Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Ekspertiza
– bu ilmiy amaliy tekshiruv usuli bo’lib, uning maqsadi o’zining 
oldiga qo’yilgan qandaydir aniq savolga javob berishdan iboratdir. Bunday 
tekshiruv o’tkazuvchi va xulosa beruvchi mutaxassisga ekspert deyiladi. 
«Sud ekspertizasi» atamasiga ekspertizaning har xil turlari kirib, bular 
trassologik, ballistik, harflarni aniqlovchi, yong’in-texnik, sud-tovarshunosligi, 
sud-buxgalteriya, sud-tibbiyoti, sud-psixiatriya ekspertizalari va boshqalar 
hisoblanadi.
Sud tibbiyotida har xil tekshiruv usullari qo’llaniladi. Ularning ko’pchiligi 
sud tibbiyoti uchun muhimdir. Masalan, dog’da qon borligini aniqlashning 
guruhlarga, turlarga aloqadorligini aniqlash, o’q otar qurollari bilan jarohatlanishda 
murdalarda kirish va chiqish teshiklarining diagnostikasi, qaysi masofadan 
otilganlikni aniqlashda va boshqalarda alohida ahamiyatga egadir.
Boshqa hollarda, sud tibbiyoti fani alohida tibbiyot fanlari qatorida ayrim 
tibbiyot sohalari usullari (gistologik, mikrobiologik, bioximik, rentgenologik va 
b.q) dan ham foydalanadi.
Hozirgi davrda sud tibbiyoti laboratoriyalarida tibbiy-kriminalistika 
4


tekshiruv usullari ham keng qo’llanilmoqda. Bu usullar jarohatlangan ob’ektdagi 
jarohatlovchi asbobning turi, o’limning vaqti, jarohatlar mexanizmi, noma’lum 
shaxs murdasining shaxsini hamda jarohatlanishning tiriklik belgilarini aniqlashda 
keng qo’llaniladi.
Bundan tashqari, sud tibbiyotida ayrim jarohatlanishlarni tajribada modelini 
chakirish usuli ham keng tarqalgan bo’lib bunda shubhalaniluvchi qurolni turini 
aniqlashda foydalaniladi. Buning uchun murdalarga, eksperimental hayvonlarga 
jarohatlanish etkaziladi. Bunday hollarda, albatta, tirik shaxsning guvohligi talab 
qilinadi va tajribalar tergovchining qaroriga binoan o’tkaziladi.
Sud tibbiyoti fani va sud tibbiyoti ekspertizasi tibbiyotga aloqador va 
aloqador bo’lmagan fanlar bilan chambarchas bog’langandir.
Tibbiyotga aloqador fanlardan patologik anatomiya, patologik fiziologiya, 
xirurgiya, travmatologiya, terapiya, akusherlik va ginekologiya va boshqalar bilan 
aloqador bo’lsa, tibbiyotga aloqador bo’lmagan fanlarga – sud kriminalistikasi, sud 
ximiyasi, jinoiy va fuqarolik huquqi, jinoiy va fuqarolik jarayonlari kiradi.
Normal anatomiya va rentgenoligik anatomiyalar noma’lum odamlar 
shaxsini va yoshini aniqlashda, murdalarni tekshirish, suyaklar yoki suyak 
qoldiqlarini o’rganishda keng qo’llaniladi.
Patologik anatomiya fani to’satdan o’limning xususiyatlarini tekshirishda 
muhim ahamiyatga ega bo’lsa, normal yoki patologik fiziologiya esa sud-tibbiyoti 
ob’ekti hisoblangan tirik odam organizmida sodir bo’ladigan jarohatlanishlar va 
kasalliklarni ekspert tahlilida hamda ayrim faktor va sharoitlardagi o’limning 
vujudga kelishi mexanizmlarini o’rganishdagi o’rni muhimdir.
Travmatologiya fani jarohatlanish tashxisini aniqlashda, jarohatning yuzaga 
kelish sharoitlari va isbotlash mexanizmi, shuningdek jarohatlanish sababi 
manba’sini – jarohatlovchi asbobni yoki qurolni turini belgilashga oid 
ma’lumotlarni o’rganishda sud tibbiyoti ekspertizasiga ko’maklashadi.
Sud toksikologiyasi esa kasalliklar va zaharlanishlarni solishtirma tashxisi, 
ekspert tahlili asosida zaharlarnish bor yoki yo’qligini bilishda, o’limning sodir 
bo’lish holati, klinik belgilari, jabrlanuvchi yoki murdalarni sud tibbiyoti usulida 
5


tekshiruv natijalari, sud-kimyoviy, fizik, mikroskopik, mikrobiologik va boshqa 
laboratoriya tekshiruv xulosalarini o’rganish orqali sud tibbiyotiga yordamlashadi.
Akusherlik va ginekologiya fanlari sud tibbiyoti ekspertizasiga bahsli jinsiy 
holatlar va jinsiy jinoyatga oid ekspertiza o’tkazishda ko’maklashadi.
Sog’liqni saqlash tashkilotlari tibbiyot xodimlari kasb huquqbuzarliklari 
ekspertizasida muhim o’rin egallaydi.
Mamlakatimizda sud tibbiyoti fani qonunni himoya qiluvchi organlar 
faoliyatiga yaqindan yordam berish bilan birgalikda sog’liqni saqlash organlari 
faoliyatida hamda davolash profilaktik ishlarni sifatini yaxshilashda ham alohida 
ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining maxsus buyrug’ida 
sud-tibbiyoti ekspertizasi xodimlariga quyidagi talablar amalga oshirilishi 
ko’rsatilgan:
1)
sud-tibbiyoti voqealarini kliniko-anatomik konferentsiyasida doimiy 
ravishda muhokama qilish va klinik hamda patologoanatomik tashxisni 
bir-biriga to’g’ri kelmagan hollarda hamda tibbiy yordam ko’rsatishda 
yo’l qo’yilgan kamchiliklar haqida davolash muassasasi rahbarini o’z 
vaqtida habardor qilish;
2)
to’satdan o’lim, transportdan jarohatlanish, turmush va sanoatda 
zaharlanishlarni oldini olish chora-tadbirlarini ko’rish, shuningdek 
davolash yordami ko’rsatishdagi kamchiliklarni aniqlash to’g’risida 
tavsiyalar ishlab chiqish.
6



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish