Tayanch so`z va atamalar



Download 97,46 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi97,46 Kb.
#225287
1   2
Bog'liq
baholash usullari mezonlari va asosi

Nazorat turlari

O`quvchilarning bilim, ko`nikma hamda malakalarini tekshirish og`zaki, yozma va amaliy tarzda bo`lishi mumkin. YOzma tekshirish va mustaqil ishlar bilimlarni tekshirishning asosiy shakllari hisoblanadi.

YOzma tekshirish o`quvchilarning bilimlari sifatini: to`g`riligi, aniqligi, anglab olingani, amalda tatbiq etilishi to`g`risida bir fikrga kelish va qisqa vaqt ichida guruhdagi barcha o`quvchilar bilimini tekshirib ko`rishga imkon beradi. YOzma tekshirish, asosan, yozma yoki grafik ishlarni bajarish bilan amalga oshiriladi. YOzma tekshirish ishlari ikki xil bo`lishi mumkin: mavzu bo`yicha va yakuniy tekshirish ishlari.

O`quvchilardan yakka tartibda so`rash- bilimlarni mavzuga doir yakuniy tekshirishning keng tarqalgan shakllaridan biridir.



O`quvchilarning bilimlarini bunday tekshirishni tashkil etishda o`quv materialini bilib olishning asosiy markazi uy ishiga ko`chadi. Bu anchagina vaqtni talab etadi. Bunda guruhdagi o`quvchilarning bilish faolligi susayadi. Ammo undan butunlay voz kechish ham yaramaydi, yakka tartibda so`rashning ahamiyati o`quvchilarning nutqini, xotirasi va tafakkurini rivojlantirishdadir. O`quvchi og`zaki javob berishda mulohaza yuritish, solishtirish, xulosalar chiqarish, asoslash, o`z fikrini himoya qilish, tushunchalarni ta`riflashni o`rganadi. YAkka tartibda so`rash paytida barcha o`quvchilarning faolligini oshirish kerak.

O`MKHT sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:

  • Ichki nazorat - O`MKHT muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;

O`qitish sifatining ichki nazorati ta`limni boshqarish bo`yicha vakolatli davlat organi tasdiqlagan «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risida»gi Nizom asosida reyting-nazorat shaklida o`tkaziladi. Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlari o`tkazilishini ko`zda tutadi.

  • Joriy nazorat-og`zaki so`rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya`ni o`qituvchi o`z amaliyotida qo`llaydigan barcha so`rov turlarini o`z ichiga oladi.

  • Oraliq nazorat - fanning ma`lum bir qismi yakunlangandan so`ng o`tkaziladi. Oraliq nazoratning o`tkazilish tartibi, shakli ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.

Ko`p qo`llaniladigan nazorat shakllari: tayanch konspekt bo`yicha yozma ish, mustaqil ishlar, ba­land ovozda so`rash, juftlikda o`zaro nazorat, guruhdagi o`zaro nazorat, uy nazorati, o`z-o`zini baholash.

Bilimlarni nazorat qilish va baholashning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ta`lim beruvchi va tarbiyalovchi ahamiyatga ega. O`qituvchi o`quv jarayonining bu elementlarini amalga oshirib, o`quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, diqqat e`tibori hamda irodasining kuchli va bo`sh tomonlarini aniqlaydi. U o`quvchilarning qiziqishi, mayli, qobiliyati va layoqatini o`rganadi, har bir o`quvchi shaxsining rivojlanishi va ijobiy fazilatlar hosil bo`lishi to`g`risida g`amxo`rlik qiladi.

Test (ingl.- sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniya olimi J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo`llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo`nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik uslublar ham qo`llanila boshlandi. Bunday uslublar o`z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o`quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo`nalish: aqliy (rivojlanish darajasini aniqlovchi) testlar va pedagogik (bilimlarini baholashga mo`ljallangan) testlarni yaratish va qo`llash sohalari bo`yicha rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda reaktsiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o`rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to`g`risida xulosa chiqarishga olib keladi.

Aim.uz


Download 97,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish