Tasdiqlash haqida



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana25.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#409820
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
704-сон 21.08.2019

Oldingi

 tahrirga qarang.

soliqlar  va  yig‘imlar,  moliyaviy  jarimalar  summasi,  shu  jumladan,  tekshirishlar  yakunlari

bo‘yicha hisoblangan summalar to‘langandan keyin;



(31-bandning  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi 1-sonli 

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-

son)

tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar bo‘yicha huquqlarga

yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan muassislar

(qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.

32.  Tugatish  balansi  tijorat  tashkiloti  muassislari  (qatnashchilari)  tomonidan  tasdiqlanadi  va

davlat  soliq  xizmati  organiga  topshiriladi.  Tugatuvchi  tugatilayotgan  tijorat  tashkiloti  qarzdor

sifatida  ishtirok  etgan  va  ijro  etilmagan  ijro  hujjatlarining  ish  yurituvida  mavjudligi  yuzasidan

Byuroga so‘rov yuboradi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Tugatish  balansi  qabul  qilingandan  keyin  davlat  soliq  xizmati  organi  tijorat  tashkilotining

soliqlar  va  yig‘imlar  bo‘yicha  qarzi  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda,  bir  ish  kuni  mobaynida  soliqlar  va

yig‘imlar  bo‘yicha  qarzi  yo‘qligi  to‘g‘risida  xulosani  tugatuvchiga  hamda  Tizim  orqali  ro‘yxatdan

o‘tkazuvchi organga yuboradi.

(32-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi 1-sonli 

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-

son)

Byuro  tijorat  tashkiloti  qarzdor  sifatida  ishtirok  etgan  va  ijro  etilmagan  ijro  hujjati  uning  ish

yurituvida  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda,  ijro  etilmagan  tegishli  ijro  hujjati  ish  yurituvida  mavjud

emasligi  haqida  tugatuvchiga  hamda  Tizim  orqali  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga  uch  ish  kuni

mobaynida xabarnoma yuborishi shart.

Oldingi

 tahrirga qarang.

33.  Davlat  soliq  xizmati  organi  tomonidan  taqdim  etilgan  tijorat  tashkilotining  soliqlar  va

yig‘imlardan  qarzi  yo‘qligi  to‘g‘risidagi  xulosasi,  shuningdek,  ijro  etilmagan  tegishli  ijro  hujjati  ish

yurituvida  mavjud  emasligi  haqida  Byuroning  xabarnomasi  olingandan  keyin  tugatuvchi  tijorat

tashkilotining  asosiy  hisobvarag‘i  ochilgan  bankka  uni  yopish  to‘g‘risida  murojaat  qiladi.  Bank  bir

ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli bo‘lgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy

hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.

(33-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi 1-sonli 

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-

son)

Tijorat  tashkilotining  hisobvaraqlari  xatlangan  bo‘lsa,  ularning  yopilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.

Bunda tugatuvchi 2-son kartoteka bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash (qaytarish) va xatlashni bekor qilish

choralarini ko‘radi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

34.  Tugatuvchi  asosiy  hisobvaraqi  yopilgandan  keyin  uch  ish  kuni  mobaynida  belgilangan

tartibda  davlat  yoki  nodavlat  arxiviga  tijorat  tashkilotining  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan

barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.



(34-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  15-fevraldagi  68-sonli 

qarori

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)

35.  Tugatuvchi  tijorat  tashkilotini  davlat  reyestridan  chiqarish  uchun  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi

organga quyidagilarni taqdim etadi:

tijorat  tashkilotining  barcha  hisobvaraqlari  yopilganligi  to‘g‘risida  xizmat  ko‘rsatuvchi

banklarning ma’lumotnomalari;

tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud bo‘lsa);

vakolatli  organ  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlarni  bekor  qilish  to‘g‘risidagi

ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);



Oldingi

 tahrirga qarang.

tijorat  tashkiloti  hujjatlarining  belgilangan  tartibda  davlat  yoki  nodavlat  arxiviga

topshirilganligini  tasdiqlovchi  ma’lumotnoma  (davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  vaqtdan  boshlab

moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).



(35-bandning  beshinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  15-

fevraldagi 68-sonli 

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-


son)

36.  Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  ushbu  Nizomning 

35-bandida 

ko‘rsatilgan  barcha  hujjatlar

olingandan  keyin  ikki  ish  kuni  mobaynida  ushbu  Nizomning 

32  —  34-bandlari 

ijrosi

ta’minlanganligini  Tizim  orqali  tekshiradi  hamda  davlat  reyestriga  tijorat  tashkiloti  tugatilganligi



to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi.

Nizomning

 32 — 34-bandlarida 

nazarda  tutilgan  ma’lumotlar  Tizimda  mavjud  bo‘lmasa  yoki

35-banddagi 

hujjatlar  to‘liq  taqdim  etilmagan  taqdirda,  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  davlat

reyestriga yozuvlar kiritishni rad etadi.

Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organning  qarori  u  qabul  qilingan  kundan  keyin  bir  ish  kuni

mobaynida  tugatuvchiga  beriladi  yoki  unga  pochta  orqali  jo‘natiladi.  Davlat  reyestriga  kiritish  rad

etilgan  taqdirda,  tugatuvchiga  ayni  bir  vaqtda  olingan  barcha  hujjatlar,  muhr  va  shtamplar  (agar

mavjud bo‘lsa) qaytariladi.

37. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi

yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:

tijorat  tashkiloti  tugatilganligi  to‘g‘risida  davlat  soliq  xizmati  va  statistika  organlarini  Tizim

orqali xabardor qiladi;

tugatilgan  tijorat  tashkilotining  muhr  va  shtamplarini  (agar  mavjud  bo‘lsa)  belgilangan

tartibda yo‘q qilish choralarini ko‘radi;

tijorat  tashkilotiga  berilgan  litsenziya  va  ruxsatnomalarni  (agar  mavjud  bo‘lsa)  ularni  bergan

organlarga topshiradi;

O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  bankining  tijorat  tashkiloti  joylashgan  joydagi  filialini  tijorat

tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

38.  Tijorat  tashkilotini  ixtiyoriy  tugatishning  umumiy  muddati  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.

Ko‘rsatilgan  muddat  o‘tgunga  qadar  ushbu  Nizomning 

35-bandida 

ko‘rsatilgan  hujjatlar

ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga  to‘liq  taqdim  etilmasa,  ixtiyoriy  tugatish  to‘xtatiladi.  Ro‘yxatdan

o‘tkazuvchi  organ  bir  ish  kuni  mobaynida  davlat  soliq  xizmati  va  statistika  organlariga  ixtiyoriy

tugatish  to‘xtatilganligi  to‘g‘risida  Tizim  orqali  xabar  beradi  hamda  yopilgan  bank  hisobvaraqlari

qayta tiklanadi.

39. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 

38-bandida 

ko‘rsatilgan muddatda tugallanmaganda,

shuningdek,  ixtiyoriy  tugatish  va  tijorat  tashkiloti  faoliyatini  tiklash  tartiboti  to‘xtatilganda  ushbu

Nizomning  18-bandi  “a”  kichik  bandi 

uchinchi  xatboshida 

belgilangan  imtiyozlar  qo‘llanmaydi

hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun to‘liq hajmda

undiriladi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish