“tasdiqlayman” Tabiiy fanlar fakulteti dekani



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/50
Sana24.01.2022
Hajmi1,13 Mb.
#407226
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
tabiiy tolalar asosida poliamfolitlar olish

 

 


25 

 

II BOB. OLINGAN NATIJALAR MUHOKAMASI 



2.1.Ayrim polisaxaridlar va ularning hosilalarini qo’llanilishi. 

Xitin va  xitozan ham  o’zining tuzilishiga  ko’ra  asosiy  tola  hosil qiluvchi 

tabiiy polimerlardan biri – sellyulozaga yaqin turadi. Bundan kelib chiqib, xitin va 

xitozan  hamda  ularning  hosilalari  ham  sellyuloza  kabi  tola  va  plyonka  (yupqa 

qavat)  hosil  qilish  qobilyatiga  ega.  Ularning  inson  to’qimalari  bilan 

biomoslahuvchanligi,  kam  toksikligi,  yaralar  bitishida  regeneratsiya    jarayonini 

kuchaytirish qobilyati tufayli tibbiyotda alohida o’rni bor. 

Xitozan  ko’p  xossalarga  egaligidan  uni  ko’pgina  sohalarda  qo’llaniladi. 

Jumladan, hayvonlar  uchun  yem  sifatida, kosmetika va  oziq  – ovqat  mahsulotlari 

tayyorlashda,  qishloq  xo’jaligida,  biomeditsina  mahsulotlarini  tayyorlashda,  atrof 

muhitni  muhofaza  qilishda  (Chernobildagi  atom  reaktivini  ko’mishda  xitozan 

qoplamasidan foydalanilganda, u nurlanishni neytrallagan ) qo’llaniladi . 

Suvda  eruvchi  xitin  hosilalarini  katta  qismini  ozish  vositasi  ishlab 

chiqarishda  foydalaniladi.  Xitozan  ovqat hazm  qilish  yo’lida  ma’lum  miqdordagi 

yog’  molekulalari  bilan  bog’lanishga  qodir  .  Xitozan  bilan  bog’langan  yog’ 

organizmga o’zlashtirilmaydi va chiqarib yuboriladi. 

Xitozan  vaznni  kamaytiruvchi,  xolisterinni  almashuvini  yaxshilovchi  va 

ichaklar peristaltikasi (harakati )ni yaxshilovchi vosita sifatida ham qo’llaniladi . 

Xitozan  antibakterial,  zamburug’  va  veruslarga  qarshi  xossalarga  ega.  U 

shiliq pardaga yopishib olish xossasi bilan ham harakterlidir. 

Harbiylar dori qutisiga ba’zan xitozanga asoslangan tablitka ham solingan. 

U  zararli  nurlanish  xavfi  ostida  qolish  vaqtida  qo’llaniladi.  Xitozan  erkin 

radionuklidlarni bog’laydi va organizmdan chiqarib yuboradi .[13] 

1970  –  yillar  o’rtalarida  yaralar  va  kuyishni  davolash  uchun  xitin  va 

xitozandan foydalanishga birinchi urinishlar boshlangan edi. Shundan xitozanning 

mikrobga  qarshi    faolligi,  biologik  suyuqliklarni  yutish  va  to’qimalar 

regeneratsiyasiga yordam berish qobilyati aniqlangandi.  Xitin va xitozanning tola 

hosil  xossasi  asosida  jarohlikda  ishlatiladiga  o’zi  tarqalib  ketuvchi    chiklash 




26 

 

materallari  yaratildi.  Ulardan  qon  tomirlari,  kateterlar,  shlanglar  o’rnida 



foydalaniladi. 

Xitozanli materallar allergik  reaksiyalar chiqarmaydi va o’z barqarorligini 

yo`qotmaydi. 

Xitin  va  uning  hosilalarini  xossalarida  yana  biri  ularni  sorbitlash 

(organizmni  tozalsh  )  qobilaytidir.  Tabiatda  (hashorotlar,  qisqichbaqalar  va 

hokozo)  xitin  qoplamasi  himoya  vazifasini  bajarib,  ichki  a’zolarga  ko’p  xildagi 

toksinlarni  kirib  ketishidan  saqlaydi.  Xitozanni  enterosorbent  mahsuloti  sifatida 

qo’llanganda, u qiziqarli xossalarni namayon qiladi. 

Xitozannning  oshqozonda  ortiqcha  miqdorda  ajralgan  xlorid  kislotaning 

neytrallash, oshqozon – ichak yo’lida ijobiy ta’siri  va boshqa ko’plab hususiyatli 

istiqbolidir. 

Shuningdek  xitozan  kuchli  gemostatik  (qon  ketishini  to’xtatuvchi)  vosita 

ko’rinishida ham qo’llab kelinmoqda. Bugingi kunda bu tez yordam va favqulodda 

vaziyat  hizmatlarida    muvoffaqiyatli  sinaldi  (shuningdek  armiyada  (Afg’oniston, 

Iroq  ))  Preparat  ajoyib  tarzda  taqaladi  va  qo’shimcha  effiktlar  bermaydi  .  Ularni 

qo’llash yo’riqnomasi juda oddiy bo’lib, hatto maxsus tibbiy bilmlarni ham talab 

qilmaydi. 

Xitozan qizil oyoq dengiz krabi po’sti , boshqacha qilib aytganda , biologik 

sellyuloza  deb  ataluvchi  noyob  mahsulot  asosidagi    biologik  faol  qo’shimcha 

sifatida ahamiyatlidir. 

Xitozan nafaqat farmatsevtika balik oziq  – ovqat sanoatida suvni tozalash 

uchun  ham  foydalidir.  Xitozanni  ajoyib  xossasi  –  uning  yuqori  darajadagi 

adsorbsion xususiyatga egaligidir. 

Organizmga tushgan xitozan musbat zaryadli ionlar guruhlarini hosil qiladi 

va  organizmda  yengil  o’zlashtiriladi.  O’zalashtirilgach,  u  tozalash  imkoniyatiga 

ega bo’lgan gelsimon adsorbintga aylanadi. 

Boshqa  turdagi  tabiiy  klitcharkalar  bilan  taqqoslaganda,  xitozan 

organizmda qisman parchalanadi va ayrim lomponentlar (asosan gioluron kislota)  

ko’rinishda qonga so’riladi. 



27 

 

Bugungi  kunda  gioluron  kislotaning  xossalarini  fantastik  deb  hisoblash 



mumkin.  Darhaqiqat,  uning  asosiy  sifati  –  tiklash  jarayonida  bevosita  ishtirok 

etishidir.  Gioluron  kislota  hujayralararo  suyuqlik  tarkibiga  kiradi    va  hujayra 

membranalarini  mustahkamlaydi.    Terini  yoshartirib,  namlikni  yuqolishiga  chek 

qo’yadi.  Xitozanni  bir  qismi  fermentativ  qayta  ishlanmay,  oshqozon  –  ichak 

yo’liga  faol  ta’sir  ko’rsatadi.  Xitozan  suv  molekulalari  bilan  birlashib,  toksin 

birikmalari  va  parchalanish  mahsulotlarini  bog’lab  organizmda  tashqariga 

chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan gelsimon massa hosil qiladi. 

Xitozan  antioksidan  ham  hisoblanadi.  Ayrim  tadqiqotlarga  qaraganda,  u 

vositasida  kislota  –  ishqor    muvozanatini  muvofiqlashtirish    yo’li  bilan  maxsus 

imun tanachalarni faollashtirib, saraton to’qimalarini yo`qotar emish . Boshqacha 

aytganda,  xitozan  qonni  toksinlardan  tozalab,  organizmni  himoya  kuchini 

qo’zg’otadi. 

Xolisterin miya hujayralari, jinsiy organlari, nervlar, hujayra membranalari 

shakllanishida  ishtirok  etadi.  Agar  qonda  xolisterin  miqdori  ortsa,  u  qon  tomiri 

devoriga o’tira boshlaydi  va asta – sekin ateroskliroz rivojlana boshlaydi. Xitozan 

qondagi xolisterin miqdorini sozlab, atereal bosimni oshishiga to’sqinlik qiladi. 

Xitozan tozalash va shishlarga qarshi xossalardan tashqari, ya’na bir qator 

xususiyatlarga  ham  ega.  Uni  qandli  deabit  oldini  olish,  kuygan  va  yaralarni 

tuzalishini  tezlashtirish,  jigar  funksiyasini  yaxshilash  va  imunitet  mustahkamlash 

uchun han qo’llaniladi. 

Xitozan  tabiiy  xomashyo  mahsuloti  hisoblanadi.  U  ozdirishdagi  ayrim 

preparatlar  tarkibiga  kiradi.  Xitozan  ta’siri  natijasida  organizmni  tabiiy  kuchi 

faollashadi. 

Agar  siz  xitozan  ta’sirida  ozmoqchi  bo’lsangiz  sabrli  bo’ling.  Preparat 

yuqori  aytilgan  sifatlarni  trzda  namayon  qilmaydi.  Bu  tabiiy  “tozolovchi”  bo’lib, 

organizmdagi  almashuv  jarayonini  muvozanati  taminlashga  va  sog’liqni 

mustahkamlashga imkon beradi. 

Xitozan  amaliy  jihatdan  toksik  emas.  Ushbu  preparatni  12  yoshgacha 

bo’lgan bolalarda qo’llash tavsiya etilmatdi. [14] 



28 

 


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish