Texnik diagnostikalash turlari, usullari va vositalari



Download 226,44 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi226,44 Kb.
#749844
  1   2   3   4
Bog'liq
Texnik diagnostikalash turlari, usullari va vositalari


Texnik diagnostikalash turlari, usullari va vositalari
Texnik diagnostikalash tizimi butun obyekt yoki uning tarkibiy qismlarining texnik holatini aniqlash uchun kerak bo‘ladigan vosita, obyekt va ijrochilar majmuini tashkil etadi. Diagnostikalash tizimi yechadigan masalalarga bog’liq holda, texnik diagnostikalashning ikki turi mavjud: umumiy (texnik holat nazorati) va chuqurlashgan (elementlar bo‘yicha). Umumiy diagnostikalash nosozliklar va ularning kelib chiqish sabablarini topmasdan turib, texnik holatni aniqlashni nazarda tutadi. Umumiy diagnostika obyekt haqida «soz-nosoz», «yaroqli-yaroqsiz», «profilaktik va ta’mirlash ishlarini bajarmasdan turib keyingi ekspluatatsiyaning imkoni bormi», degan savollarga javob beradi; avtotransport vositasining harakat xavfsizligi va ekologik xavfsixtik talablariga mos kelishi, uni yo‘lga chiqarish va ekspluatatsiya qilish mumkinligi, belgilangan yonilg‘i sarfi me’yorlari talablariga mosligini ham aniqlashi mumkin. Bu hollarda xavfsiz ekspluatatsiyaga ta’sir etadigan uzel va tizimlarning texnik holati aniqlanadi (tormoz tizimi, rul boshqaruvi, yoritish va signalizatsiya priborlari, motor).
Umumiy diagnostika natijalaridan chuqurlashgan diagnostikada bajariladigan nosozlikni qidirishning keyingi yo‘nalishini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Chuqurlashgan diagnostikalashda buzilish va nosozliklarning joyi, xarakteri, vujudga kelish sabablari, tizim, agregat, uzellar tarkibiy qismlarining texnik holati aniqlanadi. Chuqurlashgan diagnostikalash «nosozlikning sababi nima?», «qaysi element nosoz?» kabi savollarga javob beradi. Undan tashqari, nosozlik yoki buzilishlarni bartaraf etish va obyektlarning ishlash qobiliyatini tiklash, ish hajmini aniqlash chuqurlashgan diagnostikalashning natijasi hisoblanadi.
Masalan, umumiy diagnostikalashda dizel dvigateli bo‘yicha yonilg‘i sarfi va ishlatilgan gazlar tutash darajasi aniqlanadi. Chuqurlashgan diagnostikalashda ularning sababi —yuqori bosimli yonilg‘i nasosi purkalishi boshlanish burchagi sozligining buzilganligi, deb topilishi mumkin.
Foydalanish imkoniyati, texnik diagnostikalash tizimlarini amalda qo‘llash kengligi bo‘yicha diagnostika usullari universal va maxsus bo‘lishi mumkin.Universal usullar avtotransport vositasi tizim, uzel, agregatlari texnik holatini anik^ash uchun qo‘llaniladi. Bu —energetik, vibroakustik, issik^ik, stroboskopik usullardir.
Diagnostikalashning energetik usullari tizim va agregatlar ishining samaradorligi, yonilg‘i sarfi, ishlab chiqarilgan energiya, uni uzatish va isroflari parametrlarini o‘lchashga asoslangan. Ular, shuningdek, samaradorlik yoki yuklanish-tezlik parametrlari bo‘yicha diagnostikalash usullari nomlari bilan ham ma’lum. Energetik usullardan avtotransport vositasi ekspluatatsiyasidagi ish tartibotlari va sharoitlarini imitatsiya qiladigan yuklamali yoki dinamometrik stendlar yordamida umumiy diagnostikalash uchun foydalaniladi.
Vibroakustik usullar tovush signali yoki titrashlardan diagnostik parametr sifatida foydalanishga asoslanadi. Titrashning manbai mexanik sabablar hisoblanadi: aylanuvchi qismlar muvozanatining yo‘qolishi —disbalans (masalan, nasoslarning ishchi va tishli g‘ildiraklari, podshipniklar va h.k.), tutashmalarning bo‘shashib ketishi qamda gidrodinamik kelib chiqish sabablari — bosimning o‘zgarib turishi, suyuqlik kavitatsiyasi va boshqalar. Diagnoz qo‘yish uchun tebranish jarayonlarining amplituda-chastota xarakteristikalari taxlil etiladi. Bu usullar silindr-porshen guruhi, gaz taqsimlash mexanizmi, yonilg‘i apparaturasini diagnostikalash hamda shovqinning umumiy darajasini anikdashda qo‘llaniladi. Shovqinning umumiy darajasi avtotransport vositalarining turli toifalari bo‘yicha ularning me’yoriy qiymatlari bilan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida taqqoslanadi. Bu usulning qo‘llanilishi diagnostikalanadigan uzellarni bo‘laklarga ajratishni talab qilmaydi va vujudga kelgan nosozlikni aniqlash yoki uning vujudga kelishini oldindan aytib berish imkonini beradi.
Issiqlik usullarini qo‘llab o‘tkaziladigan diagnostikalashda qizitish harorati, uni o‘lchash tezligi parametrlari, ajralgan issiqlik miqdori tahlil etiladi. Issiqlik usullaridan sovitish tizimi, uzatmalarni o‘zgartirish qutisi, orqa ko‘prik reduktori, g‘ildiraklar gupchagi podshipniklarining texnik holatini aniqlash uchun foydalaniladi.
Diagnostikalashning yana bir usuli stroboskopik samaradan foydalanishga asoslangan. Uning mohiyati shundan iboratki, aylanayotgan detal, uni yorug‘lik manbaidan qisqa muddatli chaqnashlar bilan yoritganda, qo‘zg‘almas, deb qabul qilinadi. Bunda chaqnashlar chastotasi detal aylanishlari chastotasiga teng yoki karrali bo‘ladi. Ushbu usul detallarning davriy harakatlari sodir bo‘ladigan uzellar (masalan, borib kelish, aylanma va tebranma harakatlar)ni diagnostikalashda foydalaniladi. Undan tashqari, bu usuldan ilashma, kardan uzatmasi, yonilg‘i apparaturasi, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini o‘rnatish, g‘ildiraklarning charx urishini diagnostikalashda foydalaniladi. Diagnostikalashning maxsus usullaridan avtotransport vositasining cheklangan uzel va agregatlari texnik holatini anikdash uchun foydalaniladi. Bunda ishchi hajmlarining jipsligi, ishlatilgan gazlar va karter moylarining tarkibi, o‘t oldirish va elektr jihozlarining elektr tavsiflari, geometrik tavsiflar tekshiriladi.
Ishchi hajmlarning jipsligi bo‘yicha diagnostikalash usuli gaz yoki suyuqliklar sirqib chiqib ketishini baholashga asoslangan.. Bu usulni silindr-porshen guruhining yeyilish darajasi, gaz taqsimlash mexanizmi klapanlari va sovitish tizimi jipsligini baholashda qo‘llaydilar. Havoning sirqib chiqishi bo‘yicha tormozlar pnevmatik yuritmasi, suyuqlik sirqib chiqishi bo‘yicha motorning moylash va ta’minot tizimlarining holati, avtomobil karterlarining butunligi va boshqalarni aniqlaydi.
Motorning chiqindi gazlarini har xil moddalar bilan to‘yinganligi bo‘yicha diagnostikalash usuli nafaqat ichki yonuv dvigateli texnik holatini baholash, balki avtotransport vositasi ekologik xavfsizligini baholash uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Moy tarkibi bo‘yicha diagnostikalash usulidan dvigatel transmissiya detallari yeyilish jadalligi, filtrlash tizimining sozligini aniqlashda foydalaniladi. Parametrlar moy namunalarini tahlil etishda va moydagi yeyilganlik mahsulotlarini aniqlashda o‘lchanadi. Moy namunasi tahili bo‘yicha ko‘p miqdorli tuzilmaviy parametrlarning o‘zgarishi yeyilganlik mahsulotlari to‘yinganligining o‘sishi, ma’lum yo‘l yurilganidan keyin sodir bo‘ladigan falokatdan darak bo‘lib xizmat qiladi.
Geometrik parametrlar bo‘yicha diagnostikalash usuli tirqishlar, liqillashlar, erkin yurishlar, tebranishlar)ni transmissiya, rul boshqaruvi, oldingi ko‘prik, podshipniklar texnik holatini baqolash uchun qo‘llaydilar. Masalan, transmissiyadagi umumiy burchak tirqishining o‘sishi tishli g‘ildiraklar, shlitsali va shponkali birikmalar yeyilganligini taxmin qilish imkonini beradi. Ayrim geometrik parametrlardan sozlash ishlari uchun bevosita foydalaniladi.Masalan, boshqariluvchi g‘ildiraklar o‘rnatish burchaklari, klapanlar issiqlik tirqishlarini sozlashda qo‘llaniladigan vositalarga bog‘liq holda, diagnostikalash sub’yektiv va ob’yektiv bo‘lishi mumkin.
Sub’yektiv diagnostikalashda oddiy vositalardan foydalaniladi (shchuplar, lineykalar, stetoskoplar, manometrlar).Bunday diagnostikalashda diagnozning ishonchliligi va aniqliligi ijrochi (sub’yekt) ning tajribasi, ko‘nikmalari, malakasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ob’yektiv diagnostikalash ob’yektning texnik holatini baholashni ta’minlaydigan jihoz va asboblardan foydalanishga asoslangan. Uni asbob yordamida diagnostikalash, deb ham ataladi. Zamonaviy diagnostik jix,ozlar o‘lchovlarining yuqori aniqligi, diagnoz qo‘yishning qisqa vaqti, ish hajmining kamligi, diagnostika jarayonida odamning ishtiroki yoki ishtirok etmasligi bilan tavsiflanadi. Insonning ishtiroki yoki uning ishtirok etmasligi bo‘yicha diagnostikalash tizimlari avtomatlashtirilgan avtomatiklar tizimlarga bo‘linadi.
Texnik diagnostikalashning avtomatlashtirilgan tizimi diagnostikani avtomatlashtirilgan vositalar va inson ishtirokida o‘tkazishni ta’minlaydi. Masalan, pnevmatik yuritmali tormoz tizimi bo‘lgan avtotransport vositasini zamonaviy stendlar bilan diagnostikalashda g‘ildiraklardagi tormoz kuchlari, har xil o‘qlarda tormozlarning ishlab ketish vaqtlari, tormoz tizimi yuritmasidagi ishchi agentning (suyuqlik, havo) bosimi o‘lchanadi va ular belgilangan qiymatlar bilan taqqoslanadi. Operator-diagnost diagnostikalash jarayonida ishtirok etadi, chunki datchiklarni tormoz yuritmasining belgilangan nazorat nuqtalariga ulash va har xil ko‘rsatkichlarni o‘lchayotganda tormoz tizimi boshqaruv organlarini harakatga keltirish jadalligi ni o‘zgartirib turish kerak.
Diagnostikalashning avtomatik tizimi uning natijalarini olish jarayonida insonning bevosita ishtirokisiz o‘tkazilishini ta’minlaydi. Masalan, boshqariluvchi g‘ildiraklar o‘rnatilish burchaklarining belgilangan qiymatlariga mosligini maydonchali o‘tuv stendlarida aniqlash diagnostikalash jarayonidan odamni chiqarib tashlash imkonini beradi.
Texnik diagnostikalash tizimi test diagnostikalash o‘tkazilishni ta’minlashi mumkin. Bu qolda diagnostikalash ob’yektida odatdagi ekspluatatsiya sharoitlarida uchramaydigan test ta’siri yaratiladi va u ta’sirga ob’yektning reaksiyasi bo‘yicha, uning texnik holati to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Download 226,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish