To’lov balansi haqida qisqacha



Download 13,96 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi13,96 Kb.
#364738
Bog'liq
0bKlj3D-ET5EAPub-Ek8Op-3G3bFHqSq


To’lov balansi haqida qisqacha.

Toʻlov balansi– maʼlum bir vaqt mobaynida (chorak, yarim yil, bir yil va h.k.) bir mamlakat va unda roʻyxatdan oʻtgan korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralarining boshqa mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari bilan amalga oshirgan barcha iqtisodiy operatsiyalarini oʻzida aks ettiruvchi statistik hisobotdir. Masalan, tovar va xizmatlarni eksport yoki import qilish, boshqa bir davlatga kredit berish yoki jalb etish, kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish, xalqaro pul oʻtkazmalari, qimmatli qogʻozlar boʻyicha xalqaro savdolar va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu hisobot mamlakat tashqi iqtisodiy holatini tahlil qilish va unga oid pul-kredit, valyuta siyosati kabi makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun muhim statistik asos vazifasini oʻtaydi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining tasnifiga binoan, toʻlov balansi joriy operatsiyalar hisobi, kapital bilan bogʻliq operatsiyalar hisobi, moliyaviy operatsiyalar hisobi hamda sof xatolar va yoʻqotishlar kabi tarkibiy qismlardan iborat.

Toʻlov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan boʻladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va toʻlovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi.

Toʻlanishi va kelib tushishi koʻzda tutilgan hamda rejalashtirilgan valyuta summalari toʻlov balansida oʻz aksini topmaydi.

Toʻlov balansi 2 xil shaklda tuziladi:

Maʼlum bir sanaga tuzilgan toʻlov balansi. Bu odatda rasmiy tuzilgan hujjat hisoblanmaydi va eʼlon qilinmaydi.

Maʼlum davrga tuzilgan toʻlov balansi. Bu rasmiy statistik hujjat hisoblanadi va eʼlon qilinadi.

Toʻlov balansi 2 qismdan ibrat:

Tushumlar;

Toʻlovlar.

Agar toʻlov balansida tushumlar summasi toʻlovlar summasidan ortiq boʻlsa, toʻlov balansi aktiv deyiladi.

Aksincha (tushumlar summasi toʻlovlar summasidan kam) boʻlsa, passiv deyiladi.

Mamlakatlarning toʻlov balansi strukturasiga koʻra deyarli farq qilmaydi. Chunki, toʻlov balansining tuzishning XVF tomonidan eʼlon qilinadigan standarti mavjud.

Toʻlov balansi 3 yirik boʻlimdan iborat:

Joriy operatsiyalar boʻlimi.

Bu boʻlim oʻz ichiga 2 ta balansni oladi:

a) savdo balansi;

b) xizmatlar va tijorat xarakteriga ega boʻlmagan toʻlovlar balansi.

Savdo balansida faqatgina eksport va import operatsiyalari boʻyicha valyuta toʻlvlari va tushumlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. Kreditga sotib olingan tovarlar qiymati bu yerda aks ettirilmaydi.

Xizmatlar va tijorat xarakteriga ega boʻlmagan toʻlovlar balansida transport, pochta, telegraf, telefon, turizm, madaniy aloqalar, perevodlar, xorijiy mamlakatlar hududida harbiy qismlarni saqlash, chet elda savdo va diplomatik vakolatxonalarni ochish, xalqaro kreditlar boʻyicha toʻlanadigan foizlar va boshqa shu kabi sohalarda yuzaga keluvchi valyutaviy tushumlar va toʻlovlar summasi aks ettiriladi.

II. Kapitallar va kreditlarning harakati balansi.

Bu boʻlimda tadbirkorlik bilan ssuda kapitalining harakati aks ettiriladi. Kapitallar va kreditlar balansining bu boʻlimida 2 xil muddatda koʻrsatiladi. Muddati 1 yilgacha boʻlganlari qisqa kapitallar va kreditlar, muddati 1 yildan oshiq boʻlganlari uzoq muddatli kapitallar va kreditlar sifatida qayd qilinadi.

III. Oltin valyuta rezervlarining harakati.



Bu yerda mamlakatning oltin valyuta rezervlarini kamayishini yoki koʻpayishini kuzatish mumkin. Mamlakatning XVF dagi rezerv pozitsiyasi ham shu yerda koʻrsatiladi.
Download 13,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish