Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti


-bob. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari



Download 60,48 Kb.
bet2/8
Sana12.01.2021
Hajmi60,48 Kb.
#55315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi - Narzullayev

1-bob. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari

1.1. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilik.

Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash – bu korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish, mahsulot turini o‘zgartirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy jihatdan foydaga erishish, inqirozning oldini olish maqsadida ishlab chiqarishning yangi turlarini o‘zlashtirishdir. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. Chunki, ishlab chiqaruvchining mahsulot yangi turlarini o‘zlashtirishi bilan bir qatorda ularning iste'mol xususiyatlarini yaxshilashga intilishi, pirovardida, sifat darajasining o‘sishini ta'minlaydi. Bu esa, mazkur mahsulotni sotish hajmining ko‘payishi bilan birga, ularni sotish bozorlarining kengayishiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bundan ko‘rinadiki, korxona faoliyatini diversifikasiyalash korxonaning texnik va texnologik jihatdan rivojlanishi, moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlari kengayishi hamda barqarorligining oshishiga olib keladi.

Hozirgi kunda diversifikasiya kapital konsentratsiyalashuvining keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Diversifikasiya – iste'mol talablarini qondirish hamda korxonaning qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘lishi hisobiga bozorda o‘z o‘rnini saqlab qolish zaruriyatining yuzaga kelishi sababli, strategik boshqaruvning muhim elementi hisoblanadi. Diversifikasiya bir turdagi mahsulotni ommaviy ishlab chiqarish samarasini turli mahsulotlar tayyorlash orqali o‘sish strategiyasini amalga oshirish hisobiga siqib chiqardi. Turli mahsulotlar ishlab chiqarish samarasining mohiyati shundaki, ko‘p turdagi mahsulotlarni bitta yirik korxonada tayyorlashga nisbatan shu turdagi mahsulotlarni katta bo‘lmagan ixtisoslashgan korxonalarda ishlab chiqarish foydaliroqdir.

Diversifikasiyalashning asosiy maqsadi bir nechta tarmoqda faoliyat olib borish hisobiga foydani oshirish hamda risk darajasini kamaytirishdan iborat. Diversifikasiyalashgan korxonalar raqobat kurashida barqaror bo‘lib, ularda kon'yunktura, tuzilmaviy hamda sikl o‘zgarishlari hisobiga yuzaga keladigan risk darajasi pastroq bo‘ladi. Diversifikasiyalash xo‘jalik sub'ektlarini rivojlantirishning umumqabul qilingan zaruriy usullaridan hisoblanadi.

Fermer xo‘jaliklarining barqarorligi va ular faoliyatining samaradorligi respublikamiz qishloq xo‘jaligi rivojlanishining muhim shartlaridan hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti, shu jumladan, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, modernizasiyalash va uning tarkibiy tuzilishlarini diversifikasiyalash ushbu tarmoqlarda zamonaviy ko‘rinishdagi va har tomonlama raqobatga chidamli faoliyat sub'ektlarini rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilishini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shuni e'tiborga olgan holda, o‘tgan davr mobaynida iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligini erkinlashtirish, modernizasiyalash va diversifikasiyalash borasida ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi. Bular esa o‘z navbatida, respublikamiz iqtisodiyotini yanada barqarorlashtirish, har xil iqtisodiy-ijtimoiy tahdidlarni samarali hal qilish imkonini bermoqda.

Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib qilinadigan tadbirkorlik faoliyatidir.

Tadbirkorlik sub'ekti faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarini mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin:

1. Tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik;

2. Ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;

3. Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik;

4. Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;

5. Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;

6. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi tavakkalchilik.

Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uni oldini olish yo‘llarini izlab topish va uning oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi.

Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to‘ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi.

1-chizma. Tavakkalchiliklarini boshqarish jarayoni

Tavakkalchiliklarni boshqarish jarag‘nida asosiy e'tibor tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashga qaratiladi.




Download 60,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish