Tarixi fani perdmeti, maqsadi va vazifalari


Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo‘nalishlari



Download 25,38 Kb.
bet4/4
Sana26.02.2022
Hajmi25,38 Kb.
#466759
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogika

Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo‘nalishlari
Mustaqillik yillarida pedagog kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’limda o‘qitish sifati va samaradorligini bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy, ma’naviy-axloqiy tayyorgarligi belgilab berishi haqidagi qat’i y xulosaga kelindi. Ana shu sababli ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi sifatida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilab berildi”21. Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ishlab chiqildi va ta’limni insonparvarlashtirishning ustuvorligi ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik davrida o’ziga xos pedagogik nazariyalar maktabi vujudga keldi. Mazkur pedagogik nazariyaning tadrijiy rivojlanishi bu davrda yetakchi bo’lgan millatning ijtimoiy, ilmiy tafakkur darajasini yaqqol ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik fikrlarning taraqqiyoti davlat tomonidan ta’lim-tarbiya oldiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmaga bevosita bog’liqdir. Chunki ijtimoiy buyurtmada davlat va jamiyat ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy ehtiyojlari ta’lim orqali qondirilar ekan, xuddi Shu ta’lim tizimining ilmiy asoslanishiga zaruriyat mavjud.
Mustaqillik yillarida o’zbekiston Respublikasida insonparvar, demokratik xarakterdagi uzluksiz ta’lim tizimi joriy etildi. U birinchi navbatda Shaxsning ma’naviyati, qobiliyati, iqtidori, salohiyatini ro’yobga chiqarish, uni amaliyotga joriy etish uchun zarur Shart-Sharoitlar yaratishga qaratildi. Bu esa pedagogika fanining yangi metodologiyaga tayanilgan holda rivojlanishiga yo’l ochdi, pedagogik tadqiqotlar ko’lamini kengaytirdi, Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga yo’naltirildi.
Chunki pedagogika fani uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilgan o’quvchi hamda talabalar o’zlashtirgan bilimlar hamda ularning intellectual rivojlanganligigi, axloqiy sifatlarni qay darajada egallaganliklari muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bunda insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib, tayanch kompetensiyalarni Shakllantirib borish lozim. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim modeli jamiyatda erkin fikrlovchi Shaxsni shakllantirishga olib keladi. Bu esa hayotiy maqsadlariga ega va irodali, o‘z qadrini biladigan insonlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi. Ta’lim va tarbiya muntazam ravishda zamon talablariga mos holda rivojlanib, yangilanib boraveradi. Shu o‘rinda uzluksiz ta’lim Sharoitida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘zligini namoyon qila oladigan kompetent kadrlarni tayyorlash vazifasi ustivorlik kasb etadi. Zamonaviy ta’lim modeliga asoslangan holda Davlat ta’lim standartlari qaytadan ko‘rib chiqildi. Takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlarida ta’lim oluvchilarda tayanch va predmetga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.
“Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, Shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma va malakalar majmuidan iborat. Bunda har bir Shaxs kommunikativ bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi”22.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fani uchun ham, amaliyoti uchun ham ta’lim oluvchilar Shaxsi bosh qadriyatga, ularni barkamol inson sifatida shakllantirish yetakchi maqsadga aylangach, pedagogik nazariyaning mazmun-mohiyati tubdan o’zgardi.
Xullas, mustaqillik in’om etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar va imkoniyatlar asosida, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida rivojlanib borayotgan pedagogik fikrlar ham o’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lib, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Shuning uchun ham pedagogika o’zbekiston Respublikasida ilmning ustivor sohasiga aylandi
Shuningdek, pedagogika fani sohasida xal etilishi zarur bo’lgan quyidagi muhim vazifalar belgilandi: sobiq sho’ro davridan qolgan mafkuraviy qarashlardan voz kechish, ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni amalga oshirish, zamonaviy bilimga ega o’qituvchi kadrlarni tayyorlash, ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim sifatini oshirish, o’quv jarayoni, mazmuni, darsliklar sifatini, o’quvchilarga beriladigan bilimlar hajmini aniqlash, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limini yangidan barpo etish, oliy o’quv yurtlarida zamon talablariga mos mutaxassislar tayyorlashning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
Pedagogika nazariyasini boyitish va barkamol Shaxsni shakllantirish jarayoni ilmiy metodik jihatdan ta’minlanibgina qolmasdan, uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish imkoniyatlari kengaydi. Mamlakatimiz pedagogika fanida ta’lim tizimi hamda o’quv jarayonini boshqarish – pedagogik menejment tizimi vujudga keldi. Ta’limning yangi Shakllari, liberallashtirish imkoniyatlari, Shaxsga yo’naltirilgan o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish asoslari ishlab chiqildi.
Ajdodlarimizning boy pedagogik merosini o’rganish sohasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratish yo’nalishidagi izlanishlar;
2. Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash yo’nalishidagi tadqiqotlar;
3. Ta’limninng ilmiy metodik asoslarini chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yo’nalishlar;
4. Yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yo’nalishidagi ishlar;
5. Ta’lim tizimi va o’quv jarayonini boshqarish, pedagogik menejment yo’nalishidagi tadqiqotlar;
6. Pedagogika tarixi yo’nalishidagi tadqiqotlar;
7. Xalq pedagogikasi sohasidagi izlanishlar;
8. Xalqaro pedagogik tajribalarni o’rganishga oid tadqiqotlar;
9. O’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlar;
10. Kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar;
11. Oila tarbiyasi to’g’risidagi tadqiqotlar;
12. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim yo’nalishidagi izlanishlar;
13. Barkamol avlodni shakllantirishda ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiyaga oid tadqiqotlar;
14. Huquqiy, iqtisodiy, ekologik hamda estetik ta’lim-tarbiyaga oid izlanishlar;
15. O’quvchi-talabalarda sog’lom turmush tarziga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar;
16. Axborot resurs markazlari faoliyatlarini yaxshilash yo’nalishidai tadqiqotlar;
17. Xususiy metodikaga oid ishlar.
Mustaqillik yillarida pedagogikaning xususiy tarmoqlari rivojlandi. Pedagogik prognostika, tashxislash, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy-pedagogika, andropedagogika, difektologiya, inklyuziv ta’lim sohasida izlanishlar amalga oshirildi.
Download 25,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish