Tijorat banklari foiz siyosati va hisobi Reja: Kirish Tijorat banklari baho siyosati


Kredit riskini baholash va boshqarish bo’yicha xorij tajribasi



Download 1,23 Mb.
bet3/7
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#700851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5215291861689703444

2.Kredit riskini baholash va boshqarish bo’yicha xorij tajribasi
Kredit riskini baholash va boshqarish bo’yicha xorij tajribasi Barcha rivojlangan davlatlarda bank tizimi iqtisodiyotning boshqa tizimlariga qaraganda eng qattiq nazorat qilinadigan obyekti hisoblanadi. Bank faoliyati “pul savdosi” bilan shug‘ullanuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatiga nisbatan ko‘proq umumiy xususiyat kasb etadi. Banklar mijozlar, tashkilotlar, sanoat va tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning himoyasini o‘z zimmalariga oladilar va o‘z qarzdorlarining to‘lov qobiliyatini kuzatib boradilar. Kreditlarni o‘z vaqtida qaytara olmagan qarzdorlar bank talabi bilan o‘z korxonalarini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladilar. Nazoratning asosiy maqsadi omonatchilar manfaatini himoya qilishdir. Shu maqsadda nazorat organlari bankni bilar bilmas boshqarish oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirishga harakat qiladilar. Nazorat organlari bankni boshqarishning operativ faoliyatiga aralashmaydilar. Kuzatuv qoidasi hech bir nazorat organiga mablag‘lar jalb qilish va taqsimlash siyosatiga tegishli yo‘riqnomalar chiqarishga ruxsat bermaydi. Kuzatuv organlari bank tizimining mijozlar ruhiy reaksiyasiga juda ta’sirchanligini doimo e’tiborga oladilar. Chunki bir bankning inqirozi bo‘lishi detonator sifatida namoyon bo‘lib, butun tizimga tarqalib ketishi mumkin. Shuni e’tiborga olib, nazorat organi darhol jarima yoki dissiplina sanksiyalarini qo‘llashdan ko‘ra, hamma daxldor tomonlarni (kreditorlar, qarzdorlar, xizmatchilar, aksionerlar) qutqarib qolishga mo‘ljallangan kelishuvga asosan yechimlar qidirishni ko‘pincha tanlaydi. Masalan, banklarni yaqinlashtirish, aksiyalar sotib olish, boshqa bank tomonidan vaqtinchalik moliyaviy yordam olishga harakat qilinadi. Risklar strategiyasini tijorat banklari faoliyatini kuzatish va umumdavlat miqyosida nazorat qilishdan ajratib bo‘lmaydi. Bank faoliyatining dunyo tajribasi bank kuzatuvi va boshqaruvchi bilan bog‘liq savollarning ahamiyatini tushuntirib beradi. Boshqaruv standartlarini koordinatsiyasi bo‘yicha maxsus uchrashuvlar va 60 muzokoralar o‘tkaziladi. Shu o‘rinda xalqaro hisob-kitoblar banki bilan ishlaydigan bank nazoratchilarining Bazel uchrashuvini aytib o‘tish mumkin.
Bank passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz bo‘sh pul mablag‘larini vaqtincha omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda. Foizlarning o‘tkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash usulidan foydalaniladi.
Xozirgi vaqtda foizlarni to‘lash manbasi kredit qo‘yilmalarining yo‘nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarhiga qo‘shiladi, uzoq muddatli va muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi.
Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi hisoblanadi.
Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablag‘lar xajmiga nisbatan ifodalaydi.
Ssuda kapitalining tannarxi quyidagi formula orqali hsioblanadi: Bank xarajatlari 2 ta asosiy elementlardan tarkib topadi:

  • Resurslarni shakllantirish bo‘yicha xarajatlar;

  • Bank faoliyatini ta’minlovchi xarajatlar.

Iqtisodiyotda kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, eng avvalo, unga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash muhimdir. Chunki har qanday mahsulot va xizmatlar bahosi ma`lum bir omillar ta`sirida shakllanadi. Tadqiqot ishida kredit bahosiga ta`sir qiluvchi omillarni ikki guruhga bo`lib o`rgandik. Bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, unga ta`sir qiluvchi omillarni bilish kerak bo`ladi.
Tijorat banklarida kredit bahosini kredit riskini hisobga olgan holda shakllantirish kerak. Kredit bahosi shakllanishida risk darajasi yuqori bo`lgan sohalar, tarmoqlardagi muammoli kreditlarning ulushi, kutilayotgan foyda darajasi, bir tarmoqdagi kreditlar salmog`i kabi ko`rsatkichlarni hisobga olish zarur.
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo’limi hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o’z ichiga oladi:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi;

  • kredit resurslari (o’z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari;

Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi.
Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida joy- lashtirilganlik holati.
Ushbu yo’nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko’ra joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jixatdan olganda, ushbu yo’nalish kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o’zoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati.
Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko’ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash institutlari hisoblanadi. Ular xo’jalik sub’ektlarining aylnma mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda infilyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog’ining yanada oshishiga sabab bo’ladi. Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan va barqaror bo’lgan sharoitda uzoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi.
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G’arbiy Yevropa davlatlarining bank amaliyotida muddati o’tgan kreditlar jami kredit qo’yilmalari hajmidagi salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko’rsatkichning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi.
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta’minlash.
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish