Texnika fanning zamonaviy muammolari. Reja



Download 44,47 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2022
Hajmi44,47 Kb.
#394491
  1   2   3   4
Bog'liq
Texnika fanning zamonaviy muammolari.


Texnika fanning zamonaviy muammolari.
Reja:
1. Tabiiy-ilmiy bilish shakllari va metodlari.

2. FTIning jamiyat hayotiga va insonlar dunyoqarashiga ta’siri.

3. Fan-Texnika inqilobining salbiy oqibatlari.


  1. Tabiiy-ilmiy bilish shakllari va metodlari.

Biz Fan-Texnika inqilobi davrida hayot kechirmoqdamiz. Bu tushuncha orqali Fan va Texnikaning hayotimizda naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida shunday bo‘lgan emas. Fan va Texnika kurtaklari qadimda shakllangan, ammo ular bir-biridan ayrim tarzda rivojlanib borganlar. Masalan, qadimiy yunonlar, madaniyatning noyob na’munasini shakllantirish bilan birga tabiatni anglashga xarakat qilganlar, ammo og‘ir ishlarni ular uchun ilmiy taraqqiyot natijasida yaratilgan mashinalar emas, balki qullar bajarganlar.

Faqatgina yangi davrga kelib g‘arb madaniyatida «insonning tabiatga hayoliy munosabati amaliy ahamiyat kasb eta boshladi. Endi ular tabiatni qanday bo‘lsa shunday qabul qilmasdan, uni o‘zgartirish imkoniyatlarini qidira boshladilar. Bu esa tabiiyotshunoslikni Texnikaga aylantirdi. Aniqrog‘i, tabiiyotshunoslik Texnika bilan uyg‘unlashib bir butunlikni hosil qildi» (V. Geyzenberg).

Texnika - atorf-muhitni tabiiy, shuningdek, antropogen jihatdan qayta qurishga (o‘zgartirishga) yo‘naltirilgan urinishlar yig‘indisidir.

Texnika - bu nafaqat mashinalar, balki ob’yektlarga nisbatan matematik vositalarni va turli tajribaviy jarayonlarni qo‘llash asosidagi tartibli yondashuvdir.

V.Ferkis “Texnologik odam. Hayolot va voqelik” nomli kitobida – “Hozirgi zamon fiziologiyasi, ruhshunosligi, evolyusion biologiya hamda antropologiya birgalikda xomo-sapiyens va xomo-faber, ya’ni fikrlovchi hamda o‘zgartiruvchi odamni bir-biridan qat’iy ravishda farqlash chegarasini o‘tkazish mumkin emasligini isbotlaydi” - deya ta’kidlaydi. Ayni paytda, biz, agarda odam o‘sha davrda o‘zgartiruvchi bo‘lmaganida edi, bugungi kunda u fikrlovchi bo‘la olmasligini yaxshi tushunamiz. Odam qurollarni1 yaratdi, biroq shu qurollar insonni qayta yaratdi.

Fan va Texnikaning o‘zaro bog‘liqligi haqida B.Rassel shunday degan edi: “Texnika fandan kelib chiqadi, fan esa texnikaga asoslanadi”. Fan va Texnikaning mazkur bog‘liqligi, ayniqsa uning g‘arb madaniyatiga kuchli bog‘lanishi XX asrning ikkinchi yarmida sayyoramizda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu voqelikni anglash - o‘z nihoyasidan hali juda olis jarayondir.

Shunday qilib, hozirgi zamon fani ikki asosiy funksiyani bajaradi. Bular- nazariy (tanishuv va anglash) va amaliy. Odamlar fanni, tabiat jumboqlarini hamda amaliy muammolarni echish maqsadida rivojlantiradilar. Fanning nazariy funksiyasi, atrof muhitning mavjud aloqadorligini anglashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradi. Fanni nazariy-amaliy talabi va xususiyatlari orqali belgilansa ham mustaqil ahamiyat kasb etadi.



  1. Download 44,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish