Tekshirdim



Download 391,05 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi391,05 Kb.
#285344
Bog'liq
1-Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash


TEKSHIRDIM”



I.CH.T. bo‘yicha direktor o‘rinbosari

____________A.A.Pirvaliev

___”_____2020 yil




O’QUV ISHLAB CHIQARISH MASHG’ULOTINING

TEXNOLOGIYASI MODELI


Guruh

EHM-03




Sana

23.09.2020 yil





Mavzu (raqami) № 1 (nomi) Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash



Vaqt: 240 daqiqa

O’quvchilar soni: ___ ta

O’quv mashgulotning shakli va turi

Amaliy-o’quv ishlab chiqrish amaliyoti

Nazariy

O‘quv mashg‘uloti rejasi

  1. ShK yig‘ish uchun asosiy vazifalar tartibi.

  2. Yig'ish uchun kerakli asboblar haqida tushuncha.

  3. Korpus va qopqoqni tekshirish

O‘quv mashg‘uloti maqsadi: ShKni ishga tayyorlash va amaliyotni qo‘llab mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish

Pedagogik vazifalar:


  1. Shk ni yig’ish haqida tushuncha berish

  2. ShK korpusini ochishni o’rgatish

  3. Ona platani o‘rnatishni o’rgatish

  4. Tizim plataning ishlay olmasligini tekshir-ishni o’rgatish

  5. ShKni yig‘ishni o’rgatish

Oquv faoliyati natijalari:


  1. Shk ni yig’ish haqida tushuncha berish

  2. ShK korpusini ochishni o’rgatish

  3. Ona platani o‘rnatishni o’rgatish

  4. Tizim plataning ishlay olmasligini tekshir-ishni o’rgatish

  5. ShKni yig‘ishni o’rgatish

O’qitish metodlari:

Mashq, yo’riqnoma berish, amaliy ish ko’rsatish

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari.

Ommaviy, guruxiy, jamoaviy, yakka tartibdagi juftlikdagi

O’qitish vositlarai:

Kompyuter va kompyuter jihozlari

Bitta o’quvchi uchun: Kompyuter qurilmalari va maxsus burash asbobi (отвёрткa)

O’qitish sharoiti

Kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish xonasi

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Amaliy ishlar

Og‘zaki nazorat: Savol-javob


Ishlab chiqarish amaliyoti ustasi: A.Y.Abuxo’jayev
MAVZUSI BOÝICHA O‘QUV ISHLAB CHQRISH MASHG‘ULOTINING

TEXNOLOGIK XARITASI



Ish bosqich- lari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’Iim oluvchilar

Mavzuga kirish

(10 daq)

  1. O’quvchilar davomatini aniqlash.

  2. O‘quvchilami darsga tayyorgarlik jarayonini tekshiradi

  3. Yangi mavzuni e’lon qilish.

  4. Bajariladigan ishlar ketma-ketligi bilan tanishtiradi.

  5. Mazkur mavzu bo‘yicha o‘quv materialini bayon qiladi.

Eshitadi va kuzatadilar,

Asosiy bosqich

(220 daq)

  1. bosqich. Kirish yo‘I-yo‘riqnomasi (10 daq.)

  1. O‘quvchilarning nazariy bilimlarini baholash uchun savollar beradi.

  2. Texnika xavfsizligi bilan tanishtiradi.

  3. O‘quvchilar yo‘llanma xaritasi bilan ta’minlanadi.

  4. Topshiriq tartibini tushuntirish

  5. Amaliy mashg’ulotni bajarishga ruxsat berish




  1. . bosqich. Joriy yo‘l-yo‘riqnoma (190 daq.)

  1. O‘quvchilarning bajarayotgan ishlarini kuzatadi va joriy yo‘l-yo‘riqli ko’rsatmalar beradilar.

  2. Mustaqil ishni bajarilishini tushuntirish

  3. Texnika qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish.

  4. Kamchilikka yo‘l qo‘ygan o‘quvchilarga kamchilikni bartaraf etish yo'llari ko‘rsatiladi hamda savollar berib javoblar tinglanadi.




  1. . bosqich. Yakuniy yo‘l-yo‘riqnoma (20 daq.)

  1. Har bir o‘quvchi bajargan ishlarni qabul qiladi va yakun yasaydi.

  2. Bajarilgan ishlardagi yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatadi.

  1. Savollarga javob beradilar.

  2. Texnika xavfsizligi daftari-ga imzo qo’yadilar

  3. Yo’llanma xaritasi bilan ta’minlanadi

  4. Topshiriq tartibini tushunadi

  5. Amaliy mashg’ulotga ruxsat oladilar




  1. O’z xato va kamchiliklarini bartaraf qilish bo’yicha ko’rsat-malar oladilar.

  2. Mustaqil ishini bajaradilar.

  3. O’z xato va kamchiliklarini bartaraf qiladilr



  1. Bajargan ishlarni topshiradi.

  2. Usta bergan ko‘rsatamlami oladi

Yakuniy bosqich

(10 daq)

  1. Baholami e’lon qiladi

  2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish uchun tavsiyalar beradi.

  1. Baholami eshitadi.

  2. Uy vazifasini daftarga yozib oladi.



Ishlab chiqarish amaliyoti ustasi: A.Y.Abuxo’jayev
Yo‘riqli-texnalogik xarita.

Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash





Ishlar nomi

Asbob va jihozlar

Bajarish tartibi

Eskiz (rasm)

1

ShK korpusini ochish

Maxsus burash asbobi (отвёрткa)

Ish joyi va asboblarni tayyorlash. Shaxsiy kompyuterni elektr tokidan uzish lozim. To‘planib qolgan zaryadni olib tashlash (yo‘qotish) uchun kompyuter elektr tarmoqqa ulanmagan holatda Power tugmasini bosish. ShK korpusini ochish.



2

Ona platani o‘rnatish

Maxsus burash asbobi (отвёрткa)

Ishlashga qulay bo‘lishi uchun shaxsiy kompyuterni yonboshlatib yotqizing.

Ona platani korpusga mahkamlovchi maxsus boltlarni (ona plataning korpusga tegib turishiga yo‘l qo‘ymaydigan boltlarni) toping va ularni maxsus teshiklarga joylash-tiring. Ona platani korpusga joylash-tiring va boltlar bilan mustahkamlang.



Old panelning qo‘shilmalari hamma ona platalarda funksiyalarni ta’minlash uchun oldi panelga olib chiqilgan ulanish joylari uning pastki o‘ng qismida to‘planadi. HDD LED (qattiq diskning yorug‘lik diodli displeyi), tokni yoqish (On/off) tugmasi va yuqori qatordagi RESET tugmasi hamda pastroqda mini-mikrofon joylashgan. "SP, SPK yoki SPEAK: dinamik uchun chiqish. Unda 4 ta tish bor. "RS, RE, RST yoki RESET: tugmasi. 2 tishli kabel. "PWR, PW, PW SW, PS yoki POWER SW tokni ulash tugmasi. 2 tishli ulanish joyiga ega. "PW LED, PWR LED yoki Power LED: kompyuter yoqilganda korpus-ning oldi panelidagi yorug‘lik diodi yonadi. 2 tishli kabelga ega. "HD, HDD LED bu ikki tishli qattiq diskning ishlashini qayd qiluvchi yorug‘lik diodini yoqadigan kabel bilan ulanadi. Ushu kabellar quyidagi tartibda ulanadi:











3

Ozuqa blokini o’rnatish

Maxsus burash asbobi (отвёрткa)

Ozuqa blokini o’rnatish uchun avval korpusga nazar solib. Ozuqa bolkini o’rnatish joyiga ozuqa blokni joylashtirib, shruplar bilan qotiriladi. Ozuqa blokidan chiqqan kabellar ona plata, qattiq disk va disk yurituvchilar-ning mos keluvchi joylariga ulanadilar. boshqa qurilmalarga ulash mumkin.




4

Operativ xotira o’rnatish


Kompyuter va kompyuter jihozlari

Albatta birinchi navbatda tizim blokini yotqizib olish lozim. Operativ xotirada maxsus ulanish joyi va ularni ajratib turuvchi tirqish mavjud. Ona platada esa unga mos ulanish joyi mavjud. Xotirani qo‘yishdan oldin ona plata slotlarini ochish zarur. Xotira platasini ona plata slotlariga shunday olib boringki, ularni tirqishi va kalitlari bir-biriga mos kelsin. Xotirani ehtiyot-korlik bilan yaxshilab joylashtirish kerak. Bunda xotirani ikki chetidan bosh barmoq bilan bosish talab etiladi



5

Qattiq diskni o’rnatish

Maxsus burash asbobi (отвёрткa)

Qattiq disk o‘rnatish uchun tizim blokida ular uchun maxsus joy ajratilgan. Bitta tizim blokida bir nechta qattiq disk o‘rnatilishi mumkin. Qattiq diskni tizimli blokdagi unga ajratilgan joyga o‘rnatib, uni maxsus mahkamlash asboblari bilan mahkam-lab qo’ying. Ma’lumotlarni uzatish uchun diskni mahkamlab elektr man-baiga ulash kerak. Uni ulashda elektr ta’minoti uchun va ma’limotlarni uzatish uchun maxsus kabellar ishlatiladi.



6

CD-ROM/CD-R-RW/DVD diskovodini o‘rnatish

Maxsus burash asbobi (отвёрткa)

CD-ROM/CD-R-RW/DVD disk yuri-tuvchilarini o‘rnatish jarayoni vinches-terni o‘rnatish jarayoniga o‘xshash. Avval jamperlarning to‘g‘ri o‘rnatil-gani tekshiriladi. (Slave\Master instal-lyatsiyaning turiga bog‘liq ravishda, agar disk yurituvchi qattiq disk bilan bir shleyfga o‘rnatilsa, unda disk yurituvchi slave bo‘lishi kerak). CD-ROM/CD-R-RW/DVD disk yurituv-chini ichkariga joylashtirish, uni o‘z joyiga vint bilan mahkamlab qo‘yish mumkin. Bu ishda 4 ta vintdan foyda-laniladi. Vintlarni haddan tashqari qattiq tortish kerak emas. Chunki ortiqcha kuch ishlatish korpusda kuchlanish hosil qilib, uning qiyshay-ishiga sabab bo‘lishi mumkin. Disk yurituvchining aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ta’sir shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun vintlarni disk yurituvchi yaxshi mustahkamlan-ganiga ishonch hosil qilish kerak.







Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash
REJA:


  1. ShK yig‘ish uchun asosiy vazifalar tartibi.

  2. Yig'ish uchun kerakli asboblar haqida tushuncha.

  3. Korpus va qopqoqni tekshirish



1. ShK yig‘ish uchun asosiy vazifalar tartibi:
Korpusni yopish. Shunday qilib, kompyuterni o‘z qo‘lingiz bilan yig‘ish payti keldi. Lekin, avvalambor kompyuterning asosiy komponentlarini o‘rganib chiqamiz. Buni ichiga korpus, tizim platasi, sovitish ventilatorlari, kengaytiruvchi platalar, DIP yoqib-o‘chiruvchilar, xotira va elektr ta’minot bloklari kiradi.

  1. asboblar va ish maydonini tayyorlash;

  2. yig‘ish va konfiguratsiyada bajariladigan harakatlar ketma-ketligini aniqlash;

  3. korpusni tayyorlash ishlari;

  4. ona plata (OP)ni tarkibiy tuzilmasi;

  5. CPU va xotira bilan ona platani ta’mirlash;

  6. sinov yig‘ilishni o‘tkazish;

  7. CMOSning asosiy yuklanishlarini bajarish;

  8. test qurilmalarni olib tashlab OP ni o‘rnatish;

  9. grafik kartani o‘rnatish;

  10. o‘rnatilgan OP ni tekshirish;

  11. korpus kabelini o‘rnatish;

  12. disk yurituvchini o‘rnatish va sinash;

  13. qattiq diskni ulash va ro‘yxatga kiritish;

  14. qattiq diskni o‘rnatish;

  15. CD-ROM disk yurituvchini o‘rnatish va ulash;

  16. tovush kartasini tayinlash va ulash;

  17. hamma uskunalarning oraliq nazorati;

  18. monitorni o‘rnatish;

  19. operatsion tizimni instalyatsiyalash;

  20. grafik kartalarni drayverlarini sozlash;

  21. ovoz kartalarini drayverlarini konfiguratsiyalash va si- nash.


2.Yig'ish uchun kerakli asboblar haqida tushuncha.
Kerakli asboblar. Korpusning qopqog‘ini yechishdan oldin asboblar to‘plamini tayyorlash lozim. Adapter platasining kontaktlarini yuvish uchun bir shisha spirt va bir nechta mo‘yqalamlar bo‘lishi kerak. Ayrim kontaktlarni yangi lastik bilan artish mumkin, ammo ulanish joylarga uning bo‘laklari kirib qolmasligi kerak. Plastik yoki yog‘ochdan yasalgan bir necha bo‘limlardan iborat quti ham kerak bo‘ladi. Unga yon daftar va ruchkani solib qo‘ying, bo‘limlarini son yoki harflar bilan belgilang. Vint va detallarni chiqarib, qayerdan olinganlik va nima uchun kerakliligini yozib, bo‘limlarga soling. Shu bilan birga, kompyuterning tarkibiy qismlarini ham nakleyka va sonlar bilan belgilang.

ShK ning korpusidagi mikrosxemalarga tegishdan oldin, statik elektrni qo‘llashni esdan chiqarmaslik uchun, yerga ulash yo‘lini o‘ylab topish kerak. O‘zingiz ham antistatik moslamani yasashingiz mumkin. Yerga ulangan rozetkaning markaziy boltiga sim o‘rang, ikkinchi uchini kompyuterning korpusiga ulang.


Kasbga oid asboblar. Mutaxassisga, tok kuchini o‘lchash uchun multimetrdek asbob kerak. Eski uskunalarda strelkali indikator, yangilarda esa elektron indikator ishlatiladi. Bu moslama kontaktdagi kuchlanish darajasini va elektr ta’minotiga chiquvchi kuchlanishni o‘lchaydi. Ayrim qurilmalar kabelni tekshirish uchun mo‘ljallangan. Multimetrni ishlatishdan oldin, uning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing. Undan foydalanayotganingizda tizim platasining kontaktlari va yo‘lakchalarini yoping va juda ehtiyot bo‘ling.

Yana ketma-ket, uzluksiz, parallel, tarmoqli, USB va FireWire kabellari tekshiradigan universal moslamani sotib olish mumkin, unda ulanish joylar va sxemalar bo‘ladi.

Agar siz o‘zingizning kabellaringizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda, payalnik, simni tozalash uchun asboblar to‘plami, siquvchi asbob va uncha katta bo‘lmagan ombir kerak bo‘ladi. Shuningdek kabellar va kabel uchun ulanish joylar to‘plami kerak bo‘ladi.

3. Korpus va qopqoqni tekshirish.
Agar korpus yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lsa, u yaxshi ishlashi kerak. Yomon konstruk- siyalangan korpus qisqa tutashuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday korpuslar borki, ularning past qismi, (yoki yon qismi) qalaylab ulangan komponentlarga yaqin joylashgan bo‘ladi. Ayrim hollarda plata korpusga tegib turgan bo‘ladi. Bunday holda ertami-kechmi disklarning va ventilatorlarning vibratsiyasi tufayli tizim platasi metall panelga tegadi, natijada, qisqa tutashuv bo‘ladi yoki biror-bir qurilma ishdan chiqadi.

Yana bir misol. Radioto‘lqinlardan himoyalanish uchun uncha katta bo‘lmagan metalldan qilingan plastinkalar qimmat kompyuterda bor edi. Qopqoqning ochib yopilishi tufayli ular sinib, tizim plataning ustida qisqa tutashuv bo‘lgunicha yotadi. Agar sizning kompyuteringizda ham bunday plastinkalar bo‘lsa ehtiyot bo‘ling.

Odatda radioto‘lqinlarning nurlanishi foydalanuvchi uchun muammo emas edi, ammo ular ofis yoki uydagi elektron quril- malarga shovqin berishi mumkin. Buni ShK ni TV yoki radioning oldiga olib kelib bilish mumkin. Agar TV ekranida yo‘l-yo‘l chiziqlar paydo bo‘lsa yoki radiodagi ovozlar bilan shovqin ham bo‘lsa, sizda nurlanish bilan bog‘liq muammo bor.

Shunga e’tibor beringki, radioto‘lqinlardan himoyalash qattiq disk, disk yurituvchi, CD-ROM privodlari uchun ajratilgan bo‘limlardagi qopqoqlar yordamida bajarilgan. Metalli plastinalarni olib tashlash mumkin. Korpuslar bilan old plastik panel ham birgalikda sotiladi. Ular korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi.

O‘rtacha hajmdagi yangi vertikal korpus, CD-ROM uchun disk yurituvchi va qattiq disklar uchun radio to‘lqinlardan himoya qiluvchi qopqoqlar qo‘yilgan. Korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida plastik panellar qo‘yiladi.

Eng asosiy plata. Tizim platasining ichida kompyuterning asosiy ichki qismlari, tashqi qurilmalar, elektr ta’minot bloki uchun ulanish joylari joylashgan. Ayrim mutaxassislar tizim platasini asosiy plata deb nomlaydilar.

Gorizontal korpusda (desktop) tizim plata ShK ning ichki va tashqi qurilmalar tagida joylashgan. Vertikal korpusda (tower) tizim platasining korpusi tomonlarining biriga qotiriladi, qo‘shimcha platalar esa gorizontal joylashgan bo‘ladi.

Boshqa turdagi korpuslarning tizim platasining ulanish joylariga vertikal platalar bitta yoki ikkita tomoniga qo‘yiladi. Bunday hollar past profilli korpuslarda ishlatiladi. Ushbu plata uncha katta bo‘lmagan korpuslar uchun zarur.

ShK korpusining konstruksiyasini yaxshilab o‘rganing, tashqi qurilmalarni qo‘yish, tizim plata, xotira, uyalar, protsessor uchun ulanish joylar borligini aniqlash.




MAVZUGA OID TOPSHIRIQLAR


  1. Kompyuterning nechta asosiy qurilmalari mavjud va ular nimalarda iborat?

  2. Kompyuterning nechta asosiy qurilmalari ulash?

  3. Qo'shimcha qurilmalar haqida tushuncha bering?

  4. Qo'shimcha qurilmalarni shaxsiy kompyuterga ulang?

Download 391,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish