Tasdiklayman


Harbiy boshqaruvning asosiy organlari



Download 24,31 Kb.
bet7/7
Sana01.01.2022
Hajmi24,31 Kb.
#288831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – davlatning harbiy tashkiloti

Harbiy boshqaruvning asosiy organlari


Davlat mudofaasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy tadbirlar majmuyidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa masalasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Respublika Prezidentining, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, vazirliklar, idoralar, davlat hokimiyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini belgilab berdi.

«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Prezident respublika mudofaa qobiliyatini ta’minlash, davlat manfaatlariga qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda

2 – 4901

uning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi; Qurolli Kuchlarning tuzilishi, ularning strategik rejasini tasdiqlaydi; Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida favqulodda hollarda ulardan foydalanish haqida buyruq beradi.

Prezident vakolatlariga umumiy yoki qisman safarbarlikni, respublikaga qurolli hujum qilingan taqdirda urush holatini e’lon qilish, urush davrida me’yoriy aktlarni joriy etish va ular faoliyatini to‘xtatish; mudofaa sohasidagi davlat organlari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish; harbiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish va xalqaro protokollarni imzolash; harbiy lavozimlarga yuqori unvonli ofitserlar tarkibidan shaxslarni tayinlash; ularga harbiy va maxsus unvonlar berish kiradi.

Qonunchilikda Oliy Majlis harbiy sohadagi vakolatlari doirasiga mudofaa konsepsiyasini, Harbiy qasamyodni, Prezident tavsiyasiga binoan, Mudofaa vazirini tasdiqlash, harbiy qurilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga doir qonunlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni harbiy xizmatga safarbar qilish va harbiy xizmatdan bo‘shatish, harbiy holatni joriy etish, qurolli tajovuz qilingan taqdirda urush holatini e’lon qilish, harbiy harakatlar to‘xtatilganda tinchlik bitimini tuzish, tinchlik, xavfsizlikni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro protokollarga doir majburiyatlarni bajarish, zarur bo‘lib qolganda, Qurolli Kuchlarni qo‘llash to‘g‘risidagi Farmonlarni tasdiqlash, harbiy masalalar bo‘yicha respublika xalqaro protokollarini ratifikatsiyalash yoki ular o‘z kuchini yo‘qotgan, deb e’lon qilish, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoniga oliy harbiy unvon berish kabilar kiritildi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani ta’minlash bo‘yicha o‘ziga bo‘ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qilish, Qurolli Kuchlarni qurollar, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlash; Mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy-texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa buyumlar hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan respublika fuqarolarining soni hamda harbiy va muqobil xizmatga chaqiriluvchilarning harbiy hisobini olib borish; harbiy xizmatga chaqirish va haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni zaxiraga chiqarish, safarbarlik va harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.

Vazirlar Mahkamasi davlat va safarbarlik zaxiralarining moddiy boyliklarini to‘plash rejalarini tasdiqlaydi; xalq xo‘jaligini safarbarlikka tayyorlash, safarbarlikni kuchaytirish va uni urush holati sharoitidagi ish tartibiga o‘tkazishga rahbarlik qiladi; harbiy xizmatchilar, iste’fodagi harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini, shuningdek, xizmat burchini o‘tayotganda halok bo‘lgan, vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy-huquqiy kafolatlari, moddiy, maishiy va nafaqa ta’minoti masalalarini hal etadi; harbiy-hunar ta’limiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta harbiy o‘quv yurtlarini tuzadi va ularni tugatadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuni vazirliklar, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv idoralari vakolatlari doirasiga harbiy buyurtmalarni bajarayotgan vazirliklar va idoralar boshqaruvining topshirilgan tarmoqlarida mudofaa ehtiyojlariga mo‘ljallangan zarur mahsulotlarning yetkazib berilishi uchun, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun javobgar bo‘ladi, tarmoq harbiy davrda safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq, barqaror ishlashini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi.

Hokimiyatlar va mahalliy boshqaruv idoralari xalq xo‘jaligining safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash sohasidagi qonunlarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘ladilar; harbiy qismlarga va muassasalarga zarur mahalliy mahsulotlar yetkazib berilishi hamda suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlanishini amalga oshiradilar, aloqa vositalarini beradilar, kommunalmaishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar; mudofaa manfaatlarini ko‘zlab qonunlarga muvofiq, yer ajratib beradilar va ulardan foydalanishni nazorat qilib boradilar; qonunlarda belgilangan tartibda harbiy qismlarga, Qurolli Kuchlarning muassasalariga, harbiy o‘quv yurtlari, korxona va tashkilotlarga xizmat binolari va turar joylar ajratib beradilar, harbiy obyektlarga, harbiy xizmatchilarga, ular oilalariga nisbatan qonunga zid xatti-harakatlar qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radilar.

III. Mashg’ulotning yakuniy qismi 10 min.

1. O’tkazilgan mashg’ulot bo’yicha savol-javob o’tkazish 6 min.

2. Talabalar faoliyaatini baholash 2 min.



3 Talabalarga uyga vazifa berish 2 min.

Mashg’ulot rahbari: Xolmurodov.X
Download 24,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish