Тасдиқлайман тдси стоматология факультети


II синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш



Download 1,75 Mb.
bet56/60
Sana25.07.2021
Hajmi1,75 Mb.
#128075
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
P.R.S javobi

II синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш.

Javob: II karioz bo’shliqni 5xil usulda ochish mumkin:

  1. Minimal invaziv – kariyes mavjud bo’lgan kontakt yuzasiga kirish yo’li ochiq bo’lsa, qo’shni tish bo’lmaganda. Bu usulda kariyes bo’shliq okklyuzion yuzaga chiqarilmagan holda amalga ochiladi. Bundan tashqari, tishlarni separatorlar yoki klinlar orqali bir-biridan ajratib karioz bo’shliqqa kirish mumkin.

  2. Okklyuzion kirish yo’li – nisbatan keng tarqalgan. Karioz bo’shliqqa chaynov yuzasi orqali yo’l ochiladi. Bu usulning kamchiligi chaynov yuzasida emalning katta qismining va marginal bo’rtiqning olib tashlanishi.

  3. Vestibular yoki til yuzasi tomonidan – karioz bo’shliq tish bo’yniga yaqin joylashganda va klinik koronka baland bo’lganda qo’llaniladi. Bu usulda vestibular yoki til yuzasidan karioz bo’shliq tomonga gorizontal tunnelga o’xshash yo’l ochiladi. Shuning uchun ba’zida bu usul “gorizontal tunnel texnikasi” deyiladi.

  4. Milk tomondan – tishlar siljiganda, tish bo’yinlari ochilib qolganda, ya’ni milk tomondan karioz bo’shliqqa yo’l ochish mumkin bo’lganda bu usuldan foydalaniladi.

  5. Tunnel usuli – okklyuzion usulning bir turi hisoblanadi, bunda marginal bo’rtiq saqlab qolinadi. Bo’shliq chaynov yuzasining uchburchaksimon chuqurchasidan boshlanadi, tish chetidan 2-2,5 mm ichkaridan boshlanadi. Shu joydan karioz bo’shliq tomon tunnel yo’l ochiladi. Buni okklyuzion-aproksimal tunnel deyiladi. Bu usuldan karioz bo’shliq uncha katta bo’lmagan hollarda foydalaniladi. Bu usulning kamchiligi vizual nazoratning yo’qligi va tish bo’shlig’i ochilib qolishi mumkinligi.

Karioz kovak kontakt yuzada bo‘lib, qo‘shni tish bo‘lmasa, kovakni chaynov yuzaga chiqarmasdan shakllantirish mumkin. Qo‘shimcha maydonsiz, chaynov yuzasiga chiqarilgan kovak karioz kovak ekvatordan yuqorida joylashganda shakllantiriladi. Karioz kovak milk qirg‘og‘igacha yetib kelganda, ya’ni butun kontakt yuza zararlanganda qo‘shimcha maydon hosil qilinib, chaynov yuzasiga chiqaril gan kovak shakllantiriladi. Bunda olmosli yoki qattiq metalli borlar bilan emal-dentin charxlanib, kariyes kovagiga yo‘l ochiladi. Keyin charxlash odatdagidek bajariladi: bo‘shliqni ochish, kengaytirish va shakllantirish. Kariyes jarayoni medial va distal kontakt yuzalarni zararlagan bo‘lsa, shakllantirilgan kovak tishning medial, distal va okkluzion yuzalarida joylashadi. Okkluzion yuzadagi kovak medial va distal karioz kovak uchun umumiy qo‘shimcha maydon hisoblanadi. Kovak premolar va molarlarning lunj, lab (tanglay) yuzalarida bo‘lsa, ular uchun ham chaynov yuzada umumiy qo‘shimcha maydon hosil qilinadi. Asosiy maydonning milk oldi qirg‘og‘i tekis to‘g‘ri yuzaga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun teskari konussimon bor bilan ishlov beriladi. Agar milk so‘rg‘ichlari gipertrofiyalangan bo‘lib, kariyes kovagini to‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa, avval milk qirg‘oqlari korreksiya qilinadi. Keyin esa kovakni charxlash mumkin. II sinf kovaklarni charxlashning o‘ziga xosligi qo ‘shimcha maydon hosil qilinishidir. Q0 ‘shimcha maydon doimiy plombaning mustahkamligini oshiradi.

Qo‘shimcha maydonni charxlash qoidalari.

l. Ekvator sathida yoki undan pastroq joylashgan kariyes kovaklarida qo ‘shimcha maydon eni asosiy maydon eniga teng yoki ingichkaroq bo‘lishi kerak;

2. Qo‘shimcha maydon chaynov yuza uzunligini ½-2/3 qismini tashkil qiladi;

3. Qo‘shimcha maydonning chuqurligi emal-dentin chegarasidan 1 mm pastroq joylashadi.



  1. Download 1,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish