Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik


Mazhabsizlik  va  uning  oqibatlari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

Mazhabsizlik  va  uning  oqibatlari.  Bugungi  kunda  turli  guruhlar 
tarafidan  mazhablarni  inkor  qilish  holatlari  uchrab  turibdi.  Ular  mazhabsizlik 
g‘oyasini ilgari surib, asosiy maqsadlari asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan 
fiqhiy  mazhablarni inkor qilishdan iborat. Mazhabsizlik g‘oyasi deyarli 12 asrdan 


96 
 
ortiq  vaqt  mobaynida  yashagan  minglab  ulamolarning  butun  umrlarin  davomida 
olgan  ilmlari  va  qoldirgan  meroslarini,  yozgan  asarlarini  bekorga  chiqaradi.  SHu 
bilan  birga  asrlar  davomida  amal  qilinib  kelinayotgan  an’analar  noto‘g‘ri,  ularga 
amal  qilgan  musulmonlar  esa  adashgan  ekan  degan  xulosaga  olib  keladi.  Bundan 
tashqari  musulmonlar  birligini  xavf  ostida  qoldiradi.  Zero,  Muhammad 
payg‘ambar 
(alayhis-salom) 
hadislarida: 
«Alloh 
ummatimni 
zalolatda 
jamlamaydi»,  «Musulmonlar  yaxshi  deb  bilgan  narsa  Allohning  huzurida  ham 
yaxshidir»  (hadislarni  Hokim  Naysaburiy  rivoyat  qilgan),  deyilgan.  Mazhablar 
ham  musulmonlarning  birligi.  Olimlar  butun  umrini  shariat  ilmiga  bag‘ishlab, 
undagi  o‘ta  nozik  masalalarni  o‘rganish  uchun  umrining  ko‘p  yillarini 
bag‘ishlaganlar,  Qur’on  va  hadislarda  uchraydigan  va  barcha  insonlar  tushunishi 
qiyin  bo‘lgan  holatlarni  fahmlash  va  tushunishga  oson  shaklga  keltirib  so‘ngi 
xulosalarni berganlar.  
Mazhabsizlik  g‘oyasini  soxta  salafiylar  ilgari  surmoqda.  Ularning  fikricha, 
fiqhiy  mazhablar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  qoidalarni  to‘g‘ri  tushunish  usuli 
sifatida  tan  olinmaydi,  balki  shariat  ahkomlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  amalga  tatbiq 
etish  lozim  deb  hisoblanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  mazhabsizlarning  da’vosi 
bo‘yicha har bir kishi, o‘zi Qur’ondan yoki hadisdan hukm olishi mumkin. CHunki 
mujtahidlarning  xulosasi  boshqalar  uchun  asos  bo‘la  olmaydi,  har  bir  odam  o‘zi 
fatvo  berishi  mumkin.  Ularning  bu  g‘oyasiga  amal  qilinsa,  barcha  Qur’on  va 
hadisdan hukm olishga o‘tsa, jamiyat hayoti o‘z-o‘zidan izdan chiqadi. CHunonchi 
tibbiyot, arxitektura va hokazo soha vakillari ham o‘zlari mustaqil tarzda Qur’on 
yoki hadislarni o‘rganib o‘z masalalarini hal etishlari lozim bo‘lib qolar edi. 
Mazhabsizlikni targ‘ib qilayotgan soxta salafiylik  mafkurasiga ko‘ra  fiqhiy 
mazhablar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  kategoriyalar  shariatni  to‘g‘ri  tushunish 
uslubi  sifatida  tan  olinmaydi,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  shariat  ahkomlarini  amalga  tatbiq 
etish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.  
Bu yo‘l bilan minglab olimlarning mashqqat bilan amalga oshirgan ishlarini 
bekorga chiqaradi. SHu bilan birga asrlar davomida musulmonlar tomonidan amal 
qilinib kelinayotgan an’analarni noto‘g‘riga chiqarib, «o‘tmishdagi musulmonlarni 
adashgan  edilar»  degan  buzuq  xulosani  beradi.  Buning  natijasida  musulmonlar 
orasida  parokandalik  yuz  beradi.  Hozirgi  kundagi  ahli  sunna  val  jamoa 
musulmonlarining barchasi to‘rt mazhabdan biriga ergashadi. SHu bilan birga ular 
bir-birini inkor qilmaydi va aqidada bir hisoblanadi. 
Mazhabsizlarning  da’volaridan  yana  biri  faqat  sahih  hadisga  amal  qilish 
lozim,  chunki  mujtahidlar  har  xil  fatvo  chiqarganlar,  shuning  uchun  bu  bo‘linish 
hisoblanadi,  deydilar.  Aslida  mazhablardagi  bir  masalaga  turlicha  qarash 


97 
 
mujtahidning  o‘sha  masalani  qanday  tushunishi  bilan  bog‘liq.  Arab  tili  boy  til 
bo‘lgani sababli, bir olim Qur’ondagi so‘zning bir ma’nosini qabul qilgan bo‘lsa, 
ikkinchi  mujtahid  boshqa  ma’nosini  olgan.  Hukm  ham,  hadislardan  hukm  olish 
ham shunga yarasha bo‘lgan. Bir mujtahid bir hadisni olgan va unga qarshi bo‘lgan 
hadisni  esa,  hukmi  o‘chgan  deb,  boshqa  mujtahid  esa,  o‘sha  hadisni  hukmi 
o‘chmagan deb qabul qilgan.  
Bulardan tashqari Payg‘ambar (alayhis-salom) tomonidan sahobiylarga ham 
o‘z  o‘rniga  qarab  turlicha  masalahatlar  berilgan.  Sahobiylar  esa,  turli  joylarga 
tarqalib,  borgan  joylarida  o‘zlari  bilgan  ilm  bilan  boshqalarni  tanishtirganlar. 
SHunga o‘xshash va boshqa sabablar bilan mazhablar orasida bir masalaga turlicha 
fatvolar  berish  holatlari  paydo  bo‘lgan.  SHunday  bo‘lsada  mazhablar  bir-
birlarining  hukmlarini  xato  deb  hisoblamaydilar  va  boshqa  hukmni  hurmat 
qiladilar.  
SHu  o‘rinda  fatvo  va  muftiy  haqida  to‘xtalib  o‘tish  o‘rinli.  «Fatvo»  deb 
lug‘atda  «mushkul  ishga  javob  qidirish»,  «savolga  javob  berish»,  «shariat 
masalalari  yuzasidan  fatvo  chiqarmoq»,  «maslahat  bermoq»,  «muftiyning 
xulosasi»  degan  ma’nolarni  bildiradi.  Istilohda  esa,  «dalilga  asoslanib,  shar’iy 
hukmni  so‘rovchiga  bayon  qilib  berish»  ga  fatvo  deyiladi.  Zamonaviy  hanfiy 
mazhabi  olimlaridan  biri  fatvoni  «diniy  masalalarga  javob  berishdir»,  degan. 
«Muftiy»  deb  shariat  hukmlari  borasida  fatvo  beradigan  odamga  aytiladi.  Faqih 
Qarofiy  shunday  degan:  «Muftiylar  Alloh  taoloning  tarjimonlaridir.  CHunki  ular 
nass  (Qur’on  va  hadis)ga  tayangan  holda  hukm  chiqaradilar».  Imom  SHotibiy: 
«Muftiylar  ummat  uchun  Rasululloh  (alayhis-salom)  maqomlarida  bo‘ladilar. 
Bunga  dalil  qilib:  «Olimlar  payg‘ambarlarning  merosxo‘rlaridir.  Payg‘ambarlar 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish