«Tasdiqlayman» Hayvonlar fiziologiyasi,biokimyosi va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, dotsent: Eshimov D. «Siydikdagi organik tarkibiy qismlarini aniqlash.»


-Mavzu: Siydikdagi organik tarkibiy qismlarini aniqlash



Download 25,05 Kb.
bet4/5
Sana04.06.2022
Hajmi25,05 Kb.
#636797
1   2   3   4   5
Bog'liq
19-Laboratoriya darsi

19-Mavzu: Siydikdagi organik tarkibiy qismlarini aniqlash.
Siydik tarkibidagi azotli organik birikmalarning asosiy qismini oqsil moddalar almashinuvining organizmdagi qoldiq moddasi bo’lgan mochevina tashkil etadi. Siydik tarkibidagi (asosiy) umumiy azot miqdorining 80-85% i mochevina azotiga to’g’ri keladi. Siydikdagi mochevina miqdori hayvon ozuqasi tarkibida­gi oqsilli moddalar, ya’ni protein miqdoriga bog’liqdir. Uglevodlar bilan ko’proq oziqlanadigan hayvonlarning siydigida uning miqdori ozayadi. Go’shtxo’r hayvonlarda esa uning miqdori aksincha, ortadi. Siydik tarkibida oz miqdorda bo’lsada erkin yoki birikkan holatdagi turli xil aminokislotalar ham uchraydi. Miqdor jihatdan ko’p uchraydigan erkin aminokislotalarga sistin, glyutamin kislota, gistidin kabilarni, birikkan holatdagilariga esa asparagin kislota, glyutamin kislota, gistidin, lizin kabilarni ko’rsatash mumkin.
Bir kecha-kunduzda patalogik holatdagi, ayniqsa jigar va buyrak kasallanganda, hayvon siydigi bilan ajralib chiqadigan aminokislotalar miqdori sog’lom hayvonnikiga nisbatan ancha baland bo’lishi aniqlangan. Sistenuriya- bu oltingugurt tutuvchi aminokislotalar almashinuvining natijasidir. Bunda bir kecha-kunduzda (80-85 mg normada ishlab chiqilganda) nisbatan ancha ko’p oltingugurtli aminokislotalar (400-1000 mg) ishlab chiqiladi. Natijada sistin yomon eriydigan bo’lgani uchun cho’kmalar holatida cho’kib, buyrak jomi va siydik yo’llarida toshlar (30-40 g) hosil qiladi. Bunday hollarda siydikda lizin, triptofan, tirozin, leysin, gistidin kabi aminokiyelotalarning miqdori ancha ortadi.
Siydik tarkibida bundan tashqari siydik kislota, purin asoslari (adenin, guanin), gipokeantin, ksantin, keratin kabilar uchraydi. Ichaklarda oqsilli moddalarning chirishi natijasida hosil bo’ladigan indol, skatol, fenol, krezol kabi moddalar qonga so’rilib, jigarda sulfat va sirka kislotalari bilan birikib zararsizlantiriladi, ya’ni indoksil-sulfat, skatoksil-sulfat, oksifenil-atsetat birikmalarga aylanadi. Shu birikmalar holatida siydik tarkibida ham uchraydi. Kreatinin siydikning doimiy komponentidir. Ayrim holatlarda kreatin ham hosil bo’ladi. Ularning siy-dikdagi miqdori hayvon mushak to’qimalarining faoliyati bilan bog’liq. Chunki ular mushak to’qimalarida kreatinfosfat deb ataluvchi birikmalardan hosil bo’ladi. Mushak to’qimalari kasallanganda, muskullar distrofiyasi jarayonlarida ularning miqdori keskin ortadi.



Download 25,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish