Tatu urganch filiali telekommunikatsiya texnologiyalari 2-kurs talabasi Xidirov Asror Dasturlash fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari 13-mavzu



Download 14,05 Kb.
Sana25.11.2022
Hajmi14,05 Kb.
#872535
Bog'liq
13 Mi


TATU Urganch filiali telekommunikatsiya texnologiyalari 2-kurs talabasi Xidirov Asror
Dasturlash fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari 13-mavzu.
Har qanday dasturning strukturasi tarmoqlanish va sikllar to’plamining kombinasiyasidan iborat bo’ladi. Obektga mo’ljallangan yondoshuv bir kunda o’ylab topilgan yemas. Uning paydo bo’lishi dasturiy ta’minotning tabiiy rivojidagi navbatdagi pog’ona xolos. Vaqt o’tishi bilan qaysi uslublar ishlash uchun qulay-u, kaysinisi noqulay yekanini aniqlash oson bo’lib bordi. Obektga mo’ljallangan yondoshuv yeng muvaffaqiyatli, vaqt sinovidan o’tgan uslublarni o’zida samarali mujassam yetadi. Dastlab dasturlash anchayin boshqotirma ixtiro bo’lib, u dasturchilarga dasturlarni kommutasiya bloki orqali kompyuterning asosiy xotirasiga to’g’ridan-to’g’ri kiritish imkonii berdi. Dasturlar mashina tillarida ikkilik tasavvurda yozilar yedi. Dasturlarni mashina tilida yozishda tez-tez xatolarga yo’l qo’yilar yedi, yeng ustiga ularni tuzilmalashtirish imkoni bo’lmagani tufayli, kodni kuzatib borish amalda deyarli mumkin bo’lmagan hol yedi. Bundan tashqari, mashina kodlaridagi dastur tushunish uchun g’oyat murakkab yedi. Vaqt o’tishi bilan kompyuterlar tobora kengroq qo’llana boshladi hamda yuqoriroq darajadagi prosedura tillari paydo bo’ldi. Bularning dastlabkisi FORTRAN tili yedi. Biroq obektga mo’ljallangan yondoshuv rivojiga asosiy ta’sirni keyinroq paydo bo’lgan, masalan, ALGOL kabi prosedura tillari ko’rsatdi. Prosedura tillari dasturchiga axborotga ishlov berish dasturini pastroq darajadagi bir nechta proseduraga bo’lib tashlash imkonini beradi. Pastroq darajadagi bunday proseduralar dasturning umumiy tuzilmasini belgilab beradi. Ushbu proseduralarga izchil murojaatlar proseduralardan tashkil topgan dasturlarning bajarilishini boshqaradi. Dasturlashning bu yangi paradigmasi mashina tilida dasturlash paradigmasiga nisbatan ancha ilg’or bo’lib, unga tuzilmalashtirishning asosiy vositasi bo’lgan proseduralar qo’shilgan yedi, Maydaroq funksiyalarni nafaqat tushunish, balki sozlash ham osonroq kechadi. Biroq, boshqa tomondan, prosedurali dasturlash koddan takroran foydalanish imkonini cheklab qo’yyadi. Buning ustiga dasturchilar tez-tez «makaron» dasturlar ham yozib turishganki, bu dasturlarni bajarish likopdagi spagetti uyumini ajratishga o’xshab ketar yedi. Va, nihoyat, shu narsa aniq bo’ldiki, prosedurali dasturlash usullari bilan dasturlarni ishlab chiqishda diqqatni ma’lumotlarga qaratishning o’zi muammolarni keltirib chiqarar yekan. Chunki ma’lumotlar va prosedura ajralgan, ma’lumotlar inkapsullanmagan. Bu nimaga olib keladi? Shunga olib keladiki, har bir prosedura ma’lumotlarni nima qilish kerakligini va ular qayerda joylashganini bilmog’i lozim bo’ladi. Agar prosedura o’zini yomon tusa-yu, ma’lumotlar ustidan noto’g’ri amallarni bajarsa, u ma’lumotlarni buzib qo’yishi mumkin. Har bir prosedura ma’lumotlarga kirish usullarini dasturlashi lozim bo’lganligi tufayli, ma’lumotlar taqdimotining o’zgarishi dasturning ushbu kirish amalga oshirilayotgan barcha o’rinlarining o’zgarishiga olib kelar yedi. Shunday qilib, xatto yeng kichik to’g’rilash ham butun dasturda qator o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib kelar yedi. Modulli dasturlashda, masalan, Modula2 kabi tilda prosedurali dasturlashda topilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf yetishga urinib ko’rildi. Modulli dasturlash dasturni bir necha tarkibiy bo’laklarga, yoki, boshqacha qilib aytganda, modullarga bo’lib tashdlaydi. Agar prosedurali dasturlash ma’lumotlar va prosedsralarni bo’lib tashlasa, modulli dasturlash, undan farqli o’laroq, ularni birlashtiradi. Modul ma’lumotlarning o’zidan hamda ma’lumotlarga ishlov beradigan proseduralardan iborat. Dasturning boshqa qismlariga moduldan foydalanish kerak bo’lib qolsa, ular modul interfeysiga murojaat yetib qo’yaqoladi. Modullar barcha ichki axborotni dasturning boshqa qismlarida yashiradi. Biroq modulli dasturlash ham kamchiliklardan holi yemas. Modullar kengaymas bo’ladi, bu degani kodga bevosita kirishsiz hamda uni to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirmay turib modulni qadamma-qadam uzgartirish mumkin yemas. Bundan tashqari, bitta modulni ishlab chiqishda, uning funksiyalarini boshqasiga o’tkazmay (delegat qilmay) turib boshqasidan foydalanib bo’lmaydi. Yana garchi modulda turni belgilab bo’lsa-da, bir modul boshqasida belgilangan turdan foydalana olmaydi.
Modulli va prosedurali dasturlash tillarida tuzilmalashtirilgan va tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlar o’z «tur»iga yega. Biroq turni kengaytirish usuli, agar «agregatlash» deb ataluvchi usul yordamida boshqa turlarni yaratishni hisobga olmaganda, mavjud yemas. Va, nihoyat, modulli dasturlash - bu yana proseduraga mo’ljallangan gibridli sxema bo’lib, unga amal qilishda dastur bir necha proseduralarga bo’linadi. Biroq yendilikda proseduralar ishlov berilmagan ma’lumotlar ustida amallarni bajarmaydi, balki modullarni boshqaradi. Obektga mo’ljallangan dasturlash modulli dasturlashdan keyingi mantiqiy pog’onani yegallaydi, u modulga nasldan-naslga o’tishni va polimorfizmni qo’shadi. Obektga mo’ljallangan dasturlash dan foydalanr yekan, dasturchi dasturni bir qator oliy darajali obektlarga bo’lish yo’li bilan tizimlashtiradi. Har bir obekt hal qilinayotgan muammoning ma’lum bir tomonini modellashtiradi. Obektga mo’ljallangan dasturlash yendilikda dasturni bajarish jarayonini boshqarish uchun dasturchi diqqatini proseduralarni ketma-ketlikda chaqirib olish ro’yxatini tuzib o’tirishga qaratmaydi. Buning o’rniga obektlar o’zaro aloqada bo’ladi. Obektga mo’ljallangan dasturlash yordamida ishlab chiqilgan dastur hal qilinayotgan muammoning amaldagi modeli bo’lib xizmat qiladi. Dasturga obektlar atamalari bilan ta’rif berish dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning yeng tushunarli usulidir. Obektlar hamma narsani obekt nima qilayotgani nuqtai nazaridan idrok yetishga, ya’ni uning hatti-xarakatlarini hayolan modellashtirishga majbur qiladi. Shu tufayli obektga yondoshishda u dasturning bajarilishi jarayonida qanday ishlatiladi degan nuqtai nazardan biroz ye’tiborni chalg’itish mumkin. Shunday qilib, dasturni yozish jarayonida haqiqiy dunyoning tabiiy atamalaridan foydalanish mumkin. Dasturni alohida proseduralar va ma’lumotlar shaklida (kompyuter dunyosi atamalarida) qurish o’rniga, obektlardan iborat dastur qurish mumkin. Obektlar otlar, fe’llar va sifatlar yorlamida haqiqiy dunyoni dasturda modellashtirishga imkon beradi. Joriy qilish (realizasiya) hatti-xarakatlar qanday bajarilayotganini belgilaydi. Dasturlash atamalarida joriy qilish - bu dasturiy kod. Yechilayotgan masala atamalari bilan fikrlab, joriy qilishning mayda-chuyda detallarida o’ralashib qolish havfidan qochish mumkin. Albatta, ayrim oliy darajadagi obektlar kompyuter bilan aloqa qilishda past darajadagi, mashinaga mo’ljallangan usullardan foydalanishi lozim. Biroq obekt bu aloqani tizimning boshqa qismlaridan izolyasiya qiladi. Obekt dastur konsturksiyasi bo’lib, unda holat va hatti-xarakat inkapsulalangan bo’ladi. Obekt holati bu ichki obekt o’zgaruvchanlari qiymatlarining yig’indisidir. Ichki o’zgaruvchan deb obekt ichida saqlanadigan qiymatga aytiladi. Mohiyat ye’tibori bilan, obekt bu sinfning yekzemplyari (nushalaridan biri)dir. Obektga mo’ljallangan dasturlash, haqiqiy dunyo kabi, obektlardan tashkil topadi. Obektga mo’ljallangan sof dasturlash tilida, yeng dastlabki, bazaviy, butun, mantiqiy turlardan tortib, to sinflarning murakkabroq nushalarigacha, barchasi obekt hisoblanadi. Biroq obektga mo’ljallangan tillarning hammasi ham bu darajada chuqurlashib ketmagan. Ayrim tillarda (masalan, Java kabi) int va float ga o’xshash oddiy primitivlar obekt sifatida olib qaralmaydi. Obektga mo’ljallangan dasturlash obektlari, haqiqiy olam obektlari kabi, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bo’yicha tasniflanadi. Biologiyada itlar, mushuklar, fillar va odamlar sut yemizuvchilarga kiradi. Bu turli xildagi jonivorlarni umumiy xususiyatlar birlashtirib turadi. Xuddi shunday, dasturiy ta’minot olamida ham obektlar bitta yoki bir nechta sinflarga mansub bo’ladi. Bitta sinfga mansub obektlarga umumiy xususiyatlar xos bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, sinf obektni tavsiflaydigan xususiyatlar va xulq-atvorlarni, shuningdek, va bu yeng muhimidir, obekt javob beradigan xabarlarni belgilab beradi. Biron bir obekt boshqa obektning xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatgan vaqtda, u bu ta’sirni bevosita ko’rsatmaydi, balki undan qandaydir bir qo’shimcha axborotdan foydalangan holda o’zini-o’zi o’zgartirishni iltimos qiladi. Odatda bu «xabarni jo’natish» deb ataladi. Sinf umumiy xususiyatlar va xulq-atvorga yega bo’lgan obektlarni birlashtiradi. Bitta sinfga mansub obektlar bir xil xususiyatlarga yega bo’lib, bir xil xatti-harakat namoyon yetadi. Sinflar shablon (qolip)ga o’xshaydi: ular obektlarning yekzemplyarlari (nushalari)ni tayyorlash uchun qo’llanadi. Belgilar - sinfning tashqaridan ko’rinib turgan xususiyatlari. Obekt ichki o’zgaruvchiga bevosita kirishni taqdim yetganda yoki usul yordamida qiymatni qaytargandagina, o’z belgilarini namoyon qilishi mumkin. Xulq-atvor - xabarga yoki holatning o’zgarishiga javoban obekt tomnidan bajariladigan xatti-harakatlar. U obekt nima qilayotganini bildiradi. Bir obekt ikkinchi obekt ustida xatti-harakatlar bajarib, uning xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatishi mumkin. «Xatti-harakat» atamasi o’rniga «usulni chaqiirish», «funksiyani chaqirish» yoki «xabarni uzatish» atamalari qo’llanadi. Muhimi bu atamalarning qaysi biri qo’llanayotganida yemas, albatta, muhimi bu xatti-harakatlar obekt xulq-atvorini namoyon qilishga da’vat yetishidadir. Obektlar o’rtasida aloqa obektga mo’ljallangan dasturlashning muhim tarkibiy qismidir. Obektlar o’zaro aloqasining ikkita asosiy usuli mavjuddir. Birinchi usul: obektlar biri ikkinchisidan mustaqil ravishda mavjud bo’ladi. Agar alohida obektlarga o’zaro aloqa kerak bo’lib qolsa, ular bir-birlariga xabar jo’natadi. Obektlar bir-birlari bilan xabarlar yordamida aloqa qiladi. Xabar olgan obekt ma’lum xatti-harakatlarni bajaradi. Xabar uzatish bu obekt holatini o’zgartirish maqsadida uslubni chaqirib olish yoki xulq-atvor modellaridan birini qo’llashning o’zginasidir. Ikkinchi usul: obekt tarkibida boshqa obektlar bo’lishi mumkin. Xuddi Obektga mo’ljallangan dasturlash da bo’lganidek, dastur obektlardan tashkil topganidek, obektlar ham, o’z navbatida, agregasiya yordamida boshqa obektlardan jamlanishi mumkin. Ushbu obektlarning har bittasida uslub va belgilarga yega bo’lgan interfeys mavjud bo’ladi. Xabar - obektga mo’ljallangan yondoshuvning muhim tushinchasi. Xabarlar mexanizmi tufayli obektlar o’z mustaqilligini saqlab qolishi mumkin. Boshqa biron obektga xabar jo’natayotgan obekt uchun xabar olgan obekt talabdagi xatti-harakatni qanday bajarishi unchalik muhim yemas. Unga xatti-harakat bajarilganligining o’zi muhimdir. Ob’yekt - mavhum (abstrakt) mohiyat bo‘lib, u bizni o‘rab turgan haqiqiy olamning tavsiflariga ega. Ob’yektlarni yaratish va ular ustida manipulyatsiyalar olib borish - C++tilining qandaydir alohida imtiyozi emas, balki ob’yektlarning tavsifi va ular ustida o‘tkaziladigan opyeratsiyalarni kodli konstruktsiyalarda o‘zida mujassamlantiradigan dasturlash myetodologiyasi (uslubiyoti) ning natijasidir. Dasturning har bir ob’yekti, har qanday haqiqiy ob’yekt kabi, o‘z atributlari va o‘ziga xos xulq-atvori bilan ajralib turadi. Ob’yektlarni turli katyegoriyalarga ko‘ra tasniflash mumkin: masalan, myening «Cassio» raqamli qo‘l soatim soatlar sinfiga mansub. Soatlarning dasturiy ryealizatsiyasi (ishlatilishi), standart holat sifatida, sizning kompyutyeringizning opyeratsiya tizimi tarkibiga kiradi. Har bir sinf sinflar tabaqalanishida (iyerarxiyasida) ma’lum o‘rinni egallaydi. Masalan, barcha soatlar vaqtni o‘lchash asboblari sinfiga (tabaqalanishda ancha yuqori turgan) mansub, soatlar sinfining o‘zi esa xuddi shu mavzudagi ko‘plab hosila variatsiyalarni o‘z ichiga oladi. SHunday qilib, har qanday sinf ob’yektlarning biron-bir katyegoriyasini aniqlaydi, har qanday ob’yekt esa biron-bir sinf ekzyemplyari (nushasi)dir


Download 14,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish