Tergovgа qаdаr tekshiruv orgаnlаri tushinchаsi vа fаoliyati


TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV ORGАNLАRI TUSHINCHАSI VА FАOLIYATI



Download 56,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.07.2021
Hajmi56,32 Kb.
#124795
1   2   3
TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV ORGАNLАRI TUSHINCHАSI VА FАOLIYATI

© O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti - 2021

muassasalar  xodimlari  xizmatni  oʼtashning  belgilangan  tartibiga  qarshi  qilgan

jinoyatlarga  doir  ishlar,  xuddi  shuningdek  mazkur  muassasalar  hududida  sodir

etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʼyicha; 5) davlat yongʼindan nazorat qilish

organlari — yongʼinlarga doir va yongʼinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar

boʼyicha; 6) chegarani qoʼriqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir

ishlar boʼyicha; 7) olis safarda boʼlgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) davlat

bojxona xizmati organlari — bojxona toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka

doir ishlar boʼyicha; 9) Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  departamenti  va  uning  joylardagi

boʼlinmalari — byudjet, soliq va valyuta toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka

doir ishlar boʼyicha; 10) Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʼlinmalari — voyaga yetmagan yoki

mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʼyin tovlashga,

sud  qarorini  bajarmaslikka,  band  solingan  mol-mulkni  qonunga  xilof  ravishda

tasarruf etishga doir ishlar boʼyicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz,

suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʼliq boʼlgan ishlar boʼyicha; 11)

Oʼzbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qoʼmitasining  Chakana  savdo  va  xizmat

koʼrsatish  sohasida  huquqbuzarliklarni  profilaktika  qilish  bosh  boshqarmasi  va

uning hududiy boʼlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga

tutash boʼlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan

moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʼyicha.

12) Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʼlinmalari —

qonun  bilan  ularning  ish  yuritishiga  berilgan  ishlar  boʼyicha.  13)  Oʼzbekiston

Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar

boʼyicha.

   Tergovga  qadar  tekshiruvni  amalga  oshiruvchi  organ  boshligʼining  va  uning

mansabdor shaxsining vakolatlari-tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi

organning  boshligʼi  sifatida  harakat  qila  turib,  tergovga  qadar  tekshiruvni

boshlashga yoki oʼziga boʼysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni

topshirishga, jinoyat ishini qoʼzgʼatishga yoki ish qoʼzgʼatishni rad etishga yoxud

arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʼra oʼtkazishga haqlidir. Tergovga qadar

tekshiruvni  amalga  oshiruvchi  mansabdor  shaxs  zimmasiga  tergovga  qadar

tekshiruvni  amalga  oshirishga  doir  vazifalarni  yuklatish  tartibi  mazkur  organ

tomonidan belgilanadi.

  Boshliqning topshirigʼiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor

shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yoʼl qoʼymaslik, dalillarni

toʼplash  va  saqlash,  jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilinganlarni  ushlash  va

yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan

mulkiy  zararning  oʼrni  qoplanishini  taʼminlash  uchun  zarur  boʼlgan,  kechiktirib

boʼlmaydigan  barcha  harakatlarni  amalga  oshirishi  shart.  Tergovga  qadar

tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor

shaxsi  zimmasiga  tergovchi,  surishtiruvchi  yuritayotgan  ish  boʼyicha  ayrim

protsessual  harakatlarni  va  tezkor-qidiruv  tadbirlarini  oʼtkazish  toʼgʼrisidagi

topshiriqlarini  bajarish  hamda  tergovchiga,  surishtiruvchiga  protsessual

harakatlarni  bajarishida  koʼmaklashish  majburiyati  ham  yuklatiladi.

   Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi

tergovga  qadar  tekshiruvni  amalga  oshirayotganda,  xuddi  shuningdek

tergovchining,  surishtiruvchining  topshirigʼini  bajarayotganda,  ushbu  Kodeksda

belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi





Download 56,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish