Texnika (techne mahorat, sanʼat) moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui



Download 50,5 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi50,5 Kb.
#441159
Bog'liq
1 4908973651677676340


Texnika
Texnika (techne — mahorat, sanʼat) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni oʻzlashtirishga imkon beradi.
"T." termini biror ish (hunar) yoki sanʼatda qoʻllaniladigan usullarni ham bildiradi (mas., toʻquvchilik T.si, etikdoʻzlik T.si, shaxmat oʻyini T.si va boshqalar).
T. vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot i. ch. zaruriyati tugʻilishi bilan yangidanyangi T. yaratiladi. T. tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi. Umuman T. tarixini quyidagi 7 bosqichga boʻlish mumkin: 7— oddiy i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 2 — murakkabroq i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 3 — odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 — manufaktura i. ch. sharoitida mashina T.sining yaratilishi; 5 — ilgʻor mamlakatlarda bugʻ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo boʻlishi; 6 — elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 — avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik T.ning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas., internet)ning rivojlanishi.
T.ning evolyutsiya bosqichi ancha uzoqqa choʻziladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik oʻqyoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar paydo boʻlgan.
Keyinchalik (mil. av. 4 — 3 ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga oʻtildi. Xitoyda mil. av. 2357-yillardayoq temir maʼlum edi. Mustahkam mehnat qurollariga boʻlgan talab poʻlat ishlab chiqarish.ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo boʻldi.
Harbiy T.da oʻq yoydan tashqari poʻlat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk koʻtarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yoʻllarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni oʻrgandilar. Keyinchalik koʻp eshkakli kemalar paydo boʻldi. Toʻqimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik rivojlandi. Yelkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Texnikada gʻildirakli ogʻir va yengil pluglar paydo boʻldi.
15—16-asr asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy dvigatel oʻrnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi (qarang Kon sanoati). Harbiy T.da oʻt ochish kurollari, mashina va mexanizmlar paydo boʻldi.
18-asr oxirida bugʻ mashinasi va toʻqimachilik mashinalarining paydo boʻlishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.
19-asrda bosma mashina, telegraf apparatoʻ, fotografiya, ichki yo’nuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, temir yoʻl transporta rivojlandi va boshqa 20-asrda elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqa taraqqiy etdi. 21-asr boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va boshqalar) rivojlana boshladi.
Qanday vazifani bajarishiga qarab, T. ishlab chiqarish va ishlab chiqarish. da katnashmaydigan T.ga (maishiy xizmat koʻrsatish, i.t., maorif va madaniyat, harbiy, tibbiyot T.siga) ajraladi. Ishlab chiqarish T.siga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yoʻllar, koʻpriklar, kanallar, transport, kommunikatsiya, aloka vositalari va boshqa kiradi. Ishlab chiqarish T.sining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar — metallga ishlov berish, qurilish, togkon, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi., toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz tayyorlash mashinalari va boshqa, transport mashinalari — avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va boshqa, konveyerlar, elevatorlar, kranlar va boshqa, nazoratboshqarish va xisoblash mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqa kiradi. Texnika texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga xizmat qiladigan energetika T.sining axamiyati katta. Harbiy T. (tanklar, artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va boshqalar) aloxida T. vositalari guruhini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish.da qatnashmaydigan T.ga maishiy xizmat koʻrsatish T.si (kir yuvish, oshxona mashinalari va boshqalar); transport T.si (yengil avtomobillar, velosipedlar va boshqalar); sport T.si (poyga mototsikllari va boshqalar) kiradi. Ishlab chiqarish.ning tarmoq strukturasiga qarab (mas., sanoat T.si, transport T.si, q. x. T.si) yoki i. ch. ning aloxida struktura boʻlinmalariga qarab (mas., aviatsiya T.si, melioratsiya T.si), baʼzan T. aloxida tarmoqlarining tabiiyilmiy asosiga qarab (mas., yadro T.si, sovitish T.si, xisoblash T.si va boshqalar)
Muhandis
Muhandis yoki injener, texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis, hamda muhandislik sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi. Ilgari Sharqda binokor, yer oʻlchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, geometriya bilan shugʻullanuvchi kishilar "muhandis" deb atalgan. Bagʻdod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon va boshqa shaharlarda hozirgacha saqlanib qolgan qadimiy bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan murakkab geometrik shakllar, arklar, gumbazlar, qubbalar, jumladan sugʻorish va suv chiqarish inshootlari (koriz, sardoba), charxpalak (chigʻir) muhandislik qadimdan taraqqiy etganligini bildiradi. Xususan, Ashad al-Fargʻoniyning Nil daryosiga qurilgan suv miqdorini oʻlchash inshooti ham muhandislik namunasi hisoblanadi.
Yevropada, dastlab, harbiy mashinalarni boshqargan kishilar injener (Lotincha: ingenium – qobiliyat) deb nomlangan. Bu tushuncha 16-asrda Gollandiyada koʻprik va yoʻl quruvchilarga nisbatan ishlatilgan, soʻngra Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlariga tarkalgan.
Muhandislikning mexanik-muhandis, gidrotexnik-muhandis, kon muhandissi, harbiy muhandis, loyihalovchi muhandis, fizik-muhandis, texnolog-muhandis, quruvchi-muhandis, irrigator-muhandis va boshqa turlari bor. Muhandislar sanoat, transport, qurilish va xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida, i.t. muassasalarida ishlaydi, muhandislik akademiyalarida, oliy texnika bilim yurtlari va boshqa muassasalarda tayyorlanadi. Oʻzbekistonda muhandislar Toshkent texnika universiteti, Toshkent informatsiyalar texnologiyasi universiteti, respublika viloyatlaridagi oliy texnika oʻquv yurtlari, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent kimyotexnologiya instituti, Toshkent davlat aviatsiya instituti, Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi instituti, Toshkent temir yoʻl transport muhandislari instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa muassasalarda tayyorlanadi.[1]
Texnologik Jarayonlar
Har bir ishlab chiqarish "Ish quyilishi" deyiladi maqsadli harakatlar, bir ketma-ketlikda iborat. Har qanday qadam ishlab chiqarish jarayonining bir jarayon yoki operatsiya element deb atash mumkin.
Texnologik jarayon - uni qismi ishlab chiqarish jarayonida bu element yoki buyumning ayrim bosqichi o'zgarishlar va modifikatsiyalash da qaysi yo. mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari, o'z navbatida, faoliyati alohida bosqichlarida bo'linadi mumkin. Odatda, birligi jarayonlar alohida bir ishchi tomonidan ularning ijrosi bilan ifodalanadi ish stansiyasi. Bu birliklar, yoki operatsiyalar mahsulot bosqichma-bosqich ishlab chiqarish va to'liq ishlab chiqarish tsikli izgotovitelny haqida. operatsiyalar o'rtasidagi qismi to'liq ishlab chiqarish jarayonining texnologik qismi bosqichida bo'lgan oraliq atlamaları, o'tadi. bosqichi ishlab chiqarish alohida hatto amaldagi mehnat vositalarini va texnologik tsikli jihozlash vositalarini asosida tanlangan deb hisoblanadi. Ular bir xil bo'lishi kerak. Bu o'lchamlarini boshlang'ich materiallar tuzilishini o'zgartirib ishlov beriladigan har qanday shakli, bir necha qismdan aloqa, ishlov beriladigan material xususiyatlari bo'lishi mumkin.
GOST 3.1109-82 asosida texnologik jarayonlar, bir necha toifaga bo'lish mumkin:

Odatda.
Istiqbolli.


Marshrut.
Operatsion.
Marshrut-faoliyat.
Vaqtinchalik.
Standard.
Dizayn.
Ishchilar.
Birligi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — mashinalashtirilgan i.ch. ni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; i.ch. ni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va b. omillar i.ch. koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. I.ch.a. ning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish bosqichida i.ch. ning alohida ish turlari (suyuklik sathi balandligi, t-ra, bosim va b.) ni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qisman’ av-tomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yagona avtomatik majmua sifatida muayyan dastur boʻyicha boshq-ariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa i.ch. jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli i.ch. sharoitlarida toʻla av-tomatlashtirishdan foydalanish ay-niqsa oʻrinli boʻladi.
Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoi-tvda (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) i.ch. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan i.ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, i.t. institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obʼyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin I.ch.a. ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i.ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch. jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Mac, gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi. Avtooperator agregatlarini jadvalga mos holda ishga tushirib va toʻxtatib turadi. Energotizim dispetcheri telemexanika qurilmasidan foydalanib, GES ni uzoqdan (markaziy pultdan) turib boshqaradi. Oʻzbekistondagi de-yarli hamma GES lar shunday tartibda ishlaydi.
PLC
Dasturiy mantiqiy kontrollerlar (PLC, ПЛК). Kontroller - plata ko’rinishida tayorlangan electron qurilma bo’lib, datchikdan kelgan signallarni qayta ishlab aktuatorlarga boshqarish signallarini chiqaruvchi qurilmadir. Mikrokontrollerlar – bu dastur yordamida boshqariluvchi mikrosxema bo’lib, turli kontrollerlarni yasash uchun ishlatiladi. Odatda kontroller platasi markazida mikrokontroller joylashadi.Uning atrofida esa elektronika elementlari joylashadi. Elektronika elementlarining vazifasi datchiklardan kelayotgan signallar qiymatini mikrokontrollerga moslash hamda mikrokontrollerdan chiqayotgan signallar qiymatini aktuatorga moslashdan iborat. 1995 yili Norvegiyaning “Fan va texnologiyalar” universitetining (Tronheym shaxri) ikki talabasi, Alf Bogen va Vegard Vollenlar RISC yadroli 8 razryadli mikrokontroller g’oyasini AQShning Atmel (Advanced Technology Memory and Logic) kompaniyasiga taklif etdilar. Bu ikki talabaning ismlari AVR arxitekturasiga kiritildi: Alf + Vegard + RISC = AVR
PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller haqida tushunchaga ega bo’lish; qurilmalarni PLC asosida boshqarish va avtomatlashtirish; GX Developer dasturida dasturlar tuzish; MITSUBISHI PLC kontrollerlaridan foydalanish; PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida turli qurilmalarni boshqarish amaliyotiga ega bo’lish hozirki kun tablabidir. Industrial jamiyatning taraqqiyoti har bir ishlab chiqarish jarayonining miqyosan kattaroq, jadalroq va murakkabroq, boshqaruvchi tizimlarning ko’plab shakllarini talab qiluvchi bo’lishiga olib keldi. Shu kunga qadar avtomatizasiya bo’yicha boshqaruvchi tizimlar bog’lanish sxemasiga qarab rele, kontroller, taymer, hisoblagich kabi tegishli elektron tarkibiy qismlar bilan bog’liq edi, bu esa simlarni o’tkazish jarayonidagi qiyinchiliklar, ketma-ketliklarni boshqarish uchun hajm miqdori, shuningdek, simlarni o’tkazishda ishning tezligi singari muammolarni keltirib chiqarardi.
Ma’lumki, DMK(dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar)ni dasturlash uchun xalqaro standartda MEK 61131-3 belgilangan maxsus tillardan foydalaniladi. Ular maxsus mutaxassislar uchun mо‘ljallanmagani uchun foydalanish uchun oson va qulaydir. Ilgari bunday dasturiy ta’minotlardan faqat ishlab chiqaruvchilar foydalana olgan bо‘lsa, hozirgi davrda tijorat mahsuloti turlaridan biriga aylangan. Mikroelektronika sohasida tо‘laqonli raqobatbardosh va bundan tashqari, zamonaviy interfeysga ega dasturiy muhitlarni yaratish oson ish emas. Unga о‘z navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy mablag‘ talab etiladi. Keyingi о‘n yillikda jahon bozorida ixtiyoriy apparat platformasiga mos keluvchi universial jihozlar paydo bо‘ldi. Yevropa bozorlarining asosini 3S-Smart Software Solutions GmbH kompaniyasiga tegishli CoDeSys dasturiy tо‘plami egallagan. 2012-yilga kelib, uni 400 mingdan ortiq kompaniyalar qо‘llagan
Dasturlashtiriladigan mantiqiy nazoratchi nima?
Siz dasturlash mumkin bo'lgan mantiqiy boshqaruv boshqaruvchisi nima deb o'ylaysiz: PLC dasturlash bu dunyoda nima? Ishlab chiqarish dunyosida kompyuterlar bor, keyin esa kompyuterlarni avtomatlashtirish mavjud. Siz kompyuterlar haqida hamma narsani bilasiz deb o'ylashingiz mumkin, ammo siz shunchaki foydalanish yuzasini tirnalganingiz yo'q ... Davomi. Dasturlashtiriladigan mantiqiy boshqaruvchi - bu sanoat kompyuterlarini boshqarish tizimi. An'anaviy kompyuter singari, PLClarda protsessor mavjud. Ammo uning arxitekturasi kirish va chiqishlarni o'zaro bog'lash uchun mo'ljallangan. PLCs I / O qurilmalarini faol ravishda kuzatib boradi, so'ngra chiqish qurilmasining holatini boshqaruvchi dastur mezonlari asosida qarorlar qabul qiladi. Dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar kirish va chiqishlarning notekis joylashishi bilan ishlaydigan kichik qurilmalardan tortib to katta ustunli montajlarga qadar farq qiladi.
scada
"SCADA tizimi" tushunchasi ma'lumotlar to'plash tizimi va operatsion dispetikatura nazorati sifatida rus (nazorat nazorati va ma'lumotlarni olish tizimiga) tarjima qilinadi. Shuni ta'kidlashni istardimki, sarlavhadagi SCADA tizimining ikkita asosiy funktsiyasi mavjud: 1) boshqariladigan texnologik jarayon to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash; 2) To'plangan ma'lumotlar va qoidalar (mezonlar) asosida mas'ul shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan texnologik jarayonni texnologik boshqarish, bu amalga oshirish texnologik jarayonning eng katta samaradorligi va xavfsizligini ta'minlaydi.Zamonaviy Scadaning xarakterli xususiyati - MMI (Inson Mashinasozlik interfeysi) - vizualizatsiya vositalari (grafik interfeysi) past darajadagi avtomatlashtirish orqali operator o'zaro ta'siri interfeysi. SCADA tizimlariga quyidagi asosiy talablarni ajratish mumkin: 1) Ishonchlilik 2) moslashuvchanlik 3) kengayish 4) Ochiqlik 5) yuqori ko'rsatkich 6) ichki va import sensorlariga muvofiqlik 7) ichki va import tashkilotlari bilan moslik 8) ixcham 9) Masofadan boshqarish pulti 10) Rus tilida so'zlashadigan foydalanuvchi interfeysi mavjudligi 11) "moslashuvchan" tsiklik texnologik jarayonlarda, shuningdek TP tarkibida, shuningdek, TP-da mahsulotni o'zgartirishni ta'minlaydigan "moslashuvchan" dan boshqasiga o'tish 12) Real vaqtli ma'lumotlar bazasining mavjudligi 13) Qarab olish qobiliyati (takrorlanish) 14) Arxiv ishi 15) standart sanoat mahalliy va global hisoblash tarmoqlari (LAN va Van) bilan integratsiya
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish