Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» fanidan mustaqil ta’lim shakli va mazmuni



Download 0,74 Mb.
bet148/206
Sana08.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#435274
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206
Bog'liq
HO\'AT. 2021-2022. 2-kurs. III semestr. majmua..

«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» fanidan mustaqil ta’lim shakli va mazmuni





Mustaqil ta’lim mavzusi

Sоat

Ta’lim turi

Talabalarga bеrilgan vazifa

1

Morfema va uning turlari

10

Mustaqil ta’lim

Referat

2

O‘zbek tili derivatsiyasi

10

Mustaqil ta’lim

Slayd

3

O‘zbek tili grammatik shakllar.

10

Mustaqil ta’lim

Ilmiy tezis

4

Grammatik ma’no va uning turlari.

10

Mustaqil ta’lim

Referat

5

Grammatik kategoriya va uning turlari.

10

Mustaqil ta’lim

Slayd

6

O‘zbek tilida mustaqil so‘z turkumlari.

10

Mustaqil ta’lim

Ilmiy tezis

7

O‘zbek tilida sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar.

10

Mustaqil ta’lim

Referat

8

O‘zbek tilida so‘z-gaplar.

10

Mustaqil ta’lim

Referat

9

O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar.

10

Mustaqil ta’lim

Slayd




JAMI

90









Jami: 90 soat


Izoh: Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan
referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
GLOSSARIY



Adabiy til

milliy tilning ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan oliy formasi

Artikulatsiya usuli

nutq a’zolari hosil qilgan to‘siqdan havo oqimining portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tishi

Artikulatsiya o‘rni

talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi

Arxaizm-frazema

hozirgi o‘zbek tilida sinonimi bor bo‘lgan eskirgan frazema

Bir tilli lug‘atlar

bir til materialiga asoslangan lug‘atlar

Bo‘g‘in cho‘qqisi

bo‘g‘in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo‘g‘in cho‘qqisi sanaladi

Denotat

leksema tomonidan nomlangan narsa-predmet, voqelik

Diakritik belgilar

harfga qo‘shimcha ravishda birikitirilgan ishora belgilari

Dialektizm-frazema

biror dialekt yoki shevaga mansub frazema

Divergensiya

til strukturasidagi o‘zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi. Mas."k"ning "k"va "q"ga ajralishi

Eksperimental (instrumental) fonetika

nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetika

Ekstralingvistik omillar

tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari
jarayonida) ta’sir o‘tkazadi

Ensiklopedik lug‘atlar

tabiat va jamiyatdagi muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy voqeliklar, buyuk shaxslar haqida ma’lumot beruvchi lug‘at tiplari

Etimologiya

tilshunoslikning so‘z va morfemalarning kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘limi

Fokus

talaffuzda faol va nofaol nutq a’zolari orasida hosil qilingan to‘siq. O‘pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishidan shovqinning yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo‘ladi

Fonema

so‘zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig‘ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik

Fonema ottenkalari

fonemalarning talaffuzdagi real ko‘rinishlari

Fonemalarning differensial belgilari

o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari

Fonemalarning integral belgilari

o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari

Fonetik-fonologik sath

til ierarxiyasining tovush tizimidan iborat quyi pog‘onasi (quyi yarusi): nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u, ohang va b.lar

Fonetika

tilshunoslikning fonetik birliklar, ularning fizik-akustik va h.k. xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi bo‘limi

Fonetik so‘z

nutq tovushlarining ma’lum tartibda joylashuvidan tarkib topgan so‘zning fonetik qiyofasi, leksemaning ifoda plani

Fonografema

grafemalarning fonemalarni ifodalashga asoslangan tipi

Fonologik oppozitsiya

differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi (fonologik zidlanish)

Frazema

ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiya

Frazemaning ifoda plani

frazemaning moddiy-material tomoni: shakli, tuzilishi, leksik va fonetik tarkibi

Frazemaning mazmun plani

frazemaning frazeologik ma’no va uslubiy bo‘yoqdan iborat semantik tarkibi

Frazeologik butunlik

frazemaning umumlashgan ko‘chma ma’nosini shu frazema tarkibidagi so‘zlar ma’nolari bilan izohlash mumkin bo‘lgan ibora

Frazeologik monosemiya

frazemalarda bir ma’nolilik hodisasi.

Frazeologik omonimiya

omonimlar doirasidagi shakliy tenglik hodisasi

Frazeologik paronimiya

tarkibidagi birorta leksema bilangina farqlanuvchi frazemalar

Frazeologik polisemiya

frazemalarda ko‘p ma’nolilik hodisasi

Frazeologik sinonimlar

bir ma’no asosida birlashgan sinonimlar

Frazeologik variatsiya

bitta frazemaning ikki xil ko‘rinishi

Frazeologik chatishma

frazemaning umumlashgan ko‘chma ma’nosi shu frazema tarkibidagi so‘zlar ma’nolari bilan izohlanmaydigan ibora

Frazeologiya

tilshunoslikning frazemalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi

Gradual oppozitsiya

pog‘onali zidlanish

Grafema

grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo‘lgan semiotik belgi

Grafika

yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi

Grafik asimmetriya (fonetik-grafik asimmetriya)

so‘z tarkibida o‘zaro munosabatga kirishayotgan harf va tovushlar o‘rtasidagi miqdoriy tenglikning buzilishi

Grafik simmetriya (fonetik-grafik simmetriya)

so‘z tarkibidagi tovush va harflarning miqdoran teng bo‘lishi ("bir tovushga bir harf" munosabatining ta’minlanishi)

Grafik sinonimiya

shakli har xil bo‘lgan ikki grafemaning ma’lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta fonemani ifodalashi

Grammatik sath

til ierarxiyasining morfologik va sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog‘onasi: so‘z turkumlari, grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap, ularning turlari va konstruksiya modellari

Grammatik so‘z

leksik ma’nosi bo‘lmagan, grammatik mazmunli so‘z (morfema-so‘z)

Ierarxiya

til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma- bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yig‘indisi: fonetik-fonologik sath (quyi yarus), morfemik sath, leksik sath (yuqori yaruslar), grammatik sath (yanada yuqoriroq

Intervokal holat

undosh fonemaning ikki unli orasida qo‘llanishi. Bunday pozitsiyada (ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda) portlovchi "q" undoshi sirg‘aluvi "g‘" tarzida (qishloq>qishlog‘imiz kabi), jarangsiz "k" undoshi jarangli "g" tarzida (telpak>telpagim kabi) talaffuz qilinadi

Istorizm-frazema

o‘tmish voqeligiga asoslangan frazema

Izohli lug‘atlar

so‘z ma’nolari izohlangan, sharhlangan lug‘atlar

Ingichka talaffuz

unli tovushlarning sayoz til orqa "k","g","ng", til o‘rta "y" va bo‘g‘iz undoshi "h" bilan yondosh bo‘lganda old qator fonema tarzida ingichka talaffuz etilishi

Jarangsizlanish

ayrim jarangli undoshlarning so‘z oxirida yoki assimilyativ holatlarda jarangsiz undosh tarzida talaffuz etilishi

Jaranglilik-jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiyalar

undosh tovushlarning jaranglilik va jarangsizlik belgilari asosida zidlanish hosil qilishi

Kombinator ottenka

fonemaning so‘z tarkibidagi tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko‘rinishi

Konsonantizm

undosh fonemalar tizimi

Konvergensiya

tarixiy taraqqiyot natijasida ikki fonemaning bir fonema holiga kelishi: qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida alohida-alohida fonemalar bo‘lgan "q" va "o" unlilari shu qonuniyat asosida hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta "o" fonemasiga birlashgan

Koordinatsiya

ikki tomonlama aloqa

Korrelatsiya

bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori

Kursning maqsadi

talabalarni adabiy tilga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishtirish

Kursning obyekti

hozirgi o‘zbek adabiy tili

Kursning vazifalari

talabalarga hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki va tashqi omillar haqida ma’lumot berish, ularda hozirgi o‘zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish

Ko‘p tilli lug‘atlar

bir necha til materiallariga asoslangan lug‘atlar

Lablanish va lablanmaslik oppozitsiyasi

unli fonemalarning lablar ishtirokiga ko‘ra zidlanishi

Lablar ishtiroki

unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki

Lahja

fonetik, leksik va grammatik umumiylik asosida birlashgan shevalar yig‘indisi. U dialekt nomi bilan ham ataladi

Leksik-frazeologik antonimlar

so‘z va frazema orasidagi ma’no ziddiyatiga asoslangan antonimlar

Leksik-frazeologik sinonimlar

so‘z va frazemalar o‘rtasidagi ma’no birligiga asoslangan sinonimlar

Leksik ma’no

leksemaning nimanidir nomlashi, atashi, anglatishi

Leksik sath

til ierarxiyasining lug‘at boyligidan iborat yuqori pog‘onasi: so‘zlar, iboralar, ularning turli qatlamlari

Leksik so‘z

leksik mazmunli so‘z (leksema)

Leksikografiya

tilshunoslikning lug‘atchilik bilan shug‘ullanuvchi sohasi

Leksikologiyaning obyekti

tilning lug‘at boyligi, leksik tizimi.

Lisoniy lug‘atlar

til birliklari, til tizimiga xos kategoriyalar haqida ma’lumot beruvchi lug‘atlar

Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar)

tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar

Lingvistik omillar

til strukturasi va sistemasiga mansub bo‘lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalarning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham yuritiladi

Logografemalar

tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar (raqamlar, simvollar)

Lug‘aviy birliklar

so‘z va iboralar (leksema va frazemalar)

Monofonemali grafema

mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema

Monograf

shaklan bir harfga teng grafema

Neologizm-frazema

yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotmagan neologizm

Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar)

til taraqqiyotiga (shu jumladan,leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o‘tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va boshqalar

Nomema

leksemaning tovush tomoni, nomi

Nominativ birlik

nomlash xususiyatiga ega birlik

Norma (me’yor)

adabiy tilga va adabiy nutqqa xos barqaror belgi-xususiyatlar.Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab olinadi vamustahkamlanadi

Nutq

til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni

Omofrazemalar

shaklan teng bo‘lgan frazemalar

Onomasiologiya

leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish prinsiplari hamda qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha

Orfoepiya

to‘g‘ri (adabiy) talaffuz me’yorlari tizimi

Orfografik belgi

to‘g‘ri yozish normalarini ta’minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy belgilar (mas., defis)

Parafrazemalar

paronimik munosabatda bo‘lgan frazemalar

Polifonemali grafema

mazmun planida ikki va undan ortiq fonema kodlashtirilgan fonografema

Poligraf

shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasiga teng bo‘lgan analitik grafema

Pozitsion ottenka

fonemaning so‘z yoki bo‘g‘indagi pozitsiya talabiga moslashgan ko‘rinishi

Pozitsion xususiyatlar

nutq tovushlarining so‘z tarkibidagi o‘rni (unlining urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda, undosh tovushning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyada bo‘lishi), shu omil ta’sirida yuz beradigan hodisalar

Prosodemografemalar

yozuv tizimining noharfiy belgilari (urg‘u belgisi va tinish belgilari)

Qisqa talaffuz

urg‘usiz bo‘g‘indagi unlining qisqa va kuchsiz (bilinear-bilinmas) talaffuz etilishi

Qiyosiy fonetika

qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o‘rganadigan fonetika

Referent

til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti

Segment birliklar

so‘z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza

Semasiologiya

leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha

Semema

leksik ma’no

Signifikat

til birligi ifodalaydigan ma’no

Singarmonizm

so‘zning asosi va affiks tarkibidagi unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi

Sintagmatik xususiyat

so‘z yoki bo‘g‘in tarkibida tovushlarning zanjirsimon joylashuvi, birin-ketin kelishi, gorizontal chiziq bo‘ylab joylashuvidan kelib chiqadigan xususiyatlar

Sintaksis

qurish, tuzish, bilashtirish ma’nosini bildiradi

Sistema

har biri alohida mustaqil (avtonom)bo‘lgan murakkab mexanizmlar (fonemalar izimi, morfemalar tizimi, leksik birliklar tizimi, sintaktik konstruksiyalar tizimi) o‘rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim

Sintetik grafema

nutq oqimida bir yo‘la ikki fonemani ifodalaydigan monograf. Kirill o‘zbek yozuvidagi е,ё,ю,я harflari shunday grafemalardir

Soha ensiklopediyalari

faqat bir sohaga oid ma’lumotlar beriladigan qomusiy lug‘atlar

Struktura

bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ular o‘rtasidagi aloqalar mexanizmi

Subordinatsiya

bir tomonlama aloqa

Supersegment birliklar

urg‘u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so‘zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo‘lishi bilan segment birliklardan farq qiladi

Tanituvchi vazifa

fonetik birliklarning so‘z qiyofasini "tanib olish" va shu orqali so‘zning ma’nosini "eslab qolish" uchun xizmat qilishi

Tarixiy fonetika

xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tarixiy taraqqiyotda) o‘rganadi

Tarixiy leksikologiya

ayrim olingan bir tilning lug‘at boyligini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganadigan leksikologiya

Tavsifiy fonetika

xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan tilning fonetik tizimini statika holatida (til taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) o‘rganadi

Tavsifiy leksikologiya

ayrim olingan bir tilning lug‘at boyligini shu til leksikasining avvalgi taraqqiyoti bilan bog‘lamay o‘rganadigan leksikologiya

Til

fonetik, leksik va grammatik vositalar o‘rtasidagi aloqa-munosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim (sistema)

Tilning gorizontal (yotiq) harakati

fonemalar artikulatsiyasida tilning pastki tishlar tomon cho‘zilishi yoki orqaga tortilishi

Tilning uch darajali ko‘tarilishi

unli fonemalarning hosil bo‘lishida tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasi: quyi ko‘tarilish, o‘rta ko‘tarilish, yuqori ko‘tarilish kabi

Tilning vertikal (tik) harakati

tilning uch darajali ko‘tarilishida yuzaga keladigan belgilar

Transkripsiya

fonemalarning turli ottenkalarini, shuningdek, lahja va shevalarga xos fonetik xususiyatlarni yozuvda aniq ifodalash uchun shakllantirilgan maxsus grafik belgilar tizimi

Turkumlik semalari

leksik ma’noga tayangan holda leksemalarning grammatik ma’nolarini belgilaydigan, shu asosda leksemalarning so‘z turkumlariga uyushishini ta’minlaydigan semalar

Tushuncha

obyektiv borliqdagi predmet yoki hodisalarning inson miyasida aks etgan umumiy tasavvuri

Umumiy fonetika

fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi

Umumiy leksikologiya

leksikologiyaning barcha (yoki ko‘pchilik) tillar lug‘at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni aniqlash va yoritish bilan shug‘ullanuvchi turi

Universal ensiklopediyalar

tabiat va jamiyatning barcha sohalariga oid muhim voqelik-hodisalar haqida ma’lumot beruvchi qomusiy lug‘atlar

Uslubiy bo‘yoq

frazemalarning ijobiy yoki salbiy baho ifodalovchi semalari

Uzus

leksema, frazema, so‘z shakli va sintaktik konstruksiyalarning til egalari tomonidan qabul etilgan qo‘llanishi

Valentlik

leksemaning birikma yoki gap tarkibida boshqa leksemalar bilan aloqaga kirisha olish xususiyatlari

Variatsiya

fonema ottenkasining Moskva fonologlari maktabiga qabul qilingan nomi

Vokalizm

unli fonemalar tizimi

Xususiy fonetika

fonetikaning muayyan bir til tovushlari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi

Xususiy leksikologiya

leksikologiyaning muayyan bir til lug‘at boyligi haqida ma’lumot beruvchi turi

Yo‘g‘on talaffuz

unli tovushlarning chuqur til orqa "q","g‘","x" undoshlari ta’sirida orqa qator fonema tarzida yo‘g‘onlashuvi

O‘z qatlam frazemalari

o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan frazemalar

O‘zlashgan qatlam frazemalari

boshqa tillardan kalka usulida yoki o‘zicha (o‘zgarishsiz) o‘zlashtirilgan frazemalar

Shakllantiruvchi vazifa

fonetik birliklarning "qurilish materiali", leksema yoki morfemalarning ifoda planidagi moddiy asos sifatidagi vazifalari

Sheva

muayyan tilning o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan eng kichik qismi

Cho‘ziq talaffuz

urg‘uli bo‘g‘indagi unlining urg‘usiz bo‘g‘indagi unlidan cho‘ziqroq bo‘lishi. Bu xususiyat ruscha leksik o‘zlashmalarda, ayniqsa, sezilarli bo‘ladi



O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish