Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash



Download 343,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.03.2022
Hajmi343,37 Kb.
#509639
  1   2   3
Bog'liq
Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash (1)



Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash 
Reja: 
1.
Temir-beton 
va 
tosh 
konstruktsiyalarni 
kuchaytirishni 
loyihalash.
2.
Kuchaytirishni loyihalashning asosiy tamoyillari.
Tayanch so‘z va iboralar
: tosh konstruktsiyalar, haqiqiy mustahkamlik, 
shikastlanish, darz, yuk ko‘tarish qobiliyati, deformatsiya, po‘lat halqa, 
inhektsiyalash, kuchaytirish, oldindan zo‘riqtirilmagan, oldindan zo‘riqtirilgan, 
temirbeton qoplama, adgeziya, mehnat sharoitini yaxshilash. 
 
Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash. 
Tosh 
konstruktsiyalardan qurilgan bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilishda yuk 
ko‘taruvchi elementlarning haqiqiy mustahkamligini baholash muhimdir. Bu 
baholash armaturalangan va armaturalanmagan konstruktsiyalar uchun buzuvchi 
yuklar usuli bilan zaminda, g‘ishtning, qorishmaning haqiqiy mustahkamligi
po‘latning oqish chegarasini hisobga olib bajariladi. Bunda konstruktsiyaning yuk 
ko‘tarish qobiliyatini ‘asaytirishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni: darzlar, katta 
shikastlanishlar, termaning vertikallikdan og‘ishi, yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalar 
orasidagi bog‘lanishni va shu kabilarni hisobga olish darkor. Tosh konstruktsiyalar 
asosan siqiluvchi kuchlanishni o‘zlariga olganlari uchun, kuchaytirishning 
samaraliroq usuli po‘lat, temirbeton va armaturalangan qorishmali xalqa bo‘lishi 
mumkin (16.1-rasm). 
Tosh termasi xalqada har taraflama siqilgan sharoitda ishlaydi. Bunda uning 
ko‘ndalang deformatsiyasi anchagina kamayadi va uning oqibatida bo‘ylama 
kuchga bo‘lgan qarshilik ortadi. 


Rasm. 16.1. Tosh stolblarni kuchaytirish: po‘lat (a), temirbeton (b), armaturalangan qorishmali 
xalqa (v) bilan kuchaytirish. 
po‘lat xalqa 2 ta asosiy elementlardan iborat: 
- tik po‘lat burchaklar, derazalar orasi devorining yoki tsement qorishmasidan 
bo‘lgan stolblar burchaklariga o‘rnatiladi; 
- ‘olosali yoki doira kesimli po‘latdan xomutlar. 
Xalqaning terma ishiga kirishishini tahminlash uchun terma orasidagi 
tirqishlarni yaxshilab tsement qorishmasi bilan inhektsiya qilish lozim. 
Metall xalqa o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng uni korroziyadan metall to‘r 
o‘rnatib, qalinligi 25-30 mm tsement qorishmasi bilan himoyalanadi. Temirbeton 
xalqa sinfi V10 va undan yuqoriroq betondan bajarilib,bo‘ylama armatura sinfi A I, 
A II, A III, ko‘ndalang armaturaning orasi 15 sm dan ko‘’ bo‘lmasligi lozim. 
Xalqaning qalinligi hisoblash orqali aniqlanib 4-12 sm atrofida qabul qilinadi. 
Armaturalangan qorishmali xalqa temirbetondan shunisi bilan farq qiladiki, unda 
beton o‘rniga markasi 75-100 bo‘lgan tsement qorishmasi ishlatiladi. Xalqaning 
uzunligi qalinligidan 2 va undan ko‘proq marta bo‘lsa uning elementlarini birgalikda 
ishlashini tahminlash uchun qo‘shimcha ko‘ndalang bog‘lovchilar qo‘yish zarur, 
ularni termaga rejada oralaridagi masofani ko‘pi bilan 1 m qilib, sonini esa kamida 
2 ta olinadi. Ularning balandlik bo‘yicha qo‘yilishi 75 sm dan oshiq bo‘lmasligi 


lozim. Devorni xalqalar bilan kuchaytirish bilan bir vaqtda termadagi mavjud 
darzlarni tsement qorishmasini qo‘llab inhektsiyalash tavsiya etiladi (16.2-
rasm).
Rasm 16.2.
Oraliqni po‘lat xalqa bilan kuchaytirish: 
1-g‘ishtli stolb; 2-po‘lat burchaklar; 3-plankalar; 4-ko‘ndalang bog‘lanma. 
Inhektsiyalashning samaradorligini oshirish uchun markasi kamida M 400 
maydalanish darajasi kamida 2400 sm
2
/g va tsement bo‘tqasining quyuqligi 20-25% 
bo‘lgan portlandtsement qo‘llaniladi. Qorishma uchun yiriklik moduli 1-1,5 bo‘lgan 
mayda qum ishlatiladi. Inhektsiyalash zararlangan termaga tsement yoki polimer 
qorishmasini bosim ostida kiritish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. Bunda 
termaning umumiy yaxlitlanishi yuz beradi, yuk ko‘taruvchanlikning qayta 
tiklanishi, ba’zan esa o‘sishi kuzatiladi. Inhektsiyalovchi qorishmalarga kam suv 
ajralish, yetarli darajada qovushqoqlik, siqilishga bo‘lgan mustahkamlik va yuqori 
tarmashish, baland sovuq bardoshlilik kabi yetarli darajada qattiq talablar qo‘yiladi. 
Termada darzlar kam bo‘lganda epoksid smola ED 20, ED 18 asosidagi polimer 
qorishmasini, hamda tsement qum qorishmasi qo‘llaniladi. Darzlarning ko‘proq 
ochilish hollarida tsement-polimer qorishmalar (1 : 0,15 : 0,3 – tsement: polimer 


PVA: qum) yoki tsement-qum qorishmalar qo‘llaniladi. Qorishma darzga 0,6 MPa 
bosim bilan xaydaladi. Darzning to‘lalik zichligini 28 kundan keyin buzulmas 
usullar bilan aniqlanadi. 
Inhektsiyalash uchun ishlatiladigan qorishmaning siqilishga mustahkamligi 
15-25 M’a ni tashkil etadi. Termani po‘lat xalqa va inhektsiyalash bilan birgalikda 
kuchaytirish, uning yuk ko‘taruvchanligini ancha oshirish imkonini beradi va 
ulardan ayrim foydalanish yetarli bo‘lmagan holda ishlatiladi. 
G‘isht bino va inshootlarni ustqurma va rekonstruktsiya qilishda, hamda 
devorning avariya xolatida, tosh konstruktsiyalarni to‘la almashtirish tavsiya 
qilinadi. Deraza orasi devorini almashtirish lozim bo‘lganda, deraza osti 
uchastkalariga tayanib peremichkalarni ushlab turuvchi tirgovich o‘rnatiladi. Deraza 
orasi devorning kengligi 1 m dan ortiq bo‘lganda 2 yoki undan ko‘p tirgaklar 
qo‘yiladi. Tirgaklarni ishga kiritish uchun qistirmalar qo‘yiladi. Yangi termani 
yuqoriroq mustahkamlikka ega bo‘lgan, ammo markasi M 100 dan kam bo‘lmagan, 
tosh materiallardan bajariladi qorishmaning markasini 100 dan kam bo‘lmasligi 
kerak. Bunda g‘ishtning orasidagi chok yu’qa bo‘lishi uchun zich o‘tirishi amalga 
oshiriladi. Yangi termaning tepasi eskisiga qadar 3-4 sm ga yetkazilmaydi va bu 
tirqich, markasi 100 va undan ortiq bo‘lgan qattiq tsement qorishmasi bilan urib 
chiqiladi. eski va yangi termaning zichligi lozim bo‘lganda hali qotmagan 
qorishmaga tekis po‘lat ponalar qoqish orqali tahminlanadi. Vaqtincha qo‘yilgan 
mahkamlagich-tirgaklar 
yangi 
terma 
qorishmasi 
o‘zining 
loyihaviy 
mustahkamligining 50% olib bo‘lgandan so‘ng chiqarib tashlanadi. 

Download 343,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish