PROG_ENABLE ($04 buyruq kodi)
Bu buyruq JTAG porti orqali kristallni dasturlashga ruxsat berish
uchun mo’ljallangan. Ma’lumotlar registri sifatida 16-razryadli
dasturlashga ruxsat registri (Programming Enable Register) tanlanadi.
Bu registrga $A370 (dasturlashga ruxsat berish kodi) sonini
yozganda mikrokontroller JTAG interfeysi bo’yicha dasturlashga ruxsat
beradi. Dasturlash rejimidan chiqqandan so’ng bu registr qiymati reset
qilinishi kerak.
Aktiv holatlar:
“Shift – DR” – uzilishlarga ruxsat berish registrini yuklash
amalga oshiriladi;
“Update – DR” – registr ma’lumotlari $A370 soni bilan
taqqoslanadi, agarda mos kelsa mikrokontroller dasturlash
rejimiga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |