To’ra Sulaymon she`riyatida metafora va metaforiklik


Shayton, ajdarho, alvasti, yalmog‘iz



Download 25,46 Kb.
bet2/4
Sana04.03.2022
Hajmi25,46 Kb.
#482620
1   2   3   4
Bog'liq
J.Maftuna maqola

Shayton, ajdarho, alvasti, yalmog‘iz, ilon kabi leksemalar ma’nosida salbiylik bo‘yog‘i mavjud bo‘lgani uchun shoirning ushbu obrazlar qatnashgan she’rlaridagi metaforalar odamning salbiy sifatlarini ifodalashga xizmat qilgan:
Qo‘li tegmas shikordan,
Mudom ko‘ngil yozardan…
Qutular kun bormikan
Bu shayton, nafsig‘ordan12.
“Adabiyot, she’riyat obrazlilik bilan tirikdir. She’riyatda samimiyat ham bo‘lishi kerak. Shundagina u bir umr esda qoladi”, – degan edi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov13. Haqiqatan ham, ijodkor asar yaratar ekan o‘z oldiga ikkita asosiy talabni qo‘yadi: obrazlilik va samimiylik. Bularning birinchisi poeziyaning tabiati bilan, ikkinchisi esa ijodkor shaxs – shoir tabiati bilan bog‘liqdir.
To‘ra Sulaymonning ilk ijodidagi lirik qahramon – atrofga shoirona o‘tkir nigoh bilan boqib, undan hikmat uqayotgan odam. Shoir tabiat bilan inson, uning o‘y-hislari, quvonch-tashvishlari, kayfiyati orasida o‘xshashliklar topadi va ular yordamida dilidagini izhor qilishga intiladi. U ilk mashqlaridanoq oddiygina izhor emas, poetik izhorga, obrazli ifodaga harakat qiladi. Albatta, oilasida hukm surgan adabiyotga alohida mehr uning shoir sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Lekin, bizningcha, Abdulla Oripovning ulkan so‘z san’atkori bo‘lib yetishishida tug‘ma iste’dodi bilan birga bolaligi o‘tgan joylar tabiatining ham ulkan xizmati bor. Shoirning bir qator she’rlari (“Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor!”, “Bulbul nolasi”) tahlili shuni ko`rsatadiki, tabiat uning uchun obrazli ifodaning birlamchi manbasi bo‘lib xizmat qilgan. Shunga mos ravishda she’rlaridagi tabiat bilan birlik hissi va uning go‘zalligidan tug‘iluvchi zavq, yoshlik shavqi, ishq sururi-yu hijron azoblari o‘rnini ijtimoiy dard egallaydi. Agar shoir ijodining ilk bosqichida ichki olami bilan tashqi olam (tabiat) orasidagi o‘xshashliklarga tayangan bo‘lsa, hayotga chuqurroq kirib borgani sari o‘xshashliklar doirasi ham kengayib boradi. Zero, borliqda mohiyatan bir-biriga o‘xshash nuqtalar “o‘tmish – hozir”, “tabiat – jamiyat”, “inson – nabotot”, “inson – hayvonot”, “inson – hodisa” kabi juftliklarning hammasidan ham topilaveradi.
Shoirning “Suyanma”, “Cho‘lpon”, “Yuzma-yuz”, “Armon” kabi she’rlarida ham metaforalarning yana bir manbasi jamiyat hayoti ekanligi ayon bo`ladi. Shuningdek, To‘ra Sulaymon she’riyatidagi metaforalar milliy adabiy an’analar bilan aloqada bo`lib, shoir yaratgan qator metaforalar shu kontekstda voqelanadi. Holbuki, shoir metaforalari milliy turmush tarzi, xalqning urf-odatlari, ishonch-e’tiqodlari, folklor, jahon adabiyoti an’analari kabi manbalardan ham oziqlanadi. Metafora (umuman obraz) yaratish uchun murojaat etayotgan manbalar nihoyatda boyligi shoir ijodida metaforik (obrazli) tafakkur teranligi, metaforalarning rang-barangligini ta’minlovchi asosiy omildir.
To‘ra Sulaymon she’riyatida qiyos obyektlari va ma’no ko‘chish yo‘nalishiga ko‘ra metaforaning quyidagi turlari qo‘llanganini ko‘ramiz:

  1. ma’noni jonli narsadan jonsiz narsa-hodisalarga ko‘chirish:

Bobomning orzulari amalga oshmas bo‘lsa,
Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa,
Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo‘lsa,
El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa,
Ko‘nglimda armon yotar

Download 25,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish