Telegram kanalida bepul tarqatdi



Download 1,87 Mb.
bet70/73
Sana09.04.2022
Hajmi1,87 Mb.
#539981
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
5-adabiyot 1500 test GOLDEN BOOKS

Qoraqumg‘on qaynar, yozilur chochiq,
Zog‘orami, so‘kmi, yovg‘on yo umoch.
Borini ayamas, barini qo‘yar,
Yupqami yo go‘ja, tolqon, qo‘g‘irmoch.
A) Usmon Nosir B) Mirtemir#
C) Muhammad Yusuf D) Abdulla Oripov

196. 1920-yil 23-dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan va otasidan yosh paytida yetim qolib, bolalar uyida tarbiya topgan ijodkor kim?


A) Usmon Nosir B) Erkin Vohidov
C) Mirtemir D) Asqad Muxtor#

197. Asqad Muxtor 1974-yilda qaysi asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan?


A) «Chinor» # B) «Opa-singillar»
C) «Amu» D) «Mardlik cho‘qqisi»
198. Usmon Nosirning qaysi she’rining lirik qahramoni o‘zi tanlagan taqdir yo‘llarida duch kelishi muqarrar bo‘lgan qiyinchiliklarga tik boqa oladi, nafaqat tik boqadi, balki qora yo‘rg‘asini mashaqqatlar sari yanada tezlaydi?
A) «Yo‘lchi» # B) «Bolaligimga»
C) «Yur, tog‘larga chiqaylik...» D) «Yurganmisiz birga oy bilan»

199. 1944-yilning mart oyida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etgan ijodkorni toping.


A) Asqad Muxtor B) Abdulla Qodiriy
C) Cho‘lpon D) Usmon Nosir #

200. Quyidagi misralar muallifi kim?


Bo‘ronni sevmasa dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak bemehnat beg‘am?
A) Usmon Nosir «Yo‘lchi»# B) Asqad Muxtor «Hafta»
C) Mirtemir «Baliq ovi» D) Muhammad Yusuf «Yurak»

201. Qaysi shoir o‘z atrofini qamragan odamlardan to‘g‘ri, rost gapirgani qashshoqlik, yetishmovchilikdan boshqa narsani bilmayotgani haqida gapirar ekan, barcha jamoa istagi egrilik bo‘lsa, inson o‘z haqligini isbotlashga har qancha urinmasin, baribir hech narsa qilolmasligi hamda ularga yoqmasligi haqida o‘z asarida fikr yuritadi?


A) Alisher Navoiy # B) Muqimiy
C) Sa’diy Sheroziy D) Abdulla Avloniy

202. Qaysi shoir «hujrayi tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazadi?


A) Mashrab B) Sa’diy Sheroziy
C) Muqimiy # D) Abdulla Avloniy

203. Quyidagi fikrlar qaysi ijodkor haqida?


«1898–1899-yillarga kelib tez-tez kasalga chalinib, 4–5 oylab yotib qoladi va xastalik tufayli 53 yoshida, ayni ijodiy kamolotga yetgan paytda vafot etadi».
A) Ogahiy B) Bobur
C) Muqimiy# D) Abdulla Avloniy

204. 1907-yil 4-dekabrda qaysi ijodkor muharrirligi ostida «Shuhrat» gazetasining birinchi soni bosmadan chiqadi?


A) Abdulla Avloniy # B) Fitrat
C) Furqat D) Abdulla Qodiriy

205. Kim 1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochadi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatadi?


A) Fitrat B) Avloniy# C) Behbudiy D) H. H. Niyoziy
206. «Qiz sevganda ho‘ngir-ho‘ngir qon yig‘lagan» shoir kim?
A) Usmon Nosir # B) Abdulla Oripov
C) Shavkat Rahmon D) Oybek

207. Quyidagi misralar muallifini toping.


«Kunday yorug‘, tunday qora,
Ekan ko‘zlaring».
«Qonim she’r bo‘lib oqsin-da,
Men qayta ichay».
A) Oybek B) Abdulla Oripov
C) To‘ra Sulaymon D) Usmon Nosir#

208. Tug‘ilgan yili turli manbalarda 1184-yil, 1189-yil, 1203-yil, 1210-yillar deb ko‘rsatiladigan ijodkorni toping.


A) Mashrab B) Sa’diy Sheroziy# C) Avaz O‘tar D) Muqimiy

209. Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha kezib chiqqan ijodkorni toping.


A) Muqimiy B) Sa’diy Sheroziy#
C) Abdulla Avloniy D) Haynrix Hayne

210. Quyidagilardan qaysi asarning rasmlarini muallifning o‘zi chizgan?


A) «Gulliverning sayohatlari» B) «Kichkina shahzoda»#
C) «Bulbul» ertagi D) «Shum bola» qissasi
211. Quyidagi bayt Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostonidan olingan?
So‘zda, Navoiy, ne desang, chin degil,
Rost navo nag‘mag‘a tahsin degil.
A) «Sab’ai sayyor» B) «Hayrat ul-abror»#
C) «Saddi Iskandariy» D) «Farhod va Shirin»

212. Quyidagi berilgan bayt ma’nosini sharhlang.


Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
A) Yor ko‘zini yumgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh botganida yulduzlar paydo bo‘lgani kabidir.
B) Yor pardasini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo yulduzlar so‘ngach quyosh paydo bo‘lgani kabidir.
C) Yor yuzini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo yulduzlar so‘ngach quyosh paydo bo‘lgani kabidir.
D) Yor yuzini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh botganida yulduzlar paydo bo‘lgani kabidir. #

213. «Hayrat ul-abror» dostonidan olingan quyidagi baytning ma’nosini aniqlang.


Har kishikim tuzluk erur peshasi,
Kajrav esa charx ne andeshasi.
A) Har kim o‘ziga to‘g‘rilikni odat qilgan bo‘lsa, u uchun charx teskari aylanmaydi!
B) Xatni to‘g‘ri yozadigan kishilar haqiqiy sog‘lom kishilardir; xat agar egri yozilgan bo‘lsa, demak, yozgan odam ham to‘g‘ri emas.
C) Har kim o‘ziga to‘g‘rilikni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan nima ishi bor?! #
D) Har kishi yolg‘onni gapirsa ham kam gapirsa, charx teskari aylanarmidi?!

214. Quyidagi bayt Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostonidan olingan?


Nechaki jahd aylasa kozib kishi,
Bir-ikki dast ilgari borg‘ay ishi.
G‘ofil esa xalq bu ahvoldin,
Voqif erur Tengri xud ul holdin.
A) «Farhod va Shirin» B) «Hayrat ul-abror» #
C) «Saddi Iskandariy» D) «Sab’ai sayyor»

215. Quyidagi fikrlar qaysi she’riy asarning nasriy bayonidan olingan?


«Sokin turgan suvda quyosh to‘g‘ri aks etadi, chayqalgan suvda esa egri ko‘rinadi. Xato bilan yolg‘on gapirish hisobga kirmaydi, chunki uning yolg‘onligi bilingach, undan qochiladi».
A) «Bo‘ston» B) «Guliston»
C) «Mahbub-ul qulub» D) «Hayrat ul-abror» #

216. Qaysi ma’rifatparvar shoir 1913-yilda «Turon» jamiyatini ochgan?


A) Furqat B) Avloniy #
C) Behbudiy D) H. H. Niyoziy
217. Quyidagi misralar muallifini toping.
Yo‘q, bu giryon ko‘zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da chamasi...
A) Mirtemir # B) Usmon Nosir
C) Hamid Olimjon D) Abdulla Oripov

218. Quyidagi fikrlar qaysi ijodkor haqida?


«U o‘tgan asrning 30-yillarida 7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib, nashr ettirdi. Unda o‘z davridagi ko‘plab o‘zbek adiblari hamda rus, jahon adabiyotining qator vakillari haqida biografik ma’lumotlar keltirilgan, ularning mashhur asarlaridan namunalar berilgan edi. U 1919–1920-yillarda diplomatik vazifalarda ishlagan va so‘ngra umrining oxirigacha O‘rta Osiyo davlat universitetida dars bergan».
A) Usmon Nosir B) Fitrat
C) Mirtemir D) Avloniy#

219. Quyida berilgan ta’rif muallifi kim?


«Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir».
A) O‘tkir Hoshimov B) Abdulla Oripov
C) Muhammad Yusuf D) Islom Karimov #




Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish