Tashabbuskor xodimlarni vakolatlar bilan ta’minlash



Download 32,01 Kb.
bet5/5
Sana13.12.2022
Hajmi32,01 Kb.
#884685
1   2   3   4   5
Bog'liq
38-mavzu

Tayanch vaziyatlar.
Madaniyat tashkilot uchun kerakli maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan hamkorlik ruhini va ishlab chiqarish muhitini ta’minlashi sababli strategiyani muvaffaqiyatli tadbiq etilishini qo’llab-quvvatlaydigan madaniyatni yaratish muhim ahamiyatga ega. Tashkilot madaniyati ma’lum vaziyatda aynan shunday harakat qilishidan, ishonch va qadriyatlardan, ahloq va etikadan yetakchi siyosatni asosini tashkil etuvchi falsafadan va tashkilotda qo’llab-quvvatlaydigan an’analardan tashkil topadi. Tashkilot madaniyati o’zaro munosabatlarga va unda foydalaniladigan ish usullariga ham tegishli.
Ko’pchilik holatlarda kompaniya madaniyatining unsurlari uning asoschilari va kuchli ta’sirga ega sardorlari bilan bog’liq bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan madaniyat elementlari tashkilotga singib boradi. Unga ishchi xodimlar va menejerlar ham amal qila boshlaydi. Sardorlarning yangi avlodi madaniyatni mustahkamlaydi va rivojlantiradi. Madaniy an’analarni o’zida aks ettirgan tashkilot a’zolari e’zozlaydigan afsonaviy tarixiy voqyealarning avloddan avlodga o’tishi tashkilotga chuqur o’rnashgan madaniyat vujudga kelganidan darak beradi. Tashkilot a’zolari ushbu madaniyatga amal qilishni faxr deb hisoblaydi.
Madaniyatni tashkilotga singish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi madaniyatlar chuqur o’rnashgan bo’lsa, boshqalari esa kichik submadaniyatlardan tashkil topganligi uchun zaif va tarqoq holda bo’ladi. Ba’zi madaniyatlarga nosog’lom muhit xos bo’ladi. Bunda egoistik siyosatdonlik, o’zgarishlarga qarshiliklar mavjudligi kompaniyada vaziyat yomonlashganligidan darak beradi. Tez o’zgaruvchan xo’jalik muhitida o’zgarishlarga, yangiliklarga, yangi strategiyalarga va yangi ish usullariga nisbatan ochiq va moslashuvchan madaniyat afzal hisoblanadi. Moslashuvchan madaniyatning muhim xususiyatlaridan biri - bu tashkilot oliy rahbariyatining xaridorlar, aksionerlar, ta’minotchilar va faoliyat ko’rsatish muhiti to’g’risida g’amxo’rlik qilishidir.
Yangi strategiya nazarda tutadigan tashkilot maqsadlari, falsafasi va ish usullari uning madaniyati bilan mos kelishi yoki unga qarama-qarshi bo’lishi mumkin. Strategiya bilan madaniyatning mos kelishi strategiyani muvaffaqiyatli tadbiq etilishini ta’minlaydi. Ularning bir-biriga mos kelmasligi esa strategiyani samaradorligini pasaytiradi. Chuqur o’rnashgan madaniyatni tashkilot strategiyasiga mos kelmasligi va uni yangi talablarga javob bermasligi murakkab boshqaruv muammosi hisoblanadi. Madaniyatni o’zgartirish yuqori boshqaruv pog’onalarida yuqori malakali rahbarlikni, shaxsiy namunani, simvolik va mazmuniy harakatlarni, qaysiki oliy rahbariyatni yangi madaniyat tarafdori ekanligini ko’rsatuvchi harakatlarni talab qiladi.
Madaniyat strategiya bilan qanchalik bog’langan bo’lsa, menejerlar shunchalik kamroq siyosatga, qoidalarga va nazoratlarga tayanadi. Chunki xodimlar bunday vaziyatda madaniy me’yorlarga shunchalik to’liq amal qiladilarki, ular beixtiyor xodimlar xulq–atvori namunasini targ’ibot qiladilar.
Kompaniyaning sog’lom madaniyati etik me’yorlari uning ma’naviy qadriyatlariga ildiz otgan bo’ladi. Bu me’yorlar insoniylikni va kompaniyaga tegishli manfaatlar to’g’risida haqikiy g’amxo’rlikni anglatadi. Kompaniya etikasi va qadriyatlar dasturi samarador bo’lishi uchun ular kompaniya a’zolarining hayot tarziga aylanishi lozim.
Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishni istaydigan rahbarlar, yangiliklarni qo’llab-quvvatlaydiganlar, ko’p vaqtini ofisdan tashqarida tashkilotni aylanib yurib, vaziyatni œrganishga, xodimlarning fikrini eshitishga sarflaydilar. Ular tashkilotdagi hamma voqyea hodisalardan xabardor bo’ladilar. Ular so’z va ish bilan kompaniya madaniyatini mustahkamlaydilar. Ular tushabbuskorlikni yangi g’oya va yondashuvlarni qo’llab-quvvatlaydilar.
Strategiyani amalga oshirish dasturi bir vaqtning o’zida hujumkor va ijodiy xarakterga ega bo’ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, strategiyani amalga oshirish jarayoni qo’yidagi 8 yo’nalishni e’tiborga olish lozim:

  1. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish qobiliyatiga ega tashkilotni shakllantirish.

  2. Strategiyani muvaffaqiyatini ta’minlash uchun yetarli resurslarni narx yaratiladigan bo’g’inlarga yo’naltiradigan smetalarni yaratish.

  3. Strategik vazifalarga javob beradigan siyosatni va proseduralarni yaratish.

  4. Ilg’or tajribali va faoliyatni muntazam takomilashtiradigan mexanizmlarni qo’llash.

  5. Kompaniya ishchi xodimlariga o’z strategik funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradigan qo’llab-quvvatlash tizimsini yaratish.

  6. Maqsadlarni va strategiyalarni amalga oshirish bilan mukofotlash va rag’batlantirish tizimsini uzviy bog’liqligini ta’minlash.

  7. Strategiyaga mos keladigan qulay ishlab chiqarish muhitini va madaniyatini shaklantirish.

  8. Strategiya natijalarini yaxshilash maqsadida uni tadbiq etilishiga rahbarlik qilish.

Har bir strategiyani tadbiq etish har xil ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Strategiyani amalga oshiruvchi rahbarlar muayyan vaziyatni e’tiborga olishi lozim. Chunki hamma vaziyatlarga mos keladigan tadbir–choralar mavjud emas.
Download 32,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish