The economy of enterprise



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/240
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#86037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Responsible editor: candidate of economic science, dotsent A. Xaitov 
 
References:  
doctor of economic science, prof. M.L.Tursunhodjayev; 
           
 
candidate of economic science, prof. A.Artikov; 
           
 
candidate of economic science, dotsent A.Egamberdiev  
 
Experts:          doctor of economic science, prof. B.T. Salimov 
candidate of economic science, dotsent R. Khakimov 
 



 
KIRISH 
 
Fanni 
o’rganishning 
dolzarbligi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
davlat 
mustaqilligiga  erishgach,  mamlakat  hayotida  ishlab  chiqarish  kuchlarini  yanada 
rivojlantirish,  fan-texnika  taraqqiyotini  (FTT)  jadallashtirish,  aholining  turmush 
tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berdi va ro’y 
bermoqda.  Bunga  iqtisodiyotga  kiritilgan  yangi  investitsiyalar  va  mavjud  moddiy-
texnika  asosini  modernizatsiya  qilishdan  tashqari  boshqaruvning  demokratik 
tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish 
tuzilmalarining  xo’jalik  faoliyati  bilan  bog’liq  mustaqillik  doirasini  kengaytirish, 
siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha 
va  tarmoqlarida  tashabbuskorlik,  izlanish  va  hokazolarning  rivojlanishi  ham  keng 
imkoniyatlar yaratmoqda. 
Mustaqillik  hamda  barcha  xo’jalik  yuritish  tizimining  bozor  munosabatlariga 
o’tishi  iqtisodiyotning  asosiy  bo’g’ini  hisoblanuvchi  korxona  maqomining  sezilarli 
ravishda  o’zgarishiga  sabab  bo’ldi.  Korxonalar  endilikda  davlatga  tegishli  bo’lgan 
paytlardagidan  farqli  o’laroq  mahsulot  ishlab  chiqarish  bo’yicha  faoliyatlarini 
direktiva  ko’rsatkichlari  asosida  emas,  balki  O’zbekiston  Respublikasi  “Korxonalar 
to’g’risida”gi, “Xususiy korxonalar to’g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan 
mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o’zlariga kerak bo’lgan ishchi va xodimlar sonini 
mustaqil  belgilamoqda,  ishlab  chiqarish  texnikasi  va  texnologiyasi,  tejamkorlik 
rejimiga  rioya  qilish  masalalari  bilan  shug’ullanmoqda,  zamonaviy  marketing  va 
menedjmentni 
yo’lga 
qo’ymoqdalar 
hamda 
joriy 
ishlab 
chiqarishni 
rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar.  
Shu kabi masalalar “Korxona iqtisodiyoti” kursining mazmunini tashkil qilib, 
ularni o’rganish iqtisodchilar (mutaxassisliklari va bo’lajak ish joylaridan qat’inazar) 
tayyorlovchi ko’plab oliy o’quv  yurtlarining o’quv rejalarida ko’zda tutilgan. Ushbu 
kurs  bo’yicha  bir  qancha  darsliklar  chop  etilgan  (ayniqsa  Rossiyada)  bo’lib,  ular 
barcha o’quvchilar, birinchi navbatda, iqtisodchilar uchun juda qiziqarli va foydalidir. 
Mazkur  o’quv  qo’llanmasi  ushbu  kurs  bo’yicha  mavjud  bo’lgan  boshqa 
darsliklarni almashtirishni talab qilmaydi. U birinchidan, Toshkent davlat iqtisodiyot 
universiteti  talabalariga  mo’ljallangan  kurs  dasturiga  asosan  yanada  ixchamroq 
tayyorlangan,  ikkinchidan,  unda  kelitirilgan,  ayniqsa,  amaliy  qismdagi  ma’lumotlar 
O’zbekiston  Respublikasi  korxonalari  faoliyatida  yuzaga  keluvchi  iqtisodiy  holatlar 
bilan  bog’liq,  uchinchidan  esa,  u  yoki  bu  muammoni  topish  va  hal  qilishda  muallif 
nuqtai nazarini aks ettiradi. 
Mazkur  qo’llanmaga  “Korxona  iqtisodiyoti”  fani  bo’yicha  avval  chop  etilib, 
mazkur  fan  o’qituvchilari  va  talabalar  hamda  korxonalar  faoliyatining  iqtisodiy 
muammolari  bilan  qiziquvchilar  o’rtasida  yaxshi  baholangan  ma’ruza  matnlari  asos 
qilib  olingan. Shu  bilan  birga  qo’llanmaga  fanning  u  yoki  bu  masalalariga  yangicha 
yondashilib,  yangi  bo’limlar  va  qo’shimchalar  kiritilgan,  statistik,  amaliy  va  boshqa 
axborot ma’lumotlari yangilangan. 
Biroq  bu  ma’lumotlar  ham  vaqt  o’tishi  bilan  eskiradi,  chunki  dunyo  doimo 
o’zgarishda  bo’ladi:  hayot  ham,  ishlab  chiqarish  sohasidagi  hamda  kishilarning 
 



o’zaro  munosabatlari  ham  o’zgarib  boradi.  Bunday  sharoitlarda  korxonalarning 
yashovchanligi  yoki  aniqroq  aytganda  barqarorligi  ko’p  jihatdan  iqtisodiy 
faoliyatning  holatiga,  ya’ni  ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  va  tashkil  etish  usullari, 
mehnatni  tashkillashtirish  va  unga  haq  to’lash  me’yorlariga  rioya  qilish,  bozor 
talablariga  o’z  vaqtida  javob  berish,  texnik  va  investitsion  qaror  qabul  qilishda 
yanglishmaslik va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishda bu masalalarni hal 
etish  nechog’lik  to’g’ri  va  samarali  amalga  oshirilishiga  korxona  va  uning  har  bir 
xodimi hamda butun davlatning ravnaqi va gullab-yashnashi ham bog’liq bo’ladi. 
Mazkur o’quv qo’llanmaning maqsadi - talabalarga barcha iqtisodiy masalalar 
echimini topish, kelajakda iqtisodiy bilimlar olish uchun o’ziga xos poydevor bo’lib 
xizmat  qiluvchi  zamonaviy  korxonalar  iqtisodiyoti  asoslarini  o’rganishga 
ko’maklashishdir. 
Davr  ta’lim  sohasida  yangi  pedagogik  texnologiyalardan,  o’qitishning  faol  va 
interfaol  usullaridan  keng  foydalanishni  zarurat  qilib  qo’ymoqda.  Ta’limning  asosiy 
maqsadlaridan  biri  ham talabalarning  haqiqatda chuqur  nazariy  va  amaliy  bilimlarni 
egallashlarini  ta’minlashdir.  Bu  esa  davlat  ta’lim  standartlarida  belgilangan 
vazifalarni  to’liq  va  sifatli  bajarilishiga  zamin  yaratadi.  Iqtisodiy  fanlarni  o’qitishda 
ham  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  qo’llash  an’anaga  aylanib  bormoqda,  ushbu 
fan  doirasida  yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  bo’yicha  ko’rsatma 
ham  keltirib  o’tilgan  (1-ilova).  O’qitishning  bunday  interfaol  usullari  nafaqat 
o’qituvchidan,  balki  talabalardan  ham  bunday  usullarni  tushunishni  va  bu  sohadagi 
adabiyotlarni o’rganishni talab qiladi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish