Test Leksikologiya



Download 21,61 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi21,61 Kb.
#520743
Bog'liq
Test Leksikologiya


Test Leksikologiya
1. So'zlash umumiy ma’nosi bilan bir guruhga kiruvchi to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so'zlari qaysi jihatiga ko‘ra o'zaro farq qiladi?
A) ovozning baland-pastligiga ko'ra
B) salbiy bahoga egaligiga ko'ra
C) kitobiy uslubga xoslanishiga ko'ra
D) ijobiy bahoga egaligiga ko'ra
2. Tor unlilar bilan farqlanuvchi o'zaro paronim otlarni aniqlang.
A) bot, but
B) burushgan, burishgan
C) oxir, oxur
D) sur, sir
3. Qaysi bandda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud?
A) Go'sht olsang, lahm ol.
B) Asilning bahosi katta, asalning - shifosi.
C) Ta’na yo'li - toyg'anoq.
D) Urish qurbonsiz bo'lmas.
4. So‘zlamoq va nutq ijod etmoq so'zlari qaysi jihatlariga ko'ra farqlanadi?
A) harakat-holatning kuchli- kuchsizligiga ko'ra
B) ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishligiga ko'ra
C) uslubiy xoslanishiga ko'ra
D) eskilik va yangilik xususiyatlariga ko'ra
5. Qaysi banddagi ma’nodoshlar uyasida shu qatorga mansub bo'lmagan birlik qo'llangan?
A) gavdali, jussali, barvasta, norg'ul, barzangi
B) gangimoq, dovdiramoq, esankiramoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq
C) terisiga sig'may ketdi, boshi osmonga yetdi, og'zining tanobi qochdi
D) makr, firib, xiyla, nayrang, aldov
6. Qaysi qatorda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolik kuzatiladi?
A) Navbatdagi safar azim shahar- Buxoroga!
B) Ota-onasini rozi qilmagan odamning hech bir ishida unum bo'lmaydi.
C) Tergovchi ishni da’vo arizalarini ko'rib chiqishdan boshladi.
D) Oshxonadan xil-xil pishgan go'shtning hidi taraldi.
7. Paronimlarni qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik qaysi gap tarkibida uchraydi?
A) Bilki, ona judo bo'ldi jigarbandidan.
B) Shoh avom ahvolin o'ylaydi mudom, Qayda adolatsizlik - yo'q unda xayr.
C) Boshing xam qilma ko'p - davoying bekor,
Sen talab etgan tuya sotilgan avval.
D) Texnikalarga yoqilg'i yetkazib beruvchi firma ochdik.
8. «Begona» so'zni aniqlang.
A) tortiq B) in’om
C) arg'umoq D) hadya
9. So'z qo'llash bilan bog'liq xatolik qaysi gapda mavjud?
A) Bot kasalligi bilan og'rigan bemorlar soni ancha kamaygan.
B) Yerlarning serunum bo'lishida hasharotlar o'ziga xos o'rin egallaydi.
C) Endi hiyla-nayranglaring menga o'tmaydi.
D) Bolalarning shirinlikka ruju qo'yishi turli kasalliklarni chaqirishi mumkin.
10. Qaysi gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?
A) Bir so'm qarz berib, ikki so'm qilib oladigan sutxo'rlar ko'payib ketgan.
B) Hiyla-nayranglaring endi o'tmaydi, xo'pmi?
C) Yonida quroli bor-yo'qligidan qat’i nazar, qo'lga olinglar.
D) Qars ikki qo'ldan chiqadi.
11.Qaysi qatorda paronimlar bilan bog'liq xatolik mavjud?
A) Ahror og'ir kunlarni boshidan o'tqazdi.
B) Mehmonlarni ichkariga o'tqizdik.
C) Ignaga ipni o'tkazolmay qiynalardi.
D) Kechiktirilgan o'yin bugun o'tkaziladi.
12. So'z qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud bo'lgan gapni toping.
A) Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi, ko'pchilikka ishongan maqsadiga yetadi.
B) Shahidbek maxdumning mahalla ahillaridan bo'lib, Xudoyorxon zakotchilarining biridir.
C) Birpas bo'shadi deguncha, kitob ustiga mukkalaydi.
D) Kumushnihg bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib ko'rsatish, albatta, mumkin emas.
13. Qaysi gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?
A) Har kuni bir xil savollar: «Sutga oqliq soldingmi?”, «Ovqat quyulib qolmadimi?”
B) Sizni kutdik, mahtal bo'lib kutdik, qariyb uch yil kutdik.
C) Mavzularni bazo'r o'zlashtiryapman, bundan qat’iy nazar, a’lo baho olishga harakat qilaman.
D) Ko'p kuyunma, bolam, qo'ylaring ko'chada qolmaydi, yangi qo'ra quramiz.
14. P aronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolik qaysi gapda mavjud?
1) Vatan oldidagi farzandlik burjini o'tamoq - har bir yosh uchun sharaf.
2) Quyosh hamal yulduzlar burjiga o'tishi bilan kunlar isiy boshladi.
3) Kamina qavs burji ostida tavallud topganman.
A) 3 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1
15. So'z qo'llash bilan bog'liq xatoni toping.
A) Sening bu ishda ulishing qancha?
B) Yangi bolani daftarga qayd etib qo'ydi.
C) Kim bo'lishingdan qat’i nazar ishtirok etishing shart.
D) Otning o'z oxuridan y em yemay qo'yganiga besh hafta bo'lgandi.
16. Asl so'zi qaysi gapda noto'g'ri qo'llangan?
A) So'zning asl ma’nosi nima?
B) Ko'ylak asl shohidan tikilgan edi.
C) Bolaning asl nomi Mirahmad.
D) Asl haqiqatdan xabardormisiz?
17. Paronimlarni qo'llash bilan bog'iiq xatolik qaysi gapda
mavjud?
A) Qarshingizda o'sha devonning asl nusxasi turibdi.
B) Qosimjon, qo'ylarni qo'raga qamab
qo'y.
C) Sizni to'nab ketganlardan biri oqsoqlanibroq yurmasmidi, ehtimol?
D) Necha bal olganimni o'zim ham
bilmayman. .
18. Qaysi qatorda paronim so'zlar berilmagan?
A) ganch, ganj
B) dumaloq, yumaloq
C) xosiyat, hosiyat
D) shuba, shu’ba
19.Qaysi qatordagi gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) Akamiz poyafzal savdosi bilan shug'ullanyaptilar.
B) Hona yorug' va shinam: hamma narsa o'z o'rnini topgan.
C) Begonalarning kirishi ta’qiqlanadi.
D) Kecha Rustam akaning o'g'lini tunab ketishibdi.
20. Paronimlar noto'g'ri qo'llangan gapni aniqlang.
A) Yo'q ajab, chunkim arab alfozida Istiloh ichra muannasdur quyosh.
B) Til uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir.
C) O'zbek tili xazinasidagi so'zlar shu qadar ko'p va serjiloki, bu tilda hech qiynalmasdan go'zal asarlar: she’rlar, qissa va hikQyalar bitish mumkin.
D) Onangdan bosh toblama, oshmasin dardi,
Sharaf toji erur oyog'in gardi.
21. Qaysi bandda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) Tushda ko'rsang, «Ganch» debdilar ilonni
B) Hushda ko'rsang, «Yanch!” debdilar ilonni
C) Rahmon aytur: «O'ldir, sindir, ol jonin».
D) Shayton aytar: «Qo'rib yotar o'ljani».
22. Qaysi qatorda paronim so'zlarni yanglish qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud?
A) Bilagi zo'r birni yiqar.
B) Tongi va tungi seanslar yo'lga qo'yilgan.
C) Xo'b ish qilibsiz lekin.
D) U soy tomonga ketti.
23. Qaysi qatorda paronim so'zlarni yanglish qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud?
A) Bizni xoli qoldiring.
B) Qo'lga tushdim, bandi bo'ldim.
C) Palovning kiftini keltirib yuboribsiz lekin.
D) Umumiy qimmati 1000 dollarga teng ekan.
24. Qaysi bandda paronimlarni yanglish qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud?
A) Yomonni yaxshi desang, suyiladi.
B) Achchiq til odamni etar dar-badar.
C) U mehribon, asil yurak sohibi edi.
D) Biz bahtli bo'lamiz, xudo xohlasa.
25. Paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolik qaysi gapda mavjud emas?
A) Randalanmagan to'rtta taxta ostiga ikki tomonidan ayriliq yog'och qoqilgan.
B) Kelarga o'xshamas afti angaring, Talab qibsan, bildim Yovmit eliga.
C) Kecha shu friaholda poyezddan tushgan edim.
D) Qovun yesang sahar ye, sahar yemasang, zaxar ye.
26. 1) Tursun tomda tursin.
2) Erkin yettiga yetdi.
3) Guvoh sudga ketdi, qo'shnim sutga ketdi.
Berilgan gaplarning har birida kuzatiladigan hodisa qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) shakldoshlik, paronimlik
B) paronimlik, ma’nodoshlik
C) paronimlik, ko'p ma’nolilik
D) paronimlik
27. Qaysi gapda so'z qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) Do'stlarim orasida asili shu bo'ladi.
B) Asl basharangni boshqalar ham ko'rib qo'yishsin.
C) Bizda faqat asil mollar sotiladi.
D) Asl maqsading lahim go'sht olishmidi?
28. Qaysi gapda ham imloviy, ham paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) Yoshini ikki yilga kichraytirgan-u, urishka jo'nab yuborgan.
B) Asl yigit shunday bo'larkan.
C) Oy tiniq, oydin-da oydin oq yuzing.
D) Sherimni o'qib bergandim, xushidan ketib qoldi.
29. So'z qo'llash bilan bog'liq xato bo'lmagan gapni aniqlang.
A) Tamburda chiroyli kuy chalib o'tirrshi otasini yodga solardi.
B) Yangi ochilgan avtoservizda navbat kutib qoldik.
C) O'tqazilgan musobaqa natijalari
ununig faoliyatiga jiddiy ta’sir etmagandi.
D) Qo'shinning jangovar tayyorgarligiga mas’ul xodimlar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklangan.
30. Qaysi so'zlar o'z paronimlari bilan bir xil turkumga mansub?
1) shoh; 2) yuvundi; 3) urush;
4) yoqilg'i; 5) xush.
A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 4
C) 1, 4 D) 1, 4, 5 31. So'z qo'llash bilan bog'liq xato bo'lmagan gapni aniqlang.
A) tamburda chiroyli kuy chalib o'tirishi otasini yodga solardi.
B) Yangi ochilgan avtoservizda navbat kutib qoldik.
C) O'tqazilgan musobaqa natijalari uning faoliyatiga jiddiy ta’sir etmagandi.
D) Qo'shinning jangovar tayyorgarligiga mas’ul xodimlar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklangan.
32. So'z qo'llash bilan bog'liq xatolikni toping.
A) Azim daryoni ko'z oldingizga keltiring: dengizga quyuladigan joyda mayda-mayda irmoqlarga bo'linib ketadi va quvvatini yo'qotadi.
B) Ba’zan do'stlarni yo'qlashni unutib qo'yganimizda bu dunyoda yolg'izlanib qolayotganimizni his etmaymiz.
C) Noo'rin va nojo'ya so'zlagandan sukut saqlagan afzal.
D) Adabiy kechani sevimli adiblar tashrifi yana-da qiziqarli qildi.
Download 21,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish