Tebranishlar



Download 61,59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.06.2022
Hajmi61,59 Kb.
#719749
Bog'liq
Tebranishlar - Vikipediya



Tebranishlar
Tebranishlar
— muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Mas., soat
mayatnigining tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining tebranishi,
radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning tebranishi va
boshqa shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik
tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa T.ga ajraladi.
T. tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Koʻpchilik hollarda ular salbiy taʼsir qiladi. Relslarning
qoʻshilish joyidan utayotganda poyezdning gʻildiraklari beradigan turtkilar koʻprikning
tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining tebranishiga, samolyot qanotlarining
tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda T.ni xavfli chegaragacha kutarilishiga
yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choratadbir koʻriladi. Shunga qaramasdan T. texnikaning turli
sohalarida muhim ahamiyatga ega. Mac, radiotexnika tebranma jarayonlarga asoslangan.
Tebranayotgan tizimga koʻrsatilayotgan taʼsir xarakteriga koʻra, T. erkin T., majburiy T., avto T.
va parametrik T.ga boʻlinadi. Muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin oʻzicha tebranadigan
tizimda yuz beradigan T.ga erkin T.; davriy ravishda oʻzgaruvchi tashqi kuch taʼsiri ostida
boʻladigan T.ga majburiy T. deb yuritiladi.
Avtotebranishlar vaqtida majburiy T.dagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar taʼsir qiladi,
biroq bunday taʼsir koʻrsatilishi zarur boʻlgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning oʻzi
belgilaydi, tashqi taʼsirni tizimning oʻzi boshqaradi. Mac, mayatnikli soatda mayatnik, koʻtarib
qoʻyilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu
turtkilar mayatnik oʻrta holatdan oʻtayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik T. vaqtida
tashqi taʼsir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan ipning
uzunligi davriy ravishda oʻzgarib turadi.


Eng sodda tebranish garmonik T.dir. Garmonik T.da tebranuvchi kattalik vaqt boʻyicha sinus yoki
kosinus qonuni boʻyicha oʻzgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga koʻra juda muhimdir:
tabiatda va texnikada uchraydigan T. oʻz xarakteri boʻyicha garmonik T.ga juda yaqin; boshqacha
koʻrinishdagi davriy T.ni ustmaust tushgan bir necha garmonik T. sifatida tasavvur qilish mumkin.
Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha boʻlishiga qarmay, ulardagi T.ning oʻziga xos
xususiyatlari bir xil qonuniyatga boʻysunadi. Garmonik T.ning oʻzaro qoʻshilishidan turli T., mas.,
bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan oʻzaro perpendikulyar ikkita garmonik T.
yigʻindisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning trayektoriyasi toʻgʻri chiziq, aylana yoki
ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita
garmonik T. yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining trayektoriyalari gʻoyat murakkab
chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb yuritiladi. Garmonik T.dan iborat turlicha
murakkab T. mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va boshqafan hamda texnika
sohalarida koʻp uchraydi.
Malov N. N., Osnovoʻ teorii kolebaniy, M., 1971; Detlaf A. A., Yavorskiy B. M., Kurs fiziki, M.,
1989.
Abror Noʻʼmonxoʻjayev.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tebrani
shlar&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 16 kun avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tebranishlar&oldid=2545311

dan olindi

Download 61,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish