Texnologiyalari ba kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Download 180,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi180,19 Kb.
#553779
  1   2
Bog'liq
1-Mustaqil ishi mavzu Ilmiy maqolaga taqriz yozish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI BA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
 
Fan: 
 
Akademik yozuv
 
 
 
 
 
 
 
Mustaqil ish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Guruh: 060-21 
Bajardi: Keldiyorova Munisa
Tekshirdi:
Xayitbayeva N 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2022 


Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha 
tarixi” asariga taqriz 
Tarix bu o‘tmish voqealarining ketma-ketligi hamda ularning o‘zaro 
bog‘liqligini, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Rivojlangan davlatlar 
darsliklarida bu bog‘liqliklar o‘quvchilarga o‘tiladi. Ammo bizning tarix kitobimiz 
quyidagicha (ko‘pchilikka tushunarli bo‘lishi uchun, asosan “O‘zbekiston tarixi”ni 
nazarda tutyapman) eramizdan avval: To‘maris, Shiroq, yunonlar istilosi, Spitamen; 
eramizdan keyin: turk hoqonligi, arablar kelishi, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar, so‘ng 
mo‘g‘ullar bosqini, Amir Temur davlati, keyin Temuriylar va Shayboniylar ziddiyati, 
xonliklar, shu bilan ruslar istilosiga o‘tib ketamiz. Bu voqealar va shaxslar 
faoliyatining bugungi kunimizga ta’siri haqida nechtamiz bilamiz? Masalan, men 
deyarli bilmayman, ammo bilgim keladi. Aniqrog‘i, biz tarixni voqealar va sanalar 
shaklida bilamiz, ularning rivojlanish qonuniyati, o‘zaro bog‘liqligi va bugunimizga 
ta’sirini bilmaymiz va bilishga urinmaymiz. Keling, savollar qo‘yaylik: barmoqlarimiz 
soni sakkizta bo‘lganda bugun sakkizlik sanoq tizimini qo‘llayotgan bo‘larmidik? 
Turkiston Muxtoriyati saqlanib qolganda bugun qanday davlatda yashayotgan 
bo‘lardik? Shayboniyzodalar shialar bilan urushmaganda bugun e’tiqodda shia 
bo‘larmidik? Chor Rossiyasi va sovetlar o‘lkamizni paxtaga emas za’faron 
yetishtirishga yo‘naltirganda sanoat va infrastrukturamiz qanday holatda bo‘lardi? 
Shunga o‘xshash savollar. Faktlarni to‘plash, ularni tizimlashtirish va sabab-oqibat 
tarozisida o‘lchash hamda qonuniyatlarini aniqlash bu fanning xususiyatidir.


Kitob inson avlodining paydo bo‘lishi, jamoalarga to‘planib yashay boshlashi, 
o‘zaro munosabatlar, kognitiv inqilob (ya’ni inson bilimining oshib ma’lum bosqichga 
yetishi va buning vositasida jamiyatni o‘zgartirishi), agrar inqilob (odamzot ekin 
yetishtirishni o‘rganib o‘zini ta’minlay olgani), o‘zaro xabarlashuv imkoniyati tufayli 
birlashib yashashga intilishi, ilmiy inqilob, kapitalizm va boshqa masalalarga 
to‘xtaladi. Va bu jarayondagi birlamchi sabablarni sharhlashga urinadi. Hararining 
uqtirishicha, inson jamiki mavjudotlar hukmdoriga aylanishiga uning o‘zaro axborot 
almasha olish va birlasha olish qobiliyati sabab bo‘ldi (shu qobiliyat boshqa 
mavjudotda bo‘lganda hozir yer yuzining hukmdori u bo‘lardi). Harari deydiki, 
insonlar birlashgan barcha ijtimoiy tuzilmalar xoh kompaniya, xoh davlat, xoh din, xoh 
siyosiy partiya – barchasi xayolot mahsuliga (ruschada “mif” va “vimisel”, ya’ni 
“to‘qima”, “uydirma”, “ertak” ma’nosida tarjima qilingan. Men ayni so‘zni “xayolot 
mahsuli” deb oldim, chunki bu yerda aynan mif-ertak so‘zi tushmaydi, ma’no ko‘proq 
“g‘oya”, “aqida” so‘ziga tortadi, nazarimda. Shunday bo‘lsa-da, dinni xayolot mahsuli 
deb atash islomiy aqidamizga zidligini eslatib o‘taman, e’tibor berish kerak 
nuqtalaridan biri shudir) ishonish oqibatida yuzaga keladi. 


Kitob garchi ilmiy bo‘lsa-da, sodda uslubda yozilgan. Hatto, rus yoki ingliz tilini 
yangi o‘rgangan o‘quvchi ham qiynalmasdan tushunadi. Muallif muayyan voqelikni 
ravshanroq tushuntirish uchun badiiylikka yaqin tasvirlardan foydalanadi, 
sarlavhalarni qiziqarli tanlaydi: “Odam va Havoning bir kuni”, “Pejo afsonasi, “Ruhlar 
bilan muloqot”, “Urushmi tinchlik?” va hokazo. 
Marksizmdan ma’lumki, Karl Marks kishilik jamiyatini beshta ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyaga bo‘ladi. Bunday tasnifga u iqtisodchi sifatida ishlab chiqarish vositalariga 
egalik nuqtai nazaridan yondashadi. Harari “aql-idrokli odam” (Xomo Sapiyens) 
tarixini to‘rt davrga bo‘ladi: kognitiv inqilob (taxminan eramizdan avvalgi 70-12 ming 
yillar oralig‘i, bu davrda odamzod tasavvuri rivojlanib aqlini tanigan), qishloq xo‘jaligi 
inqilobi (taxminan er.av 12 asrdan to eramizgacha, bu davrda qishloq xo‘jaligi 
rivojlandi), insoniyatning siyosiy tashkilot va imperiyalarga birlashuvi (taxminan 
eramizdan to 1500 yillargacha) va ilmiy inqilob davri (1500 yildan hozirgacha ilm-fan 
taraqqiy topish davri). Harari insoniyat tarixini bo‘laklarga ajratishda iqtisod emas
tabiiy fanlar, xususan, biologiya nuqtai nazaridan yondashadi, ya’ni odamni bir 
biologik tur deb qaraydi. 
Harari o‘zaro bir-birini tanib munosabat o‘rnatib guruhga uyusha oladigan 
odamlar soni uzog‘i bilan 150 nafarga yaqin deydi. Guruhda odamlar soni 150 nafardan 
ortsa, boshqarish murakkablashadi, yetakchi ularni adashtira boshlaydi. Xo‘sh, 
shunday ekan, odamlar ming, mln kishilik birlashmalarga qanday uyushadi? Chunki 
ularni o‘zaro bir “xayolot mahsuli”ga ishonch birlashtiradi, deydi u. Bir-birini mutlaqo 
tanimaydigan ikki serb o‘zaro gaplashib ketishi mumkin, chunki ular serb xalqi, serb 
mamlakati va bayrog‘i borligiga shubha qilmaydi. Googlening ikki xodimi tanish 
bo‘lmasa-da, birgalikda samarali ishlaydi, chunki ular Google nomli kompaniya 
borligiga, uning aksiyalari va pullari mavjudligiga ishonadi. Ko‘rib turganingizdek, 
barchasini odamzot o‘ylab topgan xayolot mahsuliga ishonch birlashtiradi. 
Kitobda nazariyalarga ko‘p erk berilgani uchun ishonchsiz tuyuluvchi joylari ham 
uchraydi. Muallif ba’zan o‘zidan avvalgi olimlarning fikrlariga “barchasi ertak” deb 
bepisand yondashadi. Ayniqsa, insonning odamsimon maymundan kelib chiqishi 
da’vosi insoniyat Odam Atodan tarqagan deb ishonuvchilarga yoqmasligi tabiiy. 
Ammo musulmon olimlar orasida Odam Ato birinchi jismoniy odam emas, undan 
avval ham odamlar bo‘lganligi, Odam Ato esa birinchi payg‘ambar va Yaratganning 
elchisi sifatida tanlanganligini aytuvchilar ham borligini (Rossiya Islom qo‘mitasi raisi 
Haydar Jamolning fikrini 
ko‘ring
) unutmasligimiz kerak. Bu haqda turk tafsirchi olimi 
Mehmet Okuyanning ham qiziqarli fikrlari bor. 


Mening

Download 180,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish