Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash fakulteti 204-a guruh



Download 46,48 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi46,48 Kb.
#598624
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI-WPS Office


Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash fakulteti 204-A guruh
talabasi Safarova Zulxumorning Harbiy gigiyena fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Zararlangan suv va oziq ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan oʻtkazish qaror qabul qilish va maxsus ishlovdan oʻtkazishning toʻliqligini nazorat qilish boʻyicha vaziyatli masalalarn yechish
Reja
1.Ichimlik suv va Oziq ovqat maxsulotlarini zaharlanishi
2.Oziq ovqat saqlanayotgan inshootlarni tekshirish
3.Oziq-ovqat mahsulotlarini zararsizlantirish
4.Suniy usul yordamida zararsizlantirish
Ichimlik suvining zararlanishi qator sabablarga bog'liq bo'lishi mumkin. Ularning asosiysi, zaharlovchi modda turi, uning fizikaviy holati, gidrolizlanish qobiliyati, zaharlovchi moddaning miqdori va suv bilan ta'minlanish darajasi.
Dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol qo'llanilgan taqdirda, oziq-ovqatlar va ichimlik suvining zararlanishi, ular ustiga mikrojonzotlar mavjud bo'lgan aerozollarning yog'ilishi zararlangan hasharotlar, kemiruvchilar, bemor kishilar bilan aloqada bo'lganda ko`zatiladi.
Ko'pgina oziq-ovqatlar kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikrojonzotlar uchun yaxshigina yashash muhiti bo'la oladi. Mikrojonzotlar aytarli darajada o`zoq muddat mobaynida hayotiy jarayonlarini suvli muhitda ham saqlab qolishlari mumkin. Masalan, vabo qo'zg'otuvchisi 2-3 hafta, brutsellyoz (Bang kasalligi, Malta isitmasi, asosan nerv tizimi, tayanch, ichki va jinsiy a'zolarni shikastlaydi) alomatlari: isitmalash, bisyor terlash, darmonsizlik; mikroblar - 2 oy, tulyaremiya qo'zg'atuvchisi - 3 oy suvda saqlanishi mumkin.
Odamlar zaharlanishining oldini olishda asosiy yo'nalishlardan biri bo'lib, oziq-ovqatlar va suvni ommaviy qirg'in qurollaridan ishonchli ravishda himoyalab, radiofaol va zaharlovchi moddalar hamda bakteriologik (biologik) vositalarni tashqi muhitda aniqlashni tashkil qilish hisoblanadi.
Yaxshi yo'lga qo'yilgan bakteriologik ko`zatuv ishlari, havo, tuproq, suv, oziq-ovqatlarni doimiy tahlil nazorati radiofaol, zaharlovchi moddalar va bakteriologik (biologik) vositalarni o'z vaqtida aniqlashda birlamchi ahamiyatga ega bo'ladi. Natijada, ommaviy qirg'in qurollarining salbiy ta'sir o'tqazish darajasi pasayadi. Inshootlarda ko`zatuvlar shu yerdagi nazoratchilar tomonidan olib boriladi.
Ko'pchilik hollarda ichimlik suvining zararlanganligini aniqlash maqsadida undan namuna olish va bakterial vositalar turini belgilash, uni radiofaol va zaharlovchi moddalar bilan zararlanganlik darajasini aniqlash uchun tahlilxonaga yetkaziladi. Radiofaol kimyoviy moddalar va bakteriologik (biologik) vositalar bilan zararlangan o'choqlarning vujudga kelishi paytida savdo qilish va ovqatlanish xizmati, zararlangan o'choqdagi oziq-ovqat mahsulotlari zahirasining zaharlanganlik darajasini va ularni tanovul qilish mumkinligini aniqlaydi.
Oziq-ovqat saqlanadigan inshootlarni tekshirish va u yerdagi mahsulotlar namunalarini olish maqsadida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlarini jalb qilish mumkin. Namunalar olayotgan shaxslar himoya kiyimlarini kiyadilar, ishdan keyin esa, albatta to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tishlari shart. Oziq-ovqat va ichimlik suvini tahliliy izlanishlarini amalga oshirish borasida, sanitar-epidemiologik muassasasi harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhni, ayrim hollarda esa, ayni inshootlardagi tahlilxonalarni ishga solishi mumkin.
Shubha ostiga olingan mahsulotlar va ichimlik suvi tahlillari natijasini olinguncha. to'la holda saqlanishlari va shartli ravishda zararlanganlar qatoriga kirgizilib, tanovul maqsadlarida ishlatilishi mumkin emas. Radiofaol, kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar bilan zararlangan deb hisoblangan mahsulotlarni tarqatish masalasi, sanitar tekshirishlar o'tqazilgach. hal qilinadi. Sanitar tekshiruvchilar sifatida, sanitar epidemiologik muassasasi va harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhning shifokorlari qatnashishlari mumkin.
Zararlangan o'choqdagi inshootlardan olingan oziq-ovqat va ichimlik suvi asosan tekshiruvning ikkinchi xiliga oid, ya'ni rejadan tashqari tekshiruv amalga oshiriladi. Tekshiruvning asosiy maqsadi, keltirilgan namunalar orqali oziq-ovqat mahsulotlarining oziqlik va biologik qiymatlarini tekshirishdan iborat bo'ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sanitar epidemiologik tozaligini aniqlash natijasi, ularning zararsizlik darajasi yoki bo`zilganlik alomatlari mavjudligi haqida tushuncha bo'ladi. Odatda, oziq-ovqat mahsulotlari kasallik chaqiruvchi mikrojonzotlar va ularning zaharidan mikromitsetlarning zaharli turlari, zaharli moddalar, mexaniq zaharli qo'shimchalardan forig' bo'Iishi kerak.
Oziq-ovqatlarda mikrojonzotli (chirish,
Maqsaddan kelib chiqib, sanitar tekshiruvi turli aniq vazifalarniyechadi:
1) oziq-ovqat mahsulotlarini sezgi a'zolari orqali aniqlash. ularning
tavsifi va darajasi;
2) mahsulotlar kimyoviy tarkibining o'zgarishi;
3)bakteriyalar bilan ifloslanganlik darajasi va mikrojonzotlar tavsifi;
4)pestitsidlar (o'simliklarni kasalliklardan saqlash va o'simliklarga. chorvachilikka zarar yetkazadigan zararkunandalarni yo'qotish uchun qo'llaniladigan kimyoviy moddalar ularning ko'pchiligi odamlar uchun zaharli bo'lganidan qo'llash paytida, qat'iy sanitar qoidalariga rioya qilish shart) bilan ifloslanganlik;
5) oziqlik va zararli qo'shimchalarning me'yor darajasidan ortiqligi;
korxonalarning ishlab-chiqarish sharoitini va sanitar tartibini aniqlash;
mahsulotlarni tashish, saqlash va ishlatish sharoitlariga aniqlik kiritish.
Oziq-ovqatlar sifati jihatidan 2 ta katta guruhga ajratiladi:
1.tanovul qilishga yaroqli;
2.iste'mol qilishga yaroqsiz;
Yesa bo'ladigan oziq-ovqatlar o'z navbatida 2 xil bo'ladi:
1) davlat ko'rsatkichlariga mos keladigan (andozaviy);
2) davlat tomonidan belgilangan sifat ko'rsatkichlaridan chiqib ketgan;
Keyingisi, nostandart mahsulotlar deb ataladi. Ulardagi aniqlangan epidemiologik ko'rsatkichlar yoki oziqlik qiymatlari o'zgargan bo'ladi. Bunday mahsulotlarni shartli ravishda tanovul maqsadida qo'llash mumkin yoki sifati pasayib ketganlar qatoriga kiradi. Ularni yeyish uchun maxsus ishlov berilishi kerak, shundagina ushbu mahsulot odam tanasining salomatligi uchun beziyon bo'Iishi mumkin.
Sanitar tekshiruv (ekspertiza) taxminan 10 ta bosqichga ega:
tayyorgarlik;
mahsulot haqidagi ma'lumotlarni o'rganish;
mahsulotlar guruhini (partiya) joyida ko'rish;
o'ralgan mahsulotlarni o'ramdan olish va ularni sezgi a'zolari
ko'rsatkichlari yordamida aniqlash;
mahsulot guruhini ko'rganlik haqidagi hujjat;
namunalarni olish va ularni tahlilxonalarga yuborish;
mahsulotlarning tahliliy tekshiruvlari;
natijalami qog'ozga bitish;
olingan natijalar xulosasi;
tekshiruvning tugallanganligi.
Olib borilayotgan tahlil bosqichlarida, tekshirilayotgan mahsulot bo'yicha quyidagi savollarga e'tibor beriladi:
Zararsizlantirish usullari ikkita katta guruhga ajratiladi:
I) tabiiy va 2) sun'iy.
Tabiiy usulda zararsizlantirish uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi o'z holiga ma'lum muddatga tashlab qo'yiladi. Bu muddat ichida mahsulot o'z-o'zidan vaqt o'tishi bilan zararsizlanadi (radiofaol va kimyoviy moddalar parchalanadi). Bu usulni, oziq-ovqat mahsulotlari va suvga zudlik bilan ehtiyoj bo'lmagan holatlarda amalga oshirsa. nafi katta bo'Iishi mumkin.
O'z holiga tashlab qo'yilgan suv manbalari ustiga «Zararlangan» deb yozilgan taxtacha osib qo'yish mumkin va bu havzaning ustidan ko`zatuv va tahlil ishlari olib boriladi.
Bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari termik qayta ishlovdan o'tkazilishi kerak.
Oziq-ovqatlar turi, xili, navi, yangiligi, saqlanish sharoiti va muddati, ularga tushgan zaharlovchi moddalar guruhi, xili, miqdori, qaysi yo'llar orqali ifloslanganligiga qarab, 4 ta guruhga ajratilishi mumkin: 1) tanovul qilishga yaroqli; 2) ovqatlanish uchun shartli ravishda yaroqli; 3) odamlarning yeyishi uchun yaroqsiz; 4) oziq-ovqat mahsuloti tariqasida mutlaqo yaroqsiz.
Oziq-ovqatlarni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish amallari ularning turlari (guruhlari), saqlanayotgan idishlari tavsifiga ko'ra quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1) zich berqiladigan (germetik) idishlarni zararsizlantirish uchun
idishning sirti toza suv yoki dezaktivatsiyalovchi moddalarning
eritmalari bilan 3 marta artilib, keyinchalik cho'tka bilan yaxshilab yuvib yuboriladi;
2)mahsulotlarni toza idishlarga ko'chirish;
3)oziq-ovqat mahsulotlarining zararlangan qatlamini olib tashlash;
4)suyuq mahsulotlar radiofaol moddalar bilan zararlanganda yo`za qismi to'kib tashlanadi;
5)yuqori harorat ta'sirida ishlov berish (kimyoviy moddalar va bakteriologik moddalar bilan zararlanganda);
6) ultrabinafsha nur bilan ta'sir o'tqazish (bakteriologik vositalar bilan).
Keltirilgan usullarni alohida yoki kompleks holida qo'llasa bo'ladi.
Download 46,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish