Tir convention Uzbekistan


-modda Mazkur Konvensiyaning qoidalari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/163
Sana03.04.2022
Hajmi3,25 Mb.
#526457
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
TIR Convention Uzbekistan

3-modda
Mazkur Konvensiyaning qoidalari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi:
a) tashishlar amalga oshiriladi
i) III a)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda tashishga oldindan 
ruxsat etilgan yo‘l transport vositalarida, transport vositalari tarkiblarida yoki 
konteynerlarda, yoki 
ii) III s)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda boshqa yo‘l transport 
vositalarida, transport vositalari tarkiblarida yoki konteynerlarda, yoki 


iii) eksport qilinadigan va shu tarzda III s)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga 
rioya qilib o‘zlari jo‘natish joyidan belgilangan joy bojxonasigacha o‘zi yurib 
boradigan yuk hisoblangan, avtobuslar, kranlar, terim mashinalari, beton 
yotqizuvchilar va h.k. kabi yo‘l transport vositalarida yoki maxsus maqsadli 
transport vositalarida. Bunday transport vositalari boshqa yuklarni tashigan 
holatlarda tegishli ravishda, yuqoridagi i) yoki ii) kichik bandlarda bayon etilgan 
shartlar qo‘llaniladi.
3 a)- moddaga tushuntirish xati 
0.3 a) iii) 3 a) iii)- moddaning Qoidalari o‘z yo‘nalishida ketayotgan yengil 
avtomobillarni (GS 8703 kodi) qamrab olmaydi. Biroq , XYT tartibini qo‘llab 
yengil avtomobillarni tashishga faqatgina ular 3 moddaning a) i) va a) ii) kichik 
bandlarida eslatib o‘tilgan boshqa transport vositalarida tashilganida ruxsat 
beriladi.
(ECE/TRANS/17/Amend. 28bis, 2009 yil 1 oktabrda kuchga kirgan) 
b) 
tashishlar 6-moddaning qoidalariga muvofiq e’tirof etilgan birlashmalar 
bilan kafolatlanadi va ular mazkur Konvensiyaning 1 ilovasida keltirilgan 
namunaga muvofiq bo‘lgan XYT kitobchasini qo‘llab amalga oshirilishi 
kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.22, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
3-moddaga sharhlar
Og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar sifatida ko‘riladigan yo‘l transport vositalari 
Agar o‘zi og‘ir vaznli yoki katta hajmli hisoblangan yo‘l transport vositalarida yoki 
maxsus maqsadli transport vositalarida boshqa og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar 
tashilsa va, natijada, ham transport vositalari, ham yuklar bir vaqtning o‘zida 
Konvensiyaning III s) bobida ko‘rsatilgan shartlarga javob bersa, unda muqovasida va 
barcha yirtma varaqalarida Konvensiyaning 32-moddasida nazarda tutilgan yozuvlar 
tushirilgan faqatgina bitta XYT kitobchasi talab etiladi. Agar bunday transport vositalarida 
oddiy yuklar yuk bo‘linmasida yoki konteynerlarda tashilsa, unda transport vositasi yoki 
konteynerlarga III a)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda oldindan ruxsat 
berilishi kerak, va yuk bo‘linmasi yoki konteynerlar muhrlanib, plombalanishi kerak.
Konvensiyaning 3-moddasi a) bandi iii) kichik bandining qoidalari yo‘l transport 
vositalari yoki maxsus maqsadli transport vositalari jo‘natish joyi bojxonasi joylashgan 
mamlakatdan olib chiqilgan va belgilangan joyning bojxonasi joylashgan mamlakatga olib 
kirilgan holatda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, Konvensiyaning yo‘l transport vositasini 
vaqtinchalik olib kirishga taalluqli bo‘lgan 15-moddasining qoidalari qo‘llanilmaydi.
Shuning uchun bunday transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishga bojxona hujjatlari 
talab etilmaydi.
(TRANS/WP.30/AC.2/65, 39 va 40-bandlar va 2-ilova; 
TRANS/WP.30/AC.2/59, 61 va 62-bandlar va 6-ilova; TRANS/WP.30/200, 72 
band)
XYT tartibi va pochta jo‘natmalari
Bojxona tartiblarini soddalashtirish va kelishish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyaga 
(qayta ko‘rib chiqilgan Kioto konvensiyasi) bo‘lgan maxsus J-ilovaning 2-bobiga muvofiq 
tranzit pochta jo‘natmalariga bojxona rasmiylashtiruvlari qo‘llanilmaydi. Shuning uchun, 


Jahon pochta ittifoqining amaldagi hujjatlariga muvofiq xatlar va banderollar nazarda 
tutiladigan pochta jo‘natmalariga, ular pochta xizmatlari orqali yoki pochta ehtiyojlari 
uchun tashiladiganda XYT tartibi qo‘llanilmaydi.
(TIRExB/REP/2007/34, 17-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/95, 28-band; 
ECE/TRANS/WP.30/AC.2/95/ Corr.2)

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish