Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom


-bob. Xizmat rahbariga va mutaxassislariga qo‘yiladigan talablar



Download 73,39 Kb.
bet5/9
Sana22.07.2022
Hajmi73,39 Kb.
#836382
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasining 2018

5-bob. Xizmat rahbariga va mutaxassislariga qo‘yiladigan talablar
21. Xizmat tuzilmasi va Xizmat xodimlarining soni tashkilotda ishlayotgan xodimlarning soni, mehnat sharoitlari xususiyati, kasbga oid xavf-xatar sinfi va boshqa omillarga qarab tashkilot rahbari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
22. Xizmat boshlig‘i lavozimiga oliy muhandislik-texnik ma’lumotga, ixtisosligi bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
Respublika darajasidagi tashkilotlarning Xizmat boshlig‘i (mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandislar), mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hisobot beradi.
23. Xizmat boshlig‘i lavozimiga (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) oliy muhandislik-texnik ma’lumotga, ixtisosligi bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis malakasi sertifikatiga ega shaxs tayinlanadi.
Xizmat boshlig‘i, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari, hududiy darajadagi tashkilotning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandisi hududiy bandlik organlari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, hududiy bandlik boshqarmasiga hisobot beradi.
24. Xizmat mutaxassislari yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga (lavozim joriy etilganda) ish stajidan qat’i nazar oliy muhandislik-texnik ma’lumotga ega shaxslar tayinlanadi.
Hududiy darajadagi Xizmatning mutaxassislari hududiy bandlik organlari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
25. Xizmat xodimi lavozimiga qabul qilishda nomzod bilan suhbat o‘tkaziladi.
Nomzod bilan suhbat tashkilotning bevosita rahbari tomonidan imzolangan taqdimnoma bo‘lsa, o‘n ish kuni mobaynida o‘tkaziladi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida suhbat ushbu sohaga javobgar vazir o‘rinbosari, davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori, mehnat sharoitlari bo‘yicha bosh davlat eksperti tomonidan o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari, davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori tomonidan o‘tkaziladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarida suhbat boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori tomonidan o‘tkaziladi.
27. Suhbat yakunlari bo‘yicha mas’ul organ uch ish kuni mobaynida nomzod suhbatdan o‘tgani yoki o‘ta olmagani haqida tashkilotni xabardor qiladi.
28. Ushbu Nizomning 22 — 24-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar lavozimga tayinlansa, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika mehnat organlari malakasini oshirish kurslarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlanishi yoki malakasi oshirilishi kerak.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarning Xizmati xodimlari uch yilda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika mehnat organlari malakasini oshirish kurslarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshiradi.
29. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning Xizmati xodimi sifatidagi ish staji boshqa organlarga yoki tashkilotlarga ishga o‘tganida professionallik toifasi uchun ustamalar va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun qo‘shimcha haqlar yozish va to‘lash uchun ish stajiga yoziladi.

Download 73,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish