Tashlama gazlarni noan'anaviy usullarda tozalash



Download 334,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.06.2022
Hajmi334,08 Kb.
#639871
  1   2   3   4
Bog'liq
1115-Article Text-2385-1-10-20210325 (1)



TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH 
 
Murodjon Soxibovich Sharipov 
Saidjon Abdusalimovich G’aybullayev 
saidxontura@mail.ru
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
 
Annotatsiya:
Maqolada gazlarni nordon komponetlardan tozalash tizimida hosil 
bo’ladigan tashlama gazlarni utillashning yanada samarali usullari, vodorod sul’fidini 
vodorod va oltingugurtga parchalash, reaksiya mahsulotlarini ajratish jarayonlari 
bayon qilingan.
 
Kalit so’zlar:
tashlama gazlar, nordon komponentlar, nordon gazlarni utillash
vodorod sul’fidi, oltingugurt, vodorod, plazmokimyoviy parchalash.
 
UNCONVENTIONAL WASTE GAS TREATMENT METHODS 
 
Murodjon Soxibovich Sharipov 
Saidjon Abdusalimovich Ghaybullaev 
saidxontura@mail.ru
Bukhara engineering-technological institute 
 
Abstract:
The article describes The article describes the most effective ways of 
utilizing waste gases in a gas purification system from acidic components, 
decomposition of hydrogen sulfide into hydrogen and sulfur, and separation of reaction 
products. 
Keywords:
waste gases, acid components, acid gas utilization, hydrogen sulfide, 
sulfur, hydrogen, plasma-chemical decomposition. 
Gazlarni tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish qurilmalari, jihozlari 
hamda quvuruzatkichli kommunikatsiyalarga korrozion tajovuzkor tavsifga ega, 
ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatib inson hayotiga jiddiy xavf tug’diruvchi nordon 
gazlarni utillash bugunnning ustivor vazifalaridan biri sanaladi. 
Hozirgi vaqtda qazib olinadigan gazning (tabiiy va yo’ldosh nеft’ gazlari) katta 
qismi o’z tarkibida nordon komponеntlarni – vodorod sul’fid va karbonat angidridi 
qatori oltingugurtning boshqa birikmalari: mеrkaptanlar (R-SH), uglеrodning 
oltingugurt oksidi (COS), uglеrod sul’fid (CS
2
) saqlaydi. Turli gaz konlaridagi bu 
moddalarning miqdori kеng diapazonlarda kichik ulushlardan bir nеcha foizgacha 
o’zgarib turadi. Karbonat angidridi kabi suv ishtirokida kislota hosil qilib, mеtallarning 
kimyoviy va elеktrokimyoviy korroziyasini keltirib chaqiravchi vodorod sul’fidining 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
136


magistral quvurlar orqali uzatiladigan gazdagi maksimal miqdori rеglamеntlanadi va 
qat`iy nazorat qilinadi.
Uglevodorodli gazlarda bu kabi komponentlarning bo’lishi gazlarnig yonish 
issiqligini kamaytirib, uning ekspluatatsion xossalarini yomonlashtirgani sababli 
quvurlar va qurilmalarni korroziyadan saqlash, aholini zaharli ta`sirdan himoya qilish, 
ko’pchilik sanoat katalizatorlarni zaharlanishi oldini olish, shuningdеk atrof-muhit 
himoyasi talablariga muvofiq oltingugurtli birikmalarni bartaraflash maqsadida 
uglеvodorodli gazlarni nordon komponеntlardan tozalashning ko’plab usullarini ishlab 
chiqish va sanoat amaliyotida qo’llashga olib kеldi.
Vodorod sul’fidi yuqori iste`mol ahamiyatga ega 2 mahsulot – vodorod va 
oltingugurt olish uchun potensial manba sanaladi. Vodorod sul’fidini qayta ishlovchi 
amaldagi texnologiyalar asosan gazni tozalash хarajatlarini qisqartirish va qishloq 
хo’jaligi uchun qimmatli хomashyo–oltingugurt ishlab chiqarishga mo’ljallangan 
bo’lib, vodorod esa qaytmasdan suvga aylanib yoqotiladi. 
Ko’pchilik xorijiy neftkimyoviy korxonalarda kam oltingugurtli gazlarni 
tozalashda va kam gazli konlarda oz miqdordagi (sutkasiga 
5÷10 t
gacha) oltingugurt 
ishlab chiqarishda odatda vodorod sulf’idining muayyan oksidlovchi eritmalarga 
elementar oltingugurt hosil bo’lishi bilan yutilishi va eritmani keyinchalik havo 
tarkibidagi kislorod yordamida regeneratsiyalanishiga asoslangan suyuq fazali 
oksidlash jarayonlari keng qo’llaniladi.
Bu jarayonlar natriy va kaliy karbonatlarining suvli eritmalarini 
𝐶𝑂
2
va asosan 
gazning oltingugurtli birikmalari (merkaptanlardan tashqari) ga nisbatan xemosorbsion 
faolligiga asoslangan. Jarayon yutuvchiga yutuvchanlik qobilyatini oshiruvchi, 
korrozion faolligini va ko’piklanishini pasaytiruvchi turli faollashtiruvchi 
qo’shimchalar qo’llab takomillashtiriladi. Bunday qo’shimchalr sifatida polivalentli 
metallar oksidlari ishlatiladi.
Natriy karbоnati eritmasini qo’llash:

Download 334,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish