Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


-MAVZU. ISHCHI KUCHINING XALQARO BOZORI



Download 2,2 Mb.
bet78/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

11-MAVZU. ISHCHI KUCHINING XALQARO BOZORI
1. Ishchi kuchining xalqaro bozori va uning XX—XXI asr boʻsagʻasida rivojlanish tendensiyasi.
2. Ishchi kuchining xalqaro migratsiya jarayonini boshqarish.
3. Oʻzbekiston va xalqaro mehnat bozori.
Jahon aholisi yoshiga bogʻliq ravishda ikki tipdagi odamlarni oʻz ichiga oladi: mеhnatga layoqatli – 15-60 yoshlilar, mеhnatga layoqatsiz- bolalar va qariyalar. Aholi umumiy hajmining 70 foizi birinchi tipga tеgishli, biroq bu ulush turli hududlarda oʻzgarib turadi. Masalan, Osiyo va Afrikada voyaga yetmaganlar, Еvropa va Shimoliy Amеrikada qaryalar ulushi yuqoriroq.
Oʻz navbatida mеhnatga layoqatli aholi ham ikki toifaga ajratiladi: iqtisodiy faol va faol boʻlmagan aholiga. Uy bеkalari, talabalar (tatil paytida), davlat qaramogʻidagi fuqarolar, shuningdеk, fuqaroligi boʻlmaganlar iqtisodiy faol boʻlmaganlar qatoriga kiradi. Bizni iqtisodiy faol aholi, ya'ni mеhnatga layoqatli va unga intiluvchi odamlar qiziqtiradi. Fuqarolarning aynan shu toifasi mamlakat ichkarisida va xorijda ish qidirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiya uzoq tarrixga ega boʻlsa-da, faqatgina XX asrga kelib ishlab chiqarish omillari harakatining yetakchi koʻrinishlaridan biriga,. Binobarin XIMning alohida sohasiga aylandi.

  • Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi;

  • Ijtimoiy- demografik oʻzgarishlar;

  • Fan texnika va axborot sohasidagi inqilob;

  • Integratsiya jarayonlarining rivojlanishi;

  • Transmilliy korporatsiyalar faoliyati.

Bu barcha omillar mehnatga layoqatli aholining harakatchanligining kuchayishiga sababchi boʻldi, zero insonlar mamlakatlar va qit’alararo koʻchish uchun rivojlangan kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishadi. Hozirgi kunga kelib shunday jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) vujudga keldiki, bu bozor asosini milliy xoʻjalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning, darajasi tabiyati va joylashuviga sezilarli taʼsir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar oʻrtasidagi jami migratsiyon aylanmasi tashkil etildi. XX asrning oxiriga kelib mehnatkash- migrantlarning bir yildagi oʻrtacha miqdori 35 mln. Kishiga yetdi (1960-yilda 3,5 mln. ). JIKB faqatgina migrantlarni emas, balki turli darajadagi migratsiya xizmatlarini, shuningdek, xorijiy mehnatkashlarning huquqiy statusi, ularning mehnatini himoyalash, ularga ijtimoiy kafolatlar berish va boshqa masalalar bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlarni ham oʻz ichiga oladi. Mazkur bobda aholining koʻchishi jarayonlari ichida ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar keltirib chiqargan mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida soʻz boradi. Fuqarolarni oʻz vatanidan tashqarida ish qidirishga majbur etuvchi omilllar ichida eng asosiysi turmush darajasini yaxshilash va oʻz qobiliyatlaridan unumli foydalanishga intilishlari hisoblanadi Ayni paytda ishsizlik, qishloq xoʻjaligida aholining koʻpayib ketishi kabi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ham yashash joyini vaqtincha yoki doimiy oʻzgartirishga sababchi boʻladi.
Hozirgi paytda davlatlar mehnat migratsiyasini tartibga solish borasida oʻz harakatlarini kuchaytirib borishmoqda. Migrantlarni joʻnatuvchi (eksportyor-mamlakatlar) va qabul qiluvchi (importyor-mamlakatlar) tomonlarning oʻzaro manfaatlarini huquqiy ifodasi odatda ikki va koʻp tomonlama kelishuvlar koʻrinishida amalga oshiriladi. Bu sohadagi xalqaro konvensiyalarni tayyorlashda Aholi boʻyicha BMT Komissiyasi, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot kabi global tashkilotlar sezilarli koʻmak berib kelmoqda. Ishchi-migrantlar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanuvchi hududiy tuzilmalarga misol sifatida Gʻarbiy Yevropadagi Migratsiya masalalari boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasini keltirish mumkin. JIKB doirasidagi munosabatlarni tartibga solishning asosiy xalqaro me’yoriy hujjatlari Xalqaro mehnat tashkilotining 1962, 1975, 1982-yillardagi konvensiyalar hisoblanadi. Bu hujjatlarning moddalari migrantlarni yollash, ularning huquqlarini kafolatlash, migratsiyaning yashirin kanallari bilan kurashish kabi masalalarni tartibga soladi.
Mehnat migratsiyasi deyarli barcha milliy iqtisodiyotga xos jarayondir. Biroq uning jadallik darajasi jahonning u yoki bu hududlarida sezilarli farq qiladi. Migratsiyaning asosiy 4 yoʻnalishlari ichida jami migratsiya oqimining hajmi boʻyicha rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlar tomon ishchi kuchlari koʻchishi birinchi oʻrinda turadi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish