-



Download 72,5 Kb.
bet1/2
Sana12.02.2022
Hajmi72,5 Kb.
#445645
  1   2
Bog'liq
Topshiriq 13


Topshiriq №13

1.Buyraklarning tashqi tuzilishi.


2. Buyraklarning ichki tuzilishi.


3.Buyraklarning anatomo-funksional birligi – nefronlarning tuzilishi haqida tushuncha bering.


4.Siydik nayi va siydik pufagining tuzilishi. Urodinamika haqida tushuncha bering.


5.Siydik chiqaruv nayining erkak va ayollarda tuzilishi xususiyatlarini ayting.


6.Erkaklarda moyak tuzilishi va urug‘ olib ketuvchi nayning yo‘nalishini ayting.


7.Moyak, urug‘ pufakchalari va prostata bezining funksional ta’rifini bering.


8.Tuxumdonlarning tuzilishi va ularning qorin pardaga aloqasi.


9.Bachadon va bachadon nayining tuzilishi.


10.Erkak va ayollarda oraliq sohasinining tuzilish xususiyatlari haqida tushuncha bering.


Javob:
1. Buyrak ren (nephros) - qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida joylashadi. Qorin pardaga nisbatan - ekstroperitoneal a’zo bo‘lib hisoblanadi. O’ng buyrak biroz pastroqda joylashadi.


Buyrak loviyasimon shakldagi a’zo bo‘lib, uning yuqorigi uchi - extremitas superior, pastki uchi - extremitas inferior, medial chekkasi - margo medialis, lateral chekkasi - margo lateralis, oldingi yuzasi - facies anterior, orqa yuzasi - facies posterior sohalari bo‘ladi.
Buyrakning margo medialis sohasida botib kirgan buyrak darvozasi hilus renalis bo‘ladi. Buyrak darvozasida buyrak arteriyasi, venasi, limfa tomirlari, nervlar va siydik nayi joylashadi.
Buyrak tashqi tarafidan buyrakning fibroz g‘ilofi (pardasi) - capsula fibrosa bilan - o‘ralgan. Bu parda tashqi tarafida yog‘ moddadan iborat buyrakning yog‘li g‘ilofi -- capsula adiposa - bilan qoplanadi. Bu pardalarning ustida qo‘shuvchi to‘qimali buyrak fassiyasi - fascia renalis - joylashadi. Bu fassiya qorinning orqa devoridagi mushak fassiyasining davomi bo‘lib hisoblanadi. Bu fassiya, buyrakning lateral chekkasi sohasida ikkiga ajraladi. Oldingi va orqa fassiya varaqlari buyrakni o‘rab oladi, lekin bo‘yrakni medial qirrasi sohasida o‘zaro birlashmaydi. Oldingi fassiya varag‘i buyrak tomirlarining, aortaning, ostki kavak venaning oldingi yuzalari bo‘ylab yo‘naladi va qarama-qarshi tarafdagi shunday fassiya bilan qo‘shiladi. Orqa tarafdan yo‘nalgan fassiyalar, qon tomirlarning orqasidan yo‘nalib, umurtqalar tanasida tugaydi. Buyrakning oldingi va orqa fassiyalari buyrakning yuqori uchi sohasida o‘zaro qo‘shilgan bo‘ladi. Buyrakning pastki uchida esa oldingi va orqa fassiyalar o‘zaro birlashmaydi. Buyrak fassiyasining tarkibida yog‘ tanachalari corpus adiposum pararenale bo‘ladi.
2. Buyrakning bo‘ylama kesigida, uning ikki turdagi moddalarda tuzilganligini ko‘ramiz. Buyrakning tashqi tarafida po‘stloq moddasi - cortex renis va ichki sohasida mag‘iz moddasi - medulla renis bo‘ladi. Bu ikki modda orasida aniq chegara bo‘lsada, po‘stloq moddasi mag‘iz moddasining ichiga kirib boradi va bu hosilaga buyrak ustunlari -- columnae renales deyiladi. Natijada buyrakning mag‘iz moddasi piramida shaklidagi buyrak piramidalariga ajraydi - pyramides renales deyiladi. Piramidaning keng asosi po‘stloq qismiga yo‘nalsa, uchi esa buyrak darvozasiga yo‘naladi. Piramidalarning uchini buyrak so‘rg‘ichi - papilla renales, uning uchida g‘alvirsimon maydoncha area cribrosa deyiladi va bu sohada ko‘p miqdorda teshikchalar - foramina papillaria ko‘rinadi. Buyrakning mag‘iz qismi ham po‘stloq ichiga kirib boradi va po‘stloqning mag‘iz nurlarini - radii medullares sohasi deyiladi. Ularning orasidagi po‘stloq qismiga esa pars convoluta deyiladi. Rars convoluta va radii medullares buyrak po‘stlog‘ining bo‘lakchasini - lobuli corticalis ni tashkil etadi.
Natijada buyrakning po‘stloq qismining bo‘lagi lobulus corticalis: nursimon qism - pars radiata va burama naycha qismi - par convoluta bo‘limlaridan iborat bo‘ladi. Po‘stloq qismining pars radiata sohasida nefronning to‘g‘ri naychalari joylashadi. Buyrakning po‘stloq qismining pars convoluta sohasida esa nefronning burama naychalari joylashadi. Buyrakning mag‘iz qismida esa nefronning to‘g‘ri naychalari va yig‘uv naychalar joylashadi.
Buyrak siydik chiqaradigan ekskretor bezlar turkumiga kirib, naychalar - tubuli renales dan - tashkil topgan. Bu naychalarning boshlanish sahasi berk holda bo‘lib, orqasi botib turadi. Natijada naychalarning boshlanish sohasida ikki devordan iborat qadoqsimon kengayma - hosil bo‘ladi. Bu hosilani Shumlyanskiy - Baumen kapsulasi deyiladi. Ikki devor orasida kapsula bo‘shlig‘i hosil bo‘lsa, tashqi yuzasidagi botiq sohasida qon tomir chigalining koptokchasi - glomerulus - joylashadi. Glomerulus hamda kapsula birgalikda buyrak tanachasi - corpusculum renis deyiladi. Buyrak tanachasi - buyrakning po‘stloq qismining pars convoluta qismida joylashadi. Buyrak tanachasi birlamchi burama naychalarga - tubulu renalis contortis ga davom etadi. Bu naychalar po‘stloqning pars radiata sohasida joylashadi. Burama naychaning davomi to‘g‘rilanib buyrakning mag‘iz qismiga o‘tadi. To‘g‘ri naychalar Genli qovo‘zlog‘ini hosil etib, ikkilamchi burama naychalarga davom etgan holda yana po‘stloq qismida paydo bo‘ladi. Naychalar to‘g‘rilanib, buyrakning mag‘iz qismi orqali o‘tib, o‘zaro shunday naychalarning qo‘shilishi natijasida yig‘uvchi naychalarni hosil etgan holda ductus papillares so‘rg‘ichlari sohasida foramina papillaria teshiklariga ochiladi. Buyrakning morfo-funksional birligini - nefron deyiladi. Nefron - bo‘yrak tanachasi va to‘g‘ri keladigan buyrak naychalar yig‘indisiga (birlamchi burama naycha, Genli qovo‘zlog‘i, ikkilamchi burama naycha, to‘g‘ri naycha) aytiladi. Har bir buyrakda bir million nefron bo‘ladi. Nefronda siydik hosil bo‘ladi. Buyrak tanachasi sohasida, kapsulaning ichiga qonning suyuq qismi ajraladi - bu suyuqliqga birlamchi siydik deyiladi. Naychalar orqali o‘tayotgan suyuqliqdan suv, glyukoza, aminokislotalar, ba’zi tuzlar qaytadan qonga so‘riladi va natijada ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi.

3. Buyrakning morfo-funksional birligini - nefron deyiladi. Nefron - bo‘yrak tanachasi va to‘g‘ri keladigan buyrak naychalar yig‘indisiga (birlamchi burama naycha, Genli qovo‘zlog‘i, ikkilamchi burama naycha, to‘g‘ri naycha) aytiladi. Har bir buyrakda bir million nefron bo‘ladi. Nefronda siydik hosil bo‘ladi. Buyrak tanachasi sohasida, kapsulaning ichiga qonning suyuq qismi ajraladi - bu suyuqliqga birlamchi siydik deyiladi. Naychalar orqali o‘tayotgan suyuqliqdan suv, glyukoza, aminokislotalar, ba’zi tuzlar qaytadan qonga so‘riladi va natijada ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi.


Buyrakning o‘ziga xos qon aylanish tizimi bo‘ladi. Buyrak ichiga yo‘nalgan buyrak arteriyasi a. polares superiores, a. centralis, a. polares inferiores tarmoqlariga ajraydi. O’z navbatida bu qon tomirlar - a. interlobaris - bo‘laklararo arteriyalarini hosil etadi. Buyraknin po‘stloq va mag‘iz moddasining chegarasida yoysimon arteriyalar a. a. arcuatae hosil bo‘ladi. Bu arteriyadan bo‘lakchalar arteriyasi a. interlobulares ajraydi. Nixoyat arteriyalarning yakuniy tarmog‘i kapillyar koptokchalariga kiruvchi arteriola - arteriola glomerularis afferens - buyrak tanachasining botiq qismiga kirib, buyrak qon tomirlar koptokchasi - glomerulus - ni hosil etadi. Koptokcha kapillyar koptokchalaridan chiquvchi arteriola - arteriola glomerularis efferens qon tomiriga davom etadi. Bu chiquvchi tomiri yana bir marotaba kapillyarlarga parchalangandan so‘ng vena qon tomirlari hosil bo‘ladi. Natijada buyrakda ikki turdagi kapillyar tomirlar bo‘ladi. Birinchi to‘ri - ajoyib arterial to‘ri deyilib, ikki arteriola: vas afferens va vas efferens orasidagi glomerulus kapillyarlari bo‘lsa, ikkinchi kapillyar to‘r oddiy bo‘lib arteriola bilan venula orasida joylashadi. Oddiy kapillyar to‘r qon tomirlari buyrak tanachasidan chiqqanidan so‘ng hosil bo‘ladi va bu kapillyar to‘ri buyrakni qon bilan ta’minlaydi. Ajoyib kapillyar to‘r esa ikki arteriola orasida bo‘lib, buyrak tanachasining ichida joylashadi va asosan bu to‘r birlamchi siydikni ajratish vazifasini bajaradi.
4. Siydik nayi - ureter - buyrak jomidan boshlanib, siydik qopchasining tubigacha davom etadi. Siydik nayi qorin bo‘shlig‘ining orqa devori sohasida joylashgan ekstroperitoneal a’zodir. Uning uzunligi 30 sm, ichki diametri 4- mm. Siydik nayining kichik chanoqga kirish sohasigacha (linea terminalis gacha) bo‘lgan qismini - qorin bo‘shlig‘idagi qismi - pars abdominalis, kichik chanoq bo‘shlig‘idigi qismi - pars pelvica deyiladi. Siydik qopchasi devori ichidagi qismga pars intramuralis deyiladi.
Siydik nayining quyidagi toraygan sohalari bo‘ladi: 1) bo‘yrak jomining siydik nayiga o‘tish sohasida; 2) siydik nayining qorin qismidan chanoq qismiga o‘tish sohasida; 3) siydik nayining chanoq qismi bo‘ylab; 4) siydik nayining siydik pufagi devori sohasida.
5. Ayollar siydik chiqaruv nayi - urethra feminina- siydik qopidagi teshik - ostium uretrae internum va tashqi teshigi ostium urethrae externum orasida joylashadi. Siydik chiqaruv nayining chanoq devoridan o‘tish sohasida ko‘ndalang targ‘il mushak tolalar bilan o‘ralib m. sphincter urethrae deb nomlanadigan xalqani hosil etadi. Ayollar siydik chiqaruv nayi: mushak qavati - tunica muscularis dan; shilliq osti qavati - tela submucosa dan; hamda shilliq qavati - tunica mucosa dan tashkil topgan. Nayga shilliq bezlar - glandulae urethrales ochiladi.
Erkaklar siydik chiqaruv nayi - urethra masculina ham siydik qopidagi ostium urethrae internum hamda tashqi teshik ostium urethrae externum orasida joylashadi. Erkaklar siydik chiqaruv nayi quyidagi qismlardan iborat:
1) pars intramuralis (preprostatica) – siydik qopchasi devoridagi – prostata bezigacha bo‘lgan qismi;
2) pars prostatica – prostata beziga to‘g‘ri kelgan qismi;
3) pars intermedia (membranacea) – oraliq mushaklari orasidagi qismi;
4) pars spongiosa – g‘ovakli qismi.
I Pars prostatica - nayning boshlang‘ich qismi bo‘lib, siydik qopchasining ostida joylashadi. Bu sohada, nayning orqa devorida bo‘rtib chiqib turgan urug‘ tepachasi - colliculis seminalis joylashadi. Shu sohada qirra crista urethralis, bachadoncha utriculus prostaticus, tunica muscularis mushak qavati xalqasimon stratum circulare mushak tolasidan tuzilgan bo‘lib m. sphincter urethrae internus – ichki qisuvchi mushak hosil bo‘ladi. Bu mushak urug‘ tepachasining ustida joylashadi va m. sphincter supra colliuculares deb ham ataladi.
Bu mushakning qisqarishi siydik bilan urug‘ suyuqligini qo‘shilib ketishidan saqlab turadi. Mushak qavatida bo‘ylama stratum longitudinale tolalari ham mavjud.
II Pars membranacea - siydik chiqaruv nayining eng qisqa va tor qismini tashkil etadi. Bu bo‘lim chanoqning oraliq mushaklari sohasiga to‘g‘ri keladi.
Siydik chiqaruv nayining bu sohasida ko‘ndalang targ‘il mushak tolalaridan hosil bo‘lgan m. sphincter urethrae externum xalqasi bo‘ladi.
III Pars spongiosa - siydik chiqaruv nayining tashqi qismi bo‘lib - erkak olati - penis - dan o‘tadi. Bu sohada qayiqsimon chuqurchalar – fossa naviculares urethre, bezlar – glandulae urethrales, bo‘ylama mushak tolalari – stratum longitudinale dan tashkil topgan tunica muscularis mushak qavati bo‘ladi. Siydik nayining ichki yuzasi shilliq qavat tunica mucosa deyiladi. Siydik nayi tashqi teshigi ostium urethrae externum bilan yakunlanadi.


6. Moyak – testis (orchis) Moyak - testis - juft a’zo bo‘lib, yorg‘oq ichida joylashadi. Moyak oval shaklda tuzilgan bo‘lib, medial yuzasi - facies medialis, lateral yuzasi - facies lateralis yuzalari bo‘ladi. Moyakda oldingi cheti - margo anterior hamda orqa cheti - margo posterior - bo‘ladi. Moyakning yuqori uchi extermitas superior hamda pastki uchi extermitas inferior tafovut etiladi. Chap moyak biroz pastroqda joylashadi. Moyakning orqa sohasidan urug‘ tizimchasi - funiculus spermaticus boshlanadi va shu sohada moyak ortig‘i - epididymis bo‘ladi. Moyak ortig‘ining boshchasi caput epididymidis, moyak ortig‘ining dum qismi - cauda epididymidis va ular orasida moyak ortig‘ining tanasi - corpus epididymidis qismlari bo‘ladi. Moyak yorg‘oqning ichki pardasi qinsimon qavati tunica vaginalis testes ichida joylashadi. Bu pardaning tashqi paretal varog‘i lamina parietalis yorg‘oq devorining ichki yuzasini hosil ztsa, moyak tashqi yuzasiga pardaning visseral varog‘i lamina visceralis varog‘i birikadi.


Urug‘ olib ketuvchi nay – ductus deferens. Urug‘ olib ketuvchi nayning quyidagi qismlari bo‘ladi.
1) pars scrotalis – yorg‘oq sohasidagi qismi;.
2) pars funicularis – urug‘ tizimchasi tarkibidagi qismi;
3) pars inguinalis – chov kanali sohasidagi qismi;
4) pars pelvica - chanoq sohasidagi qismi.
Urug‘ olib ketuvchi nay chanoq sohasidagi qismining, yakunida kengayma ampulla ductus deferentis hosil bo‘ladi.
Urug‘ olib ketuvchi nay devori quyidagi qavatlardan hosil bo‘ladi;
a) tunica adventitia – qo‘shuvchi to‘qimali qavat;
b) tunica muscularis – mushakli qavat;
v) tunica mucosa – shilliq qavat;

7. Urug‘ bezlari (pufakchalari) – glandula seminalis (vesicula seminalis)


Urug‘ bezlari (pufakchalari) - glandula seminalis (vesiculae seminalis) - siydik qopchasining tubi bilan to‘g‘ri ichak orasida joylashadi. Pufakchalar ekskretor bez bo‘lib - erkak urug‘ining suyuq qismini ishlab chiqaradi. Pufakning suyuqliqni chiqaruv nayi - ductus extcretorius - bo‘lib - urug‘ olib keluvchi nay - ductus deferens ga ochiladi. Bu ikki nayning qo‘shilishi natijasida urug‘ otuvchi nay ductus ejaculatorius hosil bo‘ladi. Urug‘ otuvchi nay siydik chiqaruv yo‘lining pars prostatica qismiga ochiladi. Urug‘ pufakchasi devorida quyidagi qavatlar bo‘ladi:
a) tunica adventitia – qo‘shuvchi to‘qima qavati;
b) tunica muscularis – mushakli to‘qima;
v) tunica mucosa – shilliq qavat;

Prostata bezi - prostata - erkaklar siydik chiqarish nayining boshlang‘ich qismi sohasida joylashadi. Bez sifatida erkaklar urug‘ining suyuq qismini hosil etishda qatnashadi. Prostata bezi endokrin bez sifatida garmon ishlab, qon tarkibiga o‘tkazadi. Bezning bir qismi silliq mushak tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, mushak tolalarining qisqarishi siydik bilan urug‘ni aralashuviga yo‘l qo‘ymaydi. Prostata bezining tubi - basis prostatae - siydik qopchasi tomon yo‘nalgan; prostata bezining cho‘qqisi - apex chanoq mushaklari tarafiga yo‘nalgan. Oldingi yuzasi facies anterior - chanoq qov suyaklariga qaragan, orqa yuzasi - facies posterior - to‘g‘ri ichak tomon qaragan bo‘ladi. Pastki lateral yuzasi facies inferolateralis deyiladi.


Bezning orqa sohasidan urug‘ otuvchi yo‘l teshiklari orasidagi bezning qismiga prostataning toraygan qismi -- isthmus prostatae yoki o‘rta bo‘lagi -- lobus medius deyiladi. Qolgan bo‘limlari o‘ng va chap bo‘lak - lobi dexter et sinister deyiladi. Bezning bo‘laklari quyidagi bo‘lakchalarga ajraladi:
a) lobulus inferoposterior – pastki orqa bo‘lakcha;
b) lobulus inferoloteralis – pastki lateral bo‘lakcha;
v) lobulus superomedialis – ustki medial bo‘lakcha;
g) lobulus anteromedialis – oldingi medial bo‘lakcha.

8. Tuxumdon - ovarium - juft a’zo bo‘lib, quyidagi qismlari bo‘ladi: bachadon nayiga qaragan uchi - extermitas tubaria; pastki bachadonga qaragan uchi - extermitas uterina; lateral va medial yuzalar - facies lateralis et medialis; erkin chekkasi - margo liber; tutqichli chekkasi - margo mesovaricus bo‘ladi. Tutqichli chekkasi sohasida qon tomir va nervlarni saqlaydigan tuxumdon darvozasi - hilum ovarii bo‘ladi. Tuxumdon bachadon bilan tuxumdonning xususiy boylami -- lig. ovarii proprium vositasida birikkan bo‘ladi. Tuxumdonning bachadon nayiga qaraga uchiga, nayning shokilasi fimbria ovarica hamda lig. suspensoriu ovarii – tuxumdonni ushlab turuvchi boylami birikadi. Tuxumdonning tashqi yuzasi oqlik parda tunica albuginea bilan qoplangan. Tuxumdonda po‘stloq qismi cortex ovarii va mag‘iz qismi medulla ovarii ko‘rinadi.


Tuxumdon ichida tuxumdonning pufakchali xaltachalari - folliculi ovarici vesiculosi - bo‘lib, uning ichida tuxum - ayollar jinsiy hujayrasi - ootsit - yetiladi.
Pufakli xaltachalar rivojlanib, yoriladi va uning ichidagi tuxum hujayralari - ootsit - tuxumdon yuzasiga chiqadi. Pufakli xaltachalar sohasi qon va sariq to‘qima bilan to‘lib qizil tana corpus rubrum va sariq tana - corpus luteum hosil bo‘ladi. Tuxum hujayrasi urug‘lanib homila hosil bo‘lsa, sariq tana kattalashib uzoq muddatga saqlanib qoladi va bu sariq tanaga corpus luteum graviditalis deyiladi.
Agarda tuxum hujayrasi - ootsit - urug‘lanmasa, sariq tana atrofiyaga uchraydi, so‘riladi va oq tana - corpus albicans ga aylanib, yo‘qolib ketadi. Har 28 kun ichida bitta follikula yetishadi. Tuxumdon qorin parda bilan o‘ralmaydi. Shu sababli ootsit tuxumdon yuzasidan bachadon nayiga yo‘naladi.

9. Bachadon - uterus - homila taraqqiy etadigan mushakli, kichik chanoq bo‘shlig‘idagi a’zodir. Bu a’zo siydik qopchasi bilan to‘g‘ri ichak orasida joylashadi.


Bachadonning quyidagi qismlari bo‘ladi: bachadon tubi - fundus uteri yuqori sohasida joylashadi; bachadon tanasi - corpus uteri; bachadonning bo‘yin qismi cervix uteri. Yuqori sohada bachadon shoxi – cornu uteri, bachadonning chekkasi – margo uteri bo‘ladi.
Bachadoning orqa yuzasi ichak tarafda bo‘lganligidan ichaklarga qaragan yuzasi facies intistenalis (posterior), oldingi yuzasi siydik qopchasi tarafida bo‘lganligidan facies vesicalis (anterior) deyiladi.
Bachadan bo‘shlig‘i cavitas uteri -- ichki anatomik teshik – ostium anatomicum uteri internum vositasida bachadonning bo‘yin qismi cervix uteri ga davom etadi.
Cervix uteri ning quyidagi qismlari bo‘ladi:
a) portio supravaginalis cervici – bachadon bo‘ynining qin usti qismi. Bu sohada torayma isthmus uteri hosil bo‘lib ichki gistologik teshik ostium histologicum uteri internum vositasida keyingi bo‘limga davom etadi;
b) portio vaginalis cervicis – bachadon bo‘ynining qin qismi.
Bachadonning bo‘yin qismi, qin sohasiga bachadon teshigi - ostium uteri holida ochiladi. Bu teshik sohasida oldingi lab – labium anterius va orqa lablar labium posterius lar bo‘ladi.
Bachadon bo‘ynining kanali – canalis cervicis uteri ichki yuzasida palmasimon burmalar – plicae palmatae, bo‘yin qismidagi bezlar - glandulae cervicales lar bo‘ladi.
Bachadonning tashqi tarafini yog‘ moddali bachadon atrofidagi kletchatka parametrium o‘rab turadi. Bachadon bo‘yin sohasidagi bu qavat paracervix deyiladi.
Bachadon devori uch qavatdan tashkil topgan.

  1. Tashqi tarafdan bachadon seroz qorin parda tunica serosa bilan qoplangan. Bachadonning bu tashqi qavati - perimetrium deyiladi.

  1. O’rta qavatida - silliq mushak tolalaridan iborat tunica muscularis bo‘ladi. Bachadonning bu qavatini - myometrium deyiladi.

  1. Ichki qavat - shilliq qavat - tunica mucosa bilan qoplangan bo‘lib, bachadonda bu qavatga - endometrium deyiladi. Shilliq qavatda bachadon bezlari - glandulae uterinae uchraydi.

Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish