Tilshunoslik nazariyasi dan ma’ruzalar to’plami Saloxiddin suyunboyev



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/78
Sana07.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#328292
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasidan maruzalar to'plami

Til va tafakkur.

 Tafakkur va tilning, aniqroq qilib aytganda, fikr bilan so‘zning 

o‘zaro munosabati juda murakkab jarayondir. Har qanday fikr so‘zlarda o‘z 

ifodasini topmaguncha, ya’ni so‘zlardan  tarkib topgan ifoda qolipiga, ifoda 

shakliga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi 

tilda namoyon bo‘ladi. Demak, fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud 

bo‘ladi.  Tilsiz, so‘zsiz tarkibiy qismlarga ajralgan, aniq va tayyor holdagi hech 

qanday fikr bo‘lmaydi. Fikr tilda, ya’ni so‘z orqaligina shakllanadi, tilda o‘z 

ifodasini topadi. Shunday qilib, ongimizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini

mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar 

vositasi bilangina voqe bo‘ladi.       Ong psixikaning oliy shakllaridan biridir. U 

inson o‘zini o‘rab olgan dunyodan inson sifatida farqlay olgan davridan boshlab 

paydo bo‘lgan. 

Ongning paydo bo‘lishi nutqning paydo bo‘lishi, unda aks ettirilayotgan dunyo 

voqeliklarining umumlashtirilishi bilan bog‘liq. Bu esa so‘zning umumlashtirish 

va anglab olingan bilimlarni tilda saqlay olish xususiyati bnlan bog‘liqdir. Shaxs 

ongi ijtimoiy ong zaminida shakllanishiga qaramay undan farq qiladi.Ongni 

jamiyat yuzaga keltiradi, shu bilan birga u jamiyatga faol ta’sir 

o‘tkazadi. Tushuncha tafakkur sifatida vujudga kelib so‘zning moddiy qobig‘iga 

o‘ralgan holda u bilan birga yashaydi. Biror tushunchasiz so‘z bo‘lmaganidek, 

so‘z yordamisiz ifodalangan tushuncha ham yo‘q. Til  va tafakkur birligi mana 

shunda ifodalanadi. 

So‘zda mujassamlashgan tushuncha uning ma’nosi bilan organik aloqada bo‘ladi. 

Tushuncha bilan so‘z ma’nosi predmet va hodisalarning ayni bir doirasini 

umumlashtiradi va aks ettiradi. Ular o‘rtasidagi birlik mana shunga asoslanadi. 

Ammo so‘z ma’nosidagi umumlashtirish va aks ettirish tushunchadan farq qiladi. 

Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini o‘zida 

mujassamlashtiradi, bunda tafakkur ana shu predmetlarga xos tasodifiy va 

muhim bo‘lmagan belgilardan chalg‘itiladi. Masalan, suyuqlik tushunchasida har 

xil jismlar ajratiladi va ular agregat holati bo‘yicha birlashtiriladi. Bu 





Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish