Temiryo’l transportida


-rasm. Plugli ag’darma hosil qilish sxemasi



Download 249,47 Kb.
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi249,47 Kb.
#293554
1   2   3   4
Bog'liq
2-mustaqil ish

5.6-rasm. Plugli ag’darma hosil qilish sxemasi:

a – lokomotivtarkiblarning bo’shatilishidan oldin ag’darma qiyaligining holati;

b – bo’shatishdan keyin; v – profillashdan keyin; g – takroriy bo’shatish va yo’llarni siljitishdan keyin.

Portlatilgan tog’ jinsidan ag’darma hosil qilganda xavfsizlik bermasi kengligi 1.8 m dan kam bo’lmasligi kerak, turli tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda esa bu ko’rsatkich 25% ga oshadi. Ag’darma pluglari uchun harakatlanish qadami 1.5-4m ni tashkil qiladi.

Plugli ag’darma hosil qilishda ag’darma oxiri berkligining uzunligi 0.5-2.5km oralig’ida o’zgaradi. Plugli ag’darmalar pog’onalarining balandligi 15-25m ni tashkil qiladi va tog’ jinsi turg’unligi bilan xarakterlanadi. Plugli ag’darma hosil qilishning qolgan ko’rsatkichlari ekskavatorli ag’darma hosil qilish bilan bir ko’rinishda bo’ladi.

Plugli ag’darma hosil qilishning qulayliklari bu uncha qimmat bo’lmagan va ishlatishda oddiy bo’lgan uskunadan foydalanishdir. Plugli ag’darma hosil qilishning kamchiliklariga uning uncha katta bo’lmagan qabul qilish qobiliyati, ko’plab zaxira oxiri berkliklarning mavjudligi, harakatlanishning kichik qadami, ko’plab kam mexanizatsiyalangan yo’l ishlarining hajmi, yumshoq tog’ jinslarini tashlashning murakkabligini (asosan yomg’irli davrda) kiritish mumkin.



Abzettserli ag’darma hosil qilish. Abzettserli ag’darma hosil qilish o’z ichiga dumpkarlarni tekis bo’lgan ag’darma yuqori yuzasiga parallel bo’lgan ag’darma yuzasida joylashgan transheyalarga bo’shatish, tog’ jinsini transheyadan olish, tog’ jinsini ag’darmaga tashish, ag’darma yuzasini rejalashtirish va yo’llarni ko’chirishni oladi.

Abzettser – to’la xususiyatli ko’p cho’michli ekskavator, u lentali konveyerli bo’shatish konsoliga ega. Qabul qilish transheyasidan tog’ jinsi cho’michli olish organi bilan olinadi va pitatel yordamida bir tekisda konveyerga tushadi, u esa o’z o’rnida ag’darmaga tog’ jinsini yuboradi. Abzetsterlar qoidaga ko’ra relsli harakatga ega. Ag’darmani tog’ jinsi bilan bo’shatish abzetster yordamida transheya bo’ylab amalga oshiriladi. Avval ag’darmaning tashqi qismi hosil qilinadi, keyin esa ichki, bunda bo’shatish konsoli gorizontal yuzaga buriladi.

Ag’darma pog’onasi ikkita nimpog’ona bilan hosil qilinadi. Abzetster, qabul qilish transheyasi va yo’l bu holatda pastki nimpog’ona ustida joylashadi. Pastki nimpog’onaning mumkin bo’lgan balandligi uning turg’unligi bilan chegaralanadi, yuqori nimpog’onaning balandligi esa – abzetsterning o’qi uzunligi, uning qiyalik burchagi, yuqori nimpog’onaning qiyaligi turg’unligi bilan va abzetsterning yo’lga nisbatan joylashuvi bilan chegaralanadi. Abzetsterli ag’darma hosil qilishning balandligi 90m gacha bo’ladi. Yuqori nimpog’onaning balandligi 20-35m, pastkisi esa 40-55m.

Tog’ jinsini joylashtirgandan keyin ag’darma yuzasini tekislash yoki abzetsterning ramasi bilan yoki buldozer bilan amalga oshiriladi.

Ag’darma ekskavatorlarining yo’li asosan ko’prelsli bo’ladi, shu sababli ularni cheksiz harakatdagi yo’l ko’chirgichlar bilan qo’chiriladi.

Ag’darma zaxodkaining kengligi 40-60m oralig’ida o’zgaradi. Bu ko’rsatkich ag’darma konsolining uzunligi va uning qiyalik burchagiga bog’liq.

Ag’darma oxiri berkligining uzunligi abzetsterning cheksiz ish holatini ta’minlay imkoniyati bilan hosil qilinadi va uning unumdorligiga ko’ra 1-2km ni tashkil qiladi. Abzetsterning texnik unumdorligi 2000-7000 ni tashkil qiladi.

Abzetsterlar faqatgina ko’pcho’michli ekskavatorlar bilan qazib olinadigan yumshoq va maydalangan tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda qo’llaniladi. Ular yuqori unumdorlikka ega va ag’darmaning yuqori balandligida uning turg’unligi ta’minlay oladilar. Abzetsterning kamchiliklari bu, uning iqlimiy ish sharoitlariga bog’liqligi, qurilishning katta kuch talab qilishi va abzetsterli yo’llarning saqlanishining murakkabligidir.



Buldozerli ag’darma hosil qilish. 220 kVt va undan yuqori kuchga ega buldozerlarning ishlab chiqarilishi bilan karyerlarda temiryo’l transporti bilan birga ag’darma hosil qilishda qo’llanilmoqda. Bunday ag’darma hosil qilish holatida ag’darma pog’onasi ikkita nimpog’onaga bo’linadi. Tog’ jinsi pastki nimpog’ona ustiga bo’shatiladi (transport yo’llari yuqori nimpog’onada joylashadi) va buldozerlar bilan pog’ona qiyaligiga qarab suriladi.

Yuqori nimpog’onaning balandligi bo’shatiladigan tog’ jinsining balandligi yo’llar darajasidan past bo’lishi kerak, ya’ni 1.5-2.5 m orasida bo’lishi kerak. Shpallarning tashqi uchidan yuqori nimpog’onaning yuqori qismigacha bo’lgan masofa 1m dan kam bo’lmasligi kerak. Pastki nimpog’onaning balandligi uning turg’unligiga ko’ra qabul qilinadi.

Ag’darma zaxodkaining kengligi (yo’llarna qayta yotqizish qadami) buldozerning unumdorligi, qoplovchi tog’ jinsi hajmi, poezdning foydali massasi, ag’darmadagi yo’llarning rivoelanish sxemasi va ag’darma yo’llarning ko’chirilishga bo’lgan harajatlar bilan aniqlanadi. Ag’darma zaxodkaini 30-70m qilib qabul qilish iqtisodiy ma’qul. Ag’darma oxiri berkligining ratsional uzunligi 1.2-1.5 km oralig’ida bo’ladi.

Buldozerli ag’darma hosil qilishning yon, frontal va kombinatsiyalashgan sxemalari mavjud (rasm. 5.7). Yon sxemada tog’ jinsini yotqizish buldozerning diagonal o’tishlari bilan amalga oshiriladi. Bo’shatish frontining uzunligi lokomotiv tarkibning uzunligiga va undan oshiqroqqa teng. Bu sxema oxiri berklikni hosil qilish va yuqori nimpog’onaga tog’ jinsi joylashtirish uchun qo’llaniladi. Frontal sxemada tog’ jinsi qisqa masofa bo’yicha tashiladi (ag’darma normali va fronti bo’yicha). Bitta yoki bir necha buldozerlar ishlashi mumkin. Bu sxema pastki nimpog’onaga tog’ jinsi tashlashda qo’llaniladi. Kombinatsiyalashgan sxemada tog’ jinsi kamida ikkita buldozer bilan tashiladi, ularning texnologik xususiyatlari chegaralangan. Birinchi buldozer burulish lemexi bilan tog’ jinsini uyumdan oraliq masofaga uncha katta bo’lmagan uzoqlikka tashiydi, bunda u lokomotivtarkiblar bo’shatilishi uchun va burulmaydigan lemexli buldozer uchun ish sharoitini yaratadi. Ikkinchi buldozer qisqa masofa bo’yicha tog’ jinsini pog’ona qiyaligiga ko’chiradi. Sxema katta unumdorlikka ega va pastki nimpog’onaga tog’ jinsi joylashtirish uchun qo’llaniladi.

Buldozerli ag’darma hosil qilishning qulayligi bu yo’llarning qayta tashlash qadamining buldozer chiziqli o’lchamlariga bog’liq emasligi, ag’darma oxiri berkligining yuqori qabul qilish xususiyati, uncha katta bo’lmagan kapital va ekspluatastion harajatlar. Kamchiliklari – buldozerning ish unumdorligi iqlimiy sharoitlarga va tashish masofasiga bog’liqligi (jadv. 5.2), shuningdek tashlanadigan tog’ jinsi turiga, buldozerning yurish qismining katta miqyosda edirilishi va qimmat yoqilg’ining katta sarfi.

Bultdozerli ag’darma hosil qilish usulini ag’darma balandligi 20m dan yuqori bo’lgan hollarda va yaxshi maydalangan yumshoq va yarim qoyasimon tog’ jinslarini ag’darmalashda qo’llash ma’qul. Buldozerli ag’darma hosil qilishning unumdorligi shuningdek 350-500 kVt kuchga ega buldozerlarni qo’llaganda oshadi. Huddi shunday ish sharoitlarida buldozerlarning o’rniga (yoqi ular bilan birga) ag’darma ishlarida yuklagichlardan ham unumli foydalanish mumkin.






Download 249,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish