Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Ana shunday voqealardan biri XVII asr 40-yillarda bo‘lib o‘tgan Angliya burjua inqilobidir



Download 11,81 Kb.
Sana29.09.2021
Hajmi11,81 Kb.
#188796
Bog'liq
1-seminar


Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Ana shunday voqealardan biri XVII asr 40-yillarda bo‘lib o‘tgan Angliya burjua inqilobidir. XVII asr 40-yillardagi ingliz inqilobi ilk bor burjua jamiyati va davlati tamoyillarini e’lon qildi. Bu inqilob Fransiya, Italiya, Germaniya, Polshada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan bir vaqtda bo‘lib, qo‘shni Fransiyaga juda katta g‘oyaviy tasir ko‘rsatdi. Inqilob Angliyada rivojlangan falsafiy va siyosiy xarakterdagi burjua g‘oyalari, ayniqsa XVIII asr Fransiya burjua inqilobi arafasida fransuz burjua mafkurasining shakllanishiga yordam berib, Angliyaning o‘zida kapitalizm taraqqiyoti uchun keng imkoniyat ochib berdi. Natijada XVIII asr 2-yarmida bu erda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat to‘ntarishi yuz berdi. Angliya XVI-XVII asrlarda agrar mamlakat bo‘lib, XVII asr boshida Angliyadagi aholining 1/5 qismi shaharlarda yashar edi. XVII asr 1-yarmida ingliz savdo floti kichik edi. SHu sababli, Golland kemalaridan foydalanib, turli mamlakatlardan va hatto mustamlakalardan ham Angliyaga juda ko‘p mahsulotlar tashib kelinar edi. Angliyaning chetga chiqaradigan mollaridan biri dag‘al movut bo‘lib, u Gollandiyada qayta ishlanar edi.

Movut sanoati Angliyaning turli rayonlarida: sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri), SHimoliy okruglarda YOrkshir grafligi, markaziy grafliklarda-Nyuberi shahri va janubiy-sharqda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chiqarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chiqa boshlayotgan edi. SHunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chiqayotgan bo‘lsa ham, ishlab chiqarishning kapitalistik formasi eetilib kelayotganligi xarakterlidir.

XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlakatlar bilan savdo qiluvchi ko‘plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo‘lishi, ingliz kapitalining er sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maqsadida tuzilgan Moskva kompaniyasi va Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.

Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo‘yilishi, Hindistonda va g‘arbiy Afrika qirg‘oqlarida ba’zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz mustamlakachilik siyosati boshlaganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko‘proq, yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog‘liq edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o‘ziga er olishni istar va Evropa talab qilayotgan ba’zi mahsulotlarni ko‘paytirishdan manfaatdor edi. SHu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo‘jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo‘ldi. Ingliz qishlog‘i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan, so‘ngra ichki bozor bilan bog‘langan edi. Ayniqsa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit’asiga juda ko‘p jun chiqarilar edi. Angliyaning o‘zida movut to‘qish qanchalik rivojlanayotgan bo‘lsa mamlakat ichida shunchalik ko‘p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o‘sishi Angliyada qo‘ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo‘ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning 1-yarmida mashhur bo‘lib ketgan "g‘ov tutish" ning boshlanishiga turtki bo‘ldi. Qo‘y boqishning ommaviy suratda ko‘paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. G‘ov tutishni ingliz qishlog‘ida katta er egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriatsiya qilishning ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko‘payishi g‘ov tutishning natijasi bo‘ldi.



Angliyada kapitallarni o‘z qo‘liga to‘plagan yirik burjuaziya sinf sifatida o‘smoqda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan aloqada bo‘lgan bank-sudxo‘r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. er egasi bo‘lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo‘linib ketayotgan edi. O‘z xo‘jaligini kapitalistik izga qo‘yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o‘rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. YAngi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. "YUqori tabaqalar" bilan "quyi tabaqalar" o‘rtasidagi farq chuqurlashdi. Natijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo‘lgan feodallar bilan dehqonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar eriga g‘ov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijarachilar hali ham bor edi. Lekin ularning eerini ijaraga olib "egalik qilish" sharoiti borgan sari og‘irlashib bordi. Lord va jentelmenlar odatdagi "eski" rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to‘lashni talab qilardilar. YA’ni ijarachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko‘proq bo‘lgan bir yo‘la olinadigan bir qator to‘lovlarni tayinlar edilar. Inqilobdan oldingi davrda shaharlarda ham xalq ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya inqilobning dastlabki davrida o‘z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o‘zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan o‘z harbiy otryadlarini tuzdi. Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq bo‘lib turdi. XVI asrda Tyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g‘alayonlar ko‘tarish oldida turgan dehqon plebey revolutsion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo‘l qo‘ymay, o‘z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi faqat feodallarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatchiligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko‘ramizki parlament toifa vakillari organi bo‘lib, butun XVI asr davomida yaqqol namoyon bo‘ldi. Parlamentning umumpalatasida asosan yangi dvoryanlarning vakillari o‘tirib burjuaziyaning manfaatlarini yo‘qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o‘zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizimga nisbatan oppoziyasiga bo‘lgan organga aylanadi. Tyudorlar dinastiyasining so‘nggi vakili bo‘lgan qirolicha Elizavetta davrida qirollik bilan parlament o‘rtasidagi kelishmovchilik namoyon bo‘ldi. Umumpalata qirolicha hukumining bir qator ya’ni taxt vorisi to‘g‘risidagi, diniy masalalar to‘g‘risidagi savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to‘g‘risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirdi. Tyudorlar davrida halq ommasining chiqishlari o‘sib bordi. Irland xalqining ozodlik kurashi ham jiddiy ahamiyat kasb eta boshladi. 1603 yil Elizavettaning vasiyatiga ko‘ra YAkov VIAngliyaning qiroli qilib tayinlandi. Angliyada u YAkov I nomini oldi. YAngi dinastiya davrida feodal tuzum bilan burjuaziya o‘rtasidagi ajralish yaqqolroq ko‘rindi. YAngi qirol Angliyaning oq suyak feodal elementlariga tayanib ish ko‘rdi. Parlament YAkov I ga soliq yig‘ish huquqini bermagan paytlarda u juda g‘azablanardi. U 1610 yilda g‘azab bilan "Axir, Fransiya, Daniya, Ispaniya qirollari boj oladilarku, nega men boj olmas ekanman?" der edi. Pul topishga intilib, YAkov I savdo va sanoat monopoliyalarni tuzish huquqini beradigan patentlar sotishni qizitib yubordi. Ammo parlament bu gal ham qiroldan suiste’mol qilishlarni tugatishni talab qildi. 1624 yilda YAkov I davridagi so‘nggi parlament moliya ministri graf Midlseksni sud javobgarligiga tortdi. Qirolning o‘zi ordonans chiqarib, unda qirollikda nimaiki bo‘lmasin sotish, tortib olish, ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishga monopol huquq beruvchi hamma patentlar bekor qilindi, deb e’lon qildi. Parlament qirolning ichki siyosatidangina emas, balki tashqi siyosatidan ham norozi bo‘lgandi. Yelizavetta ispanlarga va katoliklarga qarshi turgan bo‘lsa, YAkov I siyosatni o‘zgartirib men Ispaniya bilan urush holatda emasman deb e’lon qildi. Angliya 1588 yil tuzilgan ittifoq shartnomada xilof ravishda Ispaniyaga qarshi urushda Niderlandiyaga yordam berishdan bosh tortdi. Bunday siyosat ingliz burjuaziyasiga qarshi chiqish degan gap edi, chunki ingliz burjuaziyasi Ispaniyani va mustamlakachilik savdosi sohasidagi raqibi edi. Ispaniya va Niderlandiya o‘rtasida urush davom etayotganligi sababli, Ispanlar Gollandlarni yoki Golland tovarlarini qidirish bahonasi bilan ingliz kemalarini tez-tez tutib qolar edilar. Ingliz hukumati o‘z savdogarlarining arzlariga quloq solmay kelayotgan edi. Evropada 30-yillik urush boshlanib ketganda YAkov I German protestantlarining boshlig‘i Fridrix Pfalsning qaynatasi sifatida Gabsburglarga qarshi urushda qatnashdi. Ammo YAkov I Germaniya protestantlariga yordam berish o‘rniga, Fridrix Pfalsga imperator tortib olgan erlarni qaytarib olib bermoqchi bo‘ldi. Ispan diplomatlari, chunonchi YAkov I ning cheksiz ishonchiga sazovor bo‘lgan elchi Gondomar uni necha yillar axmoq qilib keldi, chunki Ispan Gabsburglari Avstraliyalik Gabsburglar bilan yagona siyosat yurgizayotgan edilar. 1624 yilda YAkov I o‘z o‘g‘li Karl I ni Ispan malikasiga uylantirish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish uchun Madridga jo‘nadi. Bu diplomatik niyatlaridan, tabiiyki hech nima chiqmadi. YAkov I ning yana shu maqsadga Fridrix Pfalsga yordam berish uchun Fransiya bilan ittifoq tuzishga urinishi muvaffaqiyasiz chiqdi. SHaxzoda Karl I bilan fransuz malikasi Genrieta-Mariya o‘rtasidagi nikohni Angliyaliklar sovuqqina qabul qildilar. By nikoh natijasida ingliz saroyi katoliklarning ig‘vo markaziga aylanib ketadi deb xavfsiradilar. Haqiqatdan ham SHunday bo‘ldi. YAkov I 1625 yil bahorida vafot etdi. Uni o‘rniga taxtni egallagan Karl I (1625-1649) otasi kabi u ham qirol hokimiyatini cheksiz deb hisobladi. Gersog Bekingemning maslahatlariga amal qilib, aktiv tashqi siyosat olib borishga urindi, lekin muvaffaqiyasizlikka uchradi. Ispaniyaga qarshi urush boshlab, Bekingem 3-ta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Amerikadan Ispaniyaga kumush tashiyotgan ispan kemalarini qo‘lga kiritgan, mahsulotlarni sotib, qirolning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu yo‘l bilan hukumatni parlamentdan mustaqil qilib olish nazarda tutilgan edi. Ispaniyaning Kadis portini qo‘lga kiritish va Ispaniya hududiga ekspeditsion korpus tushirish ham mo‘ljallangan edi.
Download 11,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish