Teri va uning hosilalari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#79282
  1   2
Bog'liq
Тери унинг хосилалари маьруза матни



TERI VA UNING HOSILALARI 

 

Teri tananing tashqi yuzasini qoplab odamda uning umumiy sathi 1,5-2 m

2

 ga etadi. Terining 



rangi odamlarning irqiga qa-rab har xil bo’ladi. Bu teridagi rang beruvchi modda - melanin 

pigmentining miqdoriga bog’liq. Teri hosilalariga sochlar, ter„ yog’ va sut bezlari hamda 

tirnoqlar kiradi. 

TERI (CUTIS) 

Teri organizmni tashqi muhit bilan uzviy ravishda bog’lab turadi va qator muhim vazifalarni 

bajaradi. Teri o’zining os-tida joylashgan a’zo va to’qimalarni tashqi muhitniig fizik va ximik 

omillari ta’siridan saqlaydi. Jarohatlanmagan te-ri o’zidan turli mikroblarni, ko’pchilik zaharli va 

zararli mod-dalarni o’tkazmaydi. Terining epidermis qismi, ayniqsa uning muguz qavati, issiqlikni 

yomon o’tkazadi, va shu sababli, terini qurib qolishdan asraydi. Teridagi melanin pigmenti 

quyosh nur-lariniig organizmga salbiy ta’sirini kamaytiradi.Teri tuz-suv va issiqlik almashinuvida 

ishtirok etadi. Kuni-ga teri orqali 500 ml gacha suv ajraladi. Suv bilan birga har xil tuzlar, ko’proq 

xloridlar hamda sut kislotasi va boshqalar chiqariladi. Ma’lumki, tanadan 82% issiqlik teri orqali 

aj-ratiladi. Tana o’z issiqligining ma’lum qismini ter ajratish orqali ham yo’qotadi.Terining 

sekretor faoliyati undagi ter va yog’ bezlari orqa-li amalga oshadi. SHu bilan birga, bu bezlar 

ekskretor vazifani ham bajaradi. Ba’zi dorilar (yod, brom, salitcil kislota va boshqalar) va zaharli 

moddalar yog’ va ter bezlari mahsuloti bi-lan chiqarib yuboriladi. Terning tarkibi ko’pincha 

organizm holati bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Buyrak kasalliklarida terda siydik 

kislotalari.mochevina miqdori ortsa, qandli dia-betda uning tarkibida qand paydo bo’ladi. Teri 

o’zidan ayrim moddalar (yog’da eruvchi moddalar, efir, salitcil, etil spirt va boshqalar) ni yaxshi 

o’tkazadi. SHuning uchun ham tabobatda teri-dan singiy oladigan moddalardan tayyorlangan 

moysimon dornlar ishlatiladi.Ul’trabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D sintez-lanadi. Uning 

etishmasligi raxit kasalligiga olib keladd.Terida kon tomirlarning ko’pligi sababli u ma’lum 

daraja-da qon deposi bo’lib hisoblanadi. Katta odamlar terisida 1 litrgacha kon to’planib turishi 

mumkin.Teri taktil, harorat va og’riqni sezuvchi nerv oxirlariga boy bo’lib, keng retceptor 

maydon hisoblanadi. Ba’zi joylar (bosh va panja) terisining 1 sm

2

 yuzasida 300 tagacha sezuvchi 



nuqtalar borligi aniqlangan.Taraqqiyoti. Teri pushtning 2 ta embrional varag’i - ekto-derma va 

mezodermasidan taraqqiy etadi. Ektoderma terining epitelial qoplamasi - epidermisini hosil 

qilsa, me-zodermanipg hosilasi bo’lmish dermatomlar xususiy tsri - der-ma hamda teri osti yog’ 

qatlami - gipodermani vujudga keltira-dn. Pusht taraqqiyotining birinchi haftalarida epidermis 

bir tcavat yassi hujayralardan iborat, keyinchalik bu hujayralar «balandlashadi». Embrion 

hayotining 1-oyi oxirlarida u ikki qavatli bo’ladi. Uchinchi oylarga kelib, epiteliy hujayralary-ning 

ko’payishi tufayli, epidermis ko’p qavatliga aylanadi. Homilaning 4 oylik davridan boshlab, eng 

sirtqi 2-3 qavat hu-jayralar yassilashib, tcitoplazmasi oksifil xususiyatga ega bo’-ladi va shu 

boisdan kislotali bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. 5 oylik homilada epidermisning donador va 

muguz qavatlari fa-tcat qo’l va oyoq kaftlarida paydo bo’ladi. 7-oydagina terining hamma yuzasi 

bo’ylab epidermis bazal, tikanaksimon hujayralar qavati va muguz qavatlarga ajraladi. YAltiroq 

qavat esa ancha kech papdo bo’ladi. 




Teri epiteliysining rivojlanishi bilan terining birikti-ruvchi to’qimali asosi ham taraqqiy eta 

boradi. Derma va gipo-dermaning rivojlanishi, yuqorida ta’kidlanganidek, dermatom-lardan 

boshlanadi. Pusht taraqqiyotining 2-oyigacha derma mezen-xima hujayralaridan, mayda qon 

tomirlardan va ko’p miqdorda amorf moddadan tashkil topgan bo’ladi. 2-oyning oxiriga ke-lib 

mezenxima hujayralari fibroblastlarga aylana boshlaydi. Lekin ular uzoq vaqtgacha kam 

differentciallashgan bo’lib qo-ladi va 3 turga bo’lnnadi: yulduzsimon o’simtali hu-jayralar, kalta 

o’simtali hujayralar va yuma-loq hujayralar. Bu hujayralarning orasida kislotali bo’yoqlar bilan 

yaxshi bo’yaluvchi argirofil tolalarning to’ri vu-judga keladi. Dermaning epidermisga yaqin 

qismida tolalar zichroq joylashgan bo’ladi. Homila taraqqiyotining 4-oyida tolalarning ko’pchilik 

qismi argirofillik xususiyatini yo’qotib, 5-oyida argirofil tolalar faqat epidermis ostidagi teri ho-

silalari va qon tomirlari atrofida saqlanib qoladi. 3-4-oylarda kollagen tolalar gorizontal 

joylashgan holda paydo bo’la boshlaydi. Dastavval epidermis va derma o’rtasidagi chega-ra 

mutlaqo tekis bo’ladi. Homila hayotining o’rtalarida birikti-ruvchtc to’qimaning epiteliyga botib 

kirishi natijasida derma-«ing so’rg’ichlari vujudga keladi va bu chegara notekis bo’lib qoladi. 

Elastik tolalar esa homila x.ayotining oxirgi oylarida paydo bo’lib, taraqqiyoti 25 yoshlargacha 

davom etadi. Embrionrivojlanishi bilan terida differentciallangan hujayra ele-mentlari ortib 

borsa-da, homila hayotining so’nggi davrida ham so’rg’ichli qavat, qon tomirlar va teri hosilalari 

atrofida ko’p-lab kam differentciallashgan, kambial hujayralar saqlanib qoladi. Homilaning uch 

oylik davridan boshlab terida soch, tir-ioq va ter bezlarining kurtagi paydo bo’la boshlaydi. 

TERI TUZILISHI 

Teri 2 qismidan - epidermis va biriktiruvchi to’-qimadan iborat dermadan tashkil topgan. 

Terining quyi qatlamlarida derma teri osti yog’ kletchatkasidan iborat gipodermaga 

o’tadi.Epidermis va dermaning chegarasi notekis bo’lib, biriktiruv-chi to’qimali so’rg’ichlar 

epidermisga botib kirgan bo’ladi. YUqo-rida qayd etilganidek, derma so’rg’ichlari teri sathida 

egatchalar bilan ajralgan do’ngliklar paydo qiladi. Epidermis dermadan glikozaminglikanlar va 

nozik argirofil tolalarga boy bo’lgan bazal membrana bilan ajralib turadi.Epidermis. Terining 

tashqi qavati bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliydan iborat (54-rasmga q.). 

Epidermis-ning qalinligi teri qoplamasining har xil joylarida turli qalinlikda (0,5-4 mm) bo’lsa-da, 

u umumiy tuzilishga egadir.Epidermisda 6 qavatni . ajratish mumkin: 1. Bazal qavat (stratum 

basale) 2. Tikansimon hujayralar qavati (stratum spinosum) ZDonador hujayralar qavati 

(stratum granul-osum). 4. YAltiroq tcavat (stratum Iucidurn). 5. Muguz qavat (stratum corneum) 

6. Tushib ketuvchi qavat (stratum desqua mourn).Epidermisning hujayralari bazal qavatdan 

boshlanib, to-eng yuza muguz qavatga tomon surilib, yangilanib turadi. SHu qa-vatlarda 

epidermis hujayralarining differentciallanish va muguzlanish jarayonlarining turli davrlarini 

kuzatish mumkin.Bazal tcavat epidermisning eng quyi qatlami hisoblanib, der-madan bazal 

membrana orqali ajralib turadi (149-rasm). Bu qatlam bir qavat joylashgan 2 xil - bazal 

(epidermotcitlar) va pigment hujayralari - melanotcitlardan iborat. Bazal hujayralar bir qator 

bo’ychan, tcilindrsimon hujayralar-dan tashkil topgan. Bu hujayralarning oval yadrosi 

xromatinga boy bo’lib, hujayra tcitoplazmasi bazofil xususiyatga ega. Bazal hujayralar o’zaro 

desmosomalar orqali birikadi. Hujayralar oralig’ida yoriqlar bo’lib, shu tuzilmalar bo’ylab 

to’qima suyuq-ligi harakat qiladi. Hujayralarning nozik tuzilishida barcha organellalar qatori 

yadro atrofida va desmosoma sohasida joy-lashgan tonofibrillalar yaqqol ko’zga tashlanadi. 




Bazal qavatda ko’plab mitoz yo’l bilan bo’linayotgan hujayralar uchraydi.Pigment hujayralar - 

melanotcitlar teri pigmenti - melanin sintez qiladigan hujayralardir. Gemotoksilin-eozin bilan 

bo’yalgan preparatlarda melanotcitlar och bazofil tcito-plazmali bo’lib, yadrosi to’q, kumush 

tuzi bilan bo’yalganda (im-pregnatciya qilinganda) pigment hujayralarining uzun, tarmoq-langan 

o’simtalari ko’rinadi. SHu o’simtalarda va hujayra tanl-sida ko’pgina melanin donachalari 

joylashadi (54-rasmga q.). Gistoximiyaviy usulda melanotcitlarda teriga rang beruvchi pig-

M

ent-


melanin sintez qilishda ishtirok etuvchi ferment DOFA - oksidaza) dioksifenilalanin oksidaza 

borligi aniq-landi. Bazal epidermotcitlarda ham pigment donachalari bo’lishn mumkin, bu 

donachalar hujayralarga melanotcitlarning o’simta-lari orqali o’tib qolishidan yuzaga keladi. Uzi 

pigment chiqar-maydigan, lekin melanin tutuvchi bunday hujayralar melano-forlar deb 

ataladi.Epidermisning ikkinchi - tikanaksimon hujayra.gar qavati bazal qavat ustida joylashgan 

5-10 qavat hujayralardan ibo-rat. Tikanaksimon hujayralar juda ko’p tcitoplazmatik o’simta-

larga ega bo’lib, shu o’simtalar orqali hujayralar bir-biri bilan desmosomalar hosil qilib 

bog’langan. Bu hujayralar tci-toplazmasida tonofibrillalar yaxshi rivojlanib, ular desmo-

somalarga tutashib ketadi. Hujayralarning pufaksimon yumaloq yadrosida xromatin kam bo’lib, 

och bo’yaladi. Tikanaksimon hujayra-lar qavatining quyi - bazal qavatga yaqin joylashgan 

qatlamla-rida mitoz yo’li bilan bo’linayotgan hujayralar uchraydi. SHu-ning uchun ham bazal va 

tikanaksimon hujayralar qavatlari epidermisning o’suvchi- Mal’pigi qavati (rete Malphygi) ni 

tashkil etadi. O’suvchi qavat hisobiga epidermis hujayralari-ning 19-20 kun ichida almashinib 

turishi (fiziologik regene-ratciyasi) kuzatiladi.Epiteliotcitlardan tashqari bazal va tikanaksimon 

hujay-ralar qavatida o’z shakli bilan melanotcitlarga o’xshash o’sim-tali hujayralar - 

dendrotcitlar (Langergans hujayralari) uch-raydi. Pigment hujayralaridan farqli o’laroq 

dendrotcitlar kumush tuzlari bilan yaxshi bo’yalmaydi, ularda DOFA - oksida-za aniqlanmaydi. 

Bu hujayralar atrofidagi hujayralar bilan desmosomalar hosil qilmaydi, tcitoplazmasida ko’p 

miqdorda tennis raketkasi shaklidagi argentofin donalar tutadi. Ular-ga, lizosomalarning bir 

ko’rinishn bo’lgan keratinosomalar raladi. Ko’pincha bu hujayralar yonida dermadan o’tgan T-

limfo-tcitlar ham uchraydi. Dendrotcitlar va T-limfotcitlar epidermis-da mahalliy immunologik 

nazoratni tashkil qiladilar.Donador hujayralar qavati 2-3 qavat, bir-biriga zich joylashgan 

duksimon hujayralardan iborat. Ularning tcitoplaz-masida ribosomalar, mitoxondriyalar, 

lizosomalar bilan bir-ga, lizosamalarning bir ko’rinishi bo’lgan keratinosomalar (qavat-qavat 

tanachalar) hamda parchalangan tonofibrillalar bo’laklari va ular bilan yonma-yon yirik 

keratogialin donachalari bo’ladi. Bu donachalar polisaxaridlar, lipid va tarkibida ko’p miqdorda 

gistidin, prolin, arginin hamda oltingugurtli tcistin amnnokislotalari tutgan oqsillardan tashkil 

topgan bo’lib, ishqoriy anilin bo’yog’i bilan yaxshi bo’yaladi. Donador hujayra-lar 

tcitoplazmasida keratogialin bilan tonofibrillalar kom-pleksiiing bo’lishi ushbu hujayralarda 

muguzlanish jarayoni-iing boshlanganligidan dalolat beradi. Ba’zan bu o’zgarish terining kuchli 

ishqalanishga uchraydigan juda kichik sohasida ro’y berishi mumkin. (Mn: qadoqlar).YAltirotc 

qavat terining ayrim sohalarida (kaftda, tovonda) yaxshi ko’rinadi va yadro tutmagan, 

tcitoplazmasi oqsil modda -• eleidin bilan to’lgan 3-4 qavat yassi hujayralardan iborat. Eleidin 

yaxshi bo’yalmaydi, lekin kuchli nur sindirish xususiyati-ta ega. SHuning uchun hujayralar 

chegarasi aniq bilinmaydi va bu qavat preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida ko’rinadi. Zleidin 

tonofibrillalar va keratogialin oqsillaridan, ular-ning sul’fgidril gruppalarining oksidlanishi 

natijasida ho-sil bo’ladi, deb taxmin qilinadi. Uz navbatida eleidin muguz pmodda - keratin hosil 




bo’lishida bir bosqich hisoblanadi.Epidermisning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’lgan 

eng yuza qavati muguz qavat bo’lib, uning qalinligi terining turli sohalarida har xil bo’ladi. Kaft, 

tovon terilarida bu qavat qalin bo’lsa, tananing yon sathida, ayniqsa qovoqlar va erkaklar tashqi 

jinsiy a’zolari terilarida anchagina yupqadir. Bu qavat yadrosiz, bir necha o’n qavat muguz 

tangachalardan tash-kil topgan. Bu tangachalar muguz modda (keratin) va havo pufak-•chalari 

tutadi. Keratin oltingugurtga boy, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli oqsil moddasi 

hisoblanadi. Muguz tangacha-lari bir-biriga zich va mahkam birikib turadi. Terining tashqi 

yuzasidagina ular zich joylashmay, bir-biridan ajralib ayrim muguz tangachalar holida turadi. 

Terining ustki sathidagi muguz tangachalar fiziologik tarzda ko’chib tushib turadi va terining 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish