Tayanыsh tүsinikler: Berdaq shayыr, әdalatsi’zli’qqa qarsi’ gu`res, ten`lik, g`a`rezsizlik ushi’n gu`res, «Jaqsi’raq»


Berdoq asarlarida inson falsafasi



Download 70,5 Kb.
bet2/2
Sana12.07.2022
Hajmi70,5 Kb.
#780829
1   2
Bog'liq
6-mavzu. Berdoq

2. Berdoq asarlarida inson falsafasi

Olamning boyligi uning sheksizligida emas, balkim uning sheksiz rang-barangligida deydi – donolar. Shu sheksiz odamzot dunyosidagi rang-baranglikning bir korinishi bolgan, qoraqalpoq xalqiga o’zin-o’zi tanitgan uning xalq sipatida duniyoda borligin jahonga namoyon qilganlarning biri bizning buyuk bobomiz Berdoq bolib xisoblanadi.


Berdoq Gargoboy o’gli qoraqalpoq xalqining quvonchi va maqtonchi. Shuning bilan birga asil faziylatlarga tarbiyakagan donishmandi edi. Berdoqning donishmonligi uning odob-axloqni ezozlashida, axloqsizlikni qoralashida va shunday shunday qilib elning birligi, xalqning xalqligin saqlab insoniylikni yuqori kotarishida boldi.
Bu buyuk insonning davri bizdan qancha uzoqlashgani sayin, uning donolik oylari, ajoyib tuyg’ulari, xalqning orzusi bilan uyg’unlashuv, butkul jahonlik ahamiyatli oy-fikrlari bizga yaqinlashib, ong-tuyg’ularimizning o’sishi, o’zligimizni bilishimizga, shu asosda erkin oylashimizga, kongil-xushlimizni kotarib, maqtanib yurishimizga asos bolib milliy ongimizning rivojlanishiga o’z qissasin qoshmoqta.
Buning sababi elimizning mustaqilligi va uning sharopati bilan milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi. Mustaqillikning o’tmishtagi asl-nasilimizga bizning ko’z-qarashlarimizni qayta duzishga, shunday qilib haqiyqatlikni tiklashga va ularni odilona baholashiga yol oshishi.
Bu haqida hurmatli birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Mustaqillik milliy madaniyat va manaviyatning toliq tastiyiqlanishi uchun, qoraqalpoq xalqning shoir-kllasiklari Berdoq, Ajiniyoz ijodiy meroslarin toliq tiklash uchun, ularning yorqin estaligin abadiylashtirish uchun yol oshti» deb korsatib, bu donolarning ijodlarin mafkuraviy burmalawlardan tozartib, o’z davrida qanday bolsa shu tarzda tiklab, uning lazzat bollaridan zavqlanib, umr tashvishlarida undan ilhom olib yashash uchun xalqqa qaytadan taklif qilishga shaqiradi.
Demak, hozirgi davrda bizlarga millat sipatida kimlar bilan faxrlanishimiz kerak, degan savolga toliq javob beradigan vaqt keldi. Unda bizlar Berdoq kabi donishmondlar orqali o’zimizning bor ekanligimizni aytib isbotlashimiz kerak boladi. Shundagina o’zimizning aql-oyimizni, manaviyatimizni dunyoga korsata olamiz. Bizning fikr-mulohozlarimiz keng, ongimiz, aqlimiz yetarli ekanligin bildiramiz.
Avval Berdoq ijodida organganda asosan asarlarining siyosiy mazmuni, qahormanlarning, obrazlari, goyaviy darajasi olga shaqiriladigan edi. Mana shu olshamlar orqali «u nima demoqchi» degan savol qoyilib, uning zamoniga bolgan munosobati tekshirilib, jamiyatga bolgan munosobati aniqlanadigan edi. Shu asosda tadqiqotshi ularni egib-kerib turli ramkalarga salib, uning «progressiv» tomonin kuchaytirib, zamon talabiga muvofiqlashtirib taklif qilar edi. Sababi Ibroyim Yusupovning korsatib otkaninday «Ularning Berdoqqa degan niyati tog’ri bolganligidir, shunday ishlansa ularni zamon rasmiy tastiyiqlab, uning adabiy meroslarin keng, kopshilikning irkinishsiz iygiligine asatuginlig’in ular bilar edi»
Lekin, ijodning faqat goyaviy tomoniga zor berish natijasida oquvchi shu shoirning qaysi sheri sizga kobroq yoqadi, qaysi sheri sizni tolqinlandiradi, qays sheri sizning yuragigizga iliqlik tuydi, qaysi sheri sizga zavq bagishladi, qaysi sheri in’ildap bolsa da aytib yurib, undan rahotlanasiz degan savollarga javob berishga qiynalar edi. Buning sababi, sherlarning zavqi, yurakka yoqishi tasir orniga mafkuraviy tomonlari birinchi oringa shiqariladi.
Badiiy asarning asosiy vazifasi kongilga yosh, yurakka iliqlik bagishlashi, insonning kayfiyatin kotarish. Sababi, shoirning sozi o’zining yoqimli va shirinligi bilan insonning yuragin sizlatib, unga ruxiy kush berishi zarur. Uning shoirligi yaratgan ijodining sehrligida inson qalbin terbeytug’in, insonning oz’ining unga irodasiz kirib ketishi asosli tartimliliginda boladi. Shunday xususiyatiga ega Berdoq poeziyasida aqlimizning boyib, fikr-mulohozalarimiz osadi. Uning ijodlarining jonga rahot, bazida terang oyga shomib, bazida ayanish hayolga soladigan, sehrli tasiridan zavqlanib, ruxiy kamaliqqa intilib, insoniylik va o’z asilimizga qaytganday bolamiz. U davrdagi bobolarimizning qanday yirik bolganligiga marafatlanib, o’zimizning qanshallik maydalashib ketkanligimizni ham koramiz.
Shindan ham Berdoqning fikr dunyosiga kirgan odam bir biyik tobege shiqqanday bolib, otirafiga qaraydi. Unda dunyoning kengligin, uning abadiyligin korib Berdoqning «Bu dunyo uzoq yol otongnan qolgan» degannan, kongilga tugilgan narsalarning mayday-shuyda ekanligin tushunamiz. Uning kongli osadi, adabiylikka intiladi, ijodga oshigadi. Sababi, u yurakka zarda soladi, tuygular olamiga olib ketadi, aql-farosatin kuchaytiradi. Uning poeziyasida xalqning orzulari, elning g’amni oylashi korinib turadi. Uning yuragi xalq qalbi bilan birga sogadi. Natijada unga «Beridmurod xalqni, xalq Berdoqni, yolg’izidek kurar jondon yaxshiroq» deb tolg’aniwina huquq beradi.
Berdoq uchun shoirlik martaba yoki daraja emas, u abadiy gurash, izlanish, el muammosi va darti bilan yashash, hamma vaqt xalq sinovidan otib, uning ishonchiga miyossar bolish. U ustozi Alisher Navoiyning «El netib topsin meni, men o’zimni topmasam» degan donolikka takabbil tuyg’usiga sodiq bolib, hamma vaqt ozin yetilishtirishga, o’zin-o’zi anglashga urinib, «Berdimurod tinlab sozingni korgil, Yurgan soqpagin’nan izingni korgil» deb o’zin tobishni vazifa va maqsad qilib, unga degan xalqning ulfetligine qanoatlanib, siginishida, suyganida xalq ekanligin tan olib, uni xalqning topganligiga irza bolib, «yolg’iz tayonishim xalqim panayim» deb fikrlaydi. Natijada Berdoq Plutrax «falsafa bilan shugullangisi kelgan odam poeziyassiz bolmaydi. U poetikalik asarlarni tadiq qilgandan boshlab-oq falsafani organadi» degan ekan. Bunin’ manosi har bir poetikalik asar manaviyatning keshirmalarina tegishli oylarga solib, uni jonlandirado deganni anglatadi. Mana, shu asosda Berdoq odamzot manaviyatina nima qoshti. Insoniyotning avvaldan kelayotgan savollarga «nima ishlash kerak», «nima isshlamash kerak» degan masalaga qanday yontasti?
Insoniylik munosabatni olshamlari qanday? Va boshqa savollarga adabiy soz bilan javob izlashda terang falsafalik oylar berdi. Falsafa bolsa Aflatunning aytganiday, «o’tkinchi bandaning abadiylikka umtilishidir».
Berdoq asarlarida jamiyattagi odillik masalasiga alohida orin berildi. Sababi, tenglik, insoniylik, erkinlik odamzot konglidagi eng aziz va buyuk tuygu. U «Tenglik topmay qorlik bilan, iroda ketib zorlik bilan» deb odilsizlikning qisiwmetin, vayronshilik xususiyati, zolimlik harakterin oshib tashlab, jamiyatta va odam munosabatlarida adolatlik ornashiga shaqirdi. I.A.Karimovning korsatib otkanidek, «Xalq yoqshilikka shidashi mumkin, odilsizlikka shiday olmaydi» degan donolik fikrning haqiyqatligi Berdoq odillik haqida tuygularin oqiganda toliq tushunishga boladi. Bunda xalqning odilsizlikka shidab bolmaydigan ishki debdewi, yongan yurak hawiri, jantalas gurashi esip turadi.
Berdoq sherlarida o’zining orzu-armonlarin xalqning tuygulari bilan bo’glab, ularni odam harakatining qozgovshisi sipatida tushundiriladi. U « Armon bilan boshni bilgay, soz bilan oynadi bormoq» deb orzuning boslovchilik, iytermelewshilik, qozgovchilik rolin korsatadi. Shindan ham har bir odam hayotning korkeyiwine, ish bosqichida ormalashga, umrda olda bolishga orzu qiladi. Bir armonning tugasa, ikkinchi armon tug’iladi. Armon aqlni yetilishtiradi, ishni orgatadi, barmoqni oynatadi, miyani ishlatadi. Shuning uchun xalqimiz «Aqli yoqning armoni yoq» deb tastiyiqlagan. Berdoq o’zining va xalqning bunday orzu-istaklarin «Menga ber» degan asarida yorqin korsatgan edi.
Inson hayoti galma-gal, unda shodlik, tabis bilan yetishmovchilik holatlarning da bolishi malum. Aytaylik, «Mehmon kelsa kutib olar hol kerak, Soyishga bir eshki moldon yaxshiroq» bolmasa haligasha yeta olmagan sheklovlarga bog’lik «Men marifat izlar edim» degan tuygular, Berdoqning «men bir armonli» degan shaginiwinan darak berib, umr tashvishlarin, xalq xizmatin bajarish hayollari bilan bog’liq tabiiy holat bolib xisoblanadi. Sababi falsaga tarixida insonning siqilishi, umr qiyinshiliqlarining bolishini falsafa darajasiga kotarib isbotlangan eksistentsionalizm neotomizm singari hozirgi duniyo ton olgan falsafalik oqimlar ushirasadi.
Berdoqning asarlarin oqigan odam fozillikka intiladi. Lekin, unda yetuklikka shaqirish haqida ketma-ketli fikrlari va ilimiy izlanishlari bolmagani bilan uning asarlarining ishida komil inson haqida duniyo donishmandlari korsatib otkandek ardoqlash, tariplash va nasixatlash koplab ushirasadi.
Aytayik odamning tusimpazligin yuqori baholagan sharq adabiyotiga taqabbil Berdoq « Oyli jigit jaqsi, bilimpaz keler, aytqan sozlerine tusimpaz keler» deb oyi bor, aql-farosatli, kushli odamlarni yuqori baholadi. Shu singari u boshiga loyiq odamning faziylati sezgirlik, oldin ola kora bilishlik deb, «Bilar aql bilan olis va yaqin, xor qilmas unday yigitlar xalqin» deb tastiyiqlaydi.
Berdoq uchun saz-suhbat ulkan xazina, dilbarlik, sheshanlik yuqori faziylat bolib, u « yaxshini pam ayla soylagan sozdan» deb orgatib, oqishda, izlanishda olda bolgan adomnan bir narsa shiqadi deb xispnlan, «Aqli komil, ilmi zor, bilimli el bolmaydi xor», «Aqqon bilim –bulaq sagam, tobilgansha izlar edim» deb uning umrlik ahamiyatin yuqori baholadi. Ayniqsa, berdoq shukurlik, nafsni tiyish talablarin qanoatlandirishga itiborli va oshib-toshib ketmaslik, qonoatli bolishni tariplagan. «Ishsa tanoqqa toymagan» deb meshkeylikti, napsiqawliqti sinaydi.
Berdoq asarlarning ishida ozagi eng yaxshi fazilat odamning pokligi, rastgoyligi, iymonligi. U goyalar uning «Aytsa bir so’z iqrarina yetadi» «Sozin yutib otirik aytib olmagan» «Yuzida qoni yoq gilen’ iymonsiz» degan tenewlerde aniq korinadi. U keshirimlikni buyuklikning balant shoqqisiga kotarib, «buyuk bolsang kishik bol» degan shiorni mustahkam ushlab, «Dushmanlarni ayag’ina bosh ursa, kozni olartgandan izaat yaxshiroq», «Kimi kafir, kim musulmon bari qudoning bandasi» deb kongli torlikdan keng bolishga chaqiradi.
Berdoq mol-duniyoga qiziqmadi. «Moli kop deb tegma unga, ozob berar aqmoq senga» deb uning izidan quvishning nakosligin, «Xorun dunyoda ne kordi» degan taqqoslash bilan keltirib, «Boy bolmadim jiynab molni, biy bolmadim togib borni, keragi yoq unday davron» deb tujirimladi. Shuning bilan birga inson oz umrini jamiyat foydasi uchun «Bolurmi deb yorug kunlar xalq uchun» xizmat etishni, kasb-hunar organishni, «Talab qilib top duniyoni, suttan oqdur bilsang ani » deb halol mehnatning ahamiyatin yuqori baholadi.
Berdoq asarlarida azaliy sharda paydo bolgan muqaddas anana oto-onaga boysinishning, hayirlilikning qarz va farzz ekanligini nasixatlab juda ulkan itiborga olinib, «Mehriboning ota-onang, undan ulug’ hech bolmadi» deb isbotlaydi.
Berdoqdagi eng otkir goya husumatga konmaslik, ozbilarmonlikni lanatlash, tenglikka talpinishni odamning tabiiy xususiyati sifatida «bu otgan umrdan zindon yaxshiroq» deb bayonlab, husumatni buzish uchin jigarlilikning ahamiyatin korsatib, «Kushingdi yig’ yoshingdan, jigarli bol yoshdan bolam» deb orgatadi. Mana shu insoniy fazilatlarga intilib, ularni bajarish ozining burchli vazifasi deb xisoblab, ong-tuygusiga singdirgan har bir odam komillika intilishi sifatida Berdoqta yuqori baholanadi va ozi da shu korsatilgan baholarni egallaganligini, «Oltin har bir aytgan sozim, sozim emas uldur ozim» deb korsatadi.
Umuman Berdoqning shunday manaviy kushga tirgak boladigan tuygularini, lazzatli zavqini, donolik nasihatlarini, yonaltiruvchi korsatmalarini, umrdagi orzu-armonlarini, gozal hayollarini tereng tadqiq qilib, ularni hozirgi milliy mustaqillik mafkurasining asosidan baholanib, vatanimizning buyuk maqsadlariga yaratish vazifalarini bajarish juda bir ahamiyatli ilimiy masala.
Mustaqillik sharofati bilan «Gavhor» ning jilvalanadigan vati endi keldi. Ziyolilar Berdoq asarlariga butunlay yangi munosabatni paydo etib, unga gamxorlikni kuchaytishi lozim. Lazzatli bolin, zavqi sifatini, qudratli tasirini kuchaytib, qozgashi, ruhiylantirish imkoniyatini orttirib «qadrimni xalq bilar va qadrlar qolga ushlab» degan Berdoqning koregenligine sodiq bolib, poeziyasin qadr-qimmatli etib, xalqning qoliga ushlatishni ahamiyatli vazifa qilib qabul etishimiz zarur.
3. Berdaqqacha bo`lgan qoraqalpoq mumtoz adabiyoti tarixida mazkur janrda «shajara»lar, ya`ni o`tmish avlodlar haqida, xalq tarixiy taqdiridagi eng muhim davrlar, voqea-hodisalar to`g`risidatarixiy-adabiy yoki memuar xarakterdagi «solnoma» lar yaratilganligi ma`lum emas. Shu sababli, Berdaq o`z «Shajara» dostonini yaratar ekan, ko`hna Sharq adabiyotidagi mavjud an`analardan, xususan Xorazmning Abulg`ozi, Munis kabi mashhur «shajara»chilari va san`atkorlaridan o`rgangan, ular ijodidan bahra olgan deb o`ylashga asos bor, deb o`ylaymiz. Buning boisi shundaki, xorazmlik mualliflar yarattan «shajara» lar bilan Berdaq «Shajara»si orasida faqat asar nomidagina emas, shakl va mazmun jihatdan ham hamohanglik, o`xshashlik bor: ularning barchasida Xorazm vohasi xalqlarining kelib chiqishi va mamlakatni idora ettan hukmdorlar tarjimai holiga tegishli hodisalar, xonlik hayotidagi muhim voqealar tasvir etiladi. Farqi shundaki, xorazmlik mualliflar yaratgan aksariyat «shajara»lar nasrda bitilgan bo`lsa, Berdaq «Shajara»si nazmda ifoda etilgan. Shunisi xarakterliki, Berdaq «Shajara»sida faqat qoraqalpoq xalqining ko`p asrlik tarixidagi muhim voqealar ta`rif etilibgina qolmasdan, o`zbek xalqi bilan kechgan mushtarak hayot, shuningdek o`zbek xalqi tarixi ham babbaravar tilga olinadi. Berdaq «Shajara» dostonining bu xususiyati asarning ham o`zbek, ham qoraqalpoq xalqi tarixini o`rganishda tadqiqotchilarga muhim manba sifatida xizmat etib kelishiga sabab bo`ldi.
Berdaq «Shajara» dostonining faqat tarixiy jihatdan ahamiyatini ta`kidlab qo`yish biryoqlamalik bo`lar edi, albatta. «Shajara» - dastavval tarixiy-badiiy asar. Shoirning o`ziga xosligi shundaki, u xorazmlik tarixchi va san`atkorlar yaratgan «shajara»lar doirasida o`ralashib, ular yaratib ketgan ma`lumotlar doirasida qolib ketmaydi, balki tarixiy faktlarni o`z asari to`qimasining asosi qilib olgan holda tarixiy-badiiy epik polotno yaratadi. Bu tabiiy, albatta. Chunki «san`atkorlar o`z o`tmishdoshlaridan, dastavval, yangi voqelikning estetik vazifalariga mos keladigan narsalarnigina qabul qiladilar». Berdaq ham «Shajara»ni yaratish yo`lida ba`zi ma`lumotlarni o`z o`tmishdoshlaridan oldi, biroq uni davr va hayot bilan bog`ladi, o`z g`oyaviy-estetik maqsadini ifoda etish uchun xalq rivoyatlari, folklor materiallarini asar to`qimasiga kiritdi va pirovardida jo`shqin poetik ilhom, his-tuyg`ular va aql, donolikni bir nuqtaga jam qilib o`z «Shajara»sini yaratdi.
Berdaq o`zining mashhur asari «Izlar edim» she`rida shunday e`tirof etadi:
«Chor kitob»dan nari qochdim. Navoiydan savod ochdim.
Fuzuliydan durlar sochdim, Donolarni izlar edim.
«Chor kitob» dan nari qochdim, Navoiydan savod ochdim» misralaridagi sof iqrorning o`ziyoq Berdaq uchun buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiy, binobarin mumtoz o`zbek adabiyoti qay darajada ulkan ahamiyat kasb etganligini yaqqol ko`rsatib turibdi. Bundan kelib chiqqan holda Alisher Navoiyni Berdaqning ilk muallimi, unga so`z san`atining siru asrorlaridan asrlar osha g`oyibona saboq bergan, Berdaqda oddiy mehnatkash xalqqa nisbatan mehr-muhabbat fazilatlarini tarbiyalagan, insoniylikdan saboq bergan ilk muallim deyish mumkin.
Berdaq mashhur «Ahmoq poshsho» dostonining xotima qismida shunday yozadi:
Kulfat qasrida qaridim,
Sulton Suyin, Miralining
Shohu gadoning baridan,
Dunyo ortda qolgan ekan.
Shoir o`z zamonasini «kulfat qasri»ga muqoyasa qiladi, shu orqali o`z umriga yakun yasagandek bo`ladi. U ta`kidlaydiki, Sulton Suyin - Husayn Boyqaro - shoh, Alisher Navoiy - Mirali - shoir ta`biricha - gado bo`lib olamdan o`tdilar, biroq bu zulmat zamoni ularga ham vafo qilgani yo`q. Lekin ularning biridan kulfat, xalq boshiga g`am-alam, ikkinchisidan esa mangulikka daxddor, umri boqiy asarlar qoldi. Berdaq doston nihoyasida o`ziga Miralining umrini tilagandek bo`ladi. Endi diqqatni Berdaq o`z poeziyasida ulug` o`zbek shoiri an`analarini davom ettirganligi nimalarda ko`rinishiga, shoir Navoiy an`analarini qay daraja ijodiy yuksaltirganligiga qaratamiz.
Mana Berdaqning «Xalq uchun» sarlavhali she`ri. Originalda 260 misradan ortiq bo`lgan mazkur asarga buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiyning mashhur «Odami ersang demagil odami, oni kim yo`q xalq g`amidan g`ami» aforizmini poetik epigraf qilib olish
Yigit bo`lsang arslon kabi tug`ilgan,
Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun.
Yigit bo`lsang arslon kabi tug`ilgan,
O`zim demay, g`amxo`rlik qil xalq uchun.
SHe`rning keyingi bandlarida yuqoridagi fikr yaqqol konkretlashtirilib, chuqurlashtirilib boriladi va shoir, Alisher Navoiy hikmatidagi kabi, o`z zamondoshlarini «xalq dardi», «xalq g`ami» yo`lida zahmat chekishga chaqiradi:
Yetarsan murodga gar xizmat etsang,
Eling yo`llaganda har qayon ketsang,
Har qachon dushmanning boshiga yetsang,
Ayanmasdan, xizmat ayla xalq uchun.
Navoiy hikmatidagi va Berdaq she`ridagi «xalq», «xalqqa xizmat» degan so`zlar o`sha feodal jamiyatda yashab faoliyat ko`rsatayotgan barcha shaxslarga taalluqli emas. Ular faqat mehnatkash, oddiy qora xalq sirasiga mansub, uning manfaatlari yo`lida vijdonan mehnat qilgan, o`zi mansub millat or-nomusi uchun teng talashgan, zarur damlarda odamgarchilikning barcha qonun doiralarini o`z o`rniga qo`ya biladigan odamlarnigina «xalq» doirasiga kiritadilar. Berdaq fikricha, xalq «ishlab-terlab bir burda non topgan», «qo`l qavarttan», «arslondek» kuchini ngu xalq, el-yurt manfaatlariga astoydil sarf qilgan, zamona zayli tufayli ochlik, kambag`allik, qazuv, soliq kabi xalq gardaniga tushgan og`ir ofatlarga mardona chidayotgan, kerak paytlarda millat, el-elat, ona-yurt mustaqilligi yo`lida qon kechishga ham qodir odamlar. Shoir ana shu odamlarni birlikka, do`st-birodarlikka da`vat etadi, xalqning kuchi - uning do`stligida deb biladi:
Do`stlik bilan har bir ishda shay tursang,
Jon ayamay el-yurt uchun ish qilsang.
Qayg`ulanmay, ulug` ishga qo`l ursang,
Shunda mening ko`nglim o`sar xalq uchun.
Berdaq o`z asarida zamonasidagi ekspluatator sinf vakillarini «xalq» doirasiga kiritmasdan, she`rda ularni «dushman», «yomonlar», «nomard», «fosiq», «bo`ri» kabi nomlar bilan ataydi.
Berdaq dostonida xalq orasida keng tarqalgan rivoyatlarga asoslangan holda qozoq va qoraqalpoq xalqlarini bir otaga mansub ikki o`g`ilning farzandlari sifatida ta`rif etadi. Bu bilan shoir xalqlar do`stligi va qonqardoshligi g`oyalarini ulug`laydi, ularni do`st-birodarlikda, totuvlikda yashashga chaqiradi. Berdaqning ayni paytgacha qoraqalpoq va o`zbek tillarida e`lon qilingan asarlarining tahlili pguni tasdiqlaydi. Fikrimizning isboti uchun S.Toyshibayeva «qozoqlar hayoti tasvir etilgan» deb ta`kidlagan «Oydo`s biy» dostoniga murojaat etamiz.
Oydo`s biy - tarixiy shaxs. Mashhur o`zbek mumtoz shoiri, mohir tarjimon Ogahiyning ma`lumotiga qaraganda, Oydo`s va uning qaramog`idagi qo`ldovli urug`i Xiva xoni Muhammad Amin inoq hokimiyat tepasida turgan davrda (1763-1770) xonning «marhamati» tufayli «Ko`k o`zaqdan Orolgacha» bo`lgan territoriyaga joylashadilar. Xonga sodiq xizmati uchun Oydo`s barcha qoraqalpoqlar ulusining hokimi mansabiga ko`tariladi.
«Oydo`sning Xiva xoni tarafiga o`tishi,- deb ta`kidlaydi O`z.FA haqiqiy a`zosi S.Kamolov,- xoinlik va sotqinlikdan boshqa narsa ems edi. U qoraqalpoqlarni haqiqatda qarama-qarshi ikki lagerga bo`lib qo`yadi».
Oydo`s o`z xalqiga qarshi chiqib, qoraqalpoqlarning hali Xiva xoniga qaram bo`lishni istamagan urug`larini qurol kuchi bilan bo`ysundirishni quvvatlash orqali Xiva xonligining yangi xukmdori Muhammad Rahimxonning (1806-1825) ham «marhamatiga» sazovor bo`ladi va keyinroq o`zini «Moyli Jangal»dan shimol tomonda yashaydigan barcha qoraqalpoqlar hukmdori, ya`ni «yarim xon» tayinlashlarini talab qila boshlaydi. Biroq qoraqalpoqlarning bo`ysunmagan urug`larini va Janga daryo bo`yidagi qozoq urug`larini o`ziga bo`ysundirib, shimoliy chegaralarni mustahkamlab olgan Muhammad Rahimxon Oydo`sning bu talabini rad etadi. Bu bilan cheklanmasdan uni qoraqalpoq ulusiga hokimlik mansabidan ham chetlashtiradi.
Izzat nafsi yerga urilgan va aldangan Oydo`s shundan keyin xalqni o`ziga og`dirib, Xiva xoniga qarshi kurashga o`tadi. U Sariqov o`tov degan joyda 2 mingga yaqin oilani jamlaydi. 1827 yil 29 iyulda Qo`ng`irotni bosib olish va xon noiblarini jazolash uchun o`g`illari Rizo va To`ra boshchiligida 300 otliqni jo`natadi. Xon askarlari bilan bo`lgan jangda Oydo`s tarafdorlari yengiladi, Rizo o`ldiriladi, To`ra esa kishanlangan holda Xiva xoni huzuriga yuboriladi. Voqeadan xabar topgan Oydo`s tarafdorlari orasida parokandalik boshlanadi va Oydo`s Qo`qon xonidan yordam olib kelish uchun yo`lga chiqadi. Biroq Chirik rabot degan joyda xon qo`shinlari ularga yetib oladi. Oydo`s jangda o`ldiriladi.
Berdaq tug`ilgan yilda bo`lib o`tgan qonli fojialar tarixda ana shunday bayon qilinadi.
«Oydo`s biy» poemasida esa voqealar rivoji boshqacha beriladi. Poema muqaddimasida Oydo`s biy sha`niga «iliq» so`zlar aytilib, uning shaxsiyati, xalq oldidagi xizmatlari eslatiladi. So`ngra asosiy voqealar tasviriga o`tiladi.
Oydo`s biy huzuriga Xiva xonidan chopar keladi. U olib kelgan maktubda xon Oydo`sga qarata:
Begis bilan Mirjiqning,
Kallasin olib kelsin.
Keyin «Moyli Jangal»dan,
Naryog`in Oydo`s so`rasin
deb yozganligi ma`lum bo`ladi. Mansab va mavqe yo`lida har qanday iflos ishlardan qaytmaydigan Oydo`s Xiva xonining bu maktubini olgach, o`z ukalari Begis va Mirjiqni o`ldirish xususida o`ylab ketadi. Bu paytda Begis va Mirjiq, akasi Oydo`s xonga sotilib ketgandan keyin, mehnatkashlarni xonga qarshi qo`zg`olonga tayyorlash harakatida edilar.
Shoir Oydo`sning maktubni olgandan keyingi psixologiyasini
yaxshi aks ettiradi. Poemadagi asosiy voqealarga turtki beruvchi
badiiy tugun ana shu tariqa yaratiladi.
Oydo`s erta saharda turib Mirjiq va Begisni uyg`otadi va «maslahatlik maxfiy ish» borligini aytib, qirga chiqib kelishni taklif qiladi. Sodda Begis va Mirjiq o`sha joyda zolim toshbag`ir aka hiylasining qurboni bo`lishadi. Oydo`s ukalarining kallalarini xurjunga solib Xivaga, xon huzuriga qarab yo`lga chiqadi. Berdaq «qahramoni»ning bu qilmishiga loqayd emas. U o`z ukalarining qotili darajasigacha ma`naviy tubanlashgan Oydo`sni qattiq qoralaydi.
Oydo`sning Xiva shahrida bir mahram do`sti bor edi. U Oydo`sga xat jo`natilganidan xabardor bo`lgan, lekin bu hiyladan Oydo`sni ogoh eta olmagan edi. Mahram Oydo`s Xiva tuprog`iga qadam qo`yganligini bilib, unga peshvoz chiqadi va yuz bergan fojiadan ogoh bo`ladi. Mahram unga bu xat xonning hiylasi ekanligini, shu yo`l orqali xon ham Oydo`sdan, ham uning kurashchan ukalaridan birato`la qutulmoqchi bo`lganligini oshkor etadi. Biroq Oydo`s ishonmaydi va xon saroyiga yo`l oladi.
Baland ko`cha, past ko`cha, Oralab endi boradi, Xivalik yosh bolalar, Oydo`sga tuproq sochadi. Shunda ham nodon, bilmaydi.
deb kuyunib yozadi shoir. Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, Oydo`s o`z inisi Mirjiqni 1810 yilda Muhammad Rahimxon huzurida o`z qo`li bilan o`ldirgan. Poemada esa, shoir hayot haqiqatidan biroz chetlashgan bo`lsa-da, biroq badiiylik jihatidan, ya`ni poemadagi asosiy g`oyani - Oydo`s vahshiyligi, qonxo`rligi va ma`naviy tubanligini - yakka bir hukmdor shaxs fojiasining sabablarini ochib berishda, mantiqan to`g`ri yo`ldan boradi.
Oydo`s xonning huzuriga kirganda xon unga hatto «keldingmi?» ham demaydi, sovuqqina muomala qiladi. Kalla solingan xurjunni xon huzurida qoldirib, Oydo`s mahram do`stining uyiga keladi. Xivalik do`sti unga yana bir haqiqatni ochadi: xon ukalarini qatl qilgan Oydo`sni o`ldirmoqchy ekanligini aytadi. Bu xabarni eshitgan Oydo`s Xivadan chiqib qochadi. U yurtiga borgach, 60 qoraqalpoq biyini chaqirib maslahat qiladi va ularni xonga qarshi kurashga chaqiradi. Biylar o`z oldilariga qo`yilgan olmadan bittadan yeb, Oydo`sga sodiqligini bildiradilar. Nihoyat, xon va Oydo`s lashkarlari orasida qonli kurashlar boshlanib ketadi. Lekin kuchlar teng emas edi. Oydo`s qo`shinlari chekinib, bir kichik qal`ani mudofaa qila boshlaydilar. Xon hiyla ishlatadi: qamalda yotgan Oydo`s askarlari tomon zambarakdan o`q emas, «qora pul» solib orttiradi. Natijada Oydo`s qo`shinlari xoinlik xoinlik qilib xon tarafiga o`tishadi. Oydo`s qochadi, biroq yo`dda xon askarlari tomonidan o`ldiriladi. Xiva madrasalarida ta`lim olayotgan Oydo`sning To`ra va Riza ismli farzandlari qirq yigiti bilan Xivadan bosh olib ketadilar. Ular ham qonli kurashlarda halok bo`ladilar.
«Oydo`s biy» poemasining qisqacha syujeti ana shunday. Bu poemaga asos qilib olingan tarixiy voqealar va shoir badiiy tafakkuri natijasida yaratilgan badiiy to`qimalarni bir-biri bilan taqqoslash Berdaqning epik tasvirlash san`ati yuksakligini ko`rsatadi. Berdaq «Oydo`s biy» poemasida qozoq xalqi hayotiga taalluqli voqealarni emas, balki qoraqalpoq va o`zbek xalqi hayotining real manzaralarini, mushtarak voqelikni san`atkorona tasvirlab berdi.
Berdaqning «Omongeldi» va «Ernazar biy» poemalarida ham qoraqalpoq xalqining o`zbek xalqi bilan mushtarak hayoti tasvirlanadi. Masalan, «Omongeldi» poemasida tasvir etilgan voqealar Qo`qon xoni saroyida bo`lib o`tadi. Poemaning asosiy konflikti ham xuddi «Oydo`s biy» poemasidagi kabi qoraqalpoq xalqining o`z haq-huquqlarini, milliy mustaqilliklarini himoya qilish yo`lidagi kurashi asosiga quriladi: bir tomonda xonlik hukmdorlari, ikkinchi tarafda qoraqalpoq xalqi manfaatlarini himoya qiluvchi xalq sardorlari. Bu beomon kurashlarda, hayot haqiqati kabi, xalq sardorlari mag`lubiyatga uchraydilar, biroq xalq orasidan yana ularning ishini davom ettiruvchilar yetishib chiqaraveradilar. Jumladan, «Omongeldi» poemasining qisqacha mazmuni shunday: Qo`qon xoni Muzaffar o`z qaramog`idagi qoraqalpoq xal-qidan o`ziga qiz tortiq qilishni so`raydi. Hukmdorning bu talabi tabiatan mag`rur xalqqa yoqmaydi. Qoraqalpoqlar hukmdori Hasan otaliq xonning oldiga borib, unga qoraqalpoqlar o`z qizlarini bermasliklarini dadil aytadi. G`azablangan xon Hasanni dorga ostiradi. Ana shu paytda qoraqalpoq xalqi qasos olishga otlanadi. Xalq orasidan chiqqan dovyurak Omongeldi o`z tarafdorlari bilan Qo`qon xoni saroyiga xujum qilib, xonning boshini kesib keltiradi. Berdaq o`z zamondoshlarini Omongeldiday dovyurak bo`lishga, xalq ishi, milliy mustaqilligi va or-nomusini Omongeldi kabi himoya qilishga da`vat etadi:
Omangeldiday bo`lmoqqa,
Borib xondan xun olmoqqa,
Kalla kesib, qon olmoqqa
Qay biringning chamang keldi?
Berdaq o`zining «Ahmoq poshsho», «Ravshan», «Omongeldi» kabi asarlarida tasvirlab bergan hodisalarga o`xshab ketadigan voqeani chuqur dard bilan kuylab beradi. Baxshi kuylagan hikoyatning qisqacha mazmuni shunday: Amu sohilidagi xonadonlarning birida Gulbibi ismli qiz voyaga yetibdi. Uning beqiyos go`zalligi, suluvligi haqidagi ovozalar ko`p ellarga taraladi. Haramida juda ko`p xotinlarga ega bo`lsa-da, zolim Xiva xoni Gulbibining maishatboz xonni o`z yoniga yo`latmaydi, mantiqan to`g`ri mulohazalar orqali xonning ma`naviy yaramasligini fosh qiladi. Darg`azab bo`lgan xon o`z yasovullarini chaqirtirib, Gulbibini ayovsiz jazolatadi: qizni changal ustiga yalang`och yotqizib, ustidan qaynoq suv quyishadi. Shu tariqa elning bir begunoh farzandi fojiali halok bo`ladi ... Baxshi Gulbibi haqidagi hikoyasini tugallar ekan, Oysanamlar to`yiga kelgan yoshu qarini yangi, porloq hayot qadriga yetishga chorlaydi.
Ma`lum bo`ladiki, Mirtemir doston badiiy to`qimasida qalamga olgan Gulbibi fojiasi Berdaqning «Ahmoq poshsho» dostonidagi Gulim taqdirini eslatadi. Ma`lumki, Gulim ham xuddi Gulbibi singari oyoq-qo`li band holda majburan Xiva xoni huzuriga keltiriladi va bu dargohda yosh umri xazon bo`ladi. «Ravshan» dostonining bosh qahramoni Ravshan o`z or-nomusini mardlarcha himoya qiladi. Demak, Mirtemir hayot haqiqatini asos qilgan va Berdaq poeziyasiga suyangan holda qoraqalpoq mavzuidagi bu ilk asari orqali Xorazm vohasida yashagan mehnatkashlarning ikki davrdagi ikki xil hayot tarzini bitta asar mundarijasiga jo etdi va qoraqalpoq xalqi turmushi, urf-odatlari va an`analarini chuqur o`rgangan holda original asar yaratib, adabiyotshunoslikda ta`kidlaganidek, 30-yillar o`zbek poeziyasida kollektivlashtirish mavzuiga sezilarli hissa bo`lib qo`shilgan bu dostonini yaratdi.
Berdaq asos solgan adabiyot o`z zamonasida gullab-yashnadi. Qoraqalpoq adabiyotida Berdaq an`analarining qonuniy egalari bo`lgan juda ko`p iste`dodlar yetishib chikdi. Bir vaqtlar nisbatan kam taraqqiy etgan, badiiy ijodiyotning qator janrlari bo`lmagan qoraqalpoq adabiyoti ayni paytda proza, poeziya va dramaturgiyaning barcha sohalari rivojlangan san`atkorlarni yetishtirib bergan, qardoshlar hamkorligida tobora yuksaklikka ko`tarilayotgan, badiiy so`zning nodir asarlarini kashf etayotgan adabiyotdir. Berdaq ijodi faqat qoraqalpoq adabiyotidagina emas, balki boshqa xalqlar, jumladan o`zbek xalqi orasida ham o`z izdoshlarini topayotgan ijoddir. Butun umr mehnatkash xalqning orzu-umidlarini, uning dardini tarannum etgan baxshi va shoir Berdaq nomi, uning mangulikka mansub asarlari o`zbek san`atkorlariga ham aziz va sevimli.
Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish