon ko’zlardan, zararli mikroblardan asrash uchun yonida toshquduq barpo qilib, uni avaylab kelganlar. Barcha qadamjolar qatori bu qadmjo ham sho’rolar davrida botil qilingan edi. Mustaqillik yillarida yana chashmaning suvi ochildi. Quduq ta’mirlandi. Shifotalablarning izi uzlmaydi.15 Childuxtaron qadamjosi. Oqtepa qishlog’ida pishiq g’ishtdan barpo etilgan bir qadimiy quduq bo’lib, uni Childuxtaron nomi bilan ataydilar. Bu yerga kelib ketuvchi xojattalab xotin-qizlarning keti uzilmaydi. Emishki tahorat olib, ixlos bilan bu quduq suviga termulgan kishining ko’ziga oy va yulduzchalar ko’rinsa, farzandlik bo’lar ekan. Ko’rinmasa yo’q. Shu yerdagi qariyalar bu haqida jonli dalillar ham keltiradilar. Qishloq qariyalarining rivoyat qilishlaricha, XV-XVI asrlarda Xorazm g’ayridinlar tomonidan ishg’ol qilinib, xalq boshiga ofatlar keltiriladi. Ayniqsa voha qizarini majburlab, o’z askarlariga uylantirib, naslini buzganlari yetmaganday, ularni fohishalik singari gunohi azimga ham giriftor qilganlar. Shunda xrazmlik qizlardan qirq nafari cho’lma-cho’l qochib, Xoja Yalangto’sh qadamjosiga yetib keladilar. Izma-iz quvib kelgan yovlar bilan mana shu qizlar o’ratsida g’oyibdan bir olov paydo bo’ladi. Olovda qo’rqib qolgan yovlar ortga chekinadilar. Qizlar esa, mana shu olovdan eson-omon o’tib, yana qaroqchilar dastidan dod deb qocha boshlaydilar. Oqtepa qishlog’iga yetganlarida qizlar bir-birlari bilan qo’lma qo’l ushlashib, quduqqa tushib ko’zdan g’oyib bo’ladilar. O’shandan buyon Oqtepa qishlog’idagi mana shu quduq Childuxtaron qudug’I deb atalgan. 16
Childuxtaron mozori. G’ijduvon shahridagi sobiq Degrezon mahallasining hozirgi Fizkulturachilar ko’chasida ham Childuxtaron mozori bor. Mana shu mozor yonida jome masi=jidi bo’lib, u sho’rolar davrida vayron qilingan. Childuxtaron masjidi nomi haqida ham yuqoridagidek rivoyatlar xalq orasida saqlanib qolgan. Shu sababli bu joy nomini hamisha ehtirom bilan xotirlab kelganlar. Sho’rolar davrigacha bu mahallani Childuxtaron mahallasi deb ataganlar. Xoja Ahshad qadamjosi. Firishkent qishlog’ida joylashgan bu qishloqning asl nomi Farishtakent ya’ni ilohiy farishtalar bunyod etgan degan ma’noni anglatadi. Bu yerda sarahdi qariyb bir yarim gektar keladigan, balandligi 15-20 metrli yaxlit tepalik bor. Ko’hna xovuz yonida esa Xoja Ahshad avliyoning qabri, jome masjidi va qabriston bor. Xoja Ahshad aslida Muhammad alayhissalomning Movarounnahrga keib qolgan sahobalaridan Qusam ibn Abbos (Shohi Zinda) ning qavmidir. Bu yerda Xoja Ahshad qadamjosi firishkntliklarning muqaddas joyidir.
Shodmon Xoja Eshon qadamjosi. Chitgaron qishlog’ida o’nlab kishining qulochi yetmaydigan 600-700 yoshli bir tut daraxti bo’lib, uning barglariga, tanasiga suv sepilsa tutning tanasi yam-yashil tusga kirib, o’zidan nur taratadi. Bu daraxtga tahdid qilib, shoxlariga bolta urgan hamqishloqlaridan ko’pi qattiq shikast topishgan. Shu shu bu yerdagi daraxtni shu xonadon sohiblari ardoqlab kelmoqdalar. Daraxtning o’rnida bir chashma bore di. Mana shu chashma yonida g’oyibdan ikki oyog’i cho’loq, yurolmaydigan bir arabsifat kishi paydo bo’ladi. Bu kishini Shodmon Xoja Arab deb ataydilar. U hassa bilan yurar edi. U mana shu yerda chashma suvidan shifo topib, oyoqlari tuzalib, hassani tashlab, yura boshladi va keraksiz hassani buloq bo’yiga tiqib qo’ydi. Kunlardan bir kuni mana shu hassa tomir otib ko’kara boshladi va kattakon tut daraxtiga aylandi. Buloq esa qurib qoldi. Mana shu daraxt yonida Shodmon Xoja Eshonning qabri qabri joylashgan.
Shayx Tojiddin masjidi. Shahardagi A.NAvoiy mahalla fuqarolar yig’ini idorasi qad ko’targan bino o’rnida bundan besh asr muqaddam qurilgan shayx Tojiddin masjidi bo’lgan. Masjid ichkarisi to’rtburchak shaklda, 20x30 metr kenglikka ega bo’lgan. 100 bolorli bu bino ichkarisi naqshinkor, ganchkori qilingan. Eshiklari pishiq mahalliy materialdan o’ymakori qilib ishlangan. Binoning kun chiqarga qaratilgan yuz bolorlik ayvoni, sakkiz o’n metr balandlikdagi ustunlari bo’lgan. U shahardagi yagona jome masjidi bo’lib, juma namozlari va kundalik besh vaqt namozlar shu yerda o’qilgan. Bino oldida 40 ta hujrasi, Pirmast anhoriga yaqin masofaga qorixonlik binosi, tahoratxona, chillaxona bo’lgan. Bino yaqinida avliyoning otasi xilxonasi va shayx Tojiddinning qabrlari bo’lib, ustiga tug’ ko’tarilgan. Avliyolar haqida to’liq ma’lumotlar yo’q. Masjid supasida azon aytadigan minora, uning pastida hovuz, toshquduq bo’lgan.17 Mahalla qariyalaridan Abdurahmon boboning aytishlaricha, bu masjidning yaqin atrofiga yan bir necha masjidlar, ular oldida sag’ana va tug’lar bo’lgan. Lekin bu nodir meroslar sho’rolar hukmronligi davrida vayron qilib tashlangan. 1929-1930-yillarda bu manzilda bo’lgan tarixiy yodgorliklarni o’rganish va ro’yxatga olish ekspeditsiyasi kelgan. Tarixchi olimlarda V.Shishkin, B.Zasipkinalar shayx Tojiddin masjidi va uning atrofida bo’lgan 15 ta masjidni suratga tushurganlar, loyihasini chizganlar. Ular Ermitaj arxivida, tarixiy meroslarni himoya qilishga bag’ishlangan muzeylarda saqlanmoqda.
Shayx Tojiddin tarixiy yodgorligi urushgacha davlat muassasalarining bir nechtasining qo’lidan o’tib turgan. Avvalo bu yerga qorako’l teri, jun qabul qilish punkti tashkil etilgan. Keyinchalik bu yerda “Quvvat” hunarmandchilik arteli joylashgan. Ancha vaqt shahar savdo idorasining omboriga aylantirilgan. So’ngra shahar kommunal xo’jaligi tasarrufiga o’tkazilib, trar joy qilib berilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida bu tarixiy yodgorlik binosi, masjid vayron qilinib, g’ishtlari, o’ymakor eshik derazalari hamda san’atkorona bezatilgan bolorlar ayvon ustunlari talon-taroj qilingan. Shunday qilib, g’ijduvonliklar o’zlarining ota meroslar, ajoyib qurulish inshootlaridan judo qilinganlar. 18 Imom Jafari Sodiqon masjidi. Ushbu o’z davrining mashhur ziyoratgohi bo’lgan masjid Jafari qishlog’ida joylashgan. Bu tarixiy bino ham sho’rolar siyosatining qurboni bo’lib, uy-joyga aylantirilgan. Ba’zi malumotlarga qaraganda, bu masjid va undagi xilxonalar sohibi xojayi Jahon – Abduxoliq G’ijdivoniynning ajdodlaridan bo’lgan imom Jafar Sodiq emishlar. Bu sohibi karomat avliyo haqida to’liq ma’lumot yo’q.
Arabxon masjidi. A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi Xonjon buvining aytishicha, bu masjid sho’rolar davridan oldin namozgoh bo’lgan. Masjid oldidagi qabristonda avliyoning sag’anasi va katta tut daraxti bo’lgan. Masjid hovlisida Qabatullodan keltirilgan uzun ko’k tosh qo’yilgan bo’lib, uni ixlos bilan ziorat qilib, kaftlarini yuz ko’zlariga surtgan bemorlar ko’kyo’tal xastaligidan xalos bo’lgan ekanlar.
Masjidi Rasta. Hozirgi hokimyat binosi sharqida, Pirmast anhorining quyisida bir ko’hna masjid qad rostlab turibdi. Mahalliy aholidan ba’zisi uni Masjidi Qalmoqon deb atasa, ba’zisi Masjidi Qalmoq deb ataydi. Yana bir farazga ko’ra G’ijduvon qo’rg’oni va uning atrofidagi manzilgohlarda o’zbekning 92 urug’idan 28 tasi yashagan. Ular orasida Qalmoq urug’I ham bo’lgan. Masjidni shu urug’ nomi bilan atalgan bo’lishlari ham mumkin. Shu yerlik qariyalardan Fazliddin bob ova Sharofbobo Sodiqxo’ja o’g’li bu masjid XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida qurilganini , mahalliy aholi namozgohi bo’lganini aytadilar. Ularning ta’kidlashicha, masjid eski chit bozori va Pirmast anhoridan sharqqa cho’zilgan usti yopiq rastalar boshida qurilgan. Rastalarning ikki tomonidan savdo do’konlari, maxsido’zlik, etikdo’zlik, zargarlik, tepakdo’zlik, chilangarlik va boshqa hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. 1930-yillardan boshlangan qatag’ondan bu masjid ham chetda qolmagan. Bu masjidning muazzini, imomi bir kechada izsiz yo’qolgan. Ko’p o’tmay bu binoda avval madaniyat uyi, keyin sut-yog’ zavodi, matlubot jamiyati ombori, oshxona va allaqnaday muasssasalar faoliyat yuritgan. 1960-yillarga kelib masjid binosining atrofi turli imoratlar bilan o’rab olingan. Faqat Pirmast arig’I tomoni ochiq turibdi. Rasta boshida qurilgan bu masjidni Masjidi Rasta deyishlari ham bejiz emas. Ko’hna masjid hanuz o’z o’rnida turibdi. Chorsu masjidi. Bu masjid XVII-XVIII asrlarda qurilgan bo’lib, tarixiy yodgorliklarni himoya qilish idorasi tomonidan ro’yxatga olingan. Lekin bu tarixiy yodgorlik ham rus va mahalliy xudosizlar sa’y-harakati, qatag’on oqibatida nurab vayron bo’lib ketdi. Davlatimizning tarixiy yodgorliklarni himoya qilish, ta’mirlash va saqlab qolish siyosatiga xilofon bu tarixiy yodgorlikni buzib tashladilar.19 Masjidi Qassobon. Ushbu masjid 1800-yilda Qassabon qishlog’I oqsoqoli tomonidan qurilgan. Masjid o’z tahoratxonasiga, ravzasiga ega bo’lgan. Ikki yuz yil davomida Qalqonrud labida qad rostlab turgan bu masjidga hech qanday ziyon yetmagan. Bu bino ko’p vaqt ombor va brigade paxtalarini saqlaydigan joyga aylantirilgan. Ayni kunda bu masjiddan ahli mo’minlar foydalanmoqda. G’ijduvon shahrida ham hashamatli qassabon masjidi bor. Bu masjid ham 1800-yilda qurilgan. 45 bolorli ushbu binoning balandligi 6,5 metr. Bino kvadrat shaklida qurilgan. Mana shu masjid yonidagi kulbada bizga noma’lum bo’lgan bir qabr bor. Ba’zi birovlar bu qabrni Abduxoliq G’ijdivoniy vorisiniki deb ataydilar. Ba’zilari esa sohibi qabr Arabistondan kelib qolgan Xo’jalar urug’idan deb ataydilar. Lekin bu qabrda kim ko’milganligi bizga noma’lum.
Xulosa.
O’lkani o’rganish, tahlil qilish har bir fuqaroning insoniylik burchlaridan biridir. Shu bois shu o’lkada yashayotgan har bir fuqaro vatanini sеvish, o’rganish, diliga jo etishdan ham muqaddasroq burch bo’lmasa kеrak. Zеro, yurtboshimiz aytganlaridеk, tarixni bilmasdan turib, kеlajak poydеvorini mustahkam qura olmaymiz.1 Shunday ekan o’z vatanimiz, o’z xalqimizning tarixini bilish biz yoshlar uchun mas’uliyatli burchdir. O’lkani, jonajon vatanimizning tarixini, manaviy, madaniy mеrosimizni anglab еtishda o’lkashunoslikning ahamiyati kattadir.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan. Qaror sharhida qayd etilishicha, ushbu hujjat “O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida” qabul qilingan. O’lkashunoslik mahalliy aholi tomonidan o’z ona yurti hisoblangan muayyan o’lka, shahar yoki qishloq va boshqa tеrritoriyalarni har tomonlama o’rganish, o’z o’lkasining tabiatini, aholini, xo’jaligini va madaniyatini o’rganishga xizmat qiladi. O’lkashunoslik bu masalalarning hammasini bir-biri bilan bog’liq holda soha o’lkashunosligi gеografiyaga, tarixga, etnografiyaga, arxеologiya toponimika muzeyoga oid masalalarni tahlil qiladi va shular asosida o’rganadi.
O’lkashunoslikning asosiy usuli o’z o’lkasi haqidagi bilimlarni oshiradigan ma’lumotlar va moddiy madaniyat buyumlari va qazilmalarning namunalari va boshqa ma’lumotlar to’plashdan iborat. Bunday ma’lumotlarni to’plashda yuqorida aytganimizdеk, arxеologiya, etnografiya, toponimik va boshqa moddiy hamda yozma manbalarning qiymati kattadir. Ayniqsa o’lkamiz tarixini o’rganishda etnografik falklor ma’lumotlar, matеriallarning o’rni bеqiyosdir.
Etnografiya - xalqlarni o’rganuvchi fandir. Etnografiyaga olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Masana: "etnos" - xalq, "lagos" - so’z, tushuncha, fikrlash dеb ham e’tirof qilinadi.2 Kеngroq qilib aytadigan bo’lsak, etnografiya xalqlarni kеlib chiqishi (etnogеnеzi), ularning madaniyati, urf-odatlari, marosimlari, xo’jalik turlari o’zaro aloqa va munosabatlarini o’rganuvchi fandir.
Ba’zi mamlakatlarda shu ma’noda "etnologiya" atamasi bilan bir qatorda "madaniy antropologiya" va "xalqshunoslik" nomlari ham uchraydi.
Ma’lumki, etnografiya fani o’lamizga ruslarning kirib kеlishi bilan paydo bo’ldi dеsak xato bo’lmaydi. Shunchaga tarixnavisligimiz o’zgacha bo’lib, tarixiy manbalarimizga xalq xo’jaligiga oid tilshunoslikka doir qisman ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Misol tariqasida Mirzo Ulug’bеkning "tarixiy-arba’ ulus", Abulg’ozining "Shajarayi turk", Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" va boshqa mutafakkirlarning asarlarida etnik tarixdan lavhalarni uchratishimiz tabiiy. Jumladan, ular o’z asarlarida turkiy qabilalarning nomlarini va ularning kеlib chiqishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini izohlab o’tishga harakat etganlar. Prezidentimiz Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat markazining tarixiy qismida turizmni yanada rivojlantirishga o‘z taklif-tavsiyalarini berdilar. Yurtboshimizning turizmni rivojlantirish borasida aytgan bu fikrlari sayyohlarning betakror tarixiy yodgorliklari, milliy hunarmandchilik an’analari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Buxoroi sharifga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi shubhasiz. Ta’kidlash kerak, viloyatda 2018 yilda turizmni yanada rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, 61 loyihani hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 32 mehmonxona, 12 motel, 10 istirohat bog‘i barpo etilib, “Buxoro Palas”, “Varaxsha” va “Zarafshon” mehmonxonalari rekonstruksiya qilinadi. Bundan tashqari, turizm bo‘yicha xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, restoranlar qurish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari xarid qilish, madaniy meros ob’ektlarini tadbirkorlarga ijaraga berish, havo sharida sayohatni tashkil qilish, G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent va Jondor tumanlarida qishloq turizmini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu maskanlarda sayyohlar va mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini yaxshilash va boshqa bir qator jihatlar bo‘yicha mahalliy vakillik organlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari deputatlik nazoratiga olinadi. Viloyat markazida tarixiy va madaniy meros ob’ektlarini tadbirkorlarga ijaraga berish, Buxoro bo‘ylab havo sharida sayohatlarni tashkil qilish, G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent va Jondor tumanlarida qishloq turizmini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganligi ham elektoratimiz vakillari – tadbirkorlarga keng imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz. Bu boradagi ustuvor loyihalar ijrosi viloyatga xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini sezilarli darajada ko‘paytiradi hamda tarmoqda xizmatlar eksporti hajmini oshiradi. Shu o‘rinda Prezidentimizning Buxoro viloyatiga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida viloyat markazining sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida berilgan topshiriqlar bosqichma-bosqich bajarilayotganini ta’kidlash kerak. Shaharning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesini qurish, Haqiqat va Xo‘janurobod ko‘chalarini kengaytirib, saylgohga aylantirish, Poyikalon va Mirarab madrasalarini qayta ta’mirlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar shular jumlasidandir. Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning viloyatimizda tashrifi davomida aytgan fikr-mulohazalari xalqimiz turmush farovonligini oshirish, el-yurt ma’murchiligiga erishish, qo‘hna va hamisha navqiron Buxoroi Sharifning obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.


Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish