Topshirdi 921-20 guruh talabasi Sultonov



Download 47,62 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi47,62 Kb.
#647132
Bog'liq
sultonov.sh falsafa4


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“ IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“FALSAFA” FANIDAN
4-AMALIY TOPSHIRIQ
JAVOBLARI

Topshirdi 921-20 guruh talabasi Sultonov.Sh


Qabul qildi Ortiqov.O

Jizzax 2021


Topshiriqlar


1.Islom dinining paydo bo’lishi, oqimlari va yo’nalishlari
2.Qur‘on, sura, oyat va hadis tushunchalarining ma’nosi.
3.Islom dinida inson huquqlari himoyasi: tenglik, adolat, bag’rikenglik
4.Islomda oila va nikoh munosabatlari.
5.Diniy mutassiblik, terrorizm, ekstremizm tushunchalarini izohlang.
6.Hozirgi davrda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro kuchlarni birlashtirishning ahamiyati.

1 . Islom (arabcha — boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan ( xristianlik va Yahudiy bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan. Jahonda qariyb 1,2 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 % idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80 % dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad s.a.v sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad sallollohu alayhi vasallamni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad sallollohu alayhi vasallam oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohim ga nozil boʻlgan dinidir.
Muhammad sallollohu alayhi vasallamga, 40 yoshida(milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammad sallollohu alayhi vasallamni yolgʻonchiga chiqarib juda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-yimda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammad sallollohu alayhi vasallamni paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muxojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va boshqa). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad sallollohu alayhi vasallam bilan kelishishga majbur boʻldilar (qarang Hudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammad sallollohu alayhi vasallamni Allohning elchisi deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad sallollohu alayhi vasallam vafot etgan 632-yilda Arabiston yarim oroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi. Muhammad sallollohu alayhi vasallam vafotidan soʻng Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon Ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7-8 asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang Arab xalifaligi).

Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan soʻzi deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, 8-12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan.


2 . Muqaddas Qur’oni karim va uning islom dinidagi o’rni. Har qanday e’tiqod va uning ta’limoti ma’lum bir manbalarga tayanadi. Jahonda keng tarqalgan dinlarning barchasida ham ilohiy so’zlardan iborat deb muqaddaslashtirilgan kitoblar borligini o’tgan darslarimizda aytdik va ko’rib chikdik.Jumladan, xristian dinida «Bibliya», uning tuzumiga kiradigan afsonaviy payg’ambar Iso Masihning hayoti va targ’ibotlaridan iborat deb hisoblanadigan injillar, yahudiy dinida «Bibliya»ning qadimiy axd qismi, xususan uning tizimiga kiradigan xudo Yaxva tomonidan afsonaviy Muso payg’ambarga vahiy qilingan deb hisoblanadigan «Tavrot» hamda uning sharhlari to’plami-«Talmud» buddizm dinida xudo Buddaning ko’rsatmalaridan iborat deb hisoblanadigan «Tripitaka», hinduizm dinida qadimiy brahman dinidan boshlab muqaddas hisoblangan «Vedalar» va ularni sharhlovchi asarlar uppanishadlar ana shunday muqaddaslashtirilgan bebaho yozuvlar to’plamidan hisoblanadi. Islom dinida asosiy diniy kitob hisoblangan «Muqaddas Qur’oni Karim» ham ilohiy so’zlardan iborat deb muqaddaslashtirilgan, uning mazmuni esa osmondan xudo tomonidan yuborilgan ko’rsatmalardan iborat deb ishonish musilmonlar oldiga qo’yilgan asosiy e’tiqod talablaridan biri sifatida ilgari suriladi va shunday ham. «Qur’on» so’zi arabcha «qara’a»-o’qimoq bo’lib (ya’ni qiroat bilan ovoz chiqarib), «o’quv» yoki «o’qish» mazmunini beradi.Qur’on (tekstlari) matnlari katta kitob qilib to’plangandan keyin ham o’zining og’zaki ijodiga xos xususiyatlarini saqlab qolganligini batafsil kuzatish mumkin. Dunyodagi barcha islomshunos (dinshunos) buyuk olimlarning fikriga ko’ra, Qur’on jahon taraqqiyoti va madaniy merosiga buyuk hissasini qo’shib kelmoqda. Qur’on va unga asoslangan islom madaniyati bugungi dunyo madaniyatining eng muhim qismini tashkil etadi.Bu o’zga dinlar muqaddas kitoblari hamda falsafiy aqidalarini inkor etish degan so’z emas, albatta. Jumladan, Tavrot, Injil, Zabur ham Qur’ondan ilgari Olloh tomonidan yuborilgan kitoblar deb hisoblanadi. Ammo din nuqtai nazaridan islom o’zidan oldingi dinlardan farq qilib, o’zga dinlardan so’ng vujudga kelgan «oxirgi» din bo’lganligi uchun uning oldingilariga nisbatan ancha afzal jihatlari va «zamonaviy» tomonlari bo’lishligi tarixiy-taraqqiyot jihatdan tabiiy deb o’ylash joizdir.Bunga ko’p misollar keltirish mumkin. Sog’lom falsafiy nuqtai nazardan: Olloh oliy mavjud, yagona va makonu zamonda cheksizdir. Shu haqiqat Qur’onda ham ta’kidlanadi. Mazkur vujudga oid «Ollohu kur-s-samoviy va-l-’arz» (Olloh ko’klar va erdagi nurdir» - Nur surasi, 35-oyat) degan oyatga ahamiyat berilsa, bu borliq haqidagi bugungi ilm. (Qur’oni Karim t-1991 319 bet). Ma’lumotga eng muvofik diniy hukmdir. Qur’onning tabiiy ilmlar rivojiga turtki bo’lgani ham to’g’ri. Ya’ni, mavjudotning mohiyatiga oid holatlarni oladigan bo’lsak, Qur’ondagi: «Va min qo’lli shay’in halaqno zavjayn» (har bir narsani juft qilib yaratdik!») Va-z-zoriyot surasi, 49-oyat ) degan hukm ko’plab ilmiy kashfiyotlarga g’oyaviy asos bo’lgan. Qur’onda o’tgan zinatlar haqidagi qissalar tarixi, jug’rofiya, ilmi falak, ilmi tabiat va boshqa sohalarga tegishli oyatlar uchraydi. Qur’on - hidoyat kitobi, ya’ni insonlarni lutf bilan to’g’ri yo’lga boshlovchi, to’g’ri yo’lga cheksiz undovchi ishoralardandir. Undagi tarix, tibbiyot, kimyo (ximiya) kabi boshqa fanlar haqidagi oyatlar ham inson aql-zakovatiga xitob bo’lib, uni hidoyatga chorlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek falsafa, adabiyot, tarix, jug’rofiya kabi ilmlar ham Qur’on bilan chambarchas bog’langanligini ko’p holatlarida kuzatamiz. Bobokalonlarimiz Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning
bizga qoldirib ketgan ilmiy meroslarida Qur’oni Karim etakchi o’rinni egallaydi. Ular ) Qur’oni Karim oyatlaridan ,unga bog’liq ilmlardan keng miqyosda foydalanganlar. Shoirlarimiz Xoja Ahmad Yassaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Mashrab, So’fi Olloyorgacha, bu yoki inqilobgacha va hatto inqilob davrida o’tgan ko’plab qalam ahllari ijodida Qur’onning katta ta’siri borligini chratamiz. Ularning barchasi o’z zamonasining ilg’or farzandlari bo’lganlar. Umuman, Qur’on tavsiflarida musulmon ilohiyoti taraqqiyotidagi turli-tuman oqimlar, mazhablar o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va g’oyaviy kurash, shuningdek Qur’on mazmunini jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga moslashtirishga intilishlar ham o’z ifodasini topmay qolmagan.«Qur’oni Karim» arab adabiyoti, prozasi (lingvistikasi)ning dastlabki yodgorligi sifatida yagona arab adabiy tilining shakllanishiga sabab bo’lgan buyuk asardir. Qur’on uslubi (nasriy qofiya - saj’da yozilgan) jahon adabiyoti, ,ayniqsa, Sharq adabiyotiga sezilarli darajada o’z ta’sirini ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda yurtimizda, xalqimiz qalbiga tom ma’nodagi hurfikrlilik, vijdon (e’tiqod) erkinligi, milliy munosabat, milliy mafkura, o’tmish madaniy merosiga hurmat, diniy ta’limotga yangicha munosabat va hurmat holatini olib kelgan qayta qurish (bozor iqtisodiyati) oshkorolik (xolisona) davrida Qur’oni Karim va boshqa barcha haq diniy adabiyotlarni o’rganishga shijoat bilan kirishish o’z davrimizning qutlug’ voqealaridandir. Qur’ondagi islom dinining marosimlar, axloqiy ko’rsatmalar, huquqiy qoidalar, odat va an’analar, millionlab insonlarning hayoti va yashash tarzning eng muhim jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan bebaho kitob (qomus)dir. Uning sura va oyatlari ijtimoiy - ommaviy va qolaversa xususiy (duogo’ylik) marosimlarida, nomozlarda, davlat va oila bayramlarida, jamiyat kundalik hayotga aloqador turli munosabatlar (to’g’ri tushunilgan takdirdagina) bilan to’lib toshgandir. Bu kitobdagi juda ko’p pand - nasihat va iboralar, tilidan, millatidan qat’iy nazar, nafaqat islomiy, balki xalqlarning adabiy tiliga, kundalik muomalasiga singib ketgan. Xulosa qilib aytganda, musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo’lganQur’on dunyoning o’ziga xos bir yagona durdonasidir. Sharq xalqlarining ijtimoiy va ma’naviy qolaversa, ma’rifiy rivojiga ulkan ta’sir ko’rsatgan bo’lib, u butun bashariyatning yo’lchi yulduzi deb aytishga haqlimiz. Qur’on islom dinining muqaddas kitobi sifatida butun dunyoga ma’lum. Allomalar, dinshunoslar, islomshunoslar bu ilohiy kitobni ta’riflab: «Qur’on Ollohning mo’jiza kalomi bo’lib, Muhammad mustafo salallohu alayhu vassalamga vahiy orqali tushgan, tilovati ibodat hisoblanuvchi kitobdir», - deb hisoblaydilar Diniy rivoyatlarda ko’rsatilishicha, Qur’onning mazmuni mo’jizaviy holatda Muhammad ibn Abdulohga parcha-parcha qilib 22-23 yillar davomida vahiy (aks-sado) yuborilib turilgan va vahiyning birinchi ayon bo’lishi «Laylat-ul qadr» deb ataladi ya’ni, o’sha kecha tunda boshlanib, uning vafotigacha davom etgan. (610-632 yillar). Keyinchalik islomda muqaddaslashtirilgan ana shu kecha an’ana bo’yicha xijradan 12 yil ilgari ramazon oyining 27 ga o’tar kechasi melodiy hisob yilnoma 58bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustgacha o’tar kechasi Qur’onni vahiy qilishning boshlanishi asos qilib olingan. Bu haqda Qur’onda shunday deyiladi:

1. «Albatta Biz u (Qur’on)ni qadr kechasi nozil qildik.

2. (Ey Muhammad), qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz.

3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir». (Qadr surasi. 97, 1-3 oyatlar.

T.91.642 bet)

Vahiyning boshlanishi to’g’risida diniy rivoyatlarda, jumladan Ibn-Isxok, Ibn-Islomning «Sirot-ar rasul Olloh» (Olloh elchisining hayoti) asarida: Muhammadning Makka (Madinada) yaqinida joylashgan Xira tog’idagi g’orga borib ibodat qilishi odat bo’lgan, deb yozadi. Islom an’anasi bo’yicha ana shu kechada vahiy deb hisoblangan «Al - a’laq», «Laxta qon» nomli sura (96 - sura, 640 - bet) quyidagi oyatlar bilan boshlanadi:1. (Ey Muhammad, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo’lishi Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o’qing! 2.U insonni laxta qondan yaratgan (zotdir). 3-4. o’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) kalomni (ya’ni yozilishni-xatni) o’rgatgan o’ta qaramli zotdir. 5. U zot insonga uning bilmagan narsalarini o’rgatadi. Diniy rivoyatlarda Muhammad o’ziga birinchi vahiy kelgach, targ’ibot boshlashga jur’at etmagan, shu sababli, Alloh unga qaytadan murojaat etib, uni targ’ibot boshlashga da’vat etgani to’g’risida dalillar bor: 1-2-3-4. Ey (kiyimlariga) o’ralib olgan zot, kechasi (bedor bo’lib, nomozda) turing!... Qur’onni tartib bilan (ya’ni dona - dona qilib) tilovat qiling! (73-sura 584 bet). 74-suraning boshlanishida ham yuqoridagidek Muhammadga murojat qilgan mazmun berilgan: 1-2 Ey (liboslarga) burkanib olgan zot, turing - da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! (74-sura, 587 bet). Muhammad faqat Alloh so’zlarini insonlarga etkazib beruvchi payg’ambar yoki elchi deb e’tirof etiladi. Vahiy esa Allohning Jabroil nomli farishta orqali o’z payg’ambariga zudlik bilan xabar etkazishi, deb tushuniladi.


3 . Islom huquqi o ‘z zam inida norm ativ tizim sifatida V II-X asrlarda arab xalifaligida feodal jam iyat qaror topayotgan bir davrda shakllangan bo ‘lib, islom diniga asoslangandir. Islom m avjud huquq Alloh tomonidan yuborilganligiga asoslanadi. Sarvari koinot tarixning muayyan bir davrida bashariyatga o'zining rasuli - M uhammad payg‘am bar (taxm inan 570 - 632-yillar) orqali islom ta ’lim otini ayon etdi. Alloh tom onidan in ’om etilgan huquq insoniyatga bir y o ‘la va abadul-abad berilgan. Shu bois, jam iyat bu huquqqa amal qilm og'i lozim. Islom huquqi nazariyasi ilohiy kashfiyot tushuntirish va sharhlashga muhtoj ekanligini e ’tiro f etadi. Islom huquqshunoslarining necha asrlik serm ashaqqat ishlari aynan ana shunga, ya’ni, tushuntirish va sharhlashga ketgan. Biroq, ulam ing bu sa ’y-harakatlari yangi huquq yaratishga emas, balki, Alloh tom onidan nozil b o ‘lgan huquqni faqatgina am aliy jihatdan foydalanish uchun m oslashtirishga qaratilgan, xolos. Islom huquqida Rimning keyingi davriga oid bo'lgan huquqdagi,

qolaversa, G ‘arb huquqiga xos bo'lgan qonun tushunchasi yo‘q. Nazariy


jihatdan yolg‘iz Alloh qonunchilik hokimiyatiga ega. Amalda esa, huquqshunos olimlaming asarlari Islom huquqining birdan-bir manbaidir. Islom huquqi mutaxassislar tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Davlat emas, balki, f i q h - huquq ilmi qonun chiqaruvchilik rolini o‘ynaydi1. Huquq muayyan normalaming majmui sifatida islom amal qila boshlagan dastlabki ikki asr mobaynida shakllandi. Keyingi asrlar amalda bu borada hech bir yangilik kiritmagan. Ana shu turg‘unlikni ijtihod eshiklarining yopilishi bilan bog‘laydilar. XIX asrga qadar Islom huquqiy ongining tadrijiy rivoji diniy-huquqiy sharhlar hamda fatvolar majmuida o ‘z ifodasini topgan. Bu sharh va fatvolar esa, shariatning an ’anaviy qoidalari va tamoyillarini yangicha tarzda talqin etar ekan, hech qachon ulam i ochiqdan-ochiq rad etmagan va ulam ing odatiy jarangini o ‘zgartirmang. Islomda ham nasroniylikdagi kabi ruh abadiyligi g ‘oyasiga e ’tiqod qilinadi. Unda bani bashar Odam Atoning teng huquqli farzandlari sifatida qaraladi. M usulmonlar o ‘z qavmlaridagi kofirlarga, bedinlarga hamisha sabr- murosa bilan munosabatda bo ‘lish, bag‘rikenglik fazilatini namoyon etib kelganlar. Nomusulmon jam oalarga, odatda, o ‘z ichki ishlarini boshqarish huquqi berilgan.Arablam ing islomgacha bo‘lgan urf-odatlari va udumlariga nisbatan islomda qashshoqlar, yetim-yesirlar va ayollarga munosabatda anchagina ilg‘or tamoyillar k o ‘zga tashlanadi. Garchi, quldorlik saqlanib qolgan bo'lsada, qullarga huquqlar berilgan, ular, xususan, ishlab topgan m ablag'lari asosida haq to ‘lab, ozod bo'lish huquqini olganlar. Majburiy tusda bo ‘lmasa ham, harqalay qullaming ozod qilinishi din sharofati bilan sodir bo‘ladigan harakat sifatida qo‘llab-quw atlab kelingan. Ilgari keng tarqalgan qiz bolalami go ‘dakligidayoq nobud etish, yo‘q qilishdek vahshiy odat taqiqlangan. Qotillik uchun shaxsiy o ‘ch olganlik yoki boshqa jinoiy qilmishlar yuzasidan javobgarlik kuchaytirilgan. Odil sudlov din peshvolari tomonidan Q ur’on oyatlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan. M uqaddas kitob Q ur’onda er-xotin ajralishi to‘g ‘risidagi normalar, nikoh bekor bo'lishi oqibatida bolalarga nisbatan keltirib chiqadigan qoidalar ham qamrab olingan. Shu sababli, E. M ayer ta’kidlab aytganidek, “islom tafakkur olami inson huquqlarining rivojlangan nazariyasiga ega bo'lm aganligi fakti musulmon dunyosining an ’anaviy jam iyatlarida davlat repressiv namunada tuzilganligini anglatmaydi; aksincha, tarixan bunday jam iyatlarda ijtimoiy

va madaniy masalalarga hukmdorlaming aralashmasligidek umumiy namuna mavjud bo'lgan. O 'tm ishda qaror topgan an’analar, urug'-aym oq vajam oalar singari nohukumat institutlari shaxs erkinligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida hukmdorlarga nisbatan muhimroq rol o'ynagan. Davlat bilan shaxs huquqlari o'rtasida muttasil nizo va mojarolar keltirib chiqaradigan yoki islom mutafakkirlarini bunday erkinliklami hukmdorlar egallab olishidan himoya etish bilan, inson huquqlarining hozirgi normalari rivoji zamirida yotgan tashvish-anduhlar bilan bog'liq masalalar ustida ish olib borishga undaydigan shart-sharoitlaming o 'z i y o 'q edi” Imom Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abulqosim Zamaxshariy singari hadis va ta s a w u f ilmining yetuk namoyandalari inson huquqlari va uning ijtimoiy mohiyatini Q ur’oni Karim va Hadisi Shariflarda qo'yilgan islom hamda shariat talablari asosida ko'rsatib berishga harakat qilganlarIslomning bu muqaddas manbalarida insonning taqdiri va hayoti Alloh nomi bilan bog‘liq holda ifodalab beriladi. Bunda yer yuzidagi barcha insonlaming Alloh oldidagi tengligi g'oyasi, har bir insonga Alloh tomonidan berilgan ne’matlardan ulam ing baravar foydalanishi zamrligi g‘oyasi bilan chambarchas bog‘lanib ketganini ko'ram iz1.Q ur’oni Karim va Hadisi Shariflarda insonning Alloh va shariatdagi haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo‘lgan alohida huquqlar misolida ko‘rsatib berilgan. Masalan, Q ur’oni Karimning “Baqara surasi”dagi 220-oyatda yetimlaming haqlari to ‘g ‘risida, 223-, 228-229-, 230-oyatlarida erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan chiqish huquqi, “Oli imron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e ’tiqod qilish huquqi va insonning boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan


4 . Dinimizda, har bir jamiyat, tashkilot va korxonaning rahbari bor. U bo‘lmasa, o‘sha jamiyatning tartibi, faoliyati, intizomi bo‘lmaydi. Shuningdek, oilaning ta'minoti masalasida ham Alloh subhanahu taolo O‘z Kalomida ko‘rsatma qilib, «Oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar», deydi. Nima uchun deganda, ba'zisini ba'zisidan afzal qilib qo‘ygani uchundir. Bu afzallik nimada? Kuch-quvvatda, iroda, oilaning ta'minotchisi va muhofazachisi bo‘lgani nuqtayi nazaridandir.Alloh taolo oyatning davomida bu savolga javob berib, «mol-mulkidan sarflagani uchun ham erkak rahbar bo‘lishini» bildiradi. Er kishi oilasiga taom keltirar ekan, shunga sadaqa savobi yoziladi. Dinimizda qaysi bir amalga savob yozilsa, u ibodat darajasiga ko‘tariladi. Islomda erning ayoli oldida, ayolning eri oldida burchlari bor. Erning ayoli oldidagi burchlari ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, moliyaviy burchlar. Er ayolining mahrini ado etishi, nafaqa (taom, libos, boshpana, ro‘zg‘or anjomlari) bilan ta'minlashi kerak. Bu vazifalarning yana biri to‘yni ham er tomon qilib berishidir. Bugun O‘zbekistondagi barcha oilalarning ro‘zg‘orboshilari mana shu vazifalarini to‘liq anglaydi, deb ayta olamizmi? Ular to‘liq anglaganida, bugungi kunda odamlarni ranjitadigan raqamlar kelib chiqmas edi. Oilalarning buzilishi, bolalarning tirik yetim bo‘lishi bugungi holatga kelib qolmas edi. Misol, necha foiz mo‘min-musulmonlarimiz haqi mahr degan narsani batafsil biladi?! Ahli-ayolini ta'minot qilish qay darajada? Ma'lumki, oilada kim ta'minotchi bo‘lsa, shuning ovozi balandroq chiqadi. Hozirda, ko‘pgina oilalarda ayollarning ovozi balandroq chiqayotganini sezyapmiz. Nima uchun deganda, burch-mas'uliyat borasida biroz o‘rin almashib qolganini kuzatmoqdamiz.
Oddiy bir muammo, nikoh to‘yini o‘tkazish bilan bog‘liq. Uni o‘tkazish erning gardanida. Abdurohman ibn Afv roziallohu anhu bir kuni xursand bo‘lib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning oldilariga kelib qoldi. «Buncha xursandsiz, ey Abdurohman», deb so‘radilar. «Yo Rasulalloh, kichkina mayizning yarmidek keladigan tilla bor edi, shuni mahriga berib uylandim», deb xursandchiligining sababini bayon qilganida, Payg‘ambarimiz alayhissalom aytdilarki: «Unday bo‘lsa, bitta qo‘y so‘yib, e'lon ham qiling».
Ayolning eri oldidagi vazifa-burchlari haqida so‘z ketganda, birinchidan, erning rizoligini topish. Qaysi ayol, erning rizoligini topsa, Alloh rizoligini topadi, jannatning istagan 8 eshigidan kiradi. Hadisda shunday bashorat kelgan.Ikkinchisi, erining sha'nini, mol-mulkini, qadr-qimmatini, izzat-hurmatini asraydi. Uchinchidan, erining vijdoniga aylanishi kerak. Erining halol-pokiza yurishiga, ota-onasidan xabar olishiga, opa-singil, aka-uka, qavm-u qarindoshlaridan xabar olishida xotin erining vijdoniga aylanishi kerak. Hozirgidek kommunikatsiyalar rivojlanmagan, transport vositalari kam vaqtlar edi; imkoniyatlar hozirgidek emasdi, ammo ota-ona, bobo-buvilarimiz yurtning narigi burchagidagi qarindoshini ikkita non bilan borib, ikki kun birga yashab, mehr-oqibat ko‘rsatib kelardi. Bugun qaysi inson akamnikiga, otamnikiga, onamnikiga boryapman, bir kun suhbat qilib yotib kelaman, deb boryapti?!Sizda, menda, barchamizda bor – hozir silai rahm telefonda qoldi. Shunda ham insof qilib, telefon qilganimiz bor, qilmaganimiz bor.Ilgari avtobusda 5 tiyinlik chipta olib, shaharning bu chetidan u chetiga qarindoshinikiga borgan inson, bugun hovlisida 3ta mashinasi bor, qarindoshi bilan bordi-keldiga vaqt topa olmaydi. Afsuski, imkon topolmayapti, ikkita nonning tengini qila olmayapti.
Bir odam Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib: «Yo Rasulalloh, men qarindoshlarimdan ko‘p aziyat ko‘raman, shunda ham bordi-keldi qilaman, yo‘qlayman. Shunga qaramay, ular mensimaydi, haqorat qiladi, mening muomalamga yarasha muomala qilmaydilar, nima qilay», deb murojaat qiladi. Shunda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Sen yaxshilikda bardavom bo‘l. Bog‘langanni Alloh bog‘laydi, uzilganni Alloh uzadi. Ya'ni sen bog‘lanaver, Alloh senga bog‘lanadi, sening nima murod-maqsading bo‘lsa, Alloh hosil qiladi. Uzilgan Allohning rahmatidan ham uziladi», ma'nosidagi hadisni aytganlar.
5 . Tarixdan ma'lumki, inson uchun eng xavfli tahdid bu ma'naviy tahdiddir. Darhaqiqat, bugun eng katta xavf sifatida diniy ekstremiz va terrorizm tilga olinmoqda. Terrorizm birinchi galda insoniyat uchun eng muhim va qimmatli bo‘lgan boylik, ya'ni tinchlik, ko‘ngil xotirjamligi, mamlakat taraqqiyotining muhim tarixiy omili bo‘lgan fuqarolararo hamjihatlikka rahna soluvchi asrimizning eng xavfli ijtimoiy illati sifatida tilga olinmoqda. Diniy ekstremizm diniy rang-baranglikni rad etadi. Shu asnoda aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o‘tkazib, eng mudhish shakllardagi zo‘ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Ushbu illat bugun eng rivojlangan mamlakatlar qatorida diyorimizga ham xavf solmoqda. Uning ta'sir doirasi ayniqsa, yoshlarimizni turli diniy oqimlarga jalb etilishida yaqqol namoyon bo‘layotgani hech birimizga sir emas. Bu kabi xatarlarga qarshi respublikamizda qator targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tashviqotlar nafaqat, OAVlari orqali balki, turli tashkilotlar, ayniqsa, o‘quv yurtlarida seminar-trening, “davra suhbatlari” ko‘rinishida ham namoyon bo‘lmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida “Diniy ekstremizm va terrorizm barqarorlik va ijtimoiy xavfsizlikka tahdid omili” mavsusida tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari O‘tkir Xasanboyev va Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdilar.Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Dilshod Asamov olib bordi. U o‘z kirish so‘zida mamlakatimiz azaldan insoniy qadriyatlar yuksak baholangan va ular diniy qarashlar bilan uyg‘unlashib ketgan diyor sanalishi, shu asnoda, ota-onaga bo‘lgan yuksak ehtirom, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, nafaqat yaqinlar balki, begonalarga ham yaxshilik qilish kabi azaliy qadriyatlar qon-qonimizga singib ketganini tilga oldi. Shuningdek, u yuqorida ta'kidlangan millatimizning o‘ziga xos jihatlari muqaddas dinimiz sanalmish - islom aqidalariga mutanosib kelishi, islom dini ham boshqa dinlar qatorida insoniyatni hamjihatlik va ezgulikka chorlovchi din ekanligi, tinchlik va barqarorlik esa iqtisodiyotning eng muhim omili sanalishini alohida tilga oldi. Shundan so‘ng, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari O‘tkir Xasanboyev so‘zga chiqdi. U o‘z ma'ruzasida respublikamizda mavjud dinlar orasida islomning mavqyei nihoyatda katta ekanligi, xususan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 32 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanishi, fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e'tiqod qilishi, shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o‘tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketganligini aytib o‘tdi. Shuningdek, ma'ruzachi diniy ekstremizm va terrorizmning butun dunyoga solayotgan xavfi haqida alohida to‘xtalib, ekstremistlar va terroristlarning g‘ayri insoniy va g‘ayri diniy harakatlari bizni doimo hushyor va ogoh bo‘lishga, haqiqiy diniy qadriyatlarni ularniing soxta va o‘ta g‘arazli talqinlaridan keskin farqlashga yordam beradigan bilimlarni egallashga undashi, terrorizmning bugungi kunda o‘ta xavfli siyosiy hodisaga aylanib borayotganligini tilga oldi. Shundan so‘ng Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov so‘z olib, afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur'atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta'sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘layotgani, aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solayotgani, ushbu harakatlarni amalga oshirayotganlar orasida esa, vatandoshlarimiz, xususan yoshlarimizning bor ekanligi ayanchi hol ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarga diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244/1-moddasiga muvofiq ta'qiqlanishi, ushbu harkatlar eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangani eslatib o‘tildi. Xulosa qilib aytganda, global muammo sifatida e'tirof etib kelinayotgan “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi” kurashda fuqarolarning mafkuraviy immunitetini oshirish va ma'naviyatini yuksaltirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Shunday ekan mana shunday og‘ir bir tahlikali davrda farzandlarimizni yovuz kuchlarning qo‘liga berib qo‘ymasligimiz, ularni o‘zimiz tarbiyamizga olishimiz, hamda oila - mahalla - ta'lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishimiz, ota-onalarimizni o‘z farzandlarining tarbiyasiga alohida e'tibor bergan holda, ularni doimo nazorat qilib borishimiz juda muhim hisoblanadi. Zero, farzandlarining kelajakda yetuk, komil inson bo‘lib yetishishi ularning hayotda bergan tarbiyalariga bog‘liq.
6 . Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm dunyo mamlakatlari uchun nafaqat tashqi , balki ichki xavfsizlikka ham daxldor masalasiga aylandi. Mustaqillikka erishgandan keyin O’zbekiston Respublikasi diniy mutaasiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidladi va shu siyosatni davom ettirish uchun jahon hamjamiyatiga unga qarshi birgalikda kurashish lozimligi xususida jahonning nufuzli tashkilotlarida bu xususida alohida takidlab ularni ham bu falokatga qarshi kurashishga chorlaydi . Xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlar o’zining turli xil jangarilik usullarini namoyon qilib,hokimiyat uchun kurashuvchi jangari guruhlarni shakllantirdi, ulrni har tomonlama moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab rag’batlantirishga harakat qilmoqda.
Aynan diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo uchun xavfi XX asrning 90- yillaridan kuzatila boshladi . 1990- yilda Namangan va Andijonda,1990-1996 Yillarda Tojikiston dagi fuqarolik urushi davomida ,1999 yil 16- fevralda Toshkent shahrida, 1999-2001-yillarda Qirg’izistonning Botken, O’zbekistonning Surxandaryo va Toshkent viloyatlarida , 2004 yilning mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida , 2004 yilning iyun oyida Toshkent shahrida , 2005 yil may oyida Andijonda amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari hamda 2009 yilda Toshkent shahrida sodir etilgan qotillik va bosqinchilik harakatlarini namoyon qilmoqdaO’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154- moddasida yollanishning mohiyati va bunday harakatlar uchun qo’llaniladigan jazo aniq qilib belgilab qo’yilgan : “ Yollanish , yani nizolashayotgan davlatning fuqorosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko’zlab , o’zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli qurolli to’qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi- besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi . Yollanma shaxsni yollash , o’qitish , moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish , xuddi shuningdek , undan harbiy to’qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish – yetti yildan o’n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi “O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininng 155- moddasida esa terrorizmning mohiyati va bunday harakatni sodir etganlik uchun qo’llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan . Oxirgi paytlarda dunyoning ko’plab mintaqalarini qamram olgan ekstremizm bilan bog’liq muammolar faol muhokama qilinmoqda .Diniy ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchun ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi . SHuningdek , O’zbekiston Respublikasining “ Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida ” gi Qonuning 5- moddasida shunday deyiladi .” Davlat turli dinlarga , har xil etiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o’ryasida etiqod qiluvchi va ularga etiqod qilmaydigan fuqorolar o’zaro murosa va hurmat o’rnatilishiga ko’maklashadi , diniy va o’zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga ,munosabatlarni qarama-qarshi qo’yish va keskinlashtirishga , turli konfessiyalar o’rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti –harakatlarga yo’l qo’yilmaydi ”. Shu o’rinda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik deganda faqat ular tomonidan sodir etilayotgan harakatlarni oldini olish va bartaraf etish yo’lidagi hamkorlik masalalari bilan birga ularni oziqlantirib turuvchi moliyaviy manbalariga ham xalqaro miqyosda kurashish lozim. Hozirgi vaqtda zamonaviy terrorizm moliyaviy manbalardan oziqlanishi hisobiga faoliyat qamrovini kengaytirishga, moddiy texnik bazasini mustahkamlashga urinmoqda. Shuning uchun ham kurashish lozim . Shu vaqtda istisno sifatida malumot o’rnida quyudagi faktlarni keltirib o’tsak. Diniy ekstremizm va terrorizm harakatlarini oziqlantirib turuvchi moliyaviy manbalar sifatida quyudagilarni keltirish mumkin.Norasmiy faoliyat yurituvchi tuzilmalardan olinadigan daromadlar; Uyushma azolari to’laydigan badallar ;Narkobeznis va noqonuniy qurol-yarog’ savdosi;Kidnepping – odamlarni tovon puli undirish maqsadidda o’g’irlash ;Qo’poruvchilik, qaroqchilik va bosqinchilik; Terrorchilarga moliyaviy madad kuchlari yetib kelishni davom etar ekan, ularga qarshi kurash olib borish yaxshi samara natija bermaydi. Xalqaro miqyosda kurashish davr talabidir. Ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuvlar ham katta ahamiyatga ega.
Download 47,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish