Til strukturasi. Til strukturasining o‘rganilishi, uning sistemadan farqi. Reja



Download 45,17 Kb.
bet1/2
Sana13.09.2022
Hajmi45,17 Kb.
#848765
  1   2
Bog'liq
Til strukturasi. Til strukturasining o‘rganilishi, uning sistema


Til strukturasi. Til strukturasining o‘rganilishi, uning sistemadan farqi.
Reja:
1.Til strukturasi va uning o‘rganilishi.
2.Sistema va struktura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari va bog‘liq jihatlari.
3.Fonetik-fonologik sath.
Tayanch iboralar: struktura, sistema, strukturaviy tahlil, qoliplashtirish, til tizimi sathlari, fonetik, leksik sath, grammatik sath
Strukturaviy tahlil va strukturalarni qoliplashtirish tabiiy va gumanitar fanlar uchun bir xilda muhimdir. Struktura tushunchasining shakllanishida va barcha fanlarda qo‘llanishida psixologiya fanida yuzaga kelgan ruhiy struktura atamasi muhim rol o‘ynadi. Keyingi davrlarda lingvistik strukturalizm g‘oyalarining boshqa gumanitar fanlar, masalan, falsafa rivojiga ta’siri haqida fikrlar bildirilmokda. (Skrelina 2002: 59). Xullas, struktura g‘oyasi inson bilimlari to‘plamidan muhim o‘rin egalladi. Qator fanlarni umumlashtiruvchi kibernetika ham aslida sistemalar, ularning strukturasi va ushbu sistemalarni qoliplashtirish muammolari bilan shug‘ullanadi. Shu sababli «struktura» tushunchasining mohiyatini aniqlashtirish harakati davom etmoqda. Ushbu tushunchaning umumiyligi uning ta’rifini falsafiy mazmun ifodasi nuqtai nazaridan izohlashni talab qiladi. Tilshunoslikda ham, xuddi boshqa sohalardagidek, ushbu tushuncha izohi u yoki bu falsafiy ta’limot ta’sirida bo‘lishi mumkin (Qiyoslang: Gumboldt 1985: 370-381; Protasov 1999: 142- 143; Radchenko 2002: 140-144; Vaskoshe 1994: 12-14). Binobarin, semasiologiyaning asoschilaridan biri bo‘lgan V.Bryondal «struktura» tushunchasi Sossyur talqinidagi «sistema»ga va Sepir talqinidagi «lisoniy maqsad modeli»ga mos kelishi haqida gapirib, quyidagicha ta’rif bergan: «Psixologiyada struktura tushunchasi yangicha mazmunda, ya’ni elementlarning oddiy birikmasiga qarama-qarshi yaxlitlikni atash uchun qo‘llanmokda. Bu yaxlitlikdagi elementlar bir-birini taqozo etadi va o‘zaro aloqasi asosida mavjuddir» (Bryondal 1965: 97).L.Yelmslev til strukturasini «tobeliklar zaijiri yoki aniqroq aytilganda, funksiyalar to‘ri» sifatida aniqlaydi. «O‘z ichki tuzilishi jihatidan bosqichli bo‘lgan» til strukturasi tahlilini Yelmslev «deduktiv asosda, ketma-ket mavhumlikdan konkretlikka intilgan holda bajarilish»ni taklif qiladi va olim bu usulni imperik metod deb ataydi (Yelmslev 1965: 101).Praga strukturalistlari til strukturasini vazifaviy yondashuv asosida talqin qilmoqchi bo‘lganliklari haqida to‘xtalgan edik. Ularning vakili V.Skalechko, L.Yelmslev ta’rifini izohlab, quyidagilarni yozadi: «Yelmslev tilshunosligi ham muammoni chegaralash yo‘lidadir. Birinchidan, unda semasiologiya o‘ta cheklangan. Semasiologiya muammosi struktura muammosiga tobelashtirilgan: semasiologik vazifa lisonning vazifalaridan biridir, vazifa esa til tarkibiy qismlarining munosabatidan boshqa narsa emas. Turli tillarning farqi ham ularni shakllantiruvchi tamoyillarning turlicha yaratilganligidadir. Demak, farqlanish masalasi struktura muammosiga tenglashtiriladi» (Skalechko 1965: 154).V.Skalechkoning qaydicha, strukturani shakl sifatida talqin qilish ayrim masalalarga bir tomonlama yondashishga olib keladi. Masalan, til va borliq munosabatini (semasiologik muammo), tillarning o‘zaro munosabatini (lisoniy tipologiya), til va uning qismlari o‘rtasidagi munosabatni (til strukturasi). Pragalik olimlar «til boshqa ijtimoiy strukturalardan ajralgan mustaqil struktura» degan fikrga qo‘shilmaydilar (Skalechko 1965: 151). Tilni lisoniy jamoaning muloqot va ekspressiv - ifoda ehtiyojini qondiruvchi tizim sifatida talqin qilish til strukturasining boshqa strukturalar bilan aloqasini e’tirof etishga olib keladi. Demak, til taraqqiyotini lisoniy jamoa taraqqiyoti tarixidan ajratib bo‘lmaydi. AQSH tilshunosligida til strukturasi muammosi qo‘yilmaydi, chunki amerikaliklar asosan nutq faoliyati tadqiqi bilan shugullanadilar; diskreptiv tilshunoslikda ham xuddi generativ grammatikadek til strukturasi va sistemasi nazariy muammo emas.
Download 45,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish