Termiz shahar maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufidagi 28- maktabgacha ta`lim tashkilotida olib borilgan ma’naviyat va ma’rifat ishlarining yangi tizimini yaratish bo`yicha va “yo`l xarita”si bo`yicha aprel oyida amalga oshirilgan tadbirlar to`g’risida



Download 13,28 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi13,28 Kb.
#212031
Bog'liq
2 5211086474526592561


Termiz shahar maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufidagi 28- maktabgacha ta`lim tashkilotida olib borilgan ma’naviyat va ma’rifat ishlarining yangi tizimini yaratish bo`yicha va “yo`l xarita”si bo`yicha aprel oyida amalga oshirilgan tadbirlar to`g’risida

H I S O B O T .

Termiz shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 28- maktabgacha ta’lim tashkilotida aprel oyida rejalashtirilgan barcha tadbirlar o’tkazildi. Jumladan:



  1. 28-MTTda “Biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz!” shiori ostida davlatimizning shonli tarixini, madaniyatini, xalqimizning ma’naviy va madaniy merosini pedagog xodimlar o’rtasida yanada keng targ’ib qilish maqsadida tadbir o’tkazildi. Tadbirda barcha pedagog hodimlar qatnashdi.

  2. Prezidentning 2021 yil 19 yanvardagi “Ma’naviyat va ma’rifat kengashidagi ma’ruzasi asosida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar-hodimlari uchun “Yangi O’zbekiston maktabgacha ta’lim ostonasidan boshlanadi" mavzusida o’quv-seminar o’tkazildi. Seminarni tashkilot uslubchisi M.Umarova olib bordi. O’quv-seminarda mavzu bo’yicha taqdimot qilindi, zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’layotgan islohotlar aks ettirilgan videorolik namoyish etildi. Barcha pedagog hodimlar seminar yakunida mavzu bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

  3. 28-maktabgacha ta’lim tashkilotining katta va tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilar o’rtasida “Kichik oshpaz” tadbiri o’tkazildi. Ushbu tadbirda bolajonlar oshpaz mehnati bilan yaqindan tanishdilar. Oshpaz qanday ishlashi kerak? (Idish-tovoq, pech, elektr jihozlari, maxsus kiyimlar, mahsulotlar, muzlatgich) kabi savollariga javob olishdi. Bolajonlar ham o’z qo’llari bilan tarbiyachilari va oshpaz opalari yordamida milliy taomlarimizdan ba’zilarini tayyorlashga harakat qilishdi.

  4. 9.04.2021 sanasida Maktabgacha ta’lim tashkilotida Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag’ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renassansi” mavzusida tadbir o’tkazildi. Temuriylar Renessans davri Yevropa Renessansi bilan bir vaqtda kechdi. Temuriylar Renessansi davri Osiyo va Islom tarixida XIV asr oxiridan XVI asr boshlariga qadar davrni qamrab olgan tarixiy davrdir. Bolajonlar tadbirda Sohibqiron Amir Temur bobomiz haqida turli she’rlar, sahna ko’rinishlari ijro etdilar.

  5. 21.04.2021 sanasida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar o’rtasida musiqa faoliyatidan egallagan bilim darajasini mustahkamlash maqsadida “Kuyla yoshligim” tanlovi o’tkazildi. Tadbirda turli guruhlardagi iqtidorli tarbiyalanuvchilar o’z talantlarini namoyish etdilar. Tadbirda tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ajoyib qo’shiqlar ijro etdilar va turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.

  6. 20.04.2021 sanasida maktabgacha ta’lim tashkilotida, bolalarda yangi narsalarni o’rganishga , kuzatishga qiziqish paydo qilish maqsadida “ Kichik olim" tadbiri o’tkazildi. Ushbu tadbirda bolalar suvning turli hossalarini tadqiq qilishdi. Suvga rang va boshqa moddalar ta’sir qilganda qanday holatga o’zgarishini bajarib kuzatishdi.

  7. 19.04.2021-22.04.2021 kunlari barcha tashkilotning barcha guruhlarida “O’zbek xalq maqollari” haftaligi o’tkazildi. Bolajonlar maqollar asosida sahna ko’rinishlari ijro etdilar, maqollar chelenjini o’tkazdilar. O’zbek xalq maqollari insonlarning kundalik turmush tarzining bir qismidir hamda bolalar tarbiyasi uchun ham alohida ahamiyatga egadir. Maqollarda o’zbek xalqining milliy mintalenti, ma’naviyati aks etadi. Bolalar tadbirda o’zbek xalq maqollarini juda ko’plab aytib o’tishdi. Ajdodlarimizning hikmatli so’zlari va o’gitlari xalq og’zaki ijodi orqali maqollar orqali bizgacha yetib kelgan.

  8. 26.04.2021 yil sanasida “Milliy o’yinchoqlar yasash” bo’yicha tarbiyachilar o’rtasida “Mohir qo’llar” tanlovi o’tkazildi. Milliy qo’g’irchoqlar asosida bolalarga milliylik ruhi, milliy liboslarimiz o’rgatiladi. Tarbiyachilarning kreativligini hamda mahoratini oshirish maqsadida, ularga milliy qo’g’irchoqlar yasash vazifasi berildi. Barcha tarbiyachilar matodan, turli hil materiallardan milliy qo’g’irchoqlar yasashdi. Tarbiyachilardan Ashuraliyeva Ozoda, Aminqulova Surayyo va Babaxanova Dilfuzaning tayyorlagan ishlari yaxshi deb baholandi.

  9. 28-MTTda katta va tayyorlov guruhlar o’rtasida “Sehrli mo’yqalam” mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi. Bolalar turli mavzularda ajoyib suratlar chizishdi. Tasviriy faoliyat orqali bolajonlarga estetik tarbiya singdiriladi hamda bolajonlar turli ranglar orqali olamni o’zlari xohlagan usulda beg’ubor tarzda tasvirlaydilar. Shu bilan birga artterapiya bolalar uchun juda foydali bo’lib, bola psixologiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Ushbu tanlov bolalarning rasm chizishga bo’lgan ishtiyoqi va qiziqishini yanada orttirdi. Tanlovda bolajonlar suratlar chizib, ularga yorqin rang berishdi. Suratlari eng yaxshi deb baholangan bolajonlar taqdirlanishdi.




Download 13,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish