Taxeometriya so’zi yunoncha «tachymetrto» tez (tachys) o’lchash (metreo) so’zidan kelib chiqadi



Download 0,71 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#891350
Bog'liq
Taxeometriya


Taxeometriya so’zi yunoncha «tachymetrto» - tez (tachys) o’lchash (metreo) so’zidan kelib chiqadi. Taxeometrik s’yomka topografik s’yomka turi bo’lib gorizontal va vertikal s’yomkalami bir vaqtni o’zida teodolit (taxeometr) asbobi bilan bajariladi. Buning uchun stantsiyadan tafsilot yoki relefi xaraktarli nuqtasiga qo’yilgan reykaga qarab bir vaqtni o’zida dalnomer orqali reykagacha bo’lgan masofa, gorizontal doira bo’yicha reykaga boigan yo’nalishga mos sanog’i va vertikal doira bo’yicha vizirlash(qarash) chizigining qiyalik burchak qiyniatining sanog’i o’lchanadi. S’yomkada tayanch uchun geodezik asos sifati taxeometrik yo’l o’tkaziladi. Taxeometrik s'yomka asosan yirik masshtabli (1:500-1:5000) topografik plan tuzish uchun bajariladi. U ko’proq relef notekis, maydoni katta bo’lmagan, eni tor va bo’yiga cho’zilgan harada murakkab tafsilotli joylarda boshqa s’yomka turlarini qo’llash imkoniyati cheklangan yoki maqsadga muvofiq bo’lmagan xollarda qo’llanadi. Taxeometrik s’yomka ishlari ham tayyorgarlik isklaridan, dala ishlaridan va kameral ishlardan tashkil topadi. Tayyorgarlik ishlari.Tayyorgarlik ishlarida joy tafsiloti s'yomkasining masshtabi tanlanadi. S’yomka qilinishi kerak bo’lgan hududga tegishli kartografik materiallar (karta, plan va profil) o’rganiladi, loyiha tuziladi. Loyixa tuzishda barpo qilinayoigan taxeometrik yo’l tayanishi kerak bo’lgan joydagi geodezik tayanch punktlari tanlanadi, texnik me’yoriy talablar asosida taxeometrik loyihasi tuziladi. 1-jadvalda taxeometrik y o i uzunliklariga boigan talablar keltirilgan.
1-jadval

Karta yoki plan nusxasida bo’lajak taxeometrik yo’lning sxemasi belgilanadi, yo’l bog’lanishi uchun zarur geodezik geodezik tayanch punktlari tanlanadi va ushbu tayanch punktlarining koordinata va otmetka qiymatlari arxivdan aniqlanadi.
Dala ishlari. Dala ishlariga rekognostsirovka, geodezik s’yomka asosni joyda barpo qilish va barpo qilingan yo’lni geodezik tayanch punktlariga bog’lash hamda tafsilot va relefi s'yomka qilish ishlari kiradi. Rekognostsirovkada taxeometrik yo’lni bog’lanuvchi tayanch punktlarining joydagi o’rni aniqlanadi. Zarur holatlarda loyihaga o‘zgartishlar kiritiladi. S’yomka asosi s’yomkadagi relef kesim balandligidan kelib chiqqan holda teodolit-nivelir yo’llari yoki taxeometrik yo’li ko'rinishida o’tkazish mumkin. Relef kesim balandligi 1 metrgacha bo’lganda - teodolit-nivelir yo’llari, relef kesim balandligi 2 metr va undan ko’p bo'lganda taxeometrik barpo qilinadi. S'yomka asosini joyda belgilash uchun yog’och yoki temir qoziqlardan foydalaniladi.Teodolit-nivelir yo‘llarida tomon uzunliklari po’lat ruletka yoki aniqligi bo’yicha mos keluvchi optik dalnomer (taxeometr) bilan o’lchanadi. Bunda nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklar geometrik nivelirlash bilan aniqlanadi. Taxeometrik yo’llarda yo’l qirralaridagi gorizontal burchaklar ikkita yarim priyomdan iborat bitta priyomda, qiyalik burchak DO‘ va DCH holatda to’g’ri va teskari yo’nalishda, qirralar orasidagi tomon gorizontal masofa uzunligi esa to’g’ri va teskari yo’nalishda ipli dalnomer yoki po’lat ruletka bilan o’lchanadi. O’lchash natijalari «taxeometrik yo’l jurnali»ga yoziladi va hisoblanib nazorat qilib boriladi. T30 teodolitlari bilan ikkita yarim priyomlarda aniqlangan burchak qiymatlarini o'zaro farqi 60" dan ortmasligi kerak. Masofa uzunligini to’g’ri va teskari yo’nalishlarda o’lchangan farqi 1:400 dan ortmasligi kerak. Masofa o’lchashda tomon yo’nalishi gorizontga nisbatan l,5°dan ortsa — qiyalik uchun tuzatma kiritish kerak, ya’ni tomon gorizontal quyilishi aniqlanadi. Tomon gorizontal quyilishi va qiyalik burchak qiymatlari asosida trigonometrik nivelirlash formulasi yordamida nisbiy balandliklar hisoblanadi. To’g’ri va teskari yo’nalishda aniqlangan nisbiy balandlik qiymatîarini farqi har 100 metr masofa uchun 4 sm dan ortmasligi kerak. Taxeometrik yo’lni geodezik tayanch punktlariga bog’lash teodolit yo’lini geodezik tayanch punktlariga bog’lash kabi bajariladi. Bunda bog’lanuvchi tayanch punktlaring soni teodolit yo’li shakliga bog’liq.yo’1 bog’lanishi uchun kainida 2 ta tayanch punkti va 1 ta tayanch tomonining direktsion burchak qiymati kerak bo’ladi. Bunday holat tutash yo’l (poligon) va osma yo’llar uchun o ‘rinlidir. Agar taxeometrik yo’l cho’ziq shaklli (ochiq poligon) shaklida bo’lsa - 4ta tayanch punktiga bog’lanish kerak bo’ladi . Agar yo'lning faqat bitta qirrasi geodezik tayanch punktiga bog’lansa — o’lchashlarda yo’l qo’yilgan xato yo’lning umumiy holatiga ta’sir etadi va yo’l qirralarini bari bir xil siljigan bo’ladi. Bunday xatolikni oldini olish maqsadida yo’l kamida ikkita geodezik tayanch punktiga bog’lanish kerak. Joy tafsiloti va relefni s’yomka qilish joy tafsiloti va relefi s’yomka qilish ishlari taxeometrik yo’lni joyda o’tkazib bo’Igach, yoki taxeometrik yo’lni joyda o’tkazish bilan bir vaqtda bajarilishi mumkin. Katta bo’lmagan maydonli (yuzasi 10 ga gacha bo’lgan) obyektlarda elektron taxeometrlar bilan s'yomka qilish taxeometrik yo’lni o ‘tkazish bilan bir vaqtda bajarilishi mumkin. Bunda har bir stantsiyada dastlab taxeometrik yo’lni o’tkazish uchun kerak bo'lgan o’lchashlar bajarilib, so’ngra joy tafsiloti va reefni s’yomka qilish bajariladi. Joy tafsiloti va relefi s’yomka qilishda qutbiy usuli bilan xarakterli nuqtalaming planli o’mi va trigonometrik nivelirlash usuli bilan esa ulaming balandligi aniqlanadi.

Joy tafsilotining xarakterli nuqtalari
S’yomka jaroyonida joy tafsiloti va relefi xarakterli nuqtalarining o’roiga reyka qo’yilgani uchun bunday nuqtalar reyka nuqtalari yoki piket nuqtalari deb atalishi mumkin. Reyka nuqtalari konturli va balandlik nuqtalari sifatida ko’rilishi mumkin.

Joy relefining xarakterli nuqtalari
Joy relefining xarakterli nuqtalari har bir stantsiyada asbob turish nuqtasidan reyka nuqtalarigacha bo’lgan masofa uzunliklari s’yomka masshtabi va relef xarakteriga ya’ni relef kesim balandligiga bog’liqdir.Jadvalda optik teodolitlar bilan s’yomka qilishda asbobdan reyka nuqtalarigacha bo’lgan maksimal masofa uzunligi keltirilgan.

Elektron taxeometr bilan s‘yomka bajarilganda asbobdan reyka nuqtalarigacha bo‘lgan masofa uzaytirilishi mumkin:
- Joydagi aniq konturlar uchun; - 1:5000 masshtabda 1000 metrgacha, 1:2000 masshtabda 700 metrgacha, 1:1000 masshtabda 400 metrgacha va 1:500 masshtabda 250 metrgacha;
- Joydagi noaniq konturlar uchun; - 1:5000 masshtabda 1000 metrgacha, 1:2000 masshtabda 1000 metrgacha, 1:1000 masshtabda 600 metrgacha va 1:500 masshtabda 375 metrgacha.
Joy tafsiloti va relefi s‘yomkasida gorizontal burchaklar teodolitni asosiy DCH holatida o‘rtacha xatolik bilan o’lchanadi.
Taxeometrik s’yomkadagi kameral ishlar quyidagilardan tashkil topadi:
• Dala oichash natijaiarini tekshirish;
• S‘yomka uchun asos bo‘Igan y o i qirralarining planli va
balandlik koordinata qiymatlari (x ,y Ba H)ni hisoblash;
• Xar bir stantsiyadagi reyka nuqtalarining otmetkalarini
hisoblash;
• Joyning topografik planini tuzish.
Dala o ‘Ichash natijaiarini tekshirishda qaytadan gorizontal va
vertikal burchak qiymatlari hisoblanadi, tomonlaming gorizontal
qo‘yilmasi (proektsiyasi), to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlardagi
nisbiy balandliklar va uiaming o‘rtacha qiymatlari hisob
chiqariladi. Hisoblashda aniqlangan bogianmaslik xatolari chekli
qiymati bilan taqqoslanadi va alar chekli qiymatdan ortmasa,
tegishli tuzatmalar kiritish orqali yo‘qotiladi.
Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish