Texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o



Download 432,85 Kb.
bet4/129
Sana31.12.2021
Hajmi432,85 Kb.
#199673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Bog'liq
STANDARTLASHTIRISH VA

Qonun mahsulot, ish va xizmatlar xavfsizligigz. majburiy talablami o'rnatish munosabatlarini aniqlab beradi. Qonundagi qoidalami amalga oshirish, bozorda xavfli va qalbaki mahsulotlami paydo bo'lishini oldini olish uchun shart-sharoitlami yaratish va ma'muriy aralashuvlar minimal bo'Iishi bilan xavfsizlik darajasini ta'minlaydi, ya'ni siz va bizni bunday mahsulotlardan ehtiyot (himoya) qiladi. Shu o'rinda "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi Qonun qabul qilinmasdan oldin davlat iste'molchilami xavfli mahsulotlardan ehtiyot (himoya) qilmaganmi? - degan savol tug'iladi. Ehtiyot (himoya) qilgan, albatta.

0'zbekiston davlat standartlashtirish tizimi mahsulot, ishlar, xizmatlarning har bir standartida "Xavfsizlik talablari" bo'limi bo‘lishini majbur etgan. Shu tarzda xavfsizlik talablari ko'plab o'n minglab davlatlararo standartlar (ГОСТ), davlat standartlari (0'z DSt), tarmoq standartlari (TSt), korxona standartlari (KSt), texnikaviy shartlar (TSh), sanitar, veterinar-sanitar, fitosanitar, shaharsozlik va ekologik me'yorlar va qoidalarga "singib" ketgan.

Hozirgi sharoitda, "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan globallashish asrida xavf-sizlik talablari 4exnik reglament" deb nomlanadigan bitta me'yoriy huj-jatda to'planadi. Bu borada ikkita turdagi texnik reglamentlar, ya'ni umumiy va maxsus texnik reglamentlar belgilangan. "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'rsida"gi Qonunning qabul qilinishi asosida 0'zbekis-ton Respublikasining "Standartlashtirish to'g'risida"gi Qonuniga hamda boshqa qonun va me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shim-chalar kiritildi. Davlat standartlashtirish tizimi 0'zbekiston milliy standartlashtirish tizimiga isloh qilindi, ya'ni o'zgartirildi. Olti darajali standartlar, texnikaviy shartlar va ikkita tashkiliy-uslubiy hujjatlar o'rni-ga uch darajali standartlar, ya'ni davlatlararo, milliy (davlat), tashkilot standartlari va tavsiyalar kiritildi.



Qabul qilingan "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi Qonun-ning muhimligini anglab, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 0'zbekiston Respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasining taqdim qilgan materiallarini o'rganib, "Standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o'mi" dasturi va ma'ruza kursini ishlab chiqishga va uni bakalavr hamda magistrantlami tayyorlash o'quv rejasiga joriy qilishni tavsiya qilgan.

5

Shu munosabat bilan Toshkent davlat texnika universitetining professor-o'qituvchilari ЮТ-2015-1-31 innovatsion granti doirasida "Standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o'mi" o'quv qo‘llanmasini ishlab chiqishdi. 0'quv qo‘llanma kirish, 6 bob (1-bob - Mahsulot sifati va sifat tizimi, 2-bob -Standartlashtirish asoslari, 3-bob — Davlat, xalqaro va milliy standartlashtirish. Dastlabki islohotlar, 4-bob - Texnik jihatdan tartibga solish asoslari, 5-bob - Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi va 6-bob - Rossiya, Qozog‘iston, AQSH va Yevropa texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining qiyosiy tahlili) dan iborat.



0'quv qo'llanmada texnik jihatdan tartibga solishning asoslari, 0'zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish tizimining tashkil topishi hamda mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga yo'naltirilgan texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining tahliliga katta e'tibor qaratilgan.

0'quv qo'llanma "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish" umumkasbiy fani o'rganiladigan bakalavriat yo'nalishi talabalari va texnik mutaxassisligi magistrantlariga mo'ljallangan bo'lib, u metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish masalalarini o'rga-nuvchi ilmiy xodimlar hamda oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari uchun ham foydalidir.

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish bo'yicha bakalavr va magistrantlami tayyorlash amaliyotida o'quvchilaming e'tiboriga havola qilinayotgan ilk bor ushbu "Standart-lashtirish va texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o'mi" o'quv qo'llanmasi bo'yicha barcha taqdim qilingan taklif va mulohazalar uchun mualliflar minnatdorchilik bildiradilar.


Download 432,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish