Texnologiyasi


Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining umumiy o’qitish metodikasi



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining umumiy o’qitish metodikasi. 
O’zbekistonda  iqtisodiy  islohotlar  jarayonlari  tezkor  rivojlanish  dinamikasi 
ta`lim tizimi oldida ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qaror 
qabul qila oladigan va texnik texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli, malakali 
mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo’yadi. 
Shuningdek,  oliy  ta`lim  tizimi  oldida  turgan  dolzarb  vazifalardan  biri 
o’qitishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  yutuqlaridan  keng  foydalanish, 
ta`lim  jarayonining  shaxsga  yo’naltirilgan  o’qitish  texnologiyalari  asosida  tashkil 
etilishini  ta`minlash  hamda  rivojlangan  davlatlarning  kasbiy  ta`lim  tajribalarini 
mamlakatimiz ta`lim tizimiga tadbiq etish hisoblanadi. 



 
 Bugungi  kunda  o’qituvchi  faqat  bilim  berish  va  amaliy  ko’nikmani 
shakllantirish bilan chegaralanmasdan o’quvchilarni mustaqil bilim  olish, izlanish 
va qarorlar qabul qilishga o’rgatishi kerak. 
Shuning  uchun  pedagog  turli  zamonaviy  o’qitish  metodlaridan  foydalanib 
o’quvchilarni bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir. 
O’qitish metodini tanlashda quyidagilar asos bo’ladi: 

 
Dars mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari. 

 
Bayon etiladigan o’quv materialining tavsifi. 

 
Talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi. 

 
O’quv jarayonining mazkur bosqichida o’rganilayotgan fan metodlari. 

 
O’quv muassasasida o’qitish sharoitlari va moddiy-texnik ta`minlanganligi. 

 
O’qituvchining  pedagogik  mahorati,  uning  darsga  tayyorgarligi  va  o’quv 
jarayonini  tashkil  etishi  darajasi,  dars  berishning  zamonaviy  metod  va 
texnologiyalarini bilishi.  
 Beton  uchun  ishlatiladigan  to‘ldiruvchilarning  turlari  ko’pligi,  ularning 
xossalari  va  ishlatish  xususiyatlarini  o’rganishda  bir  qator  muammolarni  keltirib 
chiqaradi.  Biroq  ularning  umumiyligi  materiallarning  xossalarini  material  tarkib 
topgan moddalarning tuzilish xususiyatlariga bog’liqligidadir. Shuning uchun fanni 
o’rganishda,  birinchi      navbatda,  materialning  xossalari,  tarkibi  va  tuzilishidagi 
bog’liqligiga  jiddiy  e`tibor  qaratish  lozim.  G‘ovakli  to‘ldiruvchilar  xomashyoga 
turli  usullarda  ishlov  berish  natijasida  turli  tuzilishdagi  va  turli  xossalarga  ega 
materiallar  olinadi.  Bu  vaziyatda,  fanni  o’rganish  jarayonida,  ushbu  ishlab 
chiqarish  va  ishlov  berish  usullarini  shunday  o’rganish  kerakki,  ularning  material 
tuzilishi  va  xossasiga    ta`sir  etishini  baholash  imkoni  bo’lsin.  Materiallarning 
xossalarini,  uning  tarkibi  va  tuzilishiga  bog’liqligini  va  asosiy  texnologik 
jarayonlarini chuqur o’rganish natijasida  talaba materiallar sifatini to’g’ri baholay 
olishi va ulardan qurilishda samarali foydalanish sohalarini aniqlay olishi kerak. 
Beton  to‘ldiruvchilar  texnologiyasi    fanini  o’qitishda  birinchi  navbatda 
to‘ldiruvchilarning betonlar uchun ahamiyati, ajdodlarimizning boy  me`morchilik 



 
merosi  va  undan  faxrlanish  to’yg’usi,  O’zbekistonda  to‘ldiruvchilar  ishlab 
chiqarish  tarixi  va  istiqboli,  fanning  vazifasi,  uning  o’rganishda  interfaol 
strategiyalardan  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish,  mustaqil  ish  bajarish 
va  uni  baholash  mezonlari  haqida  tushuncha  berish  lozim.  Shuningdek,  fanni 
o’rganish  jarayonida  uning  tarbiyaviy  ahamiyatiga  ham  e`tibor  qaratish  lozim. 
Buning  uchun  qurilish  sanoatidagi  ulkan  yutuqlar,  ishlab  chiqarish  rivoji,  bu 
sohada  olimlarimiz  olib  borayotgan  izlanishlari,  qurilish  materiallari  sohasidagi 
chet el tajribasi, fan va texnika rivoji haqida misollar keltirish kerak. 
Ma`ruzalarda  fanning  murakkab  masalalari  bo’yicha  tushunchalar  berish    va 
tavsiya etiladigan adabiyotlar bilan ishlash bo’yicha maslahatlar berish lozim.  
Ma`ruzalar  tashkil  etishda  axborot  texnologiyalaridan  keng  foydalanish 
tavsiya  etiladi.  Ma`ruzalar  o’tishda    interfaol  metodlar  (kichik  guruhlarga 
uyushtirish, klaster tuzish,  “aqliy hujum”, insert jadvali, sinkveyn, davra suhbati, 
bahs-munozara,  muammoli  vaziyat,  loyiha,  yo’naltiruvchi  matn  va  b.)  dan 
foydalanish  ta`lim  oluvchilarni  faollashtiruvchi  va  mustaqil  fikrlashga  undovchi 
imkoniyatlarni yaratadi.   
Nazariy  o’quv  materialini  kichik-kichik  bo’laklarga  bo’lib  har  20  daqiqa 
davomida turli ta`lim metodlaridan foydalanib uzatish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ta`lim metodlaridan bunday uyg’unlikda va ketma-ketlikda foydalanish natijasida 
nafaqat  ta`lim  oluvchilarning  diqqatini  jalb  etish  darajasini  oshirish,  balki  ta`lim 
samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin.  Ma`ruza so’nggida, albatta, 3-4 
daqiqali  vaqtni  talabalar  bilimini  tekshirishga  ajratish  lozim.  Talabalar  bilimini 
o’tilgan  mavzu  bo’yicha  testlar,  nazorat  savollari,  tarqatma  materiallar,  mavzu 
bo’yicha ESSE yozish va sh.k. orqali baholash mumkin.  
Oliy  o‘quv  yurti  talablaridan  kelib  chiqib,  fanni  amaliy    (tajribalarda, 
ustaxonalarda,  ekskursiyalarda,  seminarlarda)  mashg’ulotlarda    o’rganishga 
alohida  e`tibor  qaratmoq  lozim.  Bu  mashg’ulotlarda  nazariy  darslarda  va  tavsiya 
etilgan 
adabiyotlar 
asosida 
mustaqil 
ish 
bajarishda 
olingan 
bilimlar 
mustahkamlanadi. 



 
Amaliy  mashg’ulotlarda  beton  to‘ldiruvchilarni  samarali  ishlatish 
masalalarini  yechish  metodlari  bo’yicha      ko’nikma  va  mahorat  shakllanadi  va 
rivojlanadi.  Shuningdek,  mashg’ulotlarda  turli  masalalarni  yechish  bo’yicha 
mustaqil  yechim  qabul  qilish,  mavzu  bo’yicha  mustaqil  fikr  yuritish,  o’z  fikrini 
erkin  bayon  etish, kompetentlik    kabi  fazilatlar  shakllanadi.  Masala  va  misollarni 
shunday  tanlash  kerakki,    ularda  minimal  hisob-grafik  ishlari  bajarilib,  metod 
g’oyasini  aks  ettirsin.  Amaliy  mashg’ulotlarda  o’quvchilar  me`yoriy    (davlat 
standartlari,  qurilish  me`yorlari  va  qoidalari  va  b)  hujjatlardan,  ko’rgazmali 
vositalar  (tarqatma  material,  maketlar,  plakatlar,  namunalar  va  sh.k.)  dan  keng 
foydalansinlar.  Amaliy  dars  boshlanishidan  oldin  pedagog  o’quvchilarning 
tayyorgarlik  darajasini  tekshiradi  (nazorat  savollarini  beradi,  uy  vazifalarining 
bajarilishini  tekshiradi,  aniqlangan  kamchiliklarni  bartaraf  etish  yo’llarini 
ko’rsatadi). 
Fan bo’yicha o’tkaziladigan tajriba ishlariga alohida e`tibor qaratmoq lozim.  
Tajriba mashg’ulotlarida talabalar nazariyani amaliyot bilan bog’lash imkoniyatiga 
ega  bo’ladilar,  ilmiy-tekshirish  ishlarini  o’tkazish  malakasini  oladilar, 
eksperimental  apparatura  bilan  ishlash  malakasini  egallaydilar,  kuzatuvchanlik, 
aniqlik  kabi  xislatlari  rivojlanadi.  Tajriba  ishlarini  tashkil  etishda  talabalarning 
mustaqil  ishlashlariga  e`tibor  berish  lozim.  Ular  tajriba  ishlarini  bajarish  rejalari 
bilan  tanish  bo’lishlari  va  albatta  shu  rejada  ko’rsatilgan  adabiyotlarga  asosan  
unga tayyorgarlik ko’rishlari lozim. Tajriba ishlari samaradorligini oshirish uchun 
har  bir  ishga  metodik  ko’rsatmalar  tayyorlash  va  unda  ish  bajarish  uchun  zarur 
bo’lgan  materiallar  va  asbob-uskunalar,    qisqacha  ish  bajarish  tartibi,  asbob-
uskunalar  sxemalari  va  rasmlari  va  sh.k.  bayon  etilishi  va  bajarilgan  ishlar 
natijalarini  kiritish  uchun  ishchi  daftar  (metodika  ta`rifi,  hisob  usullari,  xulosalar 
va b.) yuritilishi tavsiya etiladi.  
Har  bir  tajriba  ishni  bajarishdan  oldin  pedagog  o’quvchilarni  nazariy 
tayyorgarlik  darajasini  tekshiradi,  ishni  bajarish  metodikasini  aniqlashtiradi, 
so’ngra    ishning  bajarilishini  nazorat  qiladi,  maslahatlar  beradi  va  har  bir 
o’quvchining ishini baholaydi.   


10 
 
 Beton  to‘ldiruvchilar  texnologiyasi  fanini  o’zlashtirishda  ilg’or  qurilish 
ob`ektlari  va  to‘ldiruvchilar  ishlab  chiqarish  korxonalariga  ekskursiyalar  tashkil 
etish  katta  ahamiyatga  ega.  Ekskursiya  jarayonida  talabalar  to‘ldiruvchilar  ishlab 
chiqarish  texnologiyalari  va  ularni  real  ob`ektlarda  betonlar  uchun  qo’llash,  sifat 
nazorati,  mehnat  muhofazasi  bilan  tanishadilar.  Har  bir  ekskursiyadan  oldin 
o’qituvchi  talabalarni  ekskursiya  ob`ekti  bilan  tanishtiradi  va  undan  ko’zlangan 
maqsadni  tushuntiradi.  Ekskursiya  o’tkazilgandan  so’ng  o’quvchilar  o’rtasida 
so’rovnoma o’tkazadi, hisobotlarini tahlil etadi va savollarga javob beradi. 
Beton  to‘ldiruvchilar  texnologiyasi  fanini  o’zlashtirish  jarayonida  talabalar 
turli  to‘ldiruvchilar  bilan  tanishadilar,  ularning  xomashyosi,  ishlab  chiqarish 
texnologiyasi,  xossalari,  qo’llash  sohalarini  o’rganadilar.  Bu  ish  talabalardan 
ko’plab ma`lumotlarni eslab qolishlarini talab etadi. Amaliyotdagi oddiy qoida shu 
xaqda  guvohlik  beradiki,  yangi  bilimlar  berishni  nazariy  darsning  20  daqiqasida 
amalga  oshirish,  keyin  esa  bahs-munozara,,  kichik  guruhlarda  ishlash  va  boshqa 
shu  kabi  interfaol  metodlarni  amalga  oshirib,  ta`lim  oluvchilarning  bilimlarini 
mustahkamlash  mumkin.  Shuningdek,  mashg’ulotlarda  o’qitishning  texnik 
vositalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. 
Talabalarning  mustaqil  ishlarni  bajarishlarini    (kurs  ishi  va  b.)    muntazam 
nazorat  qilish  ularning    fanni  o’zlashtirishlarini  muhim  metodik  elementidir. 
Nazoratning  so’ngi  bosqichi  yakuniy  nazoratdir.  Pedagoglar  yakuniy  nazorat 
qanday  tartibda  o’tkazilishi  (og’zaki  yoki  yozma),  savolnomalarni  oldindan 
ma`lum qilish tavsiya etiladi. 
  
 
 
 
 


11 
 
 
 To’ldiruvchilar  –  bu  ma’lum  zarrachalar  tarkibiga  ega  tabiiy  yoki  sun’iy 
materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton xosil 
qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % ni 
tashkil  qiladi,  shuning  uchun  ularni  o’rganish,  to’ldiruvchilarni  to’g‘ri  tanlash, 
ularni me’ërida ishlab chiqarish va qo‘llash xalk xo’jaligida katta ahamiyatga ega. 
Betonning  asosiy  bog‘lovchi  faol  qismi  bu  -  sement.  Bog‘lovchi  suv  bilan 
aralashib xamir xosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o’tishi va betonga 
aylanish xususiyati ega.  

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish